149
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
URUG’LI MEVALARNI OMBORXONADA GAZ MUHITINI
BOSHQARIB SAQLASH
Tuxtamishev Sayitkul Saydullayevich
Qodirqulov Elbek Erkin o‘g‘li
Guliston davlat universiteti
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15668184
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 03-iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 15-iyun 2025 yil
Urug’li mevalarning navlari saralash sharoitida
o‘ziga xos bo‘lib ko‘pincha olma yoki nok uchun, alohida
saqlash rejasi tavsiya etiladi. Urug’li mevalarni
sqalashda havoning nisbiy namligini 90-95 foiz
oralig’ida ushlash tavsiya etiladi. Past namlikda urug’li
meva navlarining mevalari ayniqsa behi va noklar
so‘liydi va burushib qoladi.
KEY WORDS
Gaz muhiti, karbonat angidrid,
ombor, harorat.
Kirish
Gaz muhitini tartibini boshqarish bilan saqlash muddatini uzaytirish, isrofgarchilikni
oldini olish va mevalar sifatini yuqori darajada saqlashga erishish mumkin.
Asosiy qism.
Bunda mevalardagi fiziologik buzulishlar va mevalarni turli et qorayishlarning
oldini olish mumkin. Har bir nav uchun mevalarning saqlanuvchanligini taminlovchi eng
yaxshi gaz tartibi va xarakati bo‘ladi. Faqat ba’zi navlar SO
2
yuqori darajasi chidamli bo‘ladi.
Chidamli navlarga SO
2
O
2
konsitratsiyasini 5:3 nisbati tavsiya etiladi. “Oq rozmarin” kabi
navlar bir necha foiz SO
2
konsitratsiyasiga ham chidaydi. Ular uchun oz konsitratsiyali
kislorod va deyarli ko‘mir isli gaz bo‘lmagan muhit muqobil hisoblanadi. Gaz muhitini
boshqarib saqlashda urug’li mevalardan ayniqsa olma juda yaxshi va uzoq vaqt saqlanadi.
1-rasm. Olmani gaz muhiti boshqariladigan omborda saqlash
150
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
Olmani saqlash.
Olmaning saqlashga chidamliligi uni saqlashda pishib etilish xususiyati
bilan aniqlanadi. Yashiklar omborga devor tomondan 25-30 sm, yashiklar orasida ikki metrli
yo‘l qoldirilib joylashtiriladi. Bir taxda 7-8 ta yashik bo‘ladi. Eng yuqoridagi yashik bilan
ombor shipining orasida 50-60 sm qolishi kerak.Olma solingan yashiklar taxlarga shaxmat
usulida uchtadan va juft-juft qilib joylashtiriladi. Taxlarga navi, sorti, sifati, katta-kichikligi bir
xil bo‘lgan mahsulot joylangan yashiklar terib qo‘yiladi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, uncha
pishmagan olma pats haroratda pishib etilmaydi, aks holda ular qattiqlashib, ta’mi va
xushbo‘yligi o‘zgarmaydi. Shu sababli, omborda havoning haroratini olmaning pishganligiga
qarab o‘zgartirib turish lozim.Olmaning sovuqqa chidamli navlari -1- -20 haroratda saqlanadi.
Bunday olmalar issiq haroratda uzoq vaqt saqlanmaydi. Pepin shafran, Kandil sinap, Renet
Simirenko, Golden delishes, Boyken, Renet Kichunova, Sari sinap, Rozmarin kabi olma navlari
sovuqqa chidamli hisoblanadi.
Olmaning sovuqqa chidamsiz navlari 2-4°S da saqlanadi. Mart, Suvorovets, Aprel,
Jonatan, Starking, Antonovka, Renet shampan, Oddiy antonovka navlari sovuqqa chidamsiz
navlar jumlasiga kiradi .
Olmani saqlashda havoning nisbiy namligi 85-95% bo‘lishi maqbul hisoblanadi.
Omborni sovitishga saqlash haroratiga etguncha havoni jadal aralashtirib turish orqali
erishiladi, bunda taxlar orasida havo oqimining tezligi 0,2-0,3 m/sek bo‘lishi tavsiya
qilinadi.Olmani omborda saqlash vaqtida gaz muhitini boshqarish muhim hisoblanadi. Bunda
ayniqsa past haroratga chidamsiz olmani saqlashda foydalanish yaxshi samara beradi.Odatda
olma daraxtining pastki shoxlaridan yig’ilgan mevalar yaxshi saqlanadi. Shu sababli ular
alohida terib olinadi va saqlashga ham alohida joylanadi. Olma uzilgandan so‘ng 4-8 soatdan
kechiktirmasdan meva omboriga olib kelinishi kerak. Olmani saqlashdan oldin ular maxsus
bo‘lmalarda sovitiladi. Har kuni meva ombori bo‘lmasi sig’imining 10-15 % olma bilan
to‘lg’aziladi. Bo‘lma 7-10 kun deganda butunlay to‘lg’aziladi. Bo‘lmalarda havo asta-sekin
sovitilib 4-6°S ga etkaziladi, keyin esa nav uchun kerakli bo‘lgan harorat darajasida
qoldiriladi.Oliy va birinchi navli olmalar uzoq muddatga, ikkinchi va uchinchi navli olmalar 2-
3 oy saqlashga qo‘yiladi. Ular yashik, karton quti va konteynerlarda saqlanadi. Mevalarni
konteynerlarda saqlash omborning 1 m
3
hajmidan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Bunda
1 m
3
foydali hajmda mevalar yashiklarda saqlanganda uning zichligi 250-300 kilogramm,
konteynerlarda 400 kilogrammni tashkil qiladi.Olmani saqlashda ularni polietilen
kleyonkalarga joylashtirish keng qo‘llanilmoqda. Bunda sig’imi 1-3 kilogramm polietilen
xaltachalardan foydalaniladi. Bunday xaltachalar ichida 1,5-2 oy ichida kislorodning miqdori
14-16% ga, karbonat angidrid esa 5-7% ga etadi. Polietilen xaltachalarni omborga
joylashtirgach, ularning og’zi ikki-uch kun ochib qo‘yiladi olma sovitilgandan so‘ng ularning
og’zi yopiladi. Polietilen xaltachalar konteynerlarga joylashtirilgan holda omborlarga
joylashtiriladi.Olmani saqlashda polietilendan yasalgan konteynerlardan foydalanish yaxshi
samara beradi. Bunda 600-800 kg meva sig’adigan konteynerlar qo‘llaniladi. Polietilendan
yasalgan konteynerlarga gaz muhitini boshqarish uchun maxsus tuynuklar qo‘yiladi.Olma
navining xilma-xilligi uni saqlashni ancha mushkullashtiradi. Chunki har bir nav uchun
ma’lum saqlash tartibi talab qilinadi. Saqlash davrida olmani ko‘zdan kechirib turish kerak.
Olma joylashtirilgan yashiklar har oyda bir ikki marta qarab chiqiladi. Saqlanadigan olmada
nuqson bo‘lsa, ular qaytadan sortlarga ajratiladi.
Nokni saqlash.
Nokning saqlashga chidamli navlarini 4-5 oy, kuzgi navlarini esa 1,5-2
oy saqlasa bo‘ladi. Nok olmaga nisbatan tez urinib qoladi, shu sababli uni uzishda va
yashiklarga joylashda ehtiyotkorlik bilan ishlash talab qilinadi.
Nok odatda pishib etilish oldidan uzilib, toza va quruq yashiklarga joylashtiriladi.
Yashiklar tagiga qog’oz yoyib qo‘yiladi, qog’ozning ikkinchi uchi nokning ustiga yopiladi.
Qog’oz ustiga qirindi sepiladi yoki karton yopiladi. Nokni shaxmat usulida joylashtirib qator
151
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
orasiga qirindi sepish ham mumkin. Yashiklar xuddi olma singari taxt qilib qo‘yiladi.Gaz
muhiti boshqarilib turiladigan omborlarda nok 300-350 kilogrammli konteynerlarda
saqlanadi.Nokni saqlashda harorat 1-2°S gacha bo‘lishi maqbul hisoblanadi. Ko‘pincha bu
haroratda o‘ta kechpishar navlardan terilgan mevalar juda sekin etiladi va saqlash
muddatining oxirigacha rangini yo‘qotmay qattiq holda bo‘ladi. Bunday noklarni savdoga
jo‘natishdan avval 4-7 kun davomida 15-20°S da saqlab etiltirish lozim.Omborda havoning
nisbiy namligi 85-90% bo‘lishi kerak. Shunga e’tibor berish kerakki, omborda havo
haroratining tez-tez o‘zgarib turishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, aks holda mevalar tez etilib
qolishi mumkin, bunday nokni uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi.Nokni boshqariladigan gaz
muhitida uzoq vaqt saqlash mumkin. Bunda kislorodning miqdori navlar bo‘yicha 2-3%,
karbonat angidridning miqdori 1-5% gacha bo‘lishi ularning sifatli saqlanishini ta’minlaydi .
Behini saqlash.
Behi odatda havo quruq paytida terib olinadi. Terish paytida uning
utsidagi tuki saqlanib qolishi muhim hisoblanadi. Tuk behining saqlashga chidamliligini
oshiradi.Behi saqlash uchun yashiklarga joylashtirilganda tagiga kog’oz to‘shaladi va oralariga
qirindi solinadi. Behi 35 kg yashiklarga yoki konteynerlarga (gaz muhiti boshqariladigan
omborlarda) joylashtiriladi.Behini saqlashda havo harorati 0-1°S, nisbiy namligi 85% bo‘lgan
omborlarda saqlanadi .
Adabiyotlar:
1.
Tukhtаmishеv, S., Xudаybеrdiyеv, R., & Tukhtаmishоvа, G. (2023). MЕCHАNIZЕD
АPPАRАTUS FОR CUTTING MЕLОN FRUIT INTО АNNULАR SLICЕS.
Science and
innovation
,
2
(A1), 252-255.
2.
Рахматов, О. О., Рахматов, Ф. О., & Тухтамишев, С. (2017). ЭКОНОМИЧЕСКАЯ
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОЙ ЛИНИИ ПО ПРОИЗВОДСТВУ ВЯЛЕНОЙ ДЫНИ.
In
Научно-практические пути повышения экологической устойчивости и социально-
экономическое обеспечение сельскохозяйственного производства
(pp. 1317-1320).
3.
Рахматов, О. О., Рахматов, Ф. О., Тухтамишев, С. С., & Худойбердиев, Р. (2019).
Дыня древнейшая культурацентральной Азии. In
Научные основы развития АПК
(pp.
166-168).
4.
To'xtamishev,
S.
S.
(2023).
MEVA
O'SIMLIKLARINING
INDIVIDUAL
RIVOJLANISHI.
RESEARCH AND EDUCATION
,
2
(4), 51-56.
5.
Tukhtamishev, S. (2023). WEIGHT-DIMENSIONAL AND VOLUMERIAN INDICATORS
AND PHYSICAL AND MATHEMATICAL PROPERTIES CHARACTERISTIC FOR CENTRAL ASIAN
VARIETIES OF MELONS.
Journal of Agriculture & Horticulture
,
3
(11), 912.
6.
Рахматов, О. О., Рахматов, О., Нуриев, К. К., & Тўхтамишев, С. С. (2019). МИНИ
ТЕХНОЛОГИЧЕСКАЯ ЛИНИЯ ПО БЕЗОТХОДНОЙ ПЕРЕРАБОТКЕ ПЛОДОВ ДЫНИ.
In
ВКЛАД УНИВЕРСИТЕТСКОЙ АГРАРНОЙ НАУКИ В ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ
АГРОПРОМЫШЛЕННОГО КОМПЛЕКСА
(pp. 332-337).
7.
Тухтамишев, С. С., Шокирхужаева, У., & Искандаров, З. С. (2024). УНИВЕРСАЛЬНАЯ
МАШИНА ДЛЯ ОЧИСТКИ ДЫНИ ОТ КОЖУРЫ И РАЗРЕЗАНИЯ ЕЕ НА КОЛЬЦЕВЫЕ
ДОЛЬКИ.
Eurasian Journal of Academic Research
,
4
(1-1), 110-118.
8.
Рахматов, О. О., Рахматов, Ф. О., Тухтамишев, С., & Равшанов, Ж. Н. (2017).
ПРОИЗВОДСТВО ВЫСОКОКАЛОРИЙНЫХ ПИЩЕВЫХ ПРОДУКТОВ ИЗ УЗБЕКСКИХ
СОРТОВ ДЫНЬ. In
Научно-практические пути повышения экологической устойчивости и
социально-экономическое обеспечение сельскохозяйственного производства
(pp. 1312-
1316).
9.
Тухтамишев, С. С., Тухтамишова, Г. К., & Рахмонкулов, M. У. (2024).
ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫЕ МЕТОДЫ ДЛЯ ОПРЕДЕЛЕНИЯ РАЗРУШАЮЩЕГО КОНКРЕТНОГО
НАПРЯЖЕНИЯ
УПРУГО-ВЯЗКИХ
МАТЕРИАЛОВ
РАСТИТЕЛЬНОГО
ПРОИСХОЖДЕНИЯ.
Eurasian Journal of Technology and Innovation
,
2
(1-2), 210-216.
152
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
10.
Рахматов, О., & Тухтамишев, С. С. (2022). Математическая импретация процесса
резания плода дыни лезвием.
11.
Рахматов, О. О., Тухтамишев, С. С., Нуриев, К. К., & Рахматов, О. (2019). Разработка
мини-технологической линии по безотходной переработке плодов. In
Научные основы
развития АПК
(pp. 286-289).
12.
Тухтамишов, С. С., Рахматов, О. О., Янгибаева, Г., & Худайбердиев, Р. (2019).
Разработка конструктивной схемы выделелителя семян. In
Научные основы развития
АПК: Сб. науч. тр. по материалам XXI Всерос.(нац.) научн.-практ. конф. студентов,
аспирантов и молодых ученых с международным участием (19 апреля–10 июня 2019г.)–
Томск-Новосибирск: ИЦ Золотой колос, 2019.–491 с.
(p. 296).
13.
Тухтамишев, С. С., Рахматов, О., Нуриев, К. К., & Жайнаков, Б. (2019). Установка
для разрезания плодов дыни на кольцевые дольки. In
Научные основы развития АПК:
Сб. науч. тр. по материалам XXI Всерос.(нац.) научн.-практ. конф. студентов,
аспирантов и молодых ученых с международным участием (19 апреля–10 июня 2019г.)–
Томск-Новосибирск: ИЦ Золотой колос, 2019.–491 с. (p. 293).
14.
S.S.Tuxtamishev, & F.T.Rayimov (2024). OLXO‘RI MEVALARINI QURITISH VA TSUKAT
TAYYORLASH
TEXNOLOGIYASI. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and
Management Studies, 1 (7), 53-57. doi: 10.5281/zenodo.11165385
15.
S.S.Tuxtamishev, & Sh.H.Qo‘Shbaqova (2024). BUG’DOY DONINING UYUMLARINI
SAQLASH TARTIB VA USULLARI. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and
Management Studies, 1 (8), 130-132. doi: 10.5281/zenodo.1126114