107
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)
TASAVVUF FALSAFASI TA’LIMOTINING METODOLOGIK
ASOSLARI
Adilov Bobomurod Bekmurodovich
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti
tadqiqotchisi
https://doi.org/
10.5281/zenodo.16401344
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:28-iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 30-iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 24-iyul 2025 yil
Mazkur maqolada tasavvuf falsafasining o‘ziga xos
metodologik asoslari, uning diniy-falsafiy ta’limot
sifatidagi mohiyati va taraqqiyot bosqichlari tahlil
qilingan.
Tasavvufning
Islom
dini
kontekstida
shakllanishi,
rivojlanish
xususiyatlari
va
uning
falsafalashuvi jarayoni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq
etilgan. Sharq ratsional falsafasi va irfoniy bilim tizimi
o‘rtasidagi munosabatlar, tasavvufning metafizik,
ontologik, gnoseologik va antropologik jihatlari hamda
uning manbalari tizimli ravishda o‘rganilgan. Tasavvuf
falsafasining
bugungi
kunda
ham
insoniyat
ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati ochib
berilgan.
KEY WORDS
tasavvuf, diniy-falsafiy ta’limot,
irfoniy
bilim,
metafizika,
ontologiya,
ma’rifat,
tavhid,
tasavvufning
falsafalashuvi,
ratsionalizm, irratsionalizm, sufiy
ta’limoti.
KIRISh
Tasavvuf ta’limoti islom dini tarixida o‘ziga xos va ajralib turadigan hodisa sifatida e’tirof
etiladi. U oddiy diniy ta’limot sifatida emas, balki murakkab va ko‘p qirrali diniy-falsafiy
ta’limot sifatida shakllangan. Tasavvuf insonning ichki dunyosini, ruhiy olamini, ma’naviy
kamolot yo‘llarini chuqur o‘rganuvchi ta’limot sifatida jahon falsafasi tarixida muhim o‘rin
egallaydi. Bu ta’limot asrlar davomida shakllanib, rivojlanib, boy falsafiy mazmun kasb etib,
o‘zining metodologik asoslarini yaratgan.
Tasavvuf ta’limotining mohiyati va uning falsafiy jihatlarini tadqiq qilish bugungi kunda ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu ta’limot inson ruhiyati, ma’naviyati va axloqiy
kamoloti masalalariga javob beruvchi tizim sifatida qimmatlidir. Shu bois ham tasavvufning
diniy-falsafiy ta’limot sifatidagi metodologik asoslarini tadqiq etish dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi.
Mazkur tadqiqotning maqsadi tasavvuf falsafasining metodologik asoslarini, uning diniy-
falsafiy ta’limot sifatidagi mohiyatini va rivojlanish bosqichlarini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil
qilishdan iborat.
MAVZUGA OID ADABIYoTLARNING TAHLILI
Tasavvuf ta’limotining falsafiy jihatlari ko‘plab olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Ayniqsa,
o‘zbek tasavvufshunos olimi Najmiddin Komilov tadqiqotlari alohida e’tiborga loyiq.
Najmiddin Komilov tasavvufni diniy-falsafiy ta’limot sifatida tahlil qilar ekan, bu ta’limotning
ko‘p qirraliligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, «tasavvuf biror-bir falsafiy tizim o‘rnini egallashga
da’vo qilgan emas. U, bir tomondan, diniy, ikkinchi tomondan, falsafiy-irfoniy qarashlardan
108
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)
oziqlangan o‘ziga xos ta’limot va axloqiy ustavlar majmuidir. U inson ruhiyati erki, inson ichki
olami, hislari parvozini ifodalab, Sharq falsafiy tafakkurida muhim o‘rin egallagan,
ma’naviyatimizni boyitishga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilgan ezgu g‘oyalar, najib hikmatlar
silsilasidir» [1]. Bu fikrlar tasavvufning nafaqat diniy, balki chuqur falsafiy va axloqiy
asoslarga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Tasavvufning diniy ta’limot sifatidagi jihatlarini tahlil qilar ekan, N.Komilov tasavvufning
avvalo Tavhid g‘oyasiga asoslanganligini alohida ta’kidlaydi. Tasavvuf amaliyotchisi – tariqat
yo‘lining soliki (yo‘lovchisi) ma’naviy safar jarayonida ilohiy borlik va birlikni anglash, ruhiy
va ma’naviy yuksalish va Alloh bilan bog‘lanish mohiyatini o‘rganadi. Bu jihat diniy g‘oyalar va
an’analar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Bundan tashqari, N.Komilov tasavvufning amaliy jihatlariga ham e’tibor qaratadi. «Tasavvuf
barchasidan oldin eng avvalo amallar majmuasidan iborat bo‘lgan ta’limotdir. Tasavvufning
amallar bilan bog‘liq qismi "Amaliy Tasavvuf" deb ataladi». Tasavvufiy amallar, masalan,
ibodatlar (namoz, ro‘za, zakot, Haj), zikr odobi va tasavvufiy marosimlar (murid tushish (biror
shayxga intisob qilish), xirqa kiyish... odoblari) diniy ta’limotning bir qismi sifatida ko‘riladi.
Bu amallar ruhiy va ma’naviy yuksalishga olib keladi [2].
N.Komilov tasavvufning ijtimoiy ahamiyatini ham alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, tasavvuf
ijtimoiy muammolarga qarshi ma’naviy yechimlarni taklif qiladi. Tasavvufiy harakatlar
ko‘pincha ijtimoiy beqarorlik va iqtisodiy qiyinchiliklarga javob sifatida paydo bo‘ladi.
Tasavvuf ta’limoti insonlar o‘rtasida hamjihatlik va ma’naviy birlikni yaratishga intiladi. Bu
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.
Olim tasavvufning falsafiy ta’limot sifatidagi jihatlarini tadqiq qilar ekan, uning metafizik,
ontologik, gnoseologik va antropologik tomonlarini chuqur tahlil qiladi. U tasavvufning ilohiy
haqiqat, borliq, bilish (ma’rifat) nazariyasi, inson borlig‘i, uning ruhiyat olami va mohiyati
haqida falsafiy tafakkur qilish imkoniyatlarini ochib beradi [3].
Tasavvufning bosh manbalarini belgilash masalasida N.Komilov aniq pozitsiyani egallaydi.
Uning nazarida tasavvuf ta’limotining bosh manbalari quyidagilardan iborat:
1. Qur’oni karim va Payg‘ambar Sunnati. N.Komilov tasavvufiy g‘oyalarning asoslarini
Islomning muqaddas matnlaridan olishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, Qur’on va Sunnat
tasavvufiy amaliyotlarning asosiy prinsiplarini belgilaydi [4].
2. Ilk so‘fiylarning ko‘rsatmalari va g‘oyalari, tasavvuf nazariyotchilarining ilmiy-adabiy
asarlari. Tasavvuf tarixida muhim o‘rin tutgan ilk so‘fiylarning so‘zlari va ko‘rsatmalari,
so‘fiy shoirlar va mutafakkirlarning asarlari ham asosiy manba hisoblanadi. Masalan,
Hakim at-Termiziy, Mustamliy Buxoriy, Abo‘said Abulxayr, Xoja Abdulloh Ansoriy, Xoja
Abdulqodir Geloniy, Xoja Yusuf Hamadoniy, Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Muhammad
al-G‘azzoliy, Shayx Fariduddin Attor, Ibn al-Arabiy, Mavlono Jaloliddin Balxiy Rumiy va
Mavlono Abdurahmon Jomiy kabi mutafakkirlarining ilmiy-adabiy asarlari tasavvufiy
fikrlar va g‘oyalarni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega [5].
3. Islomiy falsafa. Islom falsafasi, ayniqsa, Islom ilohiyotshunosligi – Kalom ilmi
maktablari hamda ratsional falsafa – Mashoiyun va Tabiiyun maktablari ham tasavvuf
ta’limotining shakllanishi va rivojlanishida katta rol o‘ynagan. N.Komilov bu falsafiy
ta’limotlarning tasavvuf bilan aloqadorligini ta’kidlaydi [6].
4. Ijtimoiy va madaniy kontekst. Tasavvufning rivojlanishi ijtimoiy va madaniy
sharoitlarga ham bog‘liq. N.Komilov tasavvuf ta’limotining o‘zgarishlariga ta’sir
yetkazgan ijtimoiy va madaniy omillarni ham o‘rganadi [7].
109
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)
5. Tajribaviy asoslar. Tasavvufda amaliy tajriba va botiniy-ruhiy holatlar ham muhim
omil hisoblanadi. Sufiylar o‘z amaliy tajribalari va botiniy kashflari orqali ruhiy
yuksalishga erishib, favqulodda va xoriqulodda kashfiyotlar – kashfu karomatlar
qilishgan [8].
Najmiddin Komilovning tasavvufni mukammal bir diniy-falsafiy ta’limot sifatida tadqiq
etishlari doirasiga tasavvufning falsafiy jihatlari ham kiradi. Tasavvufning falsafiy ko‘rinishga
ega bo‘lishi, uning fikriy-aqidaviy tuzilishida yangi falsafiy fikr va g‘oyalarning vujudga kelishi
tasavvuf ta’limotining yangi bosqichi sifatida muhim ahamiyatga ega. Professor
N.Komilovning ta’kidlashicha, ushbu davrda olam va inson haqidagi fikrlar, masalan,
Muhammad G‘azzoliy, Farididdin Attor, Najmiddin Kubro, Ibn al-Arabiy, Mavlono Jaloliddin
Rumiy, Aziziddin Nasafiy va boshqa mutafakkirlar tomonidan falsafiy-irfoniy usullar orqali
ishlab chiqilgan [9].
N.Komilov tasavvufning "falsafalashish" davrini XIII-XIV asrlar bilan bog‘laydi: «Tasavvufning
"falsafalashish" davri – XIII-XIV asrlarda bir qator mutafakkir adiblar, orif so‘fiylar yetishib
chiqdiki, biz ularni tasavvufni falsafa bilan bog‘lovchilar, deb aytamiz. Chunonchi, Ibn al-
Arabiy, Abu Homid Muhammad G‘azzoliy, Farididdin Attor, Aziziddin Nasafiy, Yahyo
Suhravardiy, Ibn Saboin, Abdurazzoq Koshoniy, Abdulkarim Jiliy, Mahmud Shabustariy,
Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Abdulqodir Bedil shunday mutafakkirlar. Bularning
ijodida olam va odam haqida o‘ylar, qazovu qadar, erk va ixtiyor, suvrat va ma’no, aql va ruh,
vaqt va zamon, inson tiynati xususida ko‘plab yangi qarashlar bayon etilgan. Bu zotlar
ilohiyshunoslikni butunlay yangi pog‘onaga ko‘tardilar. Ularning asarlarida insoniy ma’rifat
insoniy kechinmalar tasviri va tahlili bilan olib borildi, komil inson xislatlari batafsil ishlab
chiqildi» [10].
Tasavvufshunos olim J.Xolmo‘minovning tadqiqotlariga ko‘ra esa, tasavvufning falsafalashish
jarayoni irfoniy matnlarni germenevtik usulda talqin qilish jarayoni bilan ancha oldinroq
boshlangan: «Tasavvufiy tushunchalar, istilohlar, ramziy va majoziy ma’nolarni germenevtik
usul yordamisiz tushuntirishning imkoni yo‘q. Tasavvufiy bilimlarga germenevtik yondashish
X-asrdan buyon mavjud bo‘lib kelgan» [11].
Najmiddin Komilovning fikricha, mutasavvif olimlar «o‘z qarashlari bilan Ibn Sino, Ibn Rushd,
Umar Xayyomga yaqinlashib bordilar, ya’ni irfoniy tasavvufni rivojlantirdilarki, bu, masalan,
Ibn Sino tomonidan ham iliq qarshi olingan edi. Ibn Sino irfoniy bilish yo‘lini inkor etgan emas,
aksincha, "Hayy ibn Yaqzon", "At-Tayr", "Salomon va Absol" nomli asarlarida ramzlar orqali
so‘fiyona ma’rifatga erishishni tasvirlaydi. "Risola fil-ishq" asarida esa muhabbatni aynan
irfoniy mazmunda talqin etgan» [12].
TAHLIL VA NATIJALAR
Tasavvuf falsafasi ta’limoti metodologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu
metodologik asoslar quyidagi jihatlarda o‘z aksini topadi.
Tasavvuf ta’limotining diniy-falsafiy mohiyati
Tasavvuf ta’limoti o‘zining dastlabki shakllanish bosqichlaridayoq oddiy diniy qarashlardan
tashqariga chiqib, chuqur falsafiy mazmun kasb etgan. Bu ta’limot insonning Allohga bo‘lgan
muhabbati va ma’rifati orqali ilohiy haqiqatni anglashga intilish yo‘lidir. Tasavvuf ta’limoti
diniy asoslarga ega bo‘lsa-da, u falsafiy tafakkur doirasida rivojlangan.
Tasavvuf ta’limotining diniy-falsafiy mohiyati uning falsafiy kategoriyalar va tushunchalar
doirasida o‘z g‘oyalarini ifodalashida namoyon bo‘ladi. Bu ta’limotda "vujud" (borliq),
"vahdat" (birlik), "kasrat" (ko‘plik), "fano" (yo‘qlik), "baqo" (mangulik) kabi falsafiy
110
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)
tushunchalar markaziy o‘rinni egallaydi. Bu tushunchalar tasavvuf ta’limotining ontologik
asoslarini tashkil etadi.
Tasavvuf ta’limotining epistemologik (bilish nazariyasi) jihatlari ham o‘ziga xos. Bu ta’limotda
bilish jarayoni "ma’rifat" tushunchasi orqali ifodalanadi. Ma’rifat – bu oddiy aqliy bilimdan
farqli o‘laroq, qalb bilan, ruhiy tajriba orqali erishiladigan bilim. Tasavvufda ma’rifatga
erishish yo‘li – bu qalbni poklash, nafsni tarbiyalash va ruhiy poklanish jarayoni orqali amalga
oshiriladi.
Tasavvuf ta’limotining antropologik jihatlari inson mohiyati, uning ruhiy dunyosi va kamolot
yo‘llari haqidagi tasavvurlarda namoyon bo‘ladi. Bu ta’limotda inson – Allohning yerdagi
xalifasi, uning sifatlarini o‘zida aks ettiruvchi mavjudot. Insonning maqsadi – o‘z ruhiy
potensialini ro‘yobga chiqarish, ilohiy sifatlarni o‘zida namoyon etish va "komil inson"
darajasiga erishish.
Tasavvuf va ratsional falsafa munosabati
Tasavvuf ta’limoti islomiy ratsional falsafa bilan murakkab munosabatda bo‘lgan. Bir
tomondan, tasavvuf ta’limoti islomiy ratsional falsafadan (mashshoiyya, kalom) farqli o‘laroq,
irfoniy (intuitiv) bilimga tayanadi. Boshqa tomondan esa, tasavvuf ta’limoti rivojlanish
jarayonida ratsional falsafaning qator elementlarini o‘zlashtirgan.
Tasavvuf ta’limotining "falsafalashuvi" jarayoni XIII-XIV asrlarda o‘z cho‘qqisiga yetdi. Bu
davrda tasavvuf ta’limoti va ratsional falsafa o‘rtasidagi chegaralar yo‘qolib, ular o‘rtasida
sintez yuzaga keldi. Bu sintez natijasida "irfoniy falsafa" deb ataluvchi yo‘nalish shakllandi.
Irfoniy falsafa ratsional tafakkur va intuitiv bilimni uyg‘unlashtiruvchi ta’limot sifatida
namoyon bo‘ldi. Bu ta’limotda falsafiy kategoriyalar va tushunchalar orqali irfoniy tajribalar
ifodalandi, ruhiy olam qonuniyatlari falsafiy tilda bayon etildi.
Ibn Sino, Umar Xayyom kabi faylasuflar ijodida ham irfoniy elementlar kuzatilishi, tasavvuf va
ratsional falsafa o‘rtasidagi yaqinlikdan dalolat beradi. Xususan, Ibn Sinoning "Hayy ibn
Yaqzon", "At-Tayr", "Salomon va Absol" va "Risola fil-ishq" kabi asarlarida so‘fiyona g‘oyalar
ifodalangan. Umar Xayyom ruboiylarida ham tasavvufiy ramzlar va obrazlar keng qo‘llanilgan.
Tasavvuf ta’limotining metodologik xususiyatlari
Tasavvuf ta’limotining metodologik xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1.
Tavhid prinsipi
. Tasavvuf ta’limotining markaziy metodologik prinsipi – bu tavhid,
ya’ni borliqning birligi g‘oyasidir. Bu prinsip nafaqat diniy-teologik, balki ontologik-
falsafiy ahamiyatga ham ega. Tasavvufda borliq yagona, uning asosida ilohiy borliq
yotadi, boshqa barcha mavjudot esa ilohiy borliqning tajalliysi (namoyon bo‘lishi)
sifatida tushuniladi.
2.
Tamsil (analogiya) metodi
. Tasavvuf ta’limotida bilish jarayonida keng
qo‘llaniladigan metod – bu tamsil, ya’ni analogiya metodidir. Bu metod orqali ilohiy
olam va inson olami o‘rtasidagi o‘xshashliklar aniqlanadi, mikrokosm (inson) va
makrokosm (olam) o‘rtasidagi muvofiqlik ochib beriladi.
3.
Ramziy-majoziy metodologiya
. Tasavvuf ta’limotida ramzlar va majozlar orqali fikr
ifodalash keng tarqalgan. Bu metodologiya orqali murakkab metafizik g‘oyalar va ruhiy
tajribalar ifodalanadi. Masalan, "may", "soqiy", "yor", "hijron", "visol" kabi ramzlar
orqali ilohiy ishq va ma’rifat ifodalanadi.
111
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)
4.
Dialektik metodologiya
. Tasavvuf ta’limotida qarama-qarshiliklarning birligi va
kurashi g‘oyasi muhim o‘rin tutadi. Masalan, "fano va baqo", "vahdat va kasrat", "zohir
va botin" kabi dialektik juftliklar orqali borliqning murakkab tabiati ochib beriladi.
5.
Hermenevtik metodologiya
. Tasavvuf ta’limotida matnlarni talqin qilish, ramziy
ma’nolarni ochib berish muhim ahamiyatga ega. Bu metodologiya X asrdan buyon
tasavvufiy bilimlarni tushuntirishda qo‘llaniladi.
Tasavvuf ta’limotining bugungi kundagi ahamiyati
Tasavvuf ta’limoti bugungi kunda ham insoniyat ma’naviyatini yuksaltirishda muhim rol
o‘ynamoqda. Bu ta’limotning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1.
Inson ruhiy dunyosini o‘rganish
. Tasavvuf ta’limoti inson ruhiy dunyosini chuqur
o‘rganuvchi ta’limot sifatida psixologiya va antropologiya sohalariga qimmatli
ma’lumotlar beradi.
2.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya
. Tasavvuf ta’limoti insonni ma’naviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalashga qaratilgan ta’limot sifatida bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
3.
Tolerantlik va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish
. Tasavvuf ta’limoti barcha
insonlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, tolerantlik va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib
qiluvchi ta’limot sifatida bugungi globallashuv davrida muhim ahamiyatga ega.
4. E
kologik ongni shakllantirish
. Tasavvuf ta’limotidagi barcha mavjudotning birligi
g‘oyasi ekologik ongni shakllantirishda, tabiatga ehtirom bilan munosabatda bo‘lishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
5.
Ilmiy-falsafiy tafakkurni rivojlantirish
. Tasavvuf ta’limotidagi dialektik fikrlash,
ramziy-majoziy tafakkur, hermenevtik yondashuv kabi metodologik prinsiplar ilmiy-
falsafiy tafakkurni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
Xulosa qilib aytganda, tasavvuf falsafasi ta’limoti o‘zining metodologik asoslari bilan islomiy
tafakkur tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu ta’limot diniy-falsafiy tafakkurning o‘ziga xos sintezi
sifatida shakllanib, inson ruhiy dunyosini, borliq mohiyatini, bilish jarayonini o‘ziga xos talqin
etuvchi mukammal metodologik tizimni yaratgan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Tasavvuf falsafasi ta’limotining metodologik asoslarini tahlil qilish natijasida quyidagi
xulosalarga kelish mumkin:
1. Tasavvuf ta’limoti islom dini kontekstida shakllangan bo‘lsa-da, u oddiy diniy
ta’limotdan tashqariga chiqib, mukammal diniy-falsafiy ta’limot sifatida rivojlangan. Bu
ta’limot diniy, falsafiy va ijtimoiy-axloqiy komponentlarni o‘z ichiga olgan sintetik
xarakterga ega.
2. Tasavvuf ta’limotining falsafiy jihatlari uning ontologik, gnoseologik, antropologik va
aksiologik qarashlar tizimida namoyon bo‘ladi. Bu ta’limotda "vujud", "vahdat",
"ma’rifat", "komil inson" kabi tushunchalar markaziy o‘rinni egallaydi.
3. Tasavvuf ta’limotining asosiy manbalari Qur’on va Sunnat, ilk so‘fiylarning
ko‘rsatmalari, tasavvuf nazariyotchilarining ilmiy-adabiy asarlari, islomiy falsafa,
ijtimoiy-madaniy kontekst va tajribaviy asoslardan iborat.
112
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)
4. Tasavvufning "falsafalashuvi" jarayoni XIII-XIV asrlarda o‘z cho‘qqisiga yetgan. Bu
davrda Ibn al-Arabiy, Muhammad G‘azzoliy, Fariduddin Attor, Jaloliddin Rumiy kabi
mutafakkirlar tomonidan tasavvufning falsafiy asoslari ishlab chiqilgan. Lekin
tasavvufiy g‘oyalarning falsafiy talqini jarayoni X asrdan boshlangan deb hisoblash
mumkin.
5. Tasavvuf ta’limoti va ratsional falsafa o‘rtasidagi munosabatlar murakkab xarakterga
ega. Tasavvuf irfoniy bilimga tayansa-da, rivojlanish jarayonida ratsional falsafaning
elementlarini o‘zlashtirgan. Natijada "irfoniy falsafa" deb ataluvchi yo‘nalish
shakllangan.
6. Tasavvuf ta’limotining metodologik xususiyatlari tavhid prinsipi, tamsil metodi,
ramziy-majoziy metodologiya, dialektik metodologiya va hermenevtik metodologiyada
namoyon bo‘ladi.
7. Tasavvuf ta’limoti bugungi kunda ham insoniyat ma’naviyatini yuksaltirishda, inson
ruhiy dunyosini o‘rganishda, ma’naviy-axloqiy tarbiyada, tolerantlik va insonparvarlik
g‘oyalarini targ‘ib qilishda, ekologik ongni shakllantirishda va ilmiy-falsafiy tafakkurni
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib, quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:
1. Tasavvuf falsafasi ta’limotining metodologik asoslarini yanada chuqurroq o‘rganish
uchun maxsus tadqiqot markazlarini tashkil etish maqsadga muvofiq.
2. Tasavvuf ta’limotining ilmiy-falsafiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish uchun ilmiy
konferensiyalar, seminarlar o‘tkazish lozim.
3. Tasavvuf ta’limotining ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-falsafiy qadriyatlarini zamonaviy
ta’lim tizimiga integratsiya qilish maqsadga muvofiq.
4. Tasavvuf falsafasini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy-ommabop
nashrlar tayyorlash zarur.
5. Tasavvuf ta’limotining ratsional falsafa bilan munosabatlarini chuqurroq o‘rganish
uchun komparativ tadqiqotlarni kuchaytirish lozim.
6. Tasavvuf ta’limotining metodologik potensialidan zamonaviy falsafiy, psixologik,
antropologik tadqiqotlarda foydalanish maqsadga muvofiq.
7. Tasavvuf falsafasi ta’limotining ekologik ongni shakllantirishdagi ahamiyatini ochib
berish uchun maxsus tadqiqotlar olib borish zarur.
Tasavvuf falsafasi ta’limotining metodologik asoslarini o‘rganish bugungi kunda insoniyat
duch kelayotgan ma’naviy-axloqiy inqirozlardan chiqish yo‘llarini topishda, inson ruhiy
dunyosini chuqurroq tushunishda, global muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb
etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
[1-10] Komilov N. Tasavvuf. – Toshkent: "Mvrunnhr" – "O`zbkistоn", 2009. – B.250.
[11] Xolmo‘minov J. Qiyosiy tasavvufshunoslik (Monografiya). – Toshkent: "Toshkent davlat
sharqshunoslik universiteti", «Yangi asr avlodi», 2021. – B.27.
[12] Komilov N. Tafakkur karvonlari. – Toshkent: "Ma’naviyat", 1999. – B.205.