Авторы

  • Bobomurod Adilov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.128175

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek tasavvufshunosligi rivojida muhim o‘rin tutgan taniqli adabiyotshunos, manbashunos, tasavvufshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Najmiddin Komilovning hayoti, ilmiy-ijodiy faoliyati va tasavvufshunoslik maktabi tahlil qilinadi. Muallif N.Komilovning o‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganishdagi o‘rni, tasavvuf adabiyoti va falsafasini tadqiq etish borasidagi ilmiy izlanishlari hamda shu sohada yaratgan ilmiy maktabi faoliyatini keng yoritadi. Mustaqillik yillarida professor Najmiddin Komilov tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, xususan, tasavvuf ta’limotining chuqur ma’naviy-ma’rifiy mohiyatini ochib berish borasidagi sa’y-harakatlariga alohida e’tibor qaratilgan.


background image

101

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

TASAVVUFSHUNOSLIK ILMI RIVOJIDA NAJMIDDIN

KOMILOV ILMIY MEROSINING AHAMIYATI

Adilov Bobomurod Bekmurodovich

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti

tadqiqotchisi

https://doi.org/

10.5281/zenodo.16401156

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:28-iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 30-iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 24-iyul 2025 yil

Mazkur maqolada o‘zbek tasavvufshunosligi

rivojida muhim o‘rin tutgan taniqli adabiyotshunos,

manbashunos, tasavvufshunos olim, filologiya fanlari

doktori, professor Najmiddin Komilovning hayoti, ilmiy-

ijodiy faoliyati va tasavvufshunoslik maktabi tahlil

qilinadi. Muallif

N.Komilovning o‘zbek mumtoz

adabiyotini o‘rganishdagi o‘rni, tasavvuf adabiyoti va

falsafasini tadqiq etish borasidagi ilmiy izlanishlari

hamda shu sohada yaratgan ilmiy maktabi faoliyatini

keng yoritadi. Mustaqillik yillarida professor Najmiddin

Komilov tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari,

xususan, tasavvuf ta’limotining chuqur ma’naviy-ma’rifiy

mohiyatini ochib berish borasidagi sa’y-harakatlariga

alohida e’tibor qaratilgan.

KEY WORDS

tasavvufshunoslik,

manbashunoslik,

tasavvuf

adabiyoti,

tasavvuf

falsafasi,

ma’naviy meros, ilmiy maktab,

mumtoz adabiyot, tarjima san’ati,

qiyosiy

adabiyotshunoslik,

ma’rifatparvarlik

Kirish

XX asr oxiri - XXI asr boshlarida milliy ma’naviyatimizning asoslarini qaytadan anglash va

tiklash, xalqimizning boy madaniy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish borasida O‘zbekiston

ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ziyolilar safida professor Najmiddin Komilovning

alohida o‘rni bor. Tasavvufshunoslik, navoiyshunoslik, adabiyotshunoslik, manbashunoslik,

tarjimashunoslik kabi yo‘nalishlarda salmoqli ilmiy meros qoldirgan olim O‘zbekiston

mustaqillikka erishgandan keyingi davrda yuzaga kelgan yangi ma’naviy sharoitda yashab

ijod qildi va ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shdi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda milliy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash, xalqimizning boy

ma’naviy merosi, xususan, tasavvuf ilmini xalqimizga yetkazish va targ‘ib qilish borasida olib

borilgan keng ko‘lamli islohotlarda Najmiddin Komilovning xizmatlari beqiyos. U faqat

nazariy ilmiy faoliyat olib borish bilan cheklanib qolmasdan, amaliy jihatdan ham

mamlakatimizning ma’naviy hayotida, siyosiy-ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etdi.

Tasavvuf ta’limotining g‘oyaviy-falsafiy asoslari, tasavvuf she’riyati va nasrining badiiy

xususiyatlari, tasavvuf arboblarining hayoti va ijodi, ma’naviy merosining tarixiy ahamiyati

haqida to‘laqonli tasavvur hosil qilish uchun professor Najmiddin Komilov asarlari muhim

manba vazifasini o‘taydi. Mazkur maqolada ana shu ilmiy-madaniy doirada ilk bora

tasavvufshunos olim Najmiddin Komilovning o‘zbek tasavvufshunosligi ilmi rivojidagi,

xususan, tasavvuf adabiyoti va falsafasini tadqiq etish borasidagi ilmiy merosi, uning mohiyati

va ahamiyatini yoritish maqsad qilingan.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili

Tasavvuf adabiyoti va falsafasini tadqiq etish, tasavvuf ta’limotining mohiyatini tushuntirish

va targ‘ib qilish borasida bir qancha olimlarning xizmatlarini qayd etish mumkin. Ushbu

yo‘nalishdagi tadqiqotlar O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin ayniqsa, jadal sur’atda


background image

102

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

rivojlana boshladi. Mustaqillik yillaridagi bunday erkinlik natijasida professor Najmiddin

Komilov tasavvufga oid ko‘plab asarlar chop etdi va bu sohada ilmiy maktab yaratdi.

Najmiddin Komilovning hayoti va faoliyati haqida bir qator ilmiy-ommabop maqolalar chop

etilgan. Baxtiyor Omon o‘zining «Noshir daftari» kitobida shunday yozadi: «Davlat va jamiyat

boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari bo‘lgan vazirlik va idoralar rahbarlari, muovinlari,

mas’ul xodimlariga islom dinining ma’rifiy vazifasi, tasavvuf ilmining mohiyatini yangi

talqinlarda ko‘rsatib, ilm-fan, ma’naviyatga o‘zgacha mehr-muhabbat uyg‘otdi. Islom falsafasi,

taraqqiyot falsafasi, o‘tish davri psixologiyasini, zamon talablarini anglata bildi» [2].

Ollohberdi Mahmudov «Komil inson – bashariyat kelajagi» nomli maqolasida Najmiddin

Komilov va uning ilmiy merosini yuksak baholaydi: «Bugungi kunga kelib dunyo miqyosida

fikrlovchi allomalar yuzaga kelmoqda. Ular o‘z fikrlarida komil inson tarbiyasini oldinga

surmoqdalar. O‘zbekistonda ham shunday vakolatli olimlar ko‘pdir. Ulardan biri Najmiddin

Komilov serqirra ijod sohibi. Uning bir qator ilmiy yo‘nalishdagi tadqiqotlari ko‘p sohalarni

qamrab oladi» [8].

Saidolim Olimovning «O‘zi bir olam edi...» nomli maqolasida olim shaxsiyatiga doir qimmatli

xotiralar bilan birga, uning ilmiy merosiga yuksak baho berilgan. Muallif Komilovni «o‘zi bir

olam» sifatida ta’riflaydi va uning suhbatlaridan olgan saboqlarini o‘quvchilar bilan

o‘rtoqlashadi [5].

Akmal Saidov «Tafakkur karvonida tasavvuf vodiysiga safar» maqolasida Najmiddin

Komilovning ma’naviyat, tasavvuf va adabiyot sohasidagi izlanishlarini yuksak baholaydi.

Olimning tasavvufshunoslik sohasidagi kashfiyotlari va tadqiqotlarining ilmiy ahamiyati

haqida fikr yuritadi [4].

Malika Berdimurodovaning «Nechun nigohingni tortadi tuproq yoxud piri komil Najmiddin

Komilovni eslab» nomli maqolasida muallif ustozi N.Komilovning tasavvuf ta’limoti borasidagi

chuqur bilimlari va ma’naviy fazilatlari haqida so‘z yuritadi [6].

Najmiddin Komilov shaxsiyati va ilmiy merosiga bag‘ishlangan muhim tadqiqotlardan biri

2019 yilda nashr etilgan Baxtiyor Omonning «Ustoz, murabbiy va do‘st» maqolasidir. Unda

muallif Komilov bilan bo‘lgan xotiralarini yoritish bilan birga, olimning ilmiy izlanishlari va

ma’naviy qarashlariga ham to‘xtalib o‘tadi va uni nafaqat ustoz va murabbiy, balki sodiq do‘st

sifatida ham ta’riflaydi [7].

Do‘ktor Malik Abdulhamid va do‘ktor Ja’far Muhammad Xalifaning «Adabiyoti forsii

O‘zbekiston» (O‘zbekistonning fors adabiyoti) kitobida Najmiddin Komilovning tarjima san’ati

va tasavvuf adabiyoti sohasidagi xizmatlari yuksak baholangan [1]. Mualliflar Komilovning

fors-tojik va o‘zbek adabiyoti o‘rtasidagi mushtarak jihatlarni yoritishdagi o‘rni va tasavvuf

adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishdagi mahoratini alohida ta’kidlab o‘tishgan.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar orqali ko‘rish mumkinki, Najmiddin Komilov tasavvuf

adabiyoti va falsafasi, manbashunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik, tarjima san’ati va

navoiyshunoslik sohalarida o‘ziga xos ilmiy maktab yaratgan va ko‘plab shogirdlar

yetishtirgan olimdir. Uning ilmiy merosi va tasavvufshunoslik maktabi faoliyati haqida jiddiy

tadqiqotlar olib borish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Tahlil va natijalar

Najmiddin Komilov o‘zining uzoq yillik ilmiy faoliyati davomida o‘zbek tasavvufshunosligi,

manbashunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik sohalarida sermahsul ijod

qildi. Uning ilmiy merosi va tasavvufshunoslik maktabi nafaqat o‘zbek adabiyotshunosligi,

balki umuman sharq adabiyoti va madaniyatini o‘rganish bobida ham muhim ahamiyat kasb

etadi.

Najmiddin Komilov tasavvufshunoslik ilmining rivojiga qo‘shgan hissasini quyidagi

yo‘nalishlarda ko‘rish mumkin:

Birinchidan, professor N.Komilov tasavvuf ta’limotining nazariy asoslari, uning tarixiy

taraqqiyoti, falsafiy-estetik qarashlari, badiiy-estetik xususiyatlarini chuqur tadqiq etdi.

Olimning «Tasavvuf», «Tasavvuf va she’riyat», «Hazrati Inson» kabi asarlari tasavvuf falsafasi,


background image

103

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

tariqatlar tarixi, tasavvuf arboblari va ularning ma’naviy merosini o‘rganishda muhim manba

sifatida xizmat qiladi. N.Komilov tasavvuf ta’limotining mohiyati, uning tarixiy shakllanishi,

asosiy tushuncha va atamalarini, tasavvuf tariqatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini izchil va

tizimli ravishda tahlil qiladi.

Ikkinchidan, N.Komilov tasavvuf klassiklarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish,

sharhlash va tadqiq etish orqali milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimizni boyitishga katta hissa

qo‘shdi. U Mavlono Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy», Farididdin Attorning

«Ilohiynoma», «Mantiq ut-tayr», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston» kabi asarlarini tarjima

qildi va sharhladi. Bu tarjimalar orqali o‘zbek kitobxoni tasavvuf adabiyotining noyob

durdonalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Uchinchidan, N.Komilov Alisher Navoiy ijodini tasavvuf ta’limoti nuqtai nazaridan tadqiq

qilish orqali o‘zbek navoiyshunosligiga yangicha yondashuvni olib kirdi. Uning «Xizr

chashmasi», «Navoiyning irfoniy qarashlari» kabi asarlarida Navoiy ijodining irfoniy-

tasavvufiy mohiyati, so‘fiyona qarashlari chuqur tahlil qilingan. Bu orqali Navoiy ijodiyatining

yangi qirralari kashf etildi va uning tasavvuf falsafasi bilan bog‘liq jihatlari ochib berildi.

To‘rtinchidan, professor Najmiddin Komilov tasavvufshunoslik maktabini yaratib, bu sohada

ko‘plab shogirdlarni tarbiyaladi. Uning ilmiy rahbarligi ostida tasavvuf adabiyoti, tariqatlar

tarixi, tasavvuf falsafasi bo‘yicha o‘nlab dissertatsiyalar himoya qilindi. Uning shogirdlari

bugun o‘zbek adabiyotshunosligi va tasavvufshunosligi sohasida muhim tadqiqotlar olib

bormoqdalar. Bu esa Komilov maktabining izchil davom etayotganligini ko‘rsatadi.

Beshinchidan, Najmiddin Komilov tasavvuf ta’limotini keng ommaga tushunarli tarzda

yetkazish, tasavvuf falsafasi va adabiyotining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini targ‘ib qilish

borasida samarali faoliyat olib bordi. U Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasi

tinglovchilariga, ya’ni bo‘lajak rahbar kadrlarga tasavvuf falsafasi, islom ma’rifati bo‘yicha

maxsus kurslar o‘qidi. Bu orqali rahbar kadrlarning ma’naviy dunyoqarashi, milliy

qadriyatlarga munosabati shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Oltinchidan, N.Komilov sharq xalqlari adabiy aloqalari, tarjima san’ati, manbashunoslik va

matnshunoslik sohalarida olib borgan tadqiqotlari bilan qiyosiy adabiyotshunoslik rivojiga

ham muhim hissa qo‘shdi. Uning «Xorazm tarjima maktabi» mavzusidagi doktorlik

dissertatsiyasida va «Bu qadimiy san’at» asarida tarjima san’atining nazariy masalalari, tarixi

va taraqqiyoti keng yoritilgan.

Yettinchidan, professor Najmiddin Komilov qadimiy manbalarni o‘rganish, ulardan tasavvuf

tarixi va tasavvuf adabiyoti nuqtai nazaridan foydalanish metodologiyasini ishlab chiqdi. U

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida «Manbashunoslik va matnshunoslik» kafedrasini

boshqargan yillari manbashunoslik sohasida yangi metodologik yondashuvlarni joriy etdi. Bu

esa tasavvuf manbalarini ilmiy o‘rganish, qiyosiy tahlil qilish va tizimlashtirishda muhim

ahamiyat kasb etadi.

Najmiddin Komilov tasavvuf ta’limotining mohiyati, tariqatlar tarixi, tasavvuf adabiyotining

badiiy-estetik xususiyatlarini tahlil qilar ekan, tasavvuf falsafasidagi komil inson

tushunchasiga alohida e’tibor qaratadi. Uning fikricha, tasavvufning eng muhim g‘oyasi –

komil inson tarbiyasi, inson ruhiyatini poklash, ma’naviy kamolotga erishish orqali haqiqiy

insoniylik darajasiga ko‘tarilish. Bu g‘oya professor Najmiddin Komilovning barcha asarlarida,

xususan, «Hazrati Inson» kitobida keng ko‘lamda yoritib berilgan.

N.Komilovning olib borgan ilmiy izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, tasavvuf faqatgina diniy-

mistik ta’limot emas, balki chuqur falsafiy-axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy mazmunga ega bo‘lgan

ijtimoiy-falsafiy ta’limotdir. U insonning ruhiy va ma’naviy kamoloti uchun zarur bo‘lgan

axloqiy qoidalar va hayotiy tamoyillarni o‘zida mujassam etadi.

Professor Najmiddin Komilov o‘zining tasavvuf tadqiqotlarida nafaqat tasavvufning tarixiy

taraqqiyoti va nazariy asoslarini, balki uning hozirgi zamon uchun ahamiyatini ham ochib

berishga harakat qildi. U tasavvufdagi bag‘rikenglik, insonparvarlik, ma’naviy kamolot kabi

g‘oyalarning zamonaviy jamiyat uchun muhim ekanligini ta’kidlaydi. Bu esa tasavvuf


background image

104

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

ta’limotining abadiy qadriyatlarini, uning ma’naviy-axloqiy tizimining hozirgi kunning dolzarb

masalalarini hal etishdagi ahamiyatini ko‘rsatib beradi.

Xulosa qilib aytganda, professor Najmiddin Komilov o‘zbek tasavvufshunosligi va

adabiyotshunosligida chuqur iz qoldirgan olim sifatida tan olinadi. Uning ilmiy merosi va

tasavvufshunoslik maktabi bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, bu sohada yangi

tadqiqotlar olib borish uchun nazariy va metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbek

tasavvufshunosligi rivojida Najmiddin Komilov ilmiy merosining ahamiyati hali uzoq yillar

davomida o‘z qiymatini saqlab qoladi.

Xulosa va takliflar

Professor Najmiddin Komilovning ilmiy merosi va tasavvufshunoslik maktabining o‘zbek

adabiyotshunosligi va madaniyatshunosligi rivojidagi o‘rni va ahamiyati quyidagi xulosalar

bilan belgilanadi:

Birinchidan, Najmiddin Komilov mustaqillik yillarida o‘zbek tasavvufshunosligi ilmining

shakllanishiga asos solgan olimlardan biridir. U tasavvufni ilmiy o‘rganish, tasavvuf adabiyoti

va falsafasini xalqqa yetkazishda yangicha ilmiy yondashuvni yaratdi. Olimning tasavvuf

ta’limotining mohiyati, tushunchalari, tariqatlar tarixi, tasavvuf adabiyotining badiiy-estetik

xususiyatlari bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari o‘zbek tasavvufshunoslik ilmining nazariy-

metodologik asoslarini yaratishga xizmat qildi.

Ikkinchidan, Najmiddin Komilov tasavvufning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini ochib berish,

uning chuqur falsafiy-axloqiy mohiyatini tushuntirish orqali tasavvuf ta’limotiga bo‘lgan

noto‘g‘ri qarashlarni bartaraf etishga katta hissa qo‘shdi. Uning tadqiqotlari tasavvufning

faqat diniy-mistik ta’limot emas, balki inson ma’naviyati, ruhiy-axloqiy kamoloti bilan bog‘liq

ulkan falsafiy tizim ekanligini ko‘rsatib berdi.

Uchinchidan, professor Najmiddin Komilovning tasavvuf klassiklarining asarlarini o‘zbek

tiliga tarjima qilishi, sharhlashi va tadqiq etishi milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimizni

boyitishga katta hissa qo‘shdi. Jaloliddin Rumiy, Farididdin Attor, Abdurahmon Jomiy kabi

tasavvuf adabiyoti namoyandalarining asarlarini tarjima qilish va sharhlash orqali o‘zbek

kitobxoniga tasavvuf adabiyotining noyob namunalarini taqdim etdi.

To‘rtinchidan, N.Komilov o‘zbek navoiyshunosligiga tasavvufiy yondashuvni olib kirdi va

Alisher Navoiy ijodini tasavvuf ta’limoti nuqtai nazaridan tadqiq etish metodologiyasini

yaratdi. Bu esa Navoiy ijodining yangi qirralarini, uning irfoniy-tasavvufiy qarashlarini

chuqurroq anglash imkonini berdi.

Beshinchidan, N.Komilovning sharq xalqlari adabiy aloqalari, tarjima san’ati, manbashunoslik

sohalaridagi tadqiqotlari o‘zbek adabiyotshunosligi rivojiga, qiyosiy adabiyotshunoslik

ilmining shakllanishiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. Uning tarjima nazariyasi va amaliyoti,

manbashunoslik va matnshunoslik masalalariga bag‘ishlangan asarlari bu sohalarning nazariy

va metodologik asoslarini rivojlantirdi.

Oltinchidan, Najmiddin Komilovning tasavvufshunoslik maktabi bugungi kunda o‘zbek

adabiyotshunosligi va madaniyatshunosligi sohasida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning

shogirdlari tasavvuf adabiyoti, tasavvuf tarixi va falsafasi bo‘yicha yangi tadqiqotlar olib

bormoqda, bu sohada yangi ilmiy ishlar yaratmoqda. Bu esa Komilov maktabining

davomiyligini ko‘rsatadi.

Yettinchidan, professor Najmiddin Komilovning ma’naviyat, tasavvuf va adabiyot sohasidagi

ilmiy merosi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Uning tadqiqotlari tasavvuf

ta’limotining milliy ma’naviyatimiz rivojidagi o‘rni, komil inson tarbiyasining muhimligi, inson

ruhiyati va ma’naviyatini yuksaltirishning zamonaviy ahamiyati haqidagi qarashlari hozirgi

kunda ham dolzarbligini saqlab qolmoqda.

Sakkizinchidan, Najmiddin Komilovning ilmiy va amaliy faoliyati, uning shaxsiy fazilatlari va

ma’naviy qarashlari o‘zining hayotiy tajribasi bilan tasavvuf ta’limotining mohiyatini – komil

inson tarbiyasining muhimligini ko‘rsatib berdi. U faqat nazariy tasavvufshunos emas, balki


background image

105

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

amalda o‘z hayoti va faoliyati bilan tasavvuf axloqining muhim jihatlarini namoyon etgan

inson sifatida e’tirof etiladi.

Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqqan holda, Najmiddin Komilovning ilmiy merosini yanada

chuqurroq o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha quyidagi takliflar ilgari suriladi:

1.

Najmiddin Komilovning tasavvufshunoslik ilmi rivojiga qo‘shgan hissasini atroflicha

o‘rganish maqsadida maxsus ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, uning ilmiy faoliyati va

merosini monografik tarzda tadqiq etish.

2.

Professor Najmiddin Komilovning tasavvufshunoslik maktabini o‘rganish, uning

shogirdlari va davomchilarining ilmiy faoliyatini tadqiq etish, bu maktabning ilmiy

an’analarini davom ettirish.

3.

N.Komilovning tasavvuf adabiyoti va falsafasi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarining

metodologik ahamiyatini o‘rganish, uning tasavvuf manbalarini o‘rganish, tasavvuf adabiyoti

namunalarini tahlil etish, tasavvuf falsafasini tushuntirish bo‘yicha ishlab chiqqan ilmiy

yondashuvlaridan zamonaviy tadqiqotlarda foydalanish.

4.

Najmiddin Komilovning tasavvuf klassiklarining asarlariga yozgan tarjima va

sharhlarini ilmiy nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqish, ularni to‘ldirish va yangi nashrlarini

amalga oshirish.

5.

Professor Najmiddin Komilovning ilmiy-ijodiy faoliyatini yorituvchi hujjatli film va

boshqa ommabop materiallar tayyorlash orqali uning ilmiy merosini keng jamoatchilikka

yetkazish.

6.

N.Komilov asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish orqali uning ilmiy merosini xalqaro

miqyosda targ‘ib qilish, bu orqali o‘zbek tasavvufshunosligi ilmining xalqaro ilmiy

hamjamiyatda tanilishiga hissa qo‘shish.

7.

Najmiddin Komilov nomidagi ilmiy mukofot ta’sis etish va tasavvuf adabiyoti, tasavvuf

falsafasi, o‘zbek mumtoz adabiyoti, manbashunoslik sohalarida salmoqli tadqiqotlar olib

borgan olimlarni bu mukofot bilan taqdirlash an’anasini yo‘lga qo‘yish.

8.

Tasavvuf ta’limotidagi komil inson tarbiyasi g‘oyasini zamonaviy ta’lim tizimiga tatbiq

etishda N.Komilov ilmiy merosidan foydalanish, bu orqali milliy ta’lim-tarbiya tizimimizni

boyitish.

Professor Najmiddin Komilovning ilmiy merosi va tasavvufshunoslik maktabi faqat o‘zbek

adabiyotshunosligi uchun emas, balki jahon madaniyati va ma’naviyati rivoji uchun ham

qimmatli ma’naviy xazina hisoblanadi. Uning tadqiqotlari tasavvufning chuqur falsafiy-axloqiy

mohiyatini, inson ruhiyatini poklash va ma’naviy kamolotga erishish yo‘llarini ko‘rsatib

bergan. Bu esa hozirgi globallashuv davrida, ma’naviy-axloqiy inqiroz xavfi kuchayib

borayotgan bir paytda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda, Najmiddin Komilov ilmiy

merosi va tasavvufshunoslik maktabi faoliyati nafaqat ilmiy-nazariy, balki amaliy jihatdan

ham katta ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

هفیلخ دمحم رفعج رتکد ،دیمحلادبع کلم رتکد

.

ناتسکبزا یسراف تایبدا

. –

دنه

:

یگنهرف ینزیار

ناریا یملسا یروهمج ترافس

«

ناریا گنهرف هناخ

». –

۱۳۸۴ ،ون یلهد

(

۲۰۰۴

). –

ص

.

۱۷۳

-

۱۷۴

.

2.

Baxtiyor Omon. Noshir daftari. – Toshkent: «Sharq», 2019. – B.7.

3.

Baxtiyor Omon. Ustoz, murabbiy va do‘st. / Noshir daftari. – Toshkent: «Sharq», 2019.

4.

Saidov A. Tafakkur karvonida tasavvuf vodiysiga safar. / «Kitob dunyosi» gazetasi,

2012 yil 5 oktyabr.

5.

Olim S. O‘zi bir olam edi... – «Imom al-Buxoriy saboqlari», 2013 yil, 2-son. – B.101-103.

6.

M. Berdimurodova. Nechun nigohingni tortadi tuproq yoxud piri komil Najmiddin

Komilovni eslab. / «Karvon qo‘ng‘irog‘i», 2013 yil 5 fevral.

7.

Baxtiyor Omon. Ustoz, murabbiy va do‘st. / Noshir daftari. – Toshkent: «Sharq», 2019.


background image

106

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

8.

Mahmudov O. Komil inson – bashariyat kelajagi. /Javohirnoma. VII risola: Latofatnoma.

/ Mas’ul muharrir va so‘nggi so‘z muallifi: Ja’far Muhammad Termiziy. Toshkent: «Shhf»,

2022.– B.415-424.

9.

Komilov N. Tasavvuf. – Toshkent: «Movarounnahr», 2009.

10.

Komilov N. Hazrati Inson. – Toshkent: «NMIU», 2012.

11.

Komilov N. Tasavvuf va she’riyat. – Toshkent: «Adabiyot va san’at», 2001.

12.

Komilov N. Xizr chashmasi. – Toshkent: «Ma’naviyat», 2005.

13.

Komilov N. Bu qadimiy san’at. – Toshkent: «G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at»,

1988.

14.

Komilov N. Ogahiyning tarjimonlik mahorati. – Toshkent: «Fan», 1970.

15.

Komilov N. Xorazm tarjima maktabi. – Toshkent: «Fan», 1986.

16.

Komilov N. Ruhlar dialogikasi. – Toshkent: «O‘zbekiston», 1997.

17.

Komilov N. Mavlono Jaloliddin Rumiy. – Toshkent: «Fan», 1993.

18.

Rumiy J. Masnaviyi ma’naviy. Birinchi daftar. Tarjimon: N.Komilov. – Toshkent:

«A.Qodiriy nomidagi xalq merosi», 1992.

19.

Attor F. Ilohiynoma. Tarjima va izohlar muallifi: N.Komilov. – Toshkent, 1994.

20.

Jomiy A. Bahoriston. Fors tilidan tarjima, so‘zboshi va izohlar muallifi: N.Komilov. –

Toshkent, 1997.

21.

Usmon Turar. Tasavvuf tarixi. Tarjimon: N.Hasan, muharrir: N.Komilov. – Toshkent:

«Istiqlol», 1999.

22.

Komilov N. Alisher Navoiyning irfoniy qarashlari // Navoiyga armug‘on. – Toshkent,

1991.

23.

Komilov N., N.Murodov. Ogahiy nazmi: xalqchillik, estetik ideal, mahorat. – Toshkent:

«Tafakkur», 2010.

24.

Komilov N. Tafakkur karvonlari. – Toshkent: «Ma’naviyat», 1999.

25.

Komilov N. Imom Moturidiy va moturidiya ta’limoti. // «Imom Buxoriy saboqlari»,

2000, №1.

26.

Komilov N. Tasavvufning jahonshumul ahamiyati. // «Ma’rifat», 2000, №29-30.

27.

Komilov N. Xojagon tariqati va Bahouddin Naqshband. // Bahouddin Naqshband:

hayoti va ijodi. Xalqaro konferensiya materiallari. – Toshkent, 2003.

28.

Komilov N. Sharq she’riyatining asosiy xususiyatlari. // «Sharq yulduzi», 2004, №3.

29.

Komilov N. Fariduddin Attor va so‘fiylik she’riyati. // «Sharqshunoslik», 1999, №9.

30.

Komilov N. Tasavvufni anglab, o‘zligimizni anglaymiz. // «Hayot va qonun», 2004, №4.

31.

Komilov N. Insonni anglab, olamni anglaymiz // «Imom Buxoriy saboqlari», 2007, №1.

32.

Komilov N. Ilm-fanning buyuk forumi. // «Milliy tiklanish», 2004, 24 iyun.

33.

Komilov N. Imom Moturidiy abadiyati. // «Milliy tiklanish», 2000, 3 oktyabr.

34.

Komilov N. Ma’naviy bag‘rikenglik – jamiyat taraqqiyotining asosi // «O‘zbekiston

adabiyoti va san’ati», 2011, 29 iyul.

35.

Komilov N. Ma’naviy yuksalish cho‘qqisi. // «Fidokor», 2003, 16 oktyabr.

36.

Komilov N. Ibn Sino va tasavvuf. // «Imom Buxoriy saboqlari», 2004, №1-2.

37.

Komilov N. Jomiy va o‘zbek adabiyoti. // «O‘zbek tili va adabiyoti», 1999, №6.

38.

Komilov N. Xorazm Ma’mun akademiyasi va ilmiy anjuman// «O‘zbekiston adabiyoti

va san’ati», 2006, 10 noyabr.

39.

Komilov N. Haqiqat tajallisi. // «Sharq yulduzi», 2000, №3.

Библиографические ссылки

. ادبیات فارسی ازبکستان. – هند: رایزنی فرهنگی سفارت جمهوری اسلامی ایران «خانه فرهنگ ایران ». – دهلی نو، ۱۳۸۴ (۲۰۰۴). – ص.۱۷۳-۱۷۴.

Baxtiyor Omon. Noshir daftari. – Toshkent: «Sharq», 2019. – B.7.

Baxtiyor Omon. Ustoz, murabbiy va do‘st. / Noshir daftari. – Toshkent: «Sharq», 2019.

Saidov A. Tafakkur karvonida tasavvuf vodiysiga safar. / «Kitob dunyosi» gazetasi, 2012 yil 5 oktyabr.

Olim S. O‘zi bir olam edi... – «Imom al-Buxoriy saboqlari», 2013 yil, 2-son. – B.101-103.

M. Berdimurodova. Nechun nigohingni tortadi tuproq yoxud piri komil Najmiddin Komilovni eslab. / «Karvon qo‘ng‘irog‘i», 2013 yil 5 fevral.

Baxtiyor Omon. Ustoz, murabbiy va do‘st. / Noshir daftari. – Toshkent: «Sharq», 2019.

Mahmudov O. Komil inson – bashariyat kelajagi. /Javohirnoma. VII risola: Latofatnoma. / Mas’ul muharrir va so‘nggi so‘z muallifi: Ja’far Muhammad Termiziy. Toshkent: «Shhf», 2022.– B.415-424.

Komilov N. Tasavvuf. – Toshkent: «Movarounnahr», 2009.

Komilov N. Hazrati Inson. – Toshkent: «NMIU», 2012.

Komilov N. Tasavvuf va she’riyat. – Toshkent: «Adabiyot va san’at», 2001.

Komilov N. Xizr chashmasi. – Toshkent: «Ma’naviyat», 2005.

Komilov N. Bu qadimiy san’at. – Toshkent: «G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at», 1988.

Komilov N. Ogahiyning tarjimonlik mahorati. – Toshkent: «Fan», 1970.

Komilov N. Xorazm tarjima maktabi. – Toshkent: «Fan», 1986.

Komilov N. Ruhlar dialogikasi. – Toshkent: «O‘zbekiston», 1997.

Komilov N. Mavlono Jaloliddin Rumiy. – Toshkent: «Fan», 1993.

Rumiy J. Masnaviyi ma’naviy. Birinchi daftar. Tarjimon: N.Komilov. – Toshkent: «A.Qodiriy nomidagi xalq merosi», 1992.

Attor F. Ilohiynoma. Tarjima va izohlar muallifi: N.Komilov. – Toshkent, 1994.

Jomiy A. Bahoriston. Fors tilidan tarjima, so‘zboshi va izohlar muallifi: N.Komilov. – Toshkent, 1997.

Usmon Turar. Tasavvuf tarixi. Tarjimon: N.Hasan, muharrir: N.Komilov. – Toshkent: «Istiqlol», 1999.

Komilov N. Alisher Navoiyning irfoniy qarashlari // Navoiyga armug‘on. – Toshkent, 1991.

Komilov N., N.Murodov. Ogahiy nazmi: xalqchillik, estetik ideal, mahorat. – Toshkent: «Tafakkur», 2010.

Komilov N. Tafakkur karvonlari. – Toshkent: «Ma’naviyat», 1999.

Komilov N. Imom Moturidiy va moturidiya ta’limoti. // «Imom Buxoriy saboqlari», 2000, №1.

Komilov N. Tasavvufning jahonshumul ahamiyati. // «Ma’rifat», 2000, №29-30.

Komilov N. Xojagon tariqati va Bahouddin Naqshband. // Bahouddin Naqshband: hayoti va ijodi. Xalqaro konferensiya materiallari. – Toshkent, 2003.

Komilov N. Sharq she’riyatining asosiy xususiyatlari. // «Sharq yulduzi», 2004, №3.

Komilov N. Fariduddin Attor va so‘fiylik she’riyati. // «Sharqshunoslik», 1999, №9.

Komilov N. Tasavvufni anglab, o‘zligimizni anglaymiz. // «Hayot va qonun», 2004, №4.

Komilov N. Insonni anglab, olamni anglaymiz // «Imom Buxoriy saboqlari», 2007, №1.

Komilov N. Ilm-fanning buyuk forumi. // «Milliy tiklanish», 2004, 24 iyun.

Komilov N. Imom Moturidiy abadiyati. // «Milliy tiklanish», 2000, 3 oktyabr.

Komilov N. Ma’naviy bag‘rikenglik – jamiyat taraqqiyotining asosi // «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 2011, 29 iyul.

Komilov N. Ma’naviy yuksalish cho‘qqisi. // «Fidokor», 2003, 16 oktyabr.

Komilov N. Ibn Sino va tasavvuf. // «Imom Buxoriy saboqlari», 2004, №1-2.

Komilov N. Jomiy va o‘zbek adabiyoti. // «O‘zbek tili va adabiyoti», 1999, №6.

Komilov N. Xorazm Ma’mun akademiyasi va ilmiy anjuman// «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 2006, 10 noyabr.

Komilov N. Haqiqat tajallisi. // «Sharq yulduzi»