Авторы

  • S.S. Tuxtamishev
  • R.X. Xudayberdiyev
  • A.A. A’zamov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.57045

Аннотация

Inson organizmi uchun zarur bo‘ladigan vitaminlardan 13 dan ortig‘i mevalar tarkibida mavjuddir. Bulardan tashqari mevalar tarkibida uglevodlar, mineral tuzlar, fermentlar, fitontsidlar va boshqa biologik moddalarni ko‘pligi jihatidan u insonni ishlash qobilyatini muntazam davom etishi hamda yashash davrini uzaytiradigan asosiy vositalardan biridir.


background image

119

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)

DANAKLI MEVALARNI SAQLASH USULLARI

S.S.Tuxtamishev

R.X. Xudayberdiyev

A.A. A’zamov

Guliston davlat universiteti.

https://doi.or

g/10.5281/zenodo.14333698

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 29-noyabr 2024 yil

Ma’qullandi: 1-dekabr 2024 yil

Nashr qilindi: 8-dekabr 2024 yil

Inson

organizmi

uchun

zarur

bo‘ladigan

vitaminlardan 13 dan ortig‘i mevalar tarkibida

mavjuddir. Bulardan tashqari mevalar tarkibida

uglevodlar, mineral tuzlar, fermentlar, fitontsidlar

va boshqa biologik moddalarni ko‘pligi jihatidan u

insonni ishlash qobilyatini muntazam davom etishi

hamda yashash davrini uzaytiradigan asosiy

vositalardan biridir.

Harorat, ombor, sovitgich, nisbiy
namlig, boshqariladigan gaz muhit.

Kirish

Danakli mevalarning deyarli barchasi saqlashga chidamliligi past bo‘lib, ular o‘zidan

suvni tez yo‘qotib so‘liydi, shu bilan birga kasalliklarga tez chalinadi. Ayrim mevalar

saqlashda tez ezilib ham ketadi.

O‘rik saqlash uchun sal qo‘raroq, eti tig‘iz, mazasi naviga xos bo‘lib etilgan paytida

uziladi. O‘rikni iloji boricha bandi bilan birga uzish kerak.

Yirik va o‘rtacha kattalikdagi o‘riklar to‘g‘ri qatorlarga terilib, maydalari esa to‘kma

qilib yashiklarga joylanadi. Yashik tagiga qirindi solinadi va ustiga qog‘oz tashlanadi, uning

ustiga ham qirindi sepiladi.

Asosiy qism.

O‘rik 0

0

S haroratda va nisbiy namligi 85-95% bo‘lgan sharoitda saqlanadi. Bunday

sharoitda o‘rikni 1-1,5 oy saqlash mumkin. Havo harorati 17-25

0

S bo‘lgan omborlarda

o‘rikni 8-10 kun saqlash mumkin. Havo harorati 17-25

0

S bo‘lgan omborlarda o‘rikni 8-10

kun saqlash mumkin.

Boshqariladigan gaz muhitida o‘rikni 1,5-2 oy saqlash mumkin. Bunda karbonat

angidridning miqdori 2-3%, kislorodning miqdori 2-3% va azotning miqdori 92-95%

bo‘lishi lozim.

Olxo‘rini saqlash uchun yashiklarga to‘g‘ri qator qilib joylashtiriladi. Mayda olxo‘ri

yashikka to‘kma qilib solinadi. Olxo‘ri harorati 0-1

0

Sli, nisbiy namligi 90-95% bo‘lgan

omborlarda saqlanadi. -1

0

S haroratda saqlanganda ma’lum vaqtdan keyin uning eti qorayadi.

Polietilen xaltachalarda1

0

S haroratda 2-3 oy saqlash mumkin.

Boshqariladigan gaz muhitida saqlashda uning tarkibi quyidagicha bo‘lishi tavsiya

qilinadi: karbonat angidrid 3-4%, kislorod 3%, azot 3%, azot 93-94%.

Olcha va gilos havo harorati 0

0

-1

0

S va nisbiy namligi 85-95% atrofida bo‘lgan

omborlarda saqlanadi. Gilosni odatda 30 kun, olchani 10-15 kun saqlash mumkin. Lekin,

polietilen xaltachalarga 1 kg dan joylashtirilgan olchani bir oygacha, boshqariladigan gaz

muxida (SO

2

– 10% O

2

– 11%, N

2

– 79%) 1,5 oygacha saqlash imkoni bor .

Shaftoli mevalarini turli omborlarda saqlash

. Meva saqlanadigan omborlarning bir

necha xili bor. Ayrimlarini qurish arzonga tushsada ammo ular takomillashmagan va


background image

120

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)

sovutgichsiz, boshqalari esa su’niy sovutgich bilan jixozlangan bo‘ladi. Lekin har bir ombor

izotermik bo‘lishi kerak.

Birinchi hilga meva saqlanadigan erto‘la ombor kiradi. Bularning kamchiligi issiq va

iliq kunlarda haroratni pasaytirib bo‘lmaydi. Bino havosi va qisman namligi shamollatish

quvrlari hamda eshik yordamida tartibga solib turiladi. Qattiq sovuq bo‘lganda havoni

xonadagi isitish uchun o‘t yoqish mumkin. Havo quruq bo‘lsa suv sepiladi. Namlik ko‘payib

ketsa kimyoviy shimdiruvchilar so‘ndirilmagan oxak, kaltsiy xlorid va boshqalardan

foydalaniladi. Sovitgichlarda shaftoli mevalari oddiy ombordagilardan yaxshi saqlanadi.

Sovitgich omborxonaning harorati termometrlarga qarab aniqlanadi. Termometrlar

omborga kiraverishda erdan 10 santimetr va omborning o‘rtasiga erdan 5 santimetr va 1,5-

1,6 metr baland qilib qo‘yiladi.

Ombor havosining nisbiy namligini psixrometr yordamida kuzatiladi. U omborning

o‘rtasiga o‘rnatiladi. Shaftoli mevalari joylashtirishdan oldin ombor ahlat va chirindilardan

tozalangan, shamollatilgan va dizinfektsiyalangan, oltin gugurt tutatilgan, devorlari temir

kupaoining 5foizli eritmasi purkalgan bo‘lishi kerak. Undan tashqari devor va shiplari

oqlanib bino ichi meva qo‘yish uchun tagliklar bilan jixozlanadi.

Shamollatish quvrlari tayyorlab qo‘yiladi. Shaftoli tez buziladigan mahsulot

bo‘lganligidan uni faol shamollatiladigan zamonaviy omborlarda saqlash maqsadga

muvofiqdir. Bunday omborlarda shaftoli mevalarini qayta ishlangunga qadar etarlicha vaqt

saqlash mumkin.

Agar hosil qutilarda saqlansa, ular taxlab qo‘yiladi. Qutilar devordan 40 santimetr

uzoqlikda saqlanadi, 1,8-2 metrli asosiy o‘tish joyi va har bir juft tax orasida 60-70

santimetrli yondan yo‘l qoldiriladi.

Qutilarni taxlab qo‘yish usuli juda ko‘p: to‘g‘ri burchakli, shaxmat usuli, ikkitadan,

uchtadan, to‘rttadan, beshtadan taxlanadi.

Shaftoli joylangan quti yoki g‘alvirlar ikkitadan yonlamasiga ustkisini tagiga reyka

qo‘yib taxlanadi. Qutilar orasida keng tirqishlar qoladi.

Mevalarni saqlash vaqtida ularni holatini muntazam kuzatib borish zarur, buning

uchun qutilarochilib tekshiriladi va zararlangan mevalar saralanib olib tashlanadi..

Mevalarni ombordan chiqarishdan oldin ular saralanadi, so‘ngra 2-3 kungacha harorati

sekin oshirib boriladigan devrostantsiya kamerasida saqlanadi. Bunda mevalarning ta’mi

yaxshilanadi, ular ancha hushbo‘y bo‘ladi. Agar devrostantsiya kamerasida saqlanadigan

maxsulot to‘g‘ridan-to‘g‘ri sovutgich omborlaridan tashqariga olib chiqilsa, mevalarni rangi

tezda qo‘ng‘ir tusga kiradi va buzila boshlaydi.

Shaftolini saqlash tartibi va sharoiti

. Shaftolini saqlash sharoiti o‘ziga xos bo‘lib

ko‘pincha alohida nav yoki partiyalar uchun saqlash rejasi tavsiya etiladi. Shaftolini

saqlashda 0Q1

0

S ga yaxshi harorat bo‘lishi mumkin.

Yirik sovitgich omborlarda saqlash haroratini kerakli formada ushlab turish qiyin. Shu

sababli ularda harorat 1

0

S-1,5S pasayishi extimoli yuzaga kelib, mevalar nobud bo‘lishi

mumkin. Sovutgichlarda saqlanadigan mevalarni asta-sekin ilitish kerak.

Shaftolini saqlashda havoning nisbiy namligini 85-90 foiz oralig‘ida ushlash tavsiya

etiladi. Past namlikda shaftoli navlarining mevalari so‘liydi va burushib qoladi. Gaz muhitini

tartibini boshqarish bilan saqlash muddatini uzaytirish, isrofgarchilikni oldini olish va

mevalar sifatini yuqori darajada saqlashga erishish mumkin. Bunda mevalardagi fiziologik

buzulishlar va mevalarni turli et qorayishlarning oldini olish mumkin. Har bir nav uchun

mevalarning saqlanuvchanligini taminlovchi eng yaxshi gaz tartibi va xarakati bo‘ladi. Faqat

ba’zi navlar SO

2

yuqori darajasi chidamli bo‘ladi. Chidamli navlarga SO

2

va O

2

kontsentratsiyasini 5:3 nisbati tavsiya etiladi.

Adabiyotlar.


background image

121

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)

1. Bo‘riev X. Ch, Jo‘raev R. J, Alimov O. A. «Meva – sabzavotlarni saqlash va ularga

dastlabki ishlov berish». Toshkent: «Mehnat», 2002. 51-68 b.

2. Bo‘riev X.Ch., Rizaev R.M. “Meva uzum maxsulotlari biokimyosi va texnologiyasi”

Toshkent “Mexnat” 1996 94-97 b.

3.

Тухтамишев, С. С., У. Шокирхужаева, and З. С. Искандаров. "УНИВЕРСАЛЬНАЯ

МАШИНА ДЛЯ ОЧИСТКИ ДЫНИ ОТ КОЖУРЫ И РАЗРЕЗАНИЯ ЕЕ НА КОЛЬЦЕВЫЕ

ДОЛЬКИ."

Евразийский журнал академических исследований

4.1 (2023): 110-118.

4.

Tukhtаmishеv, S., R. Xudаybеrdiyеv, and G. Tukhtаmishоvа. "MЕCHАNIZЕD

АPPАRАTUS FОR CUTTING MЕLОN FRUIT INTО АNNULАR SLICЕS."

Science and

innovation

2.A1 (2023): 252-255.

5.

Tuxtamishev, S. S., & Rayimov, F. T. (2024). OLXO ‘RI MEVALARINI QURITISH VA

TSUKAT

TAYYORLASH

TEXNOLOGIYASI.

Центральноазиатский

журнал

междисциплинарных исследований и исследований в области управления

,

1

(7), 53-

57.

6.

Tuxtamishev, S. S., and SH H. Qo‘shbaqova. "BUG’DOY DONINING UYUMLARINI

SAQLASH

TARTIB

VA

USULLARI."

Центральноазиатский

журнал

междисциплинарных исследований и исследований в области управления

1.8

(2024): 130-132.

7.

Тухтамишев, С. С., У. Шокирхужаева, and З. С. Искандаров. "УНИВЕРСАЛЬНАЯ

МАШИНА ДЛЯ ОЧИСТКИ ДЫНИ ОТ КОЖУРЫ И РАЗРЕЗАНИЯ ЕЕ НА КОЛЬЦЕВЫЕ

ДОЛЬКИ."

Евразийский журнал академических исследований

4.1 (2023): 110-118.

8.

Tukhtamishev, Sayitkul. "WEIGHT-DIMENSIONAL AND VOLUMERIAN INDICATORS

AND PHYSICAL AND MATHEMATICAL PROPERTIES CHARACTERISTIC FOR CENTRAL

ASIAN VARIETIES OF MELONS."

Journal of Agriculture & Horticulture

3.11 (2023): 9-12.

9.

Тухтамишев, С. С., Г. К. Тухтамишова, and M. У. Рахмонкулов.

"ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫЕ МЕТОДЫ ДЛЯ ОПРЕДЕЛЕНИЯ РАЗРУШАЮЩЕГО

КОНКРЕТНОГО НАПРЯЖЕНИЯ УПРУГО-ВЯЗКИХ МАТЕРИАЛОВ РАСТИТЕЛЬНОГО

ПРОИСХОЖДЕНИЯ."

Евразийский журнал технологий и инноваций

2.1 Part 2

(2023): 210-216.

Библиографические ссылки

Bo‘riev X. Ch, Jo‘raev R. J, Alimov O. A. «Meva – sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish». Toshkent: «Mehnat», 2002. 51-68 b.

Bo‘riev X.Ch., Rizaev R.M. “Meva uzum maxsulotlari biokimyosi va texnologiyasi” Toshkent “Mexnat” 1996 94-97 b.

Тухтамишев, С. С., У. Шокирхужаева, and З. С. Искандаров. "УНИВЕРСАЛЬНАЯ МАШИНА ДЛЯ ОЧИСТКИ ДЫНИ ОТ КОЖУРЫ И РАЗРЕЗАНИЯ ЕЕ НА КОЛЬЦЕВЫЕ ДОЛЬКИ." Евразийский журнал академических исследований 4.1 (2023): 110-118.

Tukhtаmishеv, S., R. Xudаybеrdiyеv, and G. Tukhtаmishоvа. "MЕCHАNIZЕD АPPАRАTUS FОR CUTTING MЕLОN FRUIT INTО АNNULАR SLICЕS." Science and innovation 2.A1 (2023): 252-255.

Tuxtamishev, S. S., & Rayimov, F. T. (2024). OLXO ‘RI MEVALARINI QURITISH VA TSUKAT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(7), 53-57.

Tuxtamishev, S. S., and SH H. Qo‘shbaqova. "BUG’DOY DONINING UYUMLARINI SAQLASH TARTIB VA USULLARI." Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления 1.8 (2024): 130-132.

Тухтамишев, С. С., У. Шокирхужаева, and З. С. Искандаров. "УНИВЕРСАЛЬНАЯ МАШИНА ДЛЯ ОЧИСТКИ ДЫНИ ОТ КОЖУРЫ И РАЗРЕЗАНИЯ ЕЕ НА КОЛЬЦЕВЫЕ ДОЛЬКИ." Евразийский журнал академических исследований 4.1 (2023): 110-118.

Tukhtamishev, Sayitkul. "WEIGHT-DIMENSIONAL AND VOLUMERIAN INDICATORS AND PHYSICAL AND MATHEMATICAL PROPERTIES CHARACTERISTIC FOR CENTRAL ASIAN VARIETIES OF MELONS." Journal of Agriculture & Horticulture 3.11 (2023): 9-12.

Тухтамишев, С. С., Г. К. Тухтамишова, and M. У. Рахмонкулов. "ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫЕ МЕТОДЫ ДЛЯ ОПРЕДЕЛЕНИЯ РАЗРУШАЮЩЕГО КОНКРЕТНОГО НАПРЯЖЕНИЯ УПРУГО-ВЯЗКИХ МАТЕРИАЛОВ РАСТИТЕЛЬНОГО ПРОИСХОЖДЕНИЯ." Евразийский журнал технологий и инноваций 2.1 Part 2 (2023): 210-216.