Авторы

  • Vinera Mambetiyarova
  • Sevinch Tozoboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.59056

Аннотация

 Ushbu maqolada shaxs ijtimoiylashuvi ,  ijtimoiylashuv jarayonida oilaning tutgan o’rni va buning uchun oila  nimalarga e’tibor qaratishi haqida so’z yuritilgan .


background image

9

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)

OILA MUHITINING SHAXS IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIRI

Tozoboyeva Sevinch Jamol qizi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Pedagogika va

psixologiya kafedrasi amaliy psixologiya yo’nalishi 2-kurs talabasi

Mambetiyarova Vinera Rayimbaevna

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti pedagogika va

psixologiya kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14198114

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil

Ma’qullandi: 19-noyabr 2024 yil

Nashr qilindi: 21-noyabr 2024 yil

Ushbu

maqolada

shaxs

ijtimoiylashuvi

,

ijtimoiylashuv jarayonida oilaning tutgan o’rni va

buning uchun oila nimalarga e’tibor qaratishi haqida

so’z yuritilgan .

KEY WORDS

Ijtimoiylashuv , ota – ona ,

tarbiya ,oila , jamoa

Ijtimoiylashuv – bu bizning jamiyatga qo’shilib yashashimiz va shu jamiyatda mavjud bo’lgan

ijtimoiy tajribalarni , qadryatlarni o’zlashtirishimizdan iborat bo’lgan jarayondir .

Ijtimoiylashuv ob’yekti – bu shaxs hisobalanadi . Oila-o‘ziga xos ijtimoiy birlik bo‘lib, uning

asosida er-xotin ittifoqi, qarindoshlik munosabatlari, maishiy hayot birligi, axloqiy va huquqiy

ma’suliyat hamda jamiyat tomonidan o‘rnatilgan ota-onalarning bolalarini tarbiyalashi

bo‘yicha va farzandlarning o‘z ota-onalari uchun muayyan majburiyatlari turadi. Insonning

ijtimoiylashuvi jarayoni uning hayoti davomida davom etadi, ammo bu ayniqsa bolalik

davrida intinsiv ravishda amalga oshiriladi. Aynan o’sha paytda shaxsning ma’naviy

rivojlanishining poydevori yaratiladi, bu ta’lim sifatining ahamiyatini oshiradi, jamiyat

mas’uliyatini oshiradi, bu ta’lim jarayoni uchun ma’lum koordinatalar tizimini belgilaydi, bu

umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirishni o’z ichiga

oladi; ijodiy fikrlashni rivojlantirish; yangi narsalarga intilish va nostandart vaziyatlarda

hayotiy muammolarni maqbul yechimini topish qobiliyati, yuqori ijtimoiy faollikni,fidoiylikni,

jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirish; doimiy o’z-o’zini tarbiyalash va kasbiy fazilatlarni

shakllantirish zarurati; mustaqil ravishda qarorqabul qilish qobiliyati rivojlanadi.Insonning

ijtimoiylashuvi jarayoni uning hayoti davomida davom etadi, ammo ayniqsa bolalik davrida

intinsiv ravishda amalga oshiriladi. Aynan o’sha paytda shaxsning ma’naviy rivojlanishining

poydevori yaratiladi, bu ta’lim sifatining ahamiyatini oshiradi . Bugungi kunda jamiyatimizda

olib borilayotga siyosatning asosiy maqsadlaridan biri barkamol avlodni tarbiyalashdir .

Barkamol avlod tarbiyasi uchun mas’ul kishilar sifatida psixolig mutaxassislar uchun bugungi

mavzu juda dolzarbdir . Har qanday shaxs ijtimiy muhitda yashar ekan o’sha ijtimoiy muhit

uning ijtimoiylashuviga ta’sir ko’rsatadi va maskan vazifasini bajaradi . Shax ijtimoiylashuviga

ta’sir o’tkazuvchi atrof – muhit birlamchi va ikkilamchi ijtimoiylashuv maskanlariga bo’linadi

hisoblanadi . Aynan shu maskan quchog’ida bola ijtimoiy muhitga moslashib , ijtimoiy

me’yorlar va qadryatlarni o’zlashtiradi . Shular asosida ijtimoiy hayotga kirib boradi . Shu

zaminda u boshqa kishilar ning xulq – atvori , xatti – harakatlarini o’rganib , farqlay boshlaydi

va ular bilan munosabatga kirishishi , muloqatda bo’lishning usul va shakillarni o’rganib

boradi .Aynan oila bag’rida bola boshlang’ich ijtimoiylashuvni oladi . Oila a’zolarning


background image

10

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)

munosabatlari shakillarni tushinib boradi va bu tushunchalari uning o’smirlik va balog’at

yillarida ham saqlanib qoladi . Shaxs shakllanishiga ta’sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega

oila jamiyatning ajralmas bo’lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o’ziga xos

xususiyatlarni ham akslantiradiki, bunday hislat psixologik qarama-qarshilik hamda

xarakterlar to’qnashuvidan iborat ijtimoiy munasabatlardan toliqqan insonorganizmining

ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mo’tadiliqlimni hosil qila oladi. Bu

tuyg’u xalqimiz ruhiyatidagi o’ziga xos

xususiyatlaridan biridir . Mustaqillikka

erishganimizdan so`ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi vaxalqimizning azaldan saqlab

kelayotgan milliy urf-odatlari, an`analari (bolatarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva,

qarindosh-urug`, mahallaning ham ta`siri) bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin ba`zan

oilaning tarbiyaviy funksiyasining susayishi va targ`ibot-tashviqot ishlarining kamligi

natijasida oila a`zolari xulqida yomon odatlarning (ichish, chekish, narkomaniya, turli diniy

oqimlar ta`siriga berilish, ma`naviy buzuqlik yo`liga kirish) paydo bo`lishi tashvishlanarli

hollardan biridir. Farzand oilada kamol topar ekan, u oila a’zolarining o’zaro

munosabatlaridan doimo ibrat oladi. Keyin bolalar bog’chasi, maktab va ko’cha kabi ijtimoiy

muassasalar inson hayotiga kiradi. Shular zaminida u boshqa kishilarning xulq-atvori, xatti-

harakatlarini o’rganib, farqlay boshlaydi va ular bilan munosabatga kirishishi, muloqotda

bo’lishining usul va shakllarini o’rganib boradi va bu tushunchalari uning o’smirlik va balog’at

yillarida ham saqlanib qolad. Oilaning roli bolani jamiyatga bosqichma-bosqich kiritishdan

iborat bo’lib, uning rivojlanishi insonning tabiatiga va u tug’ilgan mamlakat madaniyatiga mos

keladi. Bolaga insoniyat to’plagan ijtimoiy vazifani, u tug’ilib o’sgan mamlakat madaniyatini,

uning axloqiy me’yorlari va xalq urf-odatlarini o’rganish otaonalarning bevosita vazifasidir.

Farzand tarbiyasida oilaning birlamchi roli haqida E.Fromm: "Oila — o’ziga xos jamiyatning

"psixologik vositachisi", shuning uchun oilada adaptatsiya jarayonida bola keyinchalik

jamiyatda adaptatsiya va turli ijtimoiy muammolarni yechish asosi bo’lib qoladigan xarakterni

shakllantiradi", degan edi. Shaxs oilada o’zlashtirgan xarakter xislatlarini o’zida aks ettiradi va

uni ijtimoiy muhitda namoyon qiladi, ba`zan tajovuzlorlikning oilada namoyon bo’lish

shakllari turlicha kechishi mumkin: bu bevosita ijtimoiy yoki jinsiy tajovuzkorlik, sovuqqonlik,

salbiy baholar, boshqa bir shaxsni ruhan ezish, tazyiq o’tkazish, boshq bir shaxsni emotsional

qabul qilmaslik bo’lishi mumkin. Tajovuzkor xatti-harakatlarning paydo bo’lishiga turli oilaviy

omillar ta’sir etishi mumkin. Masalan, oilaviy birlashishning quyi darajasi, o’zaro

to’qnashuvlar, bola va ota-ona o’rtasidagi yetarli darajadagi emotsional yaqinlikning yo’qligi,

bolalar o’rtasidagi salbiy munosabatlar, oila tarbiyasining noadekvat usuli. Masalan, o’ta

qattiq jazo qo’llaydigan, o’ta qattiq nazorat qiluvchi ota-onalar yoki bolalarning

mashg’ulotlarini nazorat qilmaydigan, farzandining hayotiy rejalariga e`tiborsiz ota-onalar

tajovuzkor xulqqa ko’proq duch kelishadi. Ammo ko’pgina shu masalani o’rganuvchi

tadqiqotchilar fikricha, shaxsning agressiv xatti-harakatlari shakllanishida hal qiluvchi rolni

bevosita ijtimoiy muhit o’ynaydi.
Emil Dyurkgeymning fikriga ko’ra, rivojlanish orqali bola insoniyat to’plagan tajribalar, urf-

odatlar va an`analarni o’zlashtirib boradi. Bu jarayon, taqlid qilish orqali kechadi. Jamiyatdagi

taqlid qilish harakatlari, xuddi biologiyadagi irsiyat kabi ahamiyatga ega bo’lib, bola taqlid

qilish qobiliyati bilan dunyoga keladi. Sharl Blondel, Dyurkgeymning odamdagi tabiiylik va

ijtimoiylik tabiatini bir-birga qarama-qarshi qo’yishini tanqid qiladi. Jamiyatni Blondel

munosabatlar tizimi sifatida e`tirof etadi, jamiyat bolaning tashqi olam bilan o’zaro aloqaga

kirishiga ko’maklashadi. Tarbiya, uning ta`kidlashicha ijtimoiy xulq qoidalarining mustahkam

bo’lishini ta`minlab beradi. Ijtimoiy muxit ta`siri ostida nafaqat bilish jarayonlari, balki hissiy-

irodaviy soha ham shakllanadi. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash

hozirgi zamon oilasining mazkur funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning

ijtimoiylashuvi dastavval, oilada amalga oshadi. Oila- bu maskanning ahamiyatini anglash

uchun «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan maqolni tahlil qilishning o’zi kifoya. Ya’ni har


background image

11

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)

qanday bola o’z oilasida o’zlashtirgan tajribalaridan hayoti davomida foydalanadi va uni

keyinchalik farzandlariga ham o’rgatadi. Oiladagi tarbiya orqali shaxsga ma’lum bir siyosiy-

g‘oyaviy dunyoqarash, axloqiy me’yorlar va xulq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi.

Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy me’yorlar va

qadriyatlarni o‘zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi. Aynan oilada bola mehnat qilishga va

mustaqillikka o’rganadi.

Oilada olib boriladigan ijtimoiy ta’lim jarayoni ham ikkita asosiy yo’nalishda o’tadi. Bir

tomondan, ijtimoiy tajribani egallash bolaning ota-onasi, aka-uka va opa-singillari bilan

to’g’ridan-to’g’ri o’zaro munosabati jarayonida yuzaga keladi. Ikkinchi tomondan,

ijtimoiylashuv boshqa oila a’zalarining bir-biri bilan ijtimoiy o’zaro ta’sirining xususiyatlarini

kuzatish orqali amalga oshiriladi. Oilada tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun ota-

onalar turli tarbiya vositalaridan fodalanishadi: bolani rag‘batlantirishadi, jazolashadi, uning

uchun namuna bo‘lishga harakat qilishadi. Do‘stona munosabatda bildirilgan maqtov, befarq

va sovuq ota-onalardan olingan maqtovga qaraganda ta’sirliroqdir. Jazolash va taqiqlashga

nisbatan maqtovdan aql bilan foydalanish hisobiga bolani shaxs shakllanishiga ijobiy ta’sir

qilish mumkin. Xulosa qilib aytishimiz kerakki , oila farzandning kelajakda yetuk har

tomonlama komil inson bo’lib yetishib chiqishi va kelgusi hayotda o’z o’rnini toppish va

jamiyatmizga foyda keltiradiga shaxs bo’lib rivojlanishida juda kata ro’l oynaydi . Bola oilada

o’sib ulag’gayadi birinchi hayotiy saboq oladi , qo’llab – quvvatlanadi dunyoni , odamlarni

sevishni o’rganadi , hayotining keying davrida bola oilasida o’tkazgan eng shirin damlarni

eslaydi , xotiralaydi .Shunday ekan insonning kelajakdagi shaxsiyati, uning kelajakdagi hayoti

oilaning qay darajada ijtimoiyjihatdan faravon bo’lishiga, oila farzand bilan shug’ullanish

darajabog’liq.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Toxtaxodjayeva M.X va boshqalar. Pedagogika. T., O’zbekiston faylasuflarimilliy jamiyati.

2010
2. E.G`озиев . Умумий психология. Т.2010.3. Abdullayeva D., Yarqulov R., Atabayeva N. Oila

psixologiyasi.T.:”TafakkurBo’stoni”. 2015.
4. Shоumаrоv G’.B. “Оilа psiхоlоgiyasi”. Tоshkеnt. “Shаrq”.2008.
5. G’оziev E. Psixologiya. T. 2008.

Библиографические ссылки

Toxtaxodjayeva M.X va boshqalar. Pedagogika. T., O’zbekiston faylasuflarimilliy jamiyati. 2010

E.G`озиев . Умумий психология. Т.2010.3. Abdullayeva D., Yarqulov R., Atabayeva N. Oila psixologiyasi.T.:”TafakkurBo’stoni”. 2015.

Shоumаrоv G’.B. “Оilа psiхоlоgiyasi”. Tоshkеnt. “Shаrq”.2008.

G’оziev E. Psixologiya. T. 2008.