86
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
BASHARIYAT MUTAFAKKIRI
Kamoliddinova Durdonaxon
Andijon davlat universiteti , Tarix fakulteti 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14217180
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 19-noyabr 2024 yil
Nashr qilindi: 25-noyabr 2024 yil
Maqolada dastlabki sharq renessansi davri ijodkori,
buyuk olim Abu Rayhon Beruniyning hayoti, ijodiy
faoliyati hamda bizga meros qoldirgan nodir
asarlari borasida soʻz yuritiladi.
KEY WORDS
Oʻrta Osiyo, ilm-fan, olim, falsafa,
Abu Rayhon Beruniy
Insoniyat tarixida shunday davrlar, shunday insonlar bo‘ladiki ular bashariyat tarixida
zamon va makon bilmasdan asrlar o‘tsada o‘z ilmi salohiyati, boy ilmiy merosi bilan barcha
xalqlar uchun o‘z dahldorligini, ahamiyatini yo‘qotmay keladi. Bugunga qadar Sharq olami,
jumladan O‘rta Osiyo xalqlari butun insoniyatga qanchadan-qancha yetuk olimu-fuzalolarni
yetishtirib bergan. Ushbu maqolada ana shunday olimlardan biri, sharq “Arastu’’si nomi bilan
kirgan Abu Rayhon Beruniy va uning boy ilmiy merosi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
IX-XII asrlarda hozirgi O‘rta Osiyo zaminida ijtimoiy-iqtisodiy hayot ancha o‘sib
aholining turmush darajasi yaxshilandi. O‘zaro urushlarga chek qo‘yildi gullab-yashnayotgan
savdo-sotiq, madaniy almashinuvlar, turli diniy qarashlar ta’siri va qishloq xo‘jaligi
rivojlanishining uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan
mintaqa Sharq va G‘arbni o‘ziga xos tarzda birlashtirib, uning iqtisodiyoti va madaniy
taraqqiyotida o‘ziga xos o‘rin egallagan edi.
O‘rta asrlarda O‘rta Osiyo ilm, fan, madaniyat va intellektual yutuqlarning markaziga
aylandi, ayniqsa, islom oltin asrida (IX-XII asrlar) yanada yuksak cho‘qqiga chiqdi. Bu davrda
Samarqand, Buxoro, Urganch, Balx, Marv kabi nufuzli shaharlar rivoj topdi. Bu chorrahalar
olimlari, shoirlari va san’atkorlari bilan jahon madaniyati va ilm-fani rivojiga doimiy ta’sir
ko‘rsatgan. Barqaror ijtimoiy siyosat, ilm fanning gullab-yashnashiga yaratilgan qulay muhit
bu davrda jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan bir qator allomalarni
yetishtirib berdi. Bu o‘sha davrlardagi xalqlar nigohini yana bir bor sharqqa qaratdi.
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad-al-Beruniy O‘rta asrning eng buyuk olimlaridan
biridir. Beruniy o‘z zamonasining hamma fanlarini fizika, matematika va tabiiy-tarixiy
fanlarni egallagan buyuk olim edi.
Beruniy faqat olim bo‘lib qolmasdan, o‘z zamonasining ko‘zga ko‘ringan arboblaridan biri
bo‘lgan. Abu Rayhon Beruniy tug‘ilish sanasi haqida yaqin yilgacha aniq ma’lumotlar yo‘q edi.
Ayrim manbalarda hijriy 362-yilning 2-zulhijjasida boshqalarda esa 3-zulhijjasida tug‘ilgan
deyiladi. Muhammad ibn Tovit at-Tanjiy Beruniyning nodir qo‘lyozmasida o‘zi haqida
keltirilgan quyidagi jumlalarni ko‘rsatgan: “Mening tug‘ilish vaqtim Xorazm shahrida yuz
87
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
berganki, uning kenglamasi shinol tarafda 41 20 va Madinatu ssalomdan sharq yo‘nalishida
uzoqligi to‘liq bir soat- tug‘ilishim hijriy 362-yilning uchinchi zulhijjasi-payshanba kuniga
to‘g‘ri kelgan”[1.10].
Bu hijriy sanlar milodiy 973-yilning 4-sentabriga to‘g‘ri keladi. Abu Rayhon Beruniy Kat
(hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida) tug‘ilgan. Islom olamining
zabardast allomalaridan biri bo‘lib “Islom oltin asri”da Xorazmning faxri, qomusiy olimlardan
biri bo‘lgan. G‘arb tillarida uning ismi Aliboran deb atalgan.
Al-Beruniy nomi forscha “birun”, “chet” degan ma’noni anglatadi.
U Afrig‘iy
Xorazmshohlar potaxti Kat shahrining chekka tumanida tug‘ilgan. Beruniy o‘z hovlisida turli
gullarni parvarishlashni yoqtirgani uchun unga “Rayhon” laqabini ham berishadi. Uning
yuqori qobiliyatga ega ekanligini bilib qolgan o‘z zamonasining buyuk namoyondasi Abu Nasr
Mansur Ibn Iroq o‘z tarbiyasiga oladi. Abu Nasr Ibn Iroqni o‘zi ham Xorazmshohlar avlodidan
bo‘lib, u davlat ishlari bilan shug‘ullngan. U atoqli matematik va astronom edi[3.].
Beruniy 16-17 yoshidayoq Ibn Iroq rahbarligida astronomik kuzatishlar olib bordi. Al-
Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda o‘tkazdi, u yerda islom, fiqh, ilohiyot,
grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot, falsafa va fizika ilmlari bilan shug‘ullandi. Beruniy
ona tili bo‘lgan xorazmiy tilidan tashqari fors, arab, yunon, ibroniy va suroniy tillarini o‘rgandi.
Yuqorida ta’kidlanganidek Iroqiylarning oxirgi vakili Abu Nasr Ibn Iroq Beruniyning ustozi edi.
Al-Beruniy falakiyot, riyoziyot, geodeziya, jug‘rofiya, minerologiya va tabiiy fanlarni yaxshi
bilgan. Shuningdek tarixchi, xronolog va tilshunos sifatida ham ajralib turadi.
U o‘z
davrining deyarli barcha fanlarini mukammal o‘rgangani sababli qomusiy alloma nomini oladi
va ko‘plab sohalarda tinimsiz izlanishlarni davom ettirgan. Tabiiyki bunday izlanishlar turli
tajribalar vaqt va mablag‘ talab qilgan. Olimning tadqiqotlarini moliyalashtirishda ustozi Abu
Nasr Ibn Iroq unga katta yordam bergan.
Al-Beruniy Beruniy astronomiya faniga katta hissa qo‘shgan. U Yerning aylanishi,
Quyosh va Oy fazalari, sayyoralarning harakati kabi mavzularni o‘rgangan. Xususan,
Bag‘dodda turgan Abu-ul-Vafo-al-Buzjoniy bilan maktub almashib o‘sha yili ro‘y beradigan Oy
tutilishini Buzjoniy Bag‘dodda va Beruniy Katda turib kuzatishga kelishib oldilar. Beruniy
Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofani taxminan hisoblab chiqdi. Shuningdek trigonometriya
va sferikgeometriya sohasida ham muhim ishlar amalga oshirdi. Bunga misol Beruniy 1020-
yilning iyun, iyul, noyabr, dekabr oylarida Quyosh balandligini o‘lchab chiqishga erishdi.
Buning uchun u diametri 15gaz(7.5metr) keladigan doiraviy asbob yasadi. Natijalarga ko‘ra,
burchak o‘lchami 23 25 45 ekanligini aniqladi. Olim bu haqda o‘zining “Geodeziya” asarida
keltirib o‘tgan[4.72].
U shuningdek kvadratlar va kublar tenglamasini yechimlari ustida ish olib borgan.
Matematikada yangi metodlarni ta’riflab trigonometriya sohasiga katta hissa qo‘shgan.
Beruniy yana Quyosh, Oy, Yer orasidagi masofani o‘lchashni matematik metodlarini kashf
qilgan. Bu yo‘l bilan u planetalar orasidagi masofani o‘lchashga asos soldi. Beruniy undan
tashqari o‘z davriga nisbatan olib qaralganda Yer radiusini aniqlik bilan o‘lchadi va bu 6400
km ga teng edi. Bugungi kun zamonaviy asboblar bilan o‘lchashlarga solishtirganda 99.5%ga
to‘g‘ri edi[5.97]. Bu natija chinakamiga olamshumul aniqlik desak also mubolag‘a emas. Bu esa
olimning naqadar teran aql-zakovat egasi bo‘lganligidan dalolat beradi.
Beruniy o‘zining geografiyaga oid “Geodeziya” asarini G‘aznada boshlab 1025-yilning
20-sentabrida yozib tugatdi. Bu kitobda yerning shakli va hajmini aniqlash usullarini bayon
qilgan. Yer radiusini o‘lchashning eng sodda formulasini yaratishga muvaffaq bo‘lgan olimdir.
Al-Beruniy bir muddat Hindistonda bo‘ldi va shu yerdagi izlanishlari natijasida meridianning
bir darajasi 55 52 15 mil deb topdi. Bu esa o‘z davri uchun katta aniqlik edi. Beruniy yana
88
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
Hindiston geografiyasi, madaniyati va tabiatini chuqur o‘rgandi. Natijada
1020-1030-yillar
oralig‘ida “Hindiston” asarini yozadi. Bundan tashqari Beruniy qadimgi xalqlar ularning
madaniyati, tuzilishi haqida ma’lumotlar bilan birga yerning shaklini ta’riflab bergan va o‘z
davri uchun Yer koordinatalarini o‘lchab Yer xaritasini chizadi[5.89].
Beruniy turli xalqlar madaniyati, falsafasi va diniy qarashlarini o‘rgangan. U hind
falsafasini, Buddizm va Hinduizmni tadqiq qilgan va boshqa sharq falsafiy oqimlarga oid
asarlar yaratgan. Beruniy o‘zi ham falsafani o‘rganish davomida boshqa xalqlar olimlaridan,
xususan, yunon olimlaridan ilhom olgan.
Beruniy tibbiyot sohasida ham ilmiy asarlar yozgan. Misol uchun “Dorivor o‘simliklar
haqida kitob”,(“Kitob as-saydana fi-t-tibb”). Asar “Saydana” nomi bilan mashhur bo‘lib, unda
Sharq, ayniqsa, O‘rta Osiyoda o‘sadigan dorivor o‘simliklarga to‘la tavsif beriladi, ammo,
U.I.Karimovning fikricha muallif uni tugata olmagan, ayrim o‘rinlari chala ko‘rinadi. Bu aytda
olimning sog‘ligi yomonlashgani sababli, asarni yozishda unga g‘aznalik tabib Abu Holid an-
Naqqoshiy ko‘maklashdi[4.57].
Beruniyning fizika sohasida amalga oshirgan ishlari diqqatga sazovor. Mexanika va
moddalar xususuiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar yozgan.
U inertsiya va gravitatsiya
haqida tushunchalarni ta’riflagan. Shuningdek,
u elementlar va birikmalarning
gravitatsiyasini aniqlashga yordam beradigan o‘zi uchun uskuna yaratdi.
Beruniy Iroqiylar xonadiniga mansub edi va o‘sha paytda Xorazmdagi hukmron
Afrig‘iylarga xayrihoh edi, 995-yilda Katni Xorazmning ikkinchi poytaxti Gurganj
(Urganch)ning amiri Ma’mun ibn Muhammad bosib oladi va afrig‘iylar sulolasini taxtdan
ag‘daradi. Natijada Beruniy vatanini tashlab Buxoroga ketadi. U yerda Beruniy Ibn Sino bilan
yozishmalar olib borgan.
U o‘zining “Geodeziya” asarida 940-yilda Kat shahrining
geografik kengligini aniqlaganligini yozadi. Ma’lumki geografik kenglik aniqlash uchun
geografiya, matematika va astronomiyadan yetarli bilimga ega bo’lishi lozim. Beruniy Ray
shahriga keladi. U Rayda mashhur olim matematik va astronom al-Xo‘jandiy, tabib va faylasuf
Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda o‘zining “Al Faxriy sekstanti” risolasini yozadi. 997-
yilda Beruniy Katga qaytdi. Bu davrda Xorazmda o‘zgarish ro‘y berdi[4.58]. Ma’mun vafot etdi.
Taxtga ukasi Ali ibn Ma’mun chiqdi. Bu paytda Ibn Sino ham Urganchga keldi.
998-yilda Beruniy Jurjonga keldi. U Jurjonda 1004-yilgacga yashab, 15ga yaqin asarlarini
shu yerda yozdi. Bular jumlasiga “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari 1000-yilda
shu yerda yozilgan. 1004- yil bahorida Beruniy Xorazmga qaytdi[4.102]. Bu paytda
Xorazmning poytaxti Urganch edi. Urganchda Beruniy Oy tutilishini kuzatdi. Bu davrda
saroyda Beruniy bilan birga al-Masihiy, tabib al-Xammor, Ibn Iroq va boshqalr ishlar edi.
Urganchda Beruniy matematika, astronomiya bilan bir qatorda minerologiyaning ba’zi
masalalari bilan shug‘ullandi. Minerallarni aniqlash, ularni tizimga solishda solishtirma
og‘irlikdan foydalanish g‘oyasi ham mana shu yerda tug‘ildi.
Afsuski olim yashagan davr ham toj-taxt uchun bo‘lgan kurashlarsiz kechmadi. 1017-
yilning yozida turkey podsho Mahmud G‘aznaviy Xorazmni egallaydi va o‘sha davrning yetuk
olimlari qatori Beruniydan ham asir sifatida G‘aznaga olib ketadi. U yerda og‘ir sharoitda
yashaydi. 1019-yildan keyin ilmiy ishlar bilan shug‘ullanish sharoitiga erishdi. 1022-1024-
yillarda Mahmud G‘aznaviy Hindistonga qilgan yurishida Beruniyni o‘zi bilan olib
ketadi[6.142]. Safarda Beruniy ilm bilan shug‘ullandi. U Panjobdagi Nandra qal’asi yonida Yer
shari meridianini bir gradusini uzunligini o‘lchadi va u 110.895km ekanligini aniqladi. Bu
ma’lumot hozirgi kun bilan o‘lchashlar natijasi-111.1 bilan taqqoslansa Beruniy o‘lchashlari
qay darajada aniq ekanligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Beruniy umrining ko‘p qismini hozirgi
Afg‘onistonning janubiy-sharqiy qismidagi o‘sha davrda
G‘aznaviylar poytaxti G‘azna
89
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
shahrida o‘tkazdi. Hindiston yarim oroliga sayohati davomida Hindistonda amalda bo‘lgan
hinduiylik dinini o‘rganib chiqqan. Keyinchalik 1030-yilda “Tarix al-Hind”, (Hindiston tarixi)
nomli madaniyat haqida risola yozadi. Beruniy o‘z davri uchun hayratlanarli darjada xolis
yozuvchi edi[6.89]. Turli xalqlarning urf-odatlari va e’tiqodlarini, uni ilmiy ob’yektivligi XI asr
boshlarida Hindistonda ajoyib tasvirlagani uchun unga “al-Ustod” nomi berildi.
1030-yili Mahmud G‘aznaviy taxtga chiqdi. Ma’sud Beruniyga ko‘p iltifot ko‘rsatdi. Shu
sababli Beruniy o‘zining shoh asarini
Ma’sudga bag‘ishlab “Qununi Ma’sudiy” deb
atadi[7.101.]. Bu asarda astronomiyaga oid bo‘lsa ham Beruniyning matematikaga oid ya’ni
trigonometriya va sferiktrigonometriyada qilgan anchagiga kashfiyoti shu asarda bayon
etilgan. Beruniyning matematika va fanning boshqa sohalariga qo‘shgan hissasini yozib
qoldirdan yuzdan ortiq asarlarda ham ko‘rish mumkin. Ulardan eng yiriklari “Minerologiya”,
“Qonuni Ma’sudy”, “Geodeziya”, “Astronomiya”. Qolganlar asarlarini quyidagicha taqsimlash
mumkin: yetmishtasi astronomiyaga, yigirmatasi matematikaga, o‘n ikkitasi geografiya va
geodeziya, to‘rttasi minerologiyaga, bittasi fizikaga, bittasi dorishunoslikka, o‘n beshtasi tarix
va etnografiyaga, to‘rttasi falsafaga, o‘n sakkiztasi adabiyotga bag‘ishlangan.
Abu Rayhon Beruniy 1048-yilning 11-dekabrida 75 yoshida hozirgi Eronning G‘azna
shahrida vafot etdi. Beruniyning o‘limidan so‘ng uning ilmiy merosi Yaqin Sharq va Markaziy
Osiyo olimlari orasida tarqalib, asrlar davomida o‘rganib kelindi va ko‘plab olimlar uchun
dastur-ul amal bo‘lib xizmat qildi.
Abu Rayhon Beruniy haqida ko‘plab olimlar va
mutaxassislar yuqori baho berishgan. Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi va qoldirgan merosi
ilm ahli tomonidan e’tirof etiladi. Beruniy haqida Sharq va G‘arb olimlari o‘z fikrlarini
bildirganlar. Jumladan, Jorj Sartonn (amerikalik tarixchi), eng buyuk olimlardan biri deb
atagan va o‘rta asrlarning yetuk allomalaridan biri sifatida tan oladilar.
Xulosa qilib aytganda, Beruniy Islom olamining eng yirik va serqirra olimlaridan biri
bo‘lib jahon ilmu fani rivojiga katta hissa qo‘shgan. Shu bois Beruniyning ko‘p qirrali va ilm -
fan yo‘lidagi xizmatlari uchun tarixda “Sharqning Aristoteli” va “Islom olami Kopernigi” degan
nomlar berilgani bejizga emas.
Adabiyotlar:
1.Абу Райҳон Беруний Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар. (Осар ал-боқия) I-қисм.
–Тошкент: O’zbekistin, 2020.
2.Scienc. 4-fun.info.
3.Wikipedia.
4. Азамат Зиё Ўзбек давлатчилиги тарихи. Энг қадимги даврлардан Россия босқинига
қадар. –Тошкент: Шарқ, 2000.
5. Тўраев Б. Абу Райҳон Беруний. –Тошкент: Тафаккур, 2010.
6. хайруллаев М. Ўрта Осиёда илк уйғониш даври маданияти. –Тошкент, 1994.
7. 100 венликих ученых. –Москва, 2000.