82
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
VASIYLIK VA HOMIYLIK INSTITUTI TUSHUNCHASI VA
MAZMUNI
Choriyeva Xurshidabonu Xurram qizi
O‘zbekiston Milliy universiteti
Huquqiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi
E-mail: choriyeva_xx@nuu.uz
https://doi.org/10.5281/zenodo.14217124
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 19-noyabr 2024 yil
Nashr qilindi: 25-noyabr 2024 yil
Ushbu maqolada vasiylik hamda homiylik
tushunchalari tahlil etiladi, mamlakatimizdagi vasiylik
va homiylik institutlari haqida so‘z yuritilib, chet el
tajribasi hamda olimlarining fikri ham tahlil qilib
o‘tiladi. Yakunda, muallif tegishli takliflarni ilgari
suradi.
KEY WORDS
vasiylik, homiylik, asrab
olish, sud, qonunchilik.
KIRISH
Vasiylik va homiylik instituti huquqiy tizimning muhim elementi bo‘lib, fuqarolarning huquq
va erkinliklarini himoya qilishni, shuningdek, butun jamiyatning samarali faoliyat yuritishini
ta’minlaydi. Ushbu institut huquqiy, ijtimoiy va ekologik manfaatlarning buzilishi bilan bog‘liq
tahdidlarning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan normalar, institutlar va
mexanizmlarni o‘z ichiga oladi.
ASOSIY QISM
Ta’kidlash lozimki, vasiylik va homiylik institutini faqat fuqarolikhuquqiy institut sifatida
talqin etish mumkin emas. Chunki, ushbu institut normalarining katta qismi vasiylik va
homiylikka muhtoj shaxslarni aniqlash, vasiylik va homiylikni belgilash, vasiy va homiy
faoliyati ustidan nazorat qilish tashkil etadi.
Bir qator huquqshunos olimlar vasiylik va homiylikni qat’iy ravishda fuqarolik huquqiga
taalluqliligini bildirishsa, ayrimlari vasiylik va homiylikning kompleks institutliligi borasidagi
fikrlarga qo‘shilishadi. Bu borada xorijiy mamlakatlar qonunchiligida belgilangan normalarga
e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Fransiya huquqi bo‘yicha, vasiylik bo‘yicha qoidalar Fuqarolik
kodeksida belgilangan (Fransiya Fuqarolik kodeksining X tituli 2-bobi 1-tomi). XX asrning
ikkinchi yarmida vasiylik instituti Fransiyada sezilarli darajada o‘zgardi: kodeks matniga
muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (1964 yil 14 dekabr, 1974 yil 5 iyul, 1975 yil 11
iyul, 1985 yil 23 dekabr, 1989 yil 10 iyul, 1993 yil 8 yanvar qonunlari). Bu o‘zgarishlar
natijasida Fransiyaning amaldagi Fuqarolik kodeksining vasiylik to‘g‘risidagi normalarining
aksariyat qoidalari ommaviy-huquqiy tus kasb etadi.
Ma’lumki, kodeks hajm bo‘yicha katta
va ko‘plab munosabatlarni qamrab oladi. Kvebek Grajdanlik kodeksidagi vasiylik va homiylik
“Shaxslar to‘g‘risida”gi birinchi kitobda joylashtirilgan. Tegishli normalar “Shaxslarning
1
Гражданский кодекс Квебека. Серия: Современное зарубежное и международное частное право. М.,
1999. – С. 62–77.
83
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
muomala layoqati to‘g‘risida” deb nomlanadigan to‘rtinchi titulning ichidagi ikkinchi bobda
hamda uchinchi titul (“Voyaga yetmagan bolalarni vasiylikka olish” va “Voyaga yetmaganlar
ustidan nazoratning rejimlari to‘g‘risida”)da belgilangan. Ma’lumki, mazkur kodeksning
tuzilishi va mazmuniga Fransiya fuqarolik huquqi sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgan. Kvebek
Grajdanlik kodeksidagi vasiylik va homiylikning o‘rni Fransiya Fuqarolik kodeksi bilan
o‘xshashdir.
Ushbu muammo 1889-yildagi Ispaniya Grajdanlik kodeksida ham Fransiyadagi
kabi hal qilingan. Ushbu kodeksning “Shaxslar to‘g‘risida”gi birinchi kitobi fuqarolik, nikoh va
ajralish, oilaviy munosabatlar, vasiylik va homiylik masalalarini tartibga soladi. Shunga
o‘xshash normalar Latviya Respublikasi Fuqarolik konunida ham mavjud. Mazkur qonunning
birinchi qismi “Oila huquqi” deb nomlansa, uning to‘rtinchi bo‘limi to‘lig‘icha vasiylik va
homiylikka bag‘ishlangan. Vasiylik va homiylikning umumiy qoidalari Qirg‘iziston, Belarus,
Ozarbayjon davlatlari Fuqarolik kodekslarining birinchi bo‘limida joylashtirilgan. Pandekt
tizimlari vasiylik va homiylikka oid qoidalarni fuqarolik qonunchiligining ichida joylashtiradi,
biroq ularni oilaviy huquq bo‘limiga kiritadi. Yaponiyada vasiylik instituti oilaviy
munosabatlarni tartibga soluvchi Fuqarolik kodeksining to‘rtinchi bo‘limiga kiritilgan.
Davlat boshqaruv organlarining ushbu masalalar bo‘yicha vazifalari vasiylik va homiylik
faoliyatini tashkil etishga bog‘liq bo‘ladi. Tashkiliy vazifalarni vasiylik va homiylik
organlarining faoliyati orqali ta’minlovchi ma’muriy-huquqiy tusdagi normalarning
mavjudligi vasiylik va homiylik institutining to‘lig‘icha fuqarolik-huquqiy institut bo‘lish
imkoniyati bermaydi. Vasiylik va homiylik institutiga oid qoidalar mavjud bo‘lgan mahalliy
davlat hokimiyati to‘g‘risidagi qonunchilikning alohida normalari mazkur institutni mahalliy
davlat hokimiyati huquqiga ham “mansubligini” anglatmaydi, chunki bu normalarning
aksariyati vasiylik va homiylik institutini tayinlash bilan bog‘liq, xolos. Shu bois mahalliy
davlat hokimiyati to‘g‘risidagi qonunchilik normalari faqat vasiylik va homiylik organlarini
tashkil etish tartibini, mahalliy davlat hokimiyatining turli organlari o‘rtasida vasiylik va
homiylik organlarining vakolatlarini taqimlash tartibini nazarda tutadi. Aksincha, ushbu
normalar vasiylik va homiylik organining vasiylikdagi va homiylikdagi shaxslarga nisbatan
vakolatlari hajmi masalasiga taaluqli bo‘lishi, vasiylik va homiylikni belgilash va bekor qilish
tartibini, vasiy va homiy faoliyati ustidan nazorat shakllarini belgilashi mumkin emas.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari to‘g‘risidagi qonunchilikning vasiylik va homiylikni
huquqiy tartibga solishidagi aralashuvini bunday cheklash ushbu institutning vazifalari va
tartibga solish predmeti bilan bog‘liq.
Vasiylik va homiylik institutining mazmuni
1. Vasiylik: Vasiylik ota-onasi yoki qonuniy vakillari bo‘lmagan voyaga etmagan bolalarga,
shuningdek muomalaga layoqatsiz fuqarolarga o‘rnatiladi. Vasiy vasiy vasiyning tarbiyasi,
ta'limi va sog‘lig‘i uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. U davlat va sud organlarida
vakillik manfaatlarini himoya qiladi.
2. Homiylik: muayyan yoshga to‘lgan, mustaqil yashashga layoqatli, lekin qo‘llab-quvvatlash
va yordamga muhtoj voyaga yetmaganlar uchun vasiylik belgilanadi. Ishonchli vakil
vasiylarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning
o‘qitilishi va rivojlanishini nazorat qiladi.
3. Vasiylik va homiylikni tashkil etish: Vasiylik va homiylik rasmiylashtiriladi, ya'ni sud yoki
vasiylik organlarining qarori, shuningdek qonun talablariga rioya etilishi talab qilinadi.
2
Вагацума С., Ариидзуми Т. Гражданское право Японии (в двух книгах). Кн. 1. М., 1983.
3
Мицкевич А.В. Система права и система законодательства: развитие научных представлений и
законотворчества // Проблемы современного гражданского права. М., 2000. - С. 26, 27.
84
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
Qarorda bo‘lganlarning turmush sharoitini o‘rganish, vasiy va homiylarni tayyorlash ham
muhim o‘rin tutadi.
4. Vasiylar va homiylarning huquq va majburiyatlari: Vasiylar va homiylar o‘z
qaramog‘idagilar manfaatlarini ko‘zlab qarorlar qabul qilish, shuningdek, davlat va shahar
organlaridan yordam olish huquqiga ega. Biroq ular ham imkoni boricha
qaramog‘idagilarning fikrini inobatga olib, ularning manfaatlarini ko‘zlab ish tutishlari shart.
5. Manfaatlarni nazorat qilish va himoya qilish: Vasiylik va homiylik instituti vasiylik va
homiylik faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, vasiylikdagilarning huquq va manfaatlarini
himoya qilish mexanizmlarini o‘z ichiga oladi. Vasiylik va homiylik organlarining yashash va
ta’lim sharoitlarining me’yorlarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida muntazam tekshiruvlar
o‘tkazib turadi.
Ukraina qonunchiligi asosida vasiylik va homiylik institutini tahlil qilar ekan I.Yaniskaya
ayrim e’tiborga molik fikrlarni bildirib o‘tadi. Uning fikricha, bugungi kunda huquqiy
adabiyotlarda vasiy (homiy)ning harakatlarini vasiylikdagi (homiylikdagi) shaxs foydasiga
muayyan xizmatlar ko‘rsatish sifatida baholash nuqtai nazari keng tarqalganki, bu holat
vasiylik institutini fuqarolik-huquqiy sohaga taalluqligini anglatadi. Xizmat ko‘rsatish bilan
bog‘liq munosabatlar shartnomaviy tus kasb etishi munosabati bilan vasiylik (homiylik)
bo‘yicha xizmatalarni ko‘rsatishni amalga oshirish asosi ham fuqarolik-huquqiy shartnoma
bo‘lishi lozim. Bunday shartnomani noan’anaviy shartnomalar turiga kiritish mumkin va u
haq baravariga ham, tekinga ham tuzilishi mumkin. Ko‘pincha vasiy va homiy qarindoshlar
orasidan tayinlanganda ularning vasiylik yoki homiylik majburiyatlari tekinga amalga
oshiriladi. Bu qoida Ukraina Respublikasi Vasiylik va homiylik qoidalarining 4.12-bandi
talablariga ham mos keladi.
Biroq qayd etish lozimki, vasiylikni tayinlash ko‘pchilik
mamlakatlarda davlat organlarining qarori bilan amalga oshiriladi va shartnoma asosida
vasiylik yoki homiylik tayinlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan, O‘zbekiston va Qozog‘iston
qonunchiligida vasiylikni tayinlash sud yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan
amalga oshirilishi belgilangan. Rossiya Federatsiya va Ukrainada ham vasiylik va homiylik
shartnomaga ko‘ra tayinlanganda ham sud yoki davlat hokimiyati organi tomonidan
tasdiqlanishi hamda mazkur shartnoma ro‘yxatga olinishi lozim. Shu bois vasiylik va
homiylikni fuqarolik-huquqiy institut sifatida talqin etish masalaga faqat bir yoqlama
yondashuvga aylanib qoladi. Shu sababli Ukrainalik mutaxassis I.Yaniskayaning fikrlari
bahsliligini ta’kidlagan holda, vasiylik va homiylikning maqsadi faqat muayyan bir huquq
sohasi doirasi va qobig‘ida hamda faqat shu huquq sohasining usul va metodlaridan
foydalanish jismoniy shaxslarning muomala layoqatini amalga oshirishning yetishmagan
qismini to‘ldirish emas, balki har tomonlama, to‘liq va kompleks holda sud tomonidan
muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki muomala layoqati cheklanganlar hamda ota-ona
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish, ularning huquqlarini himoya qilish va
ularga ijtimoiy g‘amxo‘rlikning barcha choralari ko‘rsatish hisoblanadi. Bunda vasiylik
huquqning qaysi sohasi yoki tarmog‘ining usul va metodlaridan foydalanish, u bilan bog‘liq
munosabatlar qonunchilikning qaysi sohasiga joylashtirilganligi alohida yoki muhim ahamiyat
kasb etmaydi. Huquq sohalari va tarmog‘lari, institutlari va subinstitutlarining bugungi o‘zaro
yaqinlashuvi va globallashuvi sharoitida huquq sohalarining harakatlanish doirasini cheklash
yoki ular elementlarini o‘zaro huquqiy tartibga solishda foydalanishni inkor etish kutilgan
natijani bermasligi mumkin. Shu sababli vasiylik va homiylik kompleks huquq instituti va
alohida mustaqil qonunchilik instituti, degan xulosaga kelish maqsadga muvofiqdir.
4
Имомов, Н., and Ф. Урманбаева. "Значение опеки и попечительства как института гражданского и семейного
права." Обзор законодательства Узбекистана 1 (2017): 36-41.
5
Яницкая И. Правовая природа института опеки // Martie, 2014. – С. 243-244.
85
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
Fikrimizcha, vasiylik va homiylikni to‘liq ma’noda qonuniy vakillik shakli sifatida baholash bir
qadar noto‘g‘ridir. Chunki qonuniy vakillik ota-ona va farzandlikka oluvchi tomonidan amalga
oshiriladi hamda bunda uchinchi shaxslarning nazorat va kimgadir hisobdorlik talab
etilmaydi. Vasiylik va homiylikda esa aksincha, vasiylik va homiylik organining to‘liq nazorati
ostida muayyan ma’nodagi vakillik amalga oshiriladi bu haqda vasiy hamda homiy hisobot
berib boradi.
XULOSA
Ta’kidlash lozimki, vasiylik va homiylik institutini faqat fuqarolikhuquqiy institut sifatida
talqin etish mumkin emas. Chunki ushbu institut normalarining katta qismi vasiylik va
homiylikka muhtoj shaxslarni aniqlash, vasiylik va homiylikni belgilash, vasiy va homiy
faoliyati ustidan nazorat qilishni tashkil etadi. Davlat boshqaruv organlarining ushbu
masalalar bo‘yicha vazifalari vasiylik va homiylik faoliyatini tashkil etishga bog‘liq bo‘ladi.
Tashkiliy vazifalarni vasiylik va homiylik organlarining faoliyati orqali ta’minlovchi ma’muriy-
huquqiy tusdagi normalarning mavjudligi vasiylik va homiylik institutining to‘lig‘icha
fuqarolik-huquqiy institut bo‘lish imkoniyatini bermaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Мицкевич А.В. Система права и система законодательства: развитие научных
представлений и законотворчества // Проблемы современного гражданского права. М.,
2000. - С. 26, 27.
2.
Яницкая И. Правовая природа института опеки // Martie, 2014. – С. 243-244.
3.
Вагацума С., Ариидзуми Т. Гражданское право Японии (в двух книгах). Кн. 1. М.,
1983.
4.
Гражданский кодекс Квебека. Серия: Современное зарубежное и международное
частное право. М., 1999. – С. 62–77
5.
Имомов, Н., and Ф. Урманбаева. "Значение опеки и попечительства как института
гражданского и семейного права." Обзор законодательства Узбекистана 1 (2017): 36-41.