116
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
OILALARDAGI ZO`RAVONLIKLARNING OLDINI OLISH
YO`LLARI
Matniyazova G.P.
Qoraqalpog'iston Respublikasi,
Qonliko'l tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar
markazi (psixologlar guruhi) bosh mutaxassisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14242006
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 19-noyabr 2024 yil
Nashr qilindi: 29-noyabr 2024 yil
Bu tezisda oilalardagi zo`ravonliklar, ularning turlari,
ularning oldini olishda olib boriladigan ishlarning
mazmuni, bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan
ishlar batafsil yoritib berilgan.
KEY WORDS
zo`ravonlik, destruktiv xulq-atvor,
jabrlanuvchi,
psixologik
zo`ravonlik, iqtisodiy zo`ravonlik,
jinsiy
zo`ravonlik,
jismoniy
zo`ravonlik.
Bugungi zamonaviy jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy beqarorliq va siyosiy o`zgarishlar ta`sirida
insonlarning emotsional siqilishi, ularda tajovuzkorlik va hayotidan norozilik darajalari
ortgan, bularning barchasi oilaviy munosabatlarning destruktiv tus olishiga sabab bo`lmoqda,
ayniqsa bunday munosabatlarda ayollar va bolalar jabr chekmoqdalar. Bu degani jamiyatda
zo`ravonlik turlarining sodir etilayotganligidan dalolat.
Butun dunyodagi kabi bizning mamlakatimizda ham bu yomon illat yo`q deb ayta olmaymiz.
Zo`ravonlikning oldini olish borasida mamlakatimizda ham bir qancha ishlar amalga
oshirilmoqda, jumladan, 2019 yil 2-sentyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida» 561-son Qonuni
imzolangan va bunga keyingi yillarda o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan. Ushbu
Qonunning maqsadi xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikning barcha shakllaridan himoya
qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Statistik tahlillarga ko`ra 2024 yilning birinchi choragida O`zbekistonda 318 jinsiy zo`ravonlik,
4,5 ming oiladagi zo`ravonlik holatlari aniqlanganligi aytiladi.
Demak, shuncha amalga oshirilayotgan ishlarga qaramasdan zo`ravonlik turlarining
uchrayotgani ayanchi holat. Shunday ekan, bu, jamiyatimizda zo`ravonlikning oldini olish
ishlarini yanada kuchaytirishni taqozo etadi.
Tadqiqotchilar oiladagi zo`ravonlikning bir nechta turini ajratib ko`rsatadi: psixologik,
iqtisodiy, jismoniy va jinsiy. Psixologik zo`ravonlik o`z ichiga verbal haqorat, shantaj, o`ziga,
jablanuvchiga yoki boshqa odamlarga zo`ravonlik tahdidlari, uy hayvonlarini o`ldiraman yoki
boshqa shaxsiy buyumlarni yo`q qilaman deb qo`rqitish, ta`qib kilish, jabrlanuvchining
faoliyatini tinmay nazorat qilish, jabrlanuvchining muloqat doirasini nazorat qilish,
jabrlanuvchining turli resurslardan foydalanishini cheklab qo`yish (tibbiy yordam, do`stlari
bilan muloqat qilish, bilim olish, ishlash va h.), jabrlanuvchini kamsituvchi harakatlar qilishga
majburlash, jabrlanuvchining kun tartibini nazorat kilish [1].
Oilalardagi zo`ravonlikning ijtimoiy-psixologik profilaktikasi birlamchi, ikkilamchi va
uchlamchi bo`lishi mumkin. Oilalardagi zo`ravonlikning eng ommaviy turi – bu birlamchi
117
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
profilaktika. Bu barcha obod oilalar, yoshlar va bolalarga o`tkaziladi. Uning maqsadi –
oilalarda faol, moslashuvchan, o`z huquqlarini biluvchi, o`z qiziqish va ehtiyojlarini qondirib
biladigan, uyg`un oilaviy munosabatlarga degan psixologik ustanovkalari shakllangan yuqori
darajada faol turmush tarzini shakllantirishdan iborat. Ijtimoiy-psixologik ishlar bu erda
axborotli xarakterga ega bo`lishi kerak, chunki bu erda ish har bir odamda o`z ustidan
kimningdir bosim o`tkazib boshqarishidan butunlay voz kechishiga yunaltirilgan.
Birlamchi ijtimoiy-psixologik profilaktikaning mazmuni quyidagicha:
- aholiga oilalardagi zo`ravonliklar haqida keng turda ma`lumotlar berish- ta`lim-tarbiya
tashkilotlarida, korxonalarda, firmalarda va boshqa tashkilotlarda.
- zo`ravonlikga olib keluvchi har xil hayotiy vaziyatlarda xulq-atvorga tegishli huquqiy
normalarni o`rganish.
- oilalardagi vazifalarni taqsimlash yo`llari, to`g`ri hayot yo`lini tanlash, tanishish, munosabat
o`rnatish tajribasi singari turmush namunalarini namoyish qilish (OAV, radio, televidenie
orqali).
- oilalarning ijodiy, intellektual, jamoatchilik ishlarida, sportda qo`llab-quvvatlash, oilaviy dam
olishlarni tashkillashtirib turishni targ`ib qilish.
Birlamchi ijtimoiy-psixologik profilaktikaning metodlari quyidagilardan iborat: ma`lumot
berish, misollar keltirish, e`tikod, jamiyat, mikromuhit va oilalarda ishlash.
Ikkilamchi ijtimoiy-psixologik profilaktika ishlari asosan «xavf guruhi» ga kirgan oilalar,
yoshlar va bolalar bilan ishlashga yo`naltirilgan. Buning maqsadi moslashuvchanlikda
muammosi bor, funktsiyasi buzilgan noto`liq oilalar, xulq-atvorlarida o`zgarishlar kuzatilgan
etim bolalar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bo`lgan yoshlar va bolalarni yaxshi
tomonga o`zgartirishdan iborat.
Ikkilamchi ijtimoiy-psixologik profilaktikada bunday xulq-atvorga ega bolalarga quyidagi
yo`nalishlarda yaqindan yordam beradi:
-zo`ravonlikdan o`zini-o`zi himoya qilish tajribalari va bilimlarini shakllantirish;
-zo`ravonlikdan jabr ko`rganlarga yordam qo`lini cho`zadigan tashkilotlar va ularga qanday
murojaat qilish yo`llari haqida ma`lumot berish;
- bolalar va yoshlarning o`ziga, o`z mikromuhitiga, o`z hayotiga bo`lgan munosabatlarini
korrektsiya qilish.
Ikkilamchi ijtimoiy-psixologik profilaktikaning asosiy metodlari quyidagilar: ma`lumot berish,
tushuntirish, hikoya, vaziyatlarni tahlil qilish, e`tiqod va b. Bu metodlar bunday ijtimoiy-
psixologik profilaktikaning samaradorligini oshiradi, ya`ni har xil treninglar,
mashg`ulotlarning korrektsiya bosqichlari, ota-onalar bilan suhbatlar, yoshlar va bolalar
klublari, oilaviy mehmondorchiliklar yaxshi natija beradi.
Ikkilamchi profilaktika chog`ida mahalla xodimlari bilan birga mutaxassislarning birga
ishlashi muhim, ya`ni shifokorlar, psixologlar, yuristlar va huquqni muhofaza qilish organlari
xodimlari yordami va tajribalari kerak bo`ladi.
Uchlamchi ijtimoiy-psixologik profilaktikaning faoliyati to`g`ridan-to`g`ri zo`ravonlikdan jabr
ko`rgan oilalarga, oilalarning ayrim a`zolariga yo`naltirilgan bo`ladi. Bunda jabrlanganlar bilan
individual tarzda shug`ullanish taqozo etiladi. Bunday vaziyatda eng muhimi – mutaxassislar
guruhining oilaviy zo`ravonlikdan jabrlanuvchilarga tezkor yordam ko`rsatish va ularni
alohida ajratib olish. Bu maksadni amalga oshirish uchun reabilitatsiya markazlari
tashkillashtirilishi maqsadga muvofiq.
Uchlamchi ijtimoiy-psixologik profilaktikaning asosiy maqsadi ijtimoiy-psixologik
reabilitatsiya va ijtimoiy-psixologik qo`llab-quvvatlashdan iborat.
Bu profilaktika ishlaridan tashqari ko`pincha tibbiy tomondan, ya`ni, zo`ravonlik qurbonlarini
davolash, ularda yuqumli kasalliklar aniqlanganda ularning oldini olish choralarini ko`rishni
taqozo etadi.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, zo`ravonlikning profilaktika ishlari o`z printsiplari,
metodlari va tizimli tadbirlarni talab qiladi. Agarda biz oilalardagi zo`ravonliklar haqida
118
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
gapirar ekanmiz, unda birlamchi – ma`lumot berish, ikkilamchi- «xavf guruhi» ga kirgan
oilalar bilan ishlash, uchlamchi – zo`ravonlik qurbonlari bilan to`g`ridan-to`g`ri ishlashni ko`z
oldimizga keltiramiz. Bu erda profilaktikaning yakuniy maqsadi birinchi navbatda oilalardagi
zo`ravonliklardan jabr ko`rganlarni normal hayotga qaytarishdan iborat. Albatta, bu
maqsadga bosqichma-bosqich, ko`pgina vazifalarni amalga oshirgan holda, barcha soha
vakillari birgalikda harakat qilgan holda erishiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.
Карабанова
О.А.
Психология
семейных
отношений
и
основы
консультирования / О.А. Карабанова. – М.: Гардарики, 2005. – 320с.
2.
Ковкова Т.Г. Технологии социальной работы с женщинами, подвергшимися
насилию в семье / Т.Г. Ковкова, И.А. Гизатова // Педагогическое мастерство:
материалы II междунар. науч. конф. (г. Москва, декабрь 2012 г.). - М.:Буки-Веди, 2012.