Авторы

  • E’zoza Irzayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.59086

Аннотация

Mazkur maqola doirasida muallif O‘zbekistonda yuridik soha uchun milliy raqamli huquqiy ma’lumotlar, ushbu huquqiy  ma’lumotlarning deidentifikatsiya tizimini yaratish va deidentifikatsiya haqida ma’lumotlarni yoritib bergan. Shuningdek bu tizim qanday yaratilishi, bu tizimning O’zbekistonning yuridik sohasi uchun ahamiyati, deidentifikatsiya tizimining xalqaro tajribalari va O’zbekistonda deidentifikatsiya tizimi bo’yicha qilinishi kerak bo’lgan takliflar xalqaro va mahalliy ma’lumotlar asosida tahlil qilingan.


background image

121

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)

O‘ZBEKISTONDA YURIDIK SOHA UCHUN MILLIY

RAQAMLI HUQUQIY MA'LUMOTLAR DEIDENTIFIKATSIYA

TIZIMINI YARATISH

Irzayeva E’zoza Baxtiyor qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy

huquqshunoslik fakulteti, I kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14242028

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil

Ma’qullandi: 19-noyabr 2024 yil

Nashr qilindi: 29-noyabr 2024 yil

Mazkur maqola doirasida muallif O‘zbekistonda

yuridik soha uchun milliy raqamli huquqiy

ma’lumotlar, ushbu huquqiy

ma’lumotlarning

deidentifikatsiya tizimini yaratish va deidentifikatsiya

haqida ma’lumotlarni yoritib bergan. Shuningdek bu

tizim qanday yaratilishi, bu tizimning O’zbekistonning

yuridik sohasi uchun ahamiyati, deidentifikatsiya

tizimining xalqaro tajribalari va O’zbekistonda

deidentifikatsiya tizimi bo’yicha qilinishi kerak bo’lgan

takliflar xalqaro va mahalliy ma’lumotlar asosida

tahlil qilingan.

KEY WORDS

milliy

raqamli

huquqiy

ma’lumotlar, deidentifikatsiya va

deidentifikatsiya

tizimi,

ma’lumotlar xavfsizligi, maxfiylik.

1.Kirish

“So‘nggi yillarda mamlakat iqtisodiyotining raqamli sektori kengayib, uning asosiy

o‘sish omillari hisoblangan elektron tijorat platformalari, raqamli servislar va ularda amalga

oshiriladigan to‘lovlarni sifatli va xavfsiz qayta ishlash bilan bog‘liq moliyaviy texnologiyalar

shiddat bilan rivojlanmoqda.
Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda bank kartalaridan foydalangan holda o‘g‘rilik yoki

firibgarlik holatlarining ko‘payishi aholining raqamli moliyaviy savodxonligi hamda huquqni

muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining malakasi yetarli emasligi, tijorat banklari, to‘lov

tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarida huquqbuzarliklarning oldini olishning zamonaviy

tizimlari mavjud emasligidan dalolat bermoqda.

1

Bu shuni anglatadiki, raqamli

texnologiyalar va ular orqali sodir etilayotgan jinoyatlar har bir sohaga, shu jumladan, davlat

organlarining tizimiga ham kirib keldi.Buning natijasida, bugungi zamonaviy dunyoda sodir

bo’layotgan ma’lumotlarning daxlsizligini buzishga doir jinoyatlar huquqiy, iqtisodiy, harbiy,

siyosiy va ijtimoiy hayotda “ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash” degan yangi, nozik va

mas’uliyatli vazifaning ko’rib chiqilishini taqozo etmoqda. Bu borada, ayniqsa, O’zbekistonda

yuridik soha uchun milliy raqamli huquqiy ma’lumotlar deidentifikatsiya tizimini yaratish

ma’lumotlar xavfsizligi bilan bog’liq ko’plab muammolar uchun yechim bo’la olishi

kutilmoqda. Chunki yuridik soha qolgan barcha sohalar bilan chambarchas hisoblanadi.

Masalan, bank faoliyati yoxud shaxsiy hayotga doir ma’lumotlarni ruxsatsiz ravishda oshkor

etish yoki egallab olish kabi jinoyatlar bilan bog’liq holatlar yuridik soha va uning raqamli

huquqiy tizimi orqali hal etiladi.

2.Milliy raqamli huquqiy ma’lumotlar

1

https://lex.uz/uz/docs/-6681111


background image

122

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)

Raqamli huquq – muayyan harakatning raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirilishini

joriy etish hamda amal qilishini ta’minlashning huquqiy jihatlarini nazarda tutuvchi qoidalar

majmuyi. Biroq hozir “raqamli huquq” tushunchasi, uning tutgan o‘rni va huquqiy voqelik

sifatidagi mohiyati ilmiy-amaliy jihatdan yetarli darajada tahlil etilmagan. Amaldagi

qonunchilik to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqamli huquqlar haqidagi qoidani nazarda tutmaydi. Biroq

keyingi yillarda raqamlashtirishning huquqiy asoslari borasida qator qonun hujjatlari qabul

qilingani e’tirofga loyiq. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-

apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi qarori, 2020-yil 5-oktyabrdagi 6079-farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli

O‘zbekiston – 2030” strategiyasida raqamli huquqlarga oid muayyan normalar belgilangan.

Biroq qonunchilik, shuningdek, huquq fanida “raqamli huquq” tushunchasi, uning mohiyati va

huquqiy kategoriya sifatida talqini borasida tasavvurlar hali yetarli emas. “Raqamli huquqlar”

(digital rights) termini xorijiy mamlakatlarda “raqamli makondagi inson huquqlari” sifatida

talqin etiladi.

2

O’zbekistonda xorijiy va milliy raqamli huquqiy ma’lumotlardan foydalanish

imkoniyati mavjud. Milliy raqamli huquqiy ma’lumotlar bazasiga “Lex.uz”, “Norma.uz”,

“Advice.uz” va boshqa sayt va platformalar kiradi. Bunday sayt va platformalar milliy raqamli

huquq tizimini xalqaro miqyosdagi standartlarga moslashtirish, raqamli texnologiyalardan

samarali foydalanish va fuqaro, shaxslarga yanada ko’proq qulayliklarni yaratish uchun

xizmat qilmoqda.Lekin milliy raqamli huquqiy ma’lumotlar bazalarida to’ldirilishi kerak

bo’lgan kamchiliklar ham bor.Xususan, bu bazalar qonunchilik hujjatlarini qamrab olish bilan

birga, o’zida yuridik sohada qilingan ilmiy ishlar, shu sohaga bag’ishlangan jurnal va

maqolalarni mujassam etmagan. Ammo xalqaro elektron huquqiy bazalar(LexisNexis,

Westlaw va h.k)ning ma’lumotlari qamrovi juda keng.Chunki ular anglo-sakson huquqiy

tizimini yoritib, o’z ichiga sud pretsedentlari, kazuslar, maqola va jurnallarni ham oladi.

O’zbekistonning milliy huquqiy tizimida pretsedentlar mavjud bo’lmaganligi sababli, ularni

emas, huquq sohasidagi ilmiy maqola va jurnallarni milliy raqamli huquqiy ma’lumotlar

bazasiga kiritish uning qamrovini kengaytiradi hamda yuridik sohadagi kishilar uchun

ma’lumotlar jamlanmasiga ega bo’lish imkoniyatini yaratadi.

3.Deidentifikatsiya nima?

Deidentifikatsiya – bu ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash uchun uni ma’lum darajada

maxfiylashtirish. Deidentifikatsiya jarayoniga quyidagilar kiritiladi:

1

.Ma’lumotlarni anonymizatsiya qilish – bu ma’lumotlarni anonimlashtirishdir. Bu usulda

ma’lumotlarda shaxsni tanib olish uchun kerakli identifikatsiya belgilari olib tashlanadi yoki

o’zgartiriladi. Natijada bu ma’lumotlarni , bu ma’lumotlarning egasi bilan bog’lash

qiyinlashadi.

2

. Ma’lumotlarni pseudominlashtirish – bu shaxsga oid ma’lumotlarni bevosita aniqlash

imkoniyatini kamaytirish uchun o’zgartirish usuli. Bunda haqiqiy identifikatorlar maxsus kod

yoki taxalluslar bilan almashtiriladi, biroq asl identifikatorlar maxsus kalit yoki ma’lumotlar

bazasida saqlanadi va uning egasi undan bemalol foydalana oladi.

3

. Kiptografik usullar – ma’lumotlarni shifrlash orqali ularga ruxsatsiz kirishning oldini oladi

va himoya darajasini oshiradi.

Deidentifikatsiya

– foydalanuvchi

ma'lumotlaridan tushunchalarni chiqaradigan va

tushunchalar va foydalanuvchi ma'lumotlarini tegishli ma'lumotlar maxfiyligi va tegishli

2

https://huquqburch.uz/raqamli-huquq-nima/

-- Raqamli huquq nima?

Rustam XURSANOV,

Toshkent davlat yuridik universitet Fuqarolik huquqi

kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi.


background image

123

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)

standartlarga mos keladigan shaklda saqlaydigan ma'lumotlarni deidentifikatsiya qilish tizimi.

Tizim foydalanuvchi ma'lumotlarini oladi, ular shaxsiy identifikatsiya ma'lumotlarini va bir

yoki bir nechta standartlar bilan boshqariladigan boshqa nozik ma'lumotlarni, shu jumladan

ma'lumotlardan qanday foydalanish mumkinligini va uni qancha vaqt saqlab qolish

mumkinligini ko'rsatadigan standartlarni o'z ichiga olishi mumkin. Ma'lumotlardan tizim

bog'langan foydalanuvchilarning turli jihatlarini tavsiflovchi tushunchalarni chiqaradi. Tizim,

shuningdek, ma'lumotlarning qismlarini tanlab xeshlaydi, bu esa tegishli foydalanuvchilarning

identifikatorini yashiradi. Tushunchalar ham, tanlab xeshlangan ma'lumotlar ham individual

foydalanuvchilarni aniqlamaydi va shuning uchun ular bir xil standartlarga bo'ysunmaydi va

cheksiz muddatga saqlanishi mumkin. Keyinchalik, standartlar bilan himoyalangan

ma'lumotlar bekor qilingandan so'ng, tizim so'rovga javoban tushuncha ma'lumotlarini

taqdim etishi mumkin.

3

Elektron raqamli imzo to’g’risidagi qonunga muvofiq: “

elektron raqamli imzoning yopiq

kaliti

— elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo

qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni

yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi”

4

deb belgilangan. Bu ham ma’lumotning

maxfiyligi hisoblanib deidentifikatsiyaga bir misol bo’ladi.

4.Deidentifikatsiya tizimining O’zbekistonning yuridik sohasi uchun ahamiyati

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilganligi inobatga

olinsin:
barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin

olish;
aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy

himoya tizimini tashkil qilish;
aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish

5

mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash”

6

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston – 2030” farmonida asosiy g’oya deb

belgilangan mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash deganda nafaqat

Qurolli Kuchlar va harbiy jihatdan, balki internet orqali qilinayotgan tahdidlardan ham

himoya qilish tushinilishi kerak. Chunki bugungi kunda kiberjinoyatlar O’zbekistonni ham o’z

ichiga qamrab olmoqda.

Kiberjinoyatchilik

— axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki axborot tizimlari

va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik

vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisi

7

3

Myron@targetednews.com

-- Copyright © 2024 LexisNexis.

4

https://lex.uz/docs/-6234904

– O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g’risida” gi

qonuni.

5

https://lex.uz/uz/docs/-6600413

– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston – 2030”

strategiyasi to’g’risidagi qonuni.

6

https://lex.uz/docs/-5960604

– O’zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to’g’risida”gi qonuni.

7

https://lex.uz/docs/-5960604

– O’zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to’g’risida”gi qonuni.


background image

124

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)

“Kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya

qilish davlatning kiberxavfsizligini ta’minlashda ustuvor hisoblanadi.

8

Ushbu ustuvor prinsip

O’zbekiston Respublikasining Kiberxavfsizlik to’g’risidagi qonunida belgilab qo’yilgan. Bu

prinsipni amalga oshirish uchun kiberjinoyatchilikka qarshi tura oladigan tizim yaratish talab

qilinadi. Ma’lumotlarni deidentifikatsiya qilish – kiber jinoyatchilarga shaxs, jamiyat va

davlatning ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishi va ularni egallab olishiga katta to’siq yaratadi.
O’zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar” to’g’risidagi qonuni 5-moddasiga

binoan ushbu qonunning asosiy prinsiplaridan biri “shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi

va himoya qilinganligi;

9

8-moddasiga ko’ra: “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat

personallashtirish markazi shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organidir

10

28-moddasida: “Subyektning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmagani holda

shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida mulkdor

va (yoki) operator yoki shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxs

tomonidan rioya etilishi majburiy bo‘lgan talab shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligidir.”

11

Yuqoridagi moddalar ko’rsatib turibdiki, shaxslarning ma’lumotlarining maxfiyligini

ta’minlash ham davlat organlari zimmasida. Bu o’z-o’zidan deidentifikatsiya tizimining yuridik

soha uchun ahamiyatini yaqqol namoyish etadi. Buning sababi shundaki, davlat organlarining

vakolatlari qonun, farmon, kabi normativ-huquqiy hujjatlar orqali mustahkamlanadi va

tartibga solinadi. Normativ-hujjatlar esa qonunchilikning asosidir. O’zbekistonda yuridik soha

uchun milliy raqamli huquqiy ma’lumotlar deidentifikatsiya tizimini yaratish uchun , avvalo,

unining yuridik asosi bo’lishi kerak. Masalan, deidentifikatsiya tizimini yaratish bo’yicha

farmon, farmoyish yoxud qaror qabul qilinishi orqali rasmiy ravishda harakat boshlanadi.

Natijada kibermakonda shaxslarning ma’lumotlarini xavfsiz saqlash va ularning maxfiyligini

ta’minlash imkoniyati yanada kengayadi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, ma’lumotlarni maxfiy

saqlash to’g’risida qonunlar mavjud. Masalan, O’zbekiston Respublikasining “davlat sirlarini

saqlash to’g’risidagi” qonuni. Lekin bu qonunning 10-moddasida keltirilganidek, “Davlat

sirlarini saqlash – bunday sirlarga ega bo‘lgan barcha davlat organlari, korxonalar,

muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining mansabdor

shaxslari va fuqarolarining burchi. Davlat sirlaridan foydalanish bilan bog‘liq biron-bir ishlar

bunday sirlarni saqlash yuzasidan choralar ko‘rilganidan keyingina amalga oshiriladi

12

deb

belgilangan. Bu faqatgina davlat sirlariga ega bo’lgan shaxslarga bu sirlarni oshkor etmaslik

majburiyatini yuklaydi. Deidentifikatsiya tizimi esa ma’lumotlarni maxfiylashtirish natijasida

uning xavfsizligini ta’minlash ma’suliyatini o’ziga oladi. Bu tizimni yuridikk sohada

yaratishning maqsadi shaxs, jamiyat va davlatning ma’lumotlarini xavfsiz himoya qilishning

huquqiy asoslarini yaratishdir. Chunki har bir shaxs o’z shaxsiy hayoti va ma’lumotlarining

8

https://lex.uz/docs/-5960604 --

O’zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to’g’risida”gi qonuni.

9

https://lex.uz/docs/-4396419 --

O’zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar

to’g’risida”gi qonuni.

10

https://lex.uz/docs/-4396419 --

O’zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar

to’g’risida”gi qonuni.

11

https://lex.uz/docs/-4396419 --

O’zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar

to’g’risida”gi qonuni.

12

https://lex.uz/ru/docs/-98850

-- O’zbekiston Respublikasining “Davlat sirini

saqlash to’g’risida”gi qonuni.


background image

125

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)

daxlsizligi huquqiga ega. Ammo bugungi zamonaviy dunyoda texnologiyalar rivojlangan sari

uning salbiy ta’sirlari ham ortib bormoqda.

https://youtube.com/shorts/lEGiBO-

eCps?si=Xb_IjIg3oGcCVfJR

– ushbu videoda , hattoki, samalyotlar bilan bog’liq ma’lumotlarni

ham egallash mumkinligi ko’rsatgan. Bu esa butun boshli o’sha reys uchun ma’lumotlarining

oshkor etilishi va reysdagi odamlarning daxlsizligini ham buzish uchun imkoniyat yaratadi. Bu

holatda maxfiylikni ta’minlash mas’ul organlarning vazifasi hisoblanadi. Ammo

https://youtu.be/gYlPcmwSdm0?si=wFpGjAOsfAImrQTq

– ushbu videoda esa odamlarning

o’zi ham ehtiyotkor bo’lishlari kerakligi ko’rsatilgan. Ogohlikni davr talab etmoqda.

5.Deidentifikatsiya tizimi xalqaro tajribalarda

https://youtube.com/shorts/ioe9E0JKn70?si=qSuEhucWspj5Bhl2

– ushbu videoda qanday

qilib yuz orqali ma’lumotlarni ruxsatsiz egallab olish tasvirlangan bo’lsa, quyidagi jurnalda

uning oldini olish uchun tadqiqotlar amalga oshirilganligi aytib o’tilygan.
“Funders for this research include Japan Society For The Promotion of Science.
The news journalists obtained a quote from the research from Tohoku University: "It is

necessary to protect the privacy of face images to prevent their malicious use by face image

de-identification techniques that make face recognition difficult, which prevent the collection

of specific face images using face recognition. In this paper, we propose a face image de-

identification method that generates a de-identified image from an input face image by

embedding facial features extracted from that of another person into the input face image. We

develop the novel framework for embedding facial features into a face image and loss

functions based on images and features to de-identify a face image preserving its appearance."
According to the news reporters, the research concluded: "Through a set of experiments using

public face image datasets, we demonstrate that the proposed method exhibits higher de-

identification performance against unknown face recognition models than conventional

methods while preserving the appearance of the input face images."

13

Deidentifikatsiya bo’yicha xalqaro tajribalarda qoidalar va ma’muriy javobgarliklar mavjud:
“This document is current through October 4, 2024
NH - New Hampshire Code of Administrative RulesAGENCY He-C. DEPARTMENT OF HEALTH

AND HUMAN SERVICES; COMMISSIONERCHAPTER He-C 1600. NEW HAMPSHIRE HEALTH

CARE QUALITY ASSURANCE COMMISSIONPART HE-C 1601 DE-IDENTIFICATION OF

INFORMATION

HE-C 1601.04 ELEMENTS OF DE-IDENTIFICATION.
(a) A record presented to the commission shall be considered de-identified of elements

identifying an individual if the following information concerning individuals, their relatives,

employers, or household members is removed from the record:
(1) Names;
(2) All address information smaller than a state, including street address, city, county,

precinct, and zip code etc.

13

Journal on Image and Video Processing -

https://jivp-

eurasipjournals.springeropen.com


background image

126

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)

(b) A record presented to the commission shall be considered de-identified of elements

identifying a facility if the following information concerning the facility, its employees, any of

its agents or subcontractors, employees, or medical staff members is removed from the record:
(1) Names;
(2) All address information smaller than a state, including street address, city, county,

precinct, and zip code;
(3) Telephone numbers;
(4) Fax numbers and etc.”

14

Xorijiy mamlakatlarda

deidentifikatsiya bo’yicha tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Deidentifikatsiya qonunchilik hujjatlariga ham kiritilmoqda. Identifikatorlar orqali egallab

olinadigan ma’lumotlarni deidentifikatsiya qilishning metodlari ham ishlab chiqilmoqda.

6. Deidentifikatsiya tizimi bo’yicha takliflar
1.

O’zbekistonda yuridik soha uchun raqamli milliy huquqiy ma’lumotlar

deidentifikatsiya

tizimini

yaratish.

Bu tizim xalqaro tadqiqotlarni, xorijiy mamlakatlarning sinalgan usullarini o’rganish va

amaliyotga taqdim etish, milliy raqamli texnologiyalarni rivojlantirish orqali yaratiladi.

“Janubiy Koreyada 2008-yilda “Intellektual robotlarni ommalashtirishga ko‘maklashish

to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqilgan. Qonun aqlli robot sanoati uchun barqaror rivojlanish

strategiyasini yaratish va ilgari surish orqali hayot sifatini yaxshilash va iqtisodiyotni

rivojlantirishga qaratilgan.

15

“Janubiy Koreya qonuni SI strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilk tashabbus edi. 2017-yilga

kelib beshta davlat SI milliy strategiyasini qabul qilgan bo‘lsa, 2018–2019-yillarda ularning

soni 30 taga yetdi. Shunday qilib, BAA, Xitoy, Fransiya, Shvetsiya, Meksika, Singapur, Yaponiya

va Germaniyada SI sohasida strategiyalar ishlab chiqilgan

3

.

16

Ushbu davlatlarning Sun’iy

Intellekt borasidagi tajribalari va strategiyalarini tadqiq qilish va SI ni O’zbekistonda

deidentifikatsiya tizimini yaratishga yo’naltirish mumkin.

2

.Deidentifikatsiya tizimini yaratish uchun

treninglar

o’tkazish.

Treninglar deidentifikatsiya tizimini yaratishning maqsadi

shaxs, jamiyat, davlat

ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlash ekanligini tushuntirishdan iborat bo’ladi.
Deidentifikatsiya tizimi bo’yicha o’quv dasturlar, electron yo’riqnomalar ishlab chiqiladi.
Treningning ishtirokchilari davlat organlari xodimlari va raqamli innovatsiyalar bilan

shug’ullanuvchi mutaxassislar bo’ladi. Ular deidentifikatsiya tizimidan xabardor qilinadi.

3.Kiberpolitsiyachi

yaratilishi kerak.

14

NEW HAMPSHIRE CODE OF ADMINISTRATIVE RULES

Copyright © 2024Matthew Bender & Company, Inc. a member of the LexisNexis

Group.

15

https://huquqburch.uz/suniy-intellekt-rivojlanishi-va-uni-tasniflash-mexanizmlari/

16

https://huquqburch.uz/suniy-intellekt-rivojlanishi-va-uni-tasniflash-

mexanizmlari/

,

Хисамова З.И., Бегишев И.Р. Правовое регулирование

искусственного интеллекта Baikal research journal, 2019. T. 10, № 2.


background image

127

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)

Kibermakonda kiberjinoyatchilar bor ekan, demak, jinoyatlarning oldini olish va tartib

o’rnatish uchun kiberpolitsiyachi ham kerak. U ma’lumotlarninng daxlsizligi va bu boradagi

jinoyatlar bilan shug’ullanish orqali deidentifikatsiya tizimiga hissa qo’shadi.

4. Legal tech

sohasini rivojlantirish.

Deidentifikatsiya tizimini yuridik sohada yaratish va qo’llash uchun Legal tech bo’yicha

yanada ko’proq imkoniyatlar yaratilishi kerak. Bu orqali huquq sohasidagi xodimlarning

raqamli texnologiyalarni huquqiy tizimda to’g’ri qo’llash qobiliyati paydo bo’ladi.

7. Xulosa

O’zbekiston Respublikasida yuridik soha uchun milliy raqamli huquqiy ma’lumotlar

deidentifikatsiya tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo bu borada yetarlicha

ishlar amalga oshirilmaganligi tufayli hozirda bu soha rivojlanmagan. Shuning uchun ham uni

yaratish talabi ko’rib chiqilmoqda. Ushbu maqola ham bu tizimning yaratilishi natijasida

ma’lumotlar xavfsizligi ta’minlash va bu boradagi muammolarga yechim toppish kabi

masalalarni muhokama qildi. Axborot asrining talablariga javob berish uchun raqmli

texnologiyalarni rivojlantirish va uning salbiy tomonlarini ko’zdan qochirmaslik kerak.

Internet saytlar, elektron va boshqa manbalardan ma’lumotlarga ruxsatsiz kirib olishning

oldini olish va ma’lumotlar daxlsizligi huquqini ta’minlash uchun O’zbekistonda

deidentifikatsiya tizimini yaratish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli

texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish

choralari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.11.2023 yildagi PQ-

381-son.

2.

Raqamli huquq nima?—maqola. Rustam XURSANOV, Toshkent davlat yuridik

universitet Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi.

3.

Myron@targetednews.com -- Copyright © 2024 LexisNexis.

4.

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son.

5.

Kiberxavfsizlik to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.04.2022 yildagi

O‘RQ-764-son.

6.

Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 02.07.2019

yildagi O‘RQ-547-son.

7.

Journal

on

Image

and

Video

Processing

-

https://jivp-

eurasipjournals.springeropen.com.

8.

NEW HAMPSHIRE CODE OF ADMINISTRATIVE RULES Copyright © 2024Matthew

Bender & Company, Inc. a member of the LexisNexis Group.

9.

https://huquqburch.uz/suniy-intellekt-rivojlanishi-va-uni-tasniflash

mexanizmlari/, Хисамова.З.И.Бегишев.И.Р.Правовое регулирование искусственного

интеллекта Baikal research journal, 2019. T. 10, № 2. 10.

10.

Elektron raqamli imzo to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 12.10.2022

yildagi O‘RQ-793-son.

11.

Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.05.1993

yildagi 848-XII-son

Библиографические ссылки

ogiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.11.2023 yildagi PQ-381-son.

Raqamli huquq nima?—maqola. Rustam XURSANOV, Toshkent davlat yuridik universitet Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi.

Myron@targetednews.com -- Copyright © 2024 LexisNexis.

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son.

Kiberxavfsizlik to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.04.2022 yildagi O‘RQ-764-son.

Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 02.07.2019 yildagi O‘RQ-547-son.

Journal on Image and Video Processing - https://jivp-eurasipjournals.springeropen.com.

NEW HAMPSHIRE CODE OF ADMINISTRATIVE RULES Copyright © 2024Matthew Bender & Company, Inc. a member of the LexisNexis Group.

https://huquqburch.uz/suniy-intellekt-rivojlanishi-va-uni-tasniflash mexanizmlari/, Хисамова.З.И.Бегишев.И.Р.Правовое регулирование искусственного интеллекта Baikal research journal, 2019. T. 10, № 2. 10.

Elektron raqamli imzo to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 12.10.2022 yildagi O‘RQ-793-son.

Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.05.1993 yildagi 848-XII-son