Авторы

  • Yulduz Raximova
  • Abdumalik Toshpo‘latov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.59640

Аннотация

 Anor subtropik meva sifatida katta ahamiyatga ega. Lekin anorni tabiiy holida iste’mol qilish ko‘proq foydalidir. O‘zbekistonning yerlari organik moddalar jihatidan kamquvvat bo‘lgan sug‘oriladigan xududlarida anorning hosildorligini oshirishning eng ta’sirchan omili azotli o‘g‘itlarni qo‘llashi. Azotli o‘g‘itlarning samaradorligi tuproqda fosforning o‘simlik foydalana oladigan xillari mavjudligiga bog‘liq.


background image

26

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

ANOR YETISHTIRISHDA O‘G‘ITLARNING AHAMIYATI

Raximova Yulduz Oybek qizi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabasi

Toshpo‘latov Abdumalik Soat o‘g‘li

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

o'qituvchisi, Toshpulatovabdumalik7@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14501712

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 11-dekabr 2024 yil

Ma’qullandi: 13-dekabr 2024 yil

Nashr qilindi: 16-dekabr 2024 yil

Anor subtropik meva sifatida katta

ahamiyatga ega. Lekin anorni tabiiy holida iste’mol

qilish ko‘proq foydalidir. O‘zbekistonning yerlari

organik moddalar jihatidan kamquvvat bo‘lgan

sug‘oriladigan xududlarida anorning hosildorligini

oshirishning eng ta’sirchan omili azotli o‘g‘itlarni

qo‘llashi.

Azotli

o‘g‘itlarning

samaradorligi

tuproqda fosforning o‘simlik foydalana oladigan

xillari mavjudligiga bog‘liq.

Anor, ko‘chat, azot o‘g‘itlar,

fosfor o‘g‘itlar, Kaliyli o‘g‘itlar,
organic o‘g‘itlar.

Anor subtropik meva sifatida katta ahamiyatga ega. Anorning eng yaxshi navlari Surxondaryo

viloyatida o‘stiriladi. U eng yaxshi meva va dekorativ o‘simliklardan hisoblanadi. Anor

mevasining sharbatini ichganda tetik qiladigan g‘oyat mazzalik suvi (sharbati) ta’mi va

xushbo‘yligi jihatidan eng yaxshi apelsin navlarining suvidan qolishmaydi, rangi jihatidan

ulardan ustun turadi.

Anor suvida, naviga, pishgan va homligiga qarab 5-20% qand va 0,5 – 10% organik kislotalar,

dubil va pektin moddalari bor Ko‘p mamlakatlarda anor qaytadan ishlanib, undan sharbat va

alkogolsiz ichimlik, hamda qiyom tayyorlanadi.

Lekin anorni tabiiy holida iste’mol qilish ko‘proq foydalidir. Ildiz po‘stlog‘ida ham, mevasining

po‘stida ham ko‘p miqdor dubil moddalari bo‘lib, meditsinada ichni qaytaruvchi va gijjalarni

haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Siqilib sharbati olingandan keyin kolgan turli urug‘idan har

xil narsalarni bo‘yash uchun foydalaniladi. Undan sirka kislotasi olinadi. Anor 100 yil va

undan ortiq yashaydi. Ildiz bachkilari, qalamchalarini parxish qilish yo‘llari bilan oson

ko‘payadi.

Anor ko‘chati yerga ekilgandan so‘ng 2-3 yilda hosilga kira boshlaydi. To‘liq hosilga kirish 7-8

yildan boshlanib, 50-60 yil davom etadi. Anor turli-tuman tuproq sharoitida, qumloq,

toshloqdan tortib og‘ir tuproqqacha, loysimon, ishqoriy va kislotali muhit tuproqlarida

o‘saveradi. Ayniqsa sernam, unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi. Sovuqqa chidamsizligi uchun

sovuq tekisliklarda, sho‘r va balchiqsimon tuproqlarda o‘smaydi.

Anor ko‘chatlari asosan ko‘chat yetishtirishga moslangan yer uchastkalarida yetishtiriladi.

Hosilga kirgan anorzorlarni sug‘orishni doimo nazorat qilib turish lozim, aks holda kam

sug‘orish yoki keragidan ortiqcha sug‘orish mevani 63 yorilishiga olib keladi. Ko‘chatlarning

ikki tomonidan 35-40 sm. uzoqlikda sug‘orish ariqlari olinadi.

O‘simliklarning o‘g‘itlardan olinadigan oziq moddalar miqdori tuproqlarning tiplari,

o‘g‘itlarning shakli va dozalariga, navlar va boshqa shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Uzoq

muddatli tajribalardan ayon bo‘lganidek, yuksak daraxtdagi agrotexnika hamda o‘g‘itlarni


background image

27

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

ishlatishning to‘g‘ri sistemasi turli hil tuproqlarning potensial unumdorligini belgilash va

solinadigan o‘g‘itlarning samaradorligini aniqlash imkonini beradi.

Kaliyli o‘g‘itlar. Kaliyli o‘g‘itlardan oqilona foydalanish uchun dexqonlar tuproqning

xossalarini va o‘g‘itlarning assortimentini hisobga olishi lozim. Amalda o‘g‘it solib ketilganda

bir qator xo‘jaliklarda asosiy agrotexnika talablariga rioya qilinmaydi. Bu hol avvalo,

o‘g‘itlarni ko‘mishi chuqurligiga va ularni o‘simliklar qatoridan qochirishga taalluqlidir.

Tarkibida fosfor (44%) va azot (11%) bo‘lgan, yuqori darajada konsetratsiyali murakkab o‘g‘it

– ammofos boshqa oddiy supurfosfat va ammiakli selitralardan agrotexnikaviy va iqtisodiy

jihatdan ustun turadi.

Kaliyli o‘g‘itlar solinganda hosildorlikni oshishi bilan bir qatorda, uning sifati, po‘stining

pishiqligi, sovuqqa chidamligi ancha yaxshilanadi. Buning asosiy mohiyati shundaki, kaliy

o‘simlik to‘qimalarining tarkibiga kirmaydi, lekin moddalar almashuvida muhim rol o‘ynaydi.

Kaliyning asosiy funksiyasi xujayra kolloidlarining ko‘p qirrali biokimyoviy jarayonlar normal

kechishi uchun zarur bo‘ladigan darajada sersuv bo‘lib turishini ta’minlashdan iboratdir. U

o‘simliklarda uglevodlar hosil bo‘lishga va joydan-joyga siljishiga qulay ta’sir ko‘rsatadi.

Tuproqda almashinuvchi kaliy yetarli miqdorda bo‘lmasa, uning mevalari past sifatli, mevalari

chala yetilishi kuzatiladi.

Demak, kaliyli o‘g‘itlar ko‘p jihatdan tuproq tarkibidagi almashinuvchi kaliyning miqdoriga va

ishlatiladigan azot-fosforli o‘g‘itlarning nisbatigabog‘liqdir. Kaliyli o‘g‘itlarni 1 gektariga 10 kg

(1m2 – 1 gramm) atrofida ishlatish mumkin. Kaliyli o‘g‘itlarni shohlanish davrida sotish katta

ahamiyat kasb etadi Azotli o‘g‘itlar.

O‘zbekistonning yerlari organik moddalar jihatidan kamquvvat bo‘lgan sug‘oriladigan

xududlarida anorning hosildorligini oshirishning eng ta’sirchan omili azotli o‘g‘itlarni

qo‘llashdir. Tuproqda azot yetishmasa barcha ekinlar singari anor o‘simligi ham sust

rivojlanadi. Azot bilan oziqlanish sharoitining noqulay bo‘lishi oqibatida o‘simlikning shona va

hosil tugunchalari qisman to‘kiladi bu esa hosilning keskin kamayishiga va mevaning

sifatidan pasayishiga olib keladi.

Anorning dastlabki rivojlanish davrida azotli o‘g‘itlar katta rol o‘ynaydi, ya’ni dastlabki barglar

paydo bo‘layotgan paytda hamda gullash fazasigacha. Shuning uchun ham aynan shu

davrlarida azotli o‘g‘itlarni solish yahshi samara beradi. Azotli o‘g‘itlarni turiga qarab

ekindosh qancha uzoq va chuqurlikda solish mumkin hisoblanadi.

Azotli o‘g‘itlarni gektariga sof holida 35-40 kg atrofida solish yaxshi natija beradi. Fosforli

o‘g‘itlar. Azotli o‘g‘itlarning samaradorligi tuproqda fosforning o‘simlik foydalana oladigan

xillari mavjudligiga bog‘liq ekanligini aytish joiz. Tuproq tarkibida fosfor yetarli miqdorda

bo‘lsa, hosildorlik oshadi, meva sifati yaxshilanadi va kam bo‘lsa aksincha bo‘ladi.

Fosfor o‘simlikning barcha o‘sish hujayralari tarkibiga kiradi. O‘simliklarda kechadigan

moddalar almashinuvidagi oraliq birikmalarning hosil bo‘lishida va kaliy bilan oziqlanishida

ham fosfor katta rol o‘ynaydi.

Tarkibida harakatchan fosfor kam bo‘lgan yerlardagi o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi juda

susayadi, bu esa pirovardida hosilning ancha kamayishiga va mevaning sifat texnologik

ko‘rsatkichlari yomonlashishiga olib keladi.Fosforli o‘g‘itlarni gektariga 50-60 kg (1 m2 50-60

gramm) atrofida solish tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirzayeva S. va boshqalar. Anor\\O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi.-2014

2.

Неъматов И. Анор етиштириш сирлари. – Тошкент. 2011.

3.

Данков В. Субтропические культуры. Санкт-Петербург: 2000.

4.

Мирзаев М.М., Собиров М.Қ. Ўзбекистонда боғдорчилик. – Т.: 1980

5.

Рибаков А. А., Остроухова С. А. Ўзбекистон мевачилиги. Т.: Ўқитувчи, 1981.

Библиографические ссылки

Mirzayeva S. va boshqalar. AnorO‘zbekiston qishloq xo‘jaligi.-2014

Неъматов И. Анор етиштириш сирлари. – Тошкент. 2011.

Данков В. Субтропические культуры. Санкт-Петербург: 2000.

Мирзаев М.М., Собиров М.Қ. Ўзбекистонда боғдорчилик. – Т.: 1980

Рибаков А. А., Остроухова С. А. Ўзбекистон мевачилиги. Т.: Ўқитувчи, 1981.