Авторы

  • Jasmina Safarboyeva
  • Zilola Rayimova
  • Abdumalik Toshpo‘latov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.59649

Аннотация

O‘zbekistonning tuproq iqlim sharoitlari sitrus ekinlarini yetishtirish va ulardan yuqori hosil olish uchun yetarlicha qulaydir.Ammo sitruslarning sovuqqa chidamsizligi tufayli, ularni qishki davrda quyi haroratlardan himoyalash talab etiladi. Limon uchun tang harorat -80S hisoblanadi. Mandarin esa -120S da nobud bo‘ladi.


background image

75

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

SITRUS O‘SIMLIKLARNI XANDAKLARDA YETISHTIRISH

Safarboyeva Jasmina Shavkatovna

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

talabasi. safarboyevajasmina@icloud.com

Rayimova Zilola Lutfillo qizi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

talabasi.

Toshpo‘latov Abdumalik Soat o‘g‘li

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14525759

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 16-dekabr 2024 yil

Ma’qullandi: 18-dekabr 2024 yil

Nashr qilindi: 19-dekabr 2024 yil

O‘zbekistonning tuproq iqlim sharoitlari

sitrus ekinlarini yetishtirish va ulardan yuqori hosil

olish

uchun

yetarlicha

qulaydir.Ammo

sitruslarning sovuqqa chidamsizligi tufayli, ularni

qishki davrda quyi haroratlardan himoyalash talab

etiladi. Limon uchun tang harorat -8

0

S hisoblanadi.

Mandarin esa -12

0

S da nobud bo‘ladi.

sitrus,

limon,

apelsin,

mandarin, xandak, blokli xandak,

azot, fosfor, kaliy, organik, pektin

moddalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi

qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini

tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, meva-sabzavot va

uzumchilik sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini

oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni o‘zlashtirish, paxta, g‘alladan

qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish,

shuningdek, bog‘, tokzor va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga

qo‘yish maqsadiga muofiqdir
Sitrus ekinlar (limon, apelsin, mandarin) yuqori ta’m sifatlariga va shifobaxsh xususiyatlarga

ega bo‘lgan mevalar beradi. Ko‘pgina mamlakatlarda limon mevalaridan yara, o‘pka va

oshqozon kasalliklarini davolashda foydalanishadi. Zamonaviy tibbiyot uni singa kasalligining

oldini oluvchi va davolovchi eng yaxshi vosita deb hisoblaydi. Nafas yo‘llari kasalliklari va qon

bosimida limon mevalarini iste’mol etish yaxshi natija beradi.
O‘zbekistonning tuproq iqlim sharoitlari sitrus ekinlarini yetishtirish va ulardan yuqori hosil

olish uchun yetarlicha qulaydir.
Ammo sitruslarning sovuqqa chidamsizligi tufayli, ularni qishki davrda quyi haroratlardan

himoyalash talab etiladi. Limon uchun tang harorat -8

0

S hisoblanadi. Mandarin esa -12

0

S da

nobud bo‘ladi. Haroratning uzoq muddat -3-4

0

S atrofida bo‘lishi shoxlarning zararlanishi va

hosilning yo‘qotilishiga olib keladi.
O‘rta Osiyoda limon yetishtirishning eng sodda va ishonchli usuli – xandaklarda

yetishtirishdir. Kuzatuvlar va ishlab chiqarish ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, mahalliy

sharoitlarda limonni 2-3 gektarli blokli xandaklarda yetishtirish eng maqbuldir.
Xandaq xo‘jaligi uchun sizot suvlari chuqur joylashgan (4-5 m dan kam emas), kuchli

shamollardan himoyalangan balandroq joy tanlanadi.


background image

76

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

Sitrus ekinlar uchun xandaqlar o‘qi bo‘yicha sharqdan qarbga qarab joylashtiriladi, ularning

uzunligi konfiguratsiyaga bog‘liq ravishda 45-60 m atrofida bo‘ladi. Barcha xandaqlar

umumiy ayvon bilan biriktiriladi, uning o‘qi janubdan shimolga qarab yo‘naltiriladi. Blokda

xandaqlarning joylashish tartibi quyidagi 1-rasmda aks ettirilgan.

ChUQUR XANDAKNING KO‘RINIShI

Ekskavatorlar bilan bo‘lmalar shakllantirib chiqilgach, skreper vositasida ostki tubi 2,7-2,8 m

va ustki sathi 3 m kenglikda bo‘lgan 1,7 m chuqurlikdagi xandaqlar qazib chiqiladi.

Xandaqlarning bunday konussimon profilda bo‘lishi ularning devorini o‘pirilib ketishdan

asraydi

YARIM XANDAKNING

KO‘RINISHI


background image

77

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

Xandaqlarning ustki qismini qurishda umumiy ayvondan peshayvon chiqariladi. Xandaq

chetlari beton yoki pishgan qisht bilan mustahkamlanadi. Xandaqlar va ayvon ustiga

o‘simliklarni qishki himoyalash uchun ikki yoqlama nishabli karkas o‘rnatiladi. To‘sinlar

yog‘och yoki metal burchakliklardan yasaladi, tayanch to‘sinlar 3-3,5 m masofada joylashtirib

chiqiladi.
O‘simliklarni o‘tqazish uchun eng qulay muddat mart oxiri – aprel bo‘lib (janubiy tumanlar),

bu paytda takroriy ayozlar xavfi kuzatilmaydi. Tuproqning tez cho‘kishi va namlik

zahirasining hosil bo‘lishi uchun xandaqlar o‘z vaqtida sug‘oriladi. O‘simliklar xandaq o‘qi

bo‘ylab 2 m oraliq bilan bir qator qilib ekiladi.
Xandaqlarni qazishda yuqorigi unumdor qatlam qayta solinishi uchun bir tomonga to‘plab

qo‘yiladi, so‘ngra xandaq tubiga 10-15 kg/m

2

hisobidan chirigan go‘ng sochiladi va chopiladi.

So‘ngra unumdor qatlam chirigan go‘ng, qum va superfosfat qo‘shilgan holda qayta solinadi.

Sngra ikki egat bo‘ylab xandaq yeri sug‘oriladi. Buning uchun markaziy magistraldan suv

oluvchi 12-15 sm diametrli quvur ayvon bo‘ylab o‘rnatiladi, xar bir xandaqqa jumrak ochiladi

va xandaq oxirida oqava suvlarni yig‘uvchi kichik quduqcha qaziladi. Tajribali suvchilar suv

oqimini shunday berishadiki, oqava deyarli yuzaga kelmaydi.
Xandaklardagi o‘simliklar o‘suv davrida har 7-10 kunda sug‘oriladi. Bitta sug‘orish oralatib

tuproq yumshatib chiqiladi. Qishki davrda zaruratga ko‘ra 2-3 marta sug‘orish o‘tkaziladi.

Tuproq doimo navm va yumshoq holatda ushlanadi. Tuproqning qurib qolishi barglarning

to‘kilishi va pirovard natijada hosildorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.

O‘g‘itlash.

sitruslar o‘g‘itlarga, ayniqsa chirigan go‘ngga juda talabchandir. Ular o‘smliklarga

hosilga kirgunga qadar 5 kg va hosilga kirgach 10-20 kg hisobidan beriladi. Go‘ngga odatda

superfosfat va kaliy tuzi aralashtiriladi. Fosforli o‘g‘itlar har bir o‘simlikka 100-150 g yoki

550-1000 g superfosfat hisobidan solinadi. Mazkur o‘g‘itlar yilda bir marta – hosil yig‘ib

olingan zahotiyoq (ammo martdan kechiktirmasdan) solinadi.
Azotli o‘g‘itlarni kichik me’yorlar bilan butun o‘suv davri mobaynida (ammo iyulning ikkinchi

yarmidan kechiktirmasdan) berish mumkin. Birinchi oziqlantirishni aprel boshida,

ikkinchisini may boshida va uchinchisini iyul boshida o‘tkazish mumkin. Har bir

oziqlantirishda bitta o‘simlikka 50 g azot (130-140 g ammiakli selitra) beriladi.
O‘simlikning yoshiga bog‘liq ravishda o‘g‘itlashning taxminiy me’yorlari quyidagi 1-jadvalda

keltirilgan.
1-jadval

O‘g‘itlar

O‘simlik yoshi
1-3

3-5

5-10

10 dan yuqori

Chirigan go‘ng, kg

5

10

15-20

25-30

Fosfor (R

2

O

5

), g

80

100-150

150-200

250-300

Kaliy (K

2

O), g

30

50-80

80-100

150

Azot, g

90

90-120

150

200-300

Kesish va shakl berish.

Limon ko‘chati kuchsiz o‘sishi bilan ajralib turuvchi Meer limoni o‘z

ildizlarida o‘stiriladi. U apelsin va past bo‘yli mandarin uchun payvandtag ham bo‘la oladi.

Odatda ko‘chatlar ko‘chatzordayoq shakllantiriladi, ammo ko‘pincha ularni doimiy joyga

o‘tqazilgach bu tadbir bajariladi. Xandaklardagi o‘simliklarda past bo‘yli tana (10-15 sm)

shakllantiriladi, ularda bir tekisda tarqalgan, uzunligi 30 sm dan oshmaydigan uch-to‘rt skelet


background image

78

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

shoxlar qoldiriladi. Ulardan esa 2-3 tadan ikkinchi tartib shoxlar o‘stiriladi. Ular 15-20 sm

uzunlikka yetganda, uchinchi tartib shoxlar hosil qilish uchun chilpib tashlanadi. Shu bilan

odatda shakl berish yakunlanadi. Keyingi shakl berishlar g‘ovlovchi novdalarni qirqib turish

va shox-shabbaning qalinlashib ketmasligini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Ortiqcha novdalar

yog‘ochlashmasidanoq olib tashlanadi. Hosil berish davrida kuchli o‘sgan novdalar

qisqartiriladi. Qirqishda o‘simlikning o‘sish kuchi va kelgusi yil hosilini rejalashtirish ko‘zda

tutiladi.

O‘simliklarni sovuqdan himoyalash

. Xandaqlar usti qishda shisha romlar bilan, material

yetishmaganda esa shimoliy tomoni yog‘och doskalar bilan berkitiladi. Yog‘och doskalar usti

va romlarning tutashgan tirqishlari somonli loy bilan suvab chiqiladi. Harorat -15-20

0

S gacha

pasayuvchi juda sovuq kunlarda romlarning ustiga qamish bo‘yralar yopib chiqiladi.

Xandaqlar odatda oktabrda, ayozli kunlar boshlanmasidan oldin berkitiladi.

Kasallik va zararkunandalar. s

itruslar O‘rta Osiyo sharoitlarida gommoz, fitoftoroz,

so‘gallilik yoki bakterial nekroz bilan kasallanishi mumkin. Odatda kasalliklar agrotexnika

qoidalari buzilganda yoki ishlov berish paytida ildiz yoki tanasini shikastlash oqibatida

yuzaga keladi. Kasalliklarga qarshi kurashishda o‘z vaqtida sug‘orish va tuproqni yumshatib

turish muhim ahamiyatga ega.
Profilaktika uchun aprel oyida (usti ochilgach) o‘simliklarga bordos suyuqligining 1% li

eritmasi purkaladi.
Gommoz paydo bo‘lganda zararlangan po‘stloq sog‘lom joyigacha olib tashlanadi va o‘rniga

bordos suyuqligi (1 qism mis kuporosi, 2 qism ohak) surkab qo‘yiladi.
Zararkunandalardan shira va qalqondorlar eng ko‘p tarqalgan. Qalqondorlarga qarshi moyli

emulsiyalarning 1-2%li eritmalari, o‘rgimchakkanaga qarshi OOQning 32

0

li (Bome bo‘yicha)

eritmasi purkaladi yoki oltingugurt changlatiladi.
Bir gektar xandaq xo‘jaligini qurishning loyihaviy bahosi 600 ming so‘m, o‘simliklarni

parvarishlash va tuproqqa ishlov berish 70-72 ming so‘mni tashkil etadi. Bir gektarga 800

dona o‘simlik ekilganda ularning har biriga o‘rtacha 7-8 ming so‘m xarajat qilinadi. Meer

limoni o‘tqazilgandan so‘ng uchinchi yili hosil bera boshlaydi. Uning o‘rtacha hosildorligi bir

daraxtdan 200-300 dona mevani tashkil etadi. Bitta daraxtning 8 yillik umumiy hosili (ekilgan

yildan boshlab) - 1000 dona meva. Bitta mevaning bozor bahosi o‘rtacha 500 so‘m bo‘lganda

har bir o‘simlikdan olinadigan daromad yiliga 100000 so‘m, bir gektardan esa (800 ta o‘simlik)

80 mln. ni tashkil etadishunday qilib ekilgandan so‘ng sakkizinchi yilga borib, xandaq

xo‘jaligini tashkil etishga ketgan barcha xarajatlar to‘liq qoplanadi. Xandaq xo‘jaligi 40-50 yil

mobaynida sof foyda berishi mumkin.

Limonni ko‘paytirish.

Respublikamizning iqlimi sharoitlarida Meer limoni vegetativ usulda

ko‘paytiriladi. Buning uchun sog‘lom, hosilli ona tuplardan 3-4 kurtakli 8-10 sm uzunlikdagi

qalamchalar tayyorlab olinadi. Qalamcha tayyorlash uchun eng qulay muddat fevral-mart va

avgust oylari.
Qalamchalarning yaxshi ildiz otishi uchun stellaj tubiga mayda shag‘al (4-5 sm), tuproq (7-8

sm) va eng ustiga yaxshi yuvilgan daryo qumi (5-6 sm) to‘shaladi. Issiqxonada harorat 18-

25

0

S atrofida ushlanadi.

Qum doimo nam bo‘lishi lozim, ammo uni ortiqcha namlab yubormaslik zarur, aks holda

qalamchalarda chirish rrivojlanadi. Ildiz otishni yaxshilash uchun ularning ustini shisha

romlar yoki polietilen plyonka bilan berkitiladi. Qalamchalar 25-30 kundan so‘ng ildiz ota

boshlaydi. Ildiz otgan qalamchalar 10-12 davomida ochiq yerning pastroq haroratiga o‘rgatish


background image

79

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

uchun chiniqtiriladi. sitrus ko‘chatlari yerga aprel oxiri – may boshlarida 20x70 sm sxemada

o‘tqaziladi. Ko‘chatzor uchun yengil go‘nglangan maydon ajratiladi.
O‘suv davrida o‘simliklar o‘z vaqtida sug‘orish, har bir o‘simlikka 3 kg chirigan go‘ng, 100 g

superfosfat va 50 g ammiakli selitra hisobidan organo-mineral o‘g‘it aralashmasi bilan ikki

marta oziqlantirishni talab etadi. O‘g‘itlar sug‘orishdan oldin solinadi.
Sitrus ko‘chatlari sentabr oxirida tuprog‘i bilan birga qazib olinadi va o‘ralarda saqlanadi. Bu

ko‘chatlar bahorda doimiy joyga o‘tqaziladi.
Meer limoni – kichik daraxt, uning balandligi odatda 1,5-2 m ga boradi. U aprel oxiri-may

boshlarida gullaydi. Mevalari noyabrda yetiladi. Mevasining po‘sti yupqa. Tarkibida 50 mg/%

gacha S vitamini bor. Ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosilga kiradi. Hosilga kirgan dastlabki

yillarda har bir tupi 50-100, sakkizinchi yilidan boshlab yaxshi parvarishlanganda 200-300

tagacha meva beradi. Meer limoni O‘rta Osiyo sharoitlarida boshqa sitruslar uchun eng yaxshi

payvandtag hisoblanadi.

Фойдаланилган адабиётлар

1.Mirziyoev Sh. “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030

yillarga mo‘ljallagan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”. PQ-4575-son Qarori. – Toshkent. 2020 yil 28 yanvar.
2. Микеладзе А.Д. Субтропические плодовые и технические културы. – М.:

Агропромиздат, 1988. – С. 154-165.
3. Воронсов В.В., Штейман У.Г. Возделывание субтропических култур. – М.: Колос, 1982.

– С. 175-181.
4. Кулков О.П. Агроклиматические ресурсы субтропического плодоводства Узбекистана.

– Т.: Фан, 1976. – С. 33-41.
5. Subtropik va sitrus ekinlarini yetishtirish texnologiyasi. “Darslik” K.K.Shaymanov,

M.X.Aramov, J.J.Xolmamatov, Sh.K.Shaymanov. Toshkent 2024-y.
6. Subtropik va sitrus meva ekinlari. “O‘quv qo‘llanma” K.K.Shaymanov, M.X.Aramov,

A.S.Toshpo‘latov, Sh.K.Shaymanov. Toshkent 2024-y

Библиографические ссылки

Mirziyoev Sh. “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallagan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. PQ-4575-son Qarori. – Toshkent. 2020 yil 28 yanvar.

Микеладзе А.Д. Субтропические плодовые и технические културы. – М.: Агропромиздат, 1988. – С. 154-165.

Воронсов В.В., Штейман У.Г. Возделывание субтропических култур. – М.: Колос, 1982. – С. 175-181.

Кулков О.П. Агроклиматические ресурсы субтропического плодоводства Узбекистана. – Т.: Фан, 1976. – С. 33-41.

Subtropik va sitrus ekinlarini yetishtirish texnologiyasi. “Darslik” K.K.Shaymanov, M.X.Aramov, J.J.Xolmamatov, Sh.K.Shaymanov. Toshkent 2024-y.

Subtropik va sitrus meva ekinlari. “O‘quv qo‘llanma” K.K.Shaymanov, M.X.Aramov, A.S.Toshpo‘latov, Sh.K.Shaymanov. Toshkent 2024-y