Авторы

  • Murodbek Usmonov
  • Nilufar Abdivaliyeva
  • Jasurbek Abdujalilov
  • Alijon Fayziyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.59646

Аннотация

Ushbu maqolada hozirgi axboortlashtirish va iqtisodiyotning globallashuv jarayonida institutsional matritsalarning tuzilishi, ijtimoiy jamiyatdagi vazifasi va maqsadi ko’rib chiqiladi.


background image

4

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

INSTITUTSIONAL MATRITSA VA UNING AMAL QILISHI

Usmonov Murodbek Dusmurot o‘g‘li,

SamISI, “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi assistent-stajyori

Abdivaliyeva Nilufar Murtoza qizi,

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

E-mail: abdivaliyevanilufar5@gmail.com

Abdujalilov Jasurbek To‘lqin o‘g‘li,

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

Fayziyev Alijon Husenovich,

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14495812

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 11-dekabr 2024 yil

Ma’qullandi: 13-dekabr 2024 yil

Nashr qilindi: 15-dekabr 2024 yil

Ushbu maqolada hozirgi axboortlashtirish va

iqtisodiyotning

globallashuv

jarayonida

institutsional matritsalarning tuzilishi, ijtimoiy

jamiyatdagi vazifasi va maqsadi ko’rib chiqiladi.

matritsa, iqtisodiy matritsa,

institutsionalizm,

institutsional

matritsa, matritsalarning ijtimoiy

qiyofasi,

institutlar,

ijtimoiy

subyektlar

“Institutsional matritsa” atamasi ma’lum bir tarkibga ega jamiyatdagi ijtimoiy va iqtisodiy

institutlarning strukturaviy mexanizmi va ular orasidagi iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarni tahlil

qilishni bildiradi. Zamonaviy sharoitda institutsional matritsalar institutsional muhitda

rivojlangan ijtimoiy subyektlar faoliyati bilan chamabarchas bog’liqdir. “Intitutsional

matritsa” atamasi quyidagi fanlar doirasida keng miqyosda foydalaniladi:

Sxemada tasvirlanganidek, “institutsional matritsa” jamiyatning iqtisodiy, siyosiy hamda

ijtimoiy sohasida muhim ahamiyat kasb etuvchi tushuncha hisoblanadi. Xususan, iqtisodiy va

ijtimoiy sohaga keladigan bo’lsak, firmalarning o’zaro tashkiliy-huquqiy aloqalari o’rtasidagi

aloqalarni tahlil qilishda muhim vosita hisobladi. Shuningdek, matritsalar ijtimoiy sohada

institutlarning qay tarzda tashkil qilinishda muhim rol o’ynaydi. Nazariy jihatdan,

institutsional matritsalar jamiyatning tarkibiy qismini o’rganib tahlil qilishga asosalangandir.

Institutsional matritsa – bu tarixan barqaror shakllangan, dastlabki davlatlarning paydo

bo`lishini va barcha keyingi institutsional tuzilmalarning rivojlanishini belgilab bergan, o`z

“Institutsional matritsa”

Ijtimoiy fanlar

Siyosatshunoslik

Iqtisodiyot


background image

5

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

navbatida, mohiyati hamon saqlanib qolgan birlamchi modelni takror yaratishga xizmat

qiluvchi bazaviy ijtimoiy institutlar tizimi.

1

Bu yerda institutlar sotsium yashovchanligining tashqi sharoitlari bilan shartlangan jamiyat

a’zolari ortasidagi muayyan va muqarrar aloqalar tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu holatda

gap insonning takror shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy institutlar (ular jumlasiga oila,

salomatlik va boshqa institutlar kiradi) haqida emas, balki davlatlarning takror shakllanishini

va ijtimoiy hayotning asosiy sohalarini tartibga soluvchi sotsial institutlar haqida bormoqda.

Institutlar jamiyatning uning tarixiy barqarorligini va ijtimoiy yaxlitlikning takror

shakllanishini ta’minlovchi o’ziga xos tuzilishini (qobirgasini) hosil qiladi. Institutsional

matritsa ayrim chizmalarda ko’rinishida jamiyatda teng ahamiyatli mavqeni egallab turgan

yagona uchta: siyosiy, iqtisodiy va huquqiy sohalarni birlashtiruvchi ijtimoiy shakl sifatida

namoyon etilgan. Asosiy matritsalar S.Kirdinaning “Institutsional matritsalar va Rossiyaning

rivojlanishi” kitobidan olingan. Biroq ularga ayrim ozgartirishlar kiritilgan, xususan siyosiy va

mafkuraviy sohalar birlashtirilgan, chunki jamiyatda mafkura kop jihatdan boshqaruvchi

siyosatchilarga bogliq bolib, ular faoliyatining natijalaridan biri hisoblanadi. Matritsada

ijtimoiy soha alohida ajratilgan va institutsional tizimni shakllantirishda u katta rol oynaydi.

Matritsalarning asosiy va qo’shimcha institutlarning muayyan to’plami bilan tavsiflanuvchi

ikkita xili mavjud – garbiy (bozor, demokratik) va sharqiy (buyruqbozlik, diktatura yoki

despotiya) matritsalar.

2

Institutsional matrisa orqali har bir institutning jamiyatdagi roli, o'rni va ijtimoy vazifasi

baholanadi. Misol tariqasida, davlat institutlarining ijtimoiy tizimdagi roli, xususiy sektorning

iqtisodiy tizimdagi ta'siri yoki sud tizimining huquqiy jihatdan rolini o'rganishga yordam

beradi.

Institutsional nazariyada institutlar jamiyat hayotida muhim o’rin tutuvchi tashkilot

hisoblanadi. Agar institutlarni vaqtinchalik fursatga yo’q deb tasavvur qilsak, jamiyatda

tartibsizlik boshlanishiga shubha yo’q. Ammo bu jarayon abadiy davom etuvchi hodisa emas.

Chunki insoniyat o’z hayotini tartib asosiga qurishga o’rgangan, shunday ekan vaqtlar o’tib

jamiyatda yangi yangi institutlar qayta paydo bo’ladi degan xulosaga kelishimiz mumkin.

Paydo bo’lgan yangi institutlar o’tmish sharoitlariga moslashgan bo’ladi.

21-asr haqiqati bozor va razdatok iqtisodiyotlarining qarama-qarshiligidan emas, balki bozor

institutlari va razdatoklarning sintezidan iborat. Shunday qilib, dilemma reja yoki bozor emas,

sotsializm yoki kapitalizm emas, balki kvazi-bozor yoki shartnomaviy razdatok. Tashqi

tomondan, ikkala model ham o'xshash ko'rinadi; resurslar tanlov asosida davlat buyurtmalari

orqali taqsimlanadi va huquqiy kafolatlar bilan shartnomalar tuziladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

M.I.Kutbitdinova Institutsional iqtisodiyot (Ma’ruzalar matni ) –DSQ Soliq akademiyasi,

2013 y. 22-bet

2.

ecsoc.hse.ru/en/2018-19-3/219629175.html

3.

arxiv.uz

1

M.I.Kutbitdinova Institutsional iqtisodiyot (Ma’ruzalar matni ) –DSQ Soliq akademiyasi, 2013 y. 22-bet

2

M.I.Kutbitdinova Institutsional iqtisodiyot (Ma’ruzalar matni ) –DSQ Soliq akademiyasi, 2013 y. 22-bet