104
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
SIRDARYO VILOYATIDA TOLANING PISHIB YETILGANINI
ANIQLASH USULLARI VA FAN INTEGRATSIYASINI
YANADA RIVOJLANTIRISH.
Qabulov Ibrohim Mamatqul o‘g‘li
Mamarasulov Eliboy Qaxramon o‘g‘li
Abdujabborova Madina Zokir qizi
Guliston davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14538954
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 16-dekabr 2024 yil
Ma’qullandi: 18-dekabr 2024 yil
Nashr qilindi: 21-dekabr 2024 yil
Ushbu maqolada Sirdaryo viloyatida
tolaning yetukligini aniqlash usullari va “Bek”
klaster korxonasida paxta xomashyosini qayta
ishlash jarayoni, ushbu fan integratsiyasini yanada
rivojlantirish uchun ko‘proq ma’lumotlar va
innovatsion usullar taqdim etilgan. qo'llash
samaradorligi, ushbu qabul qilingan paxtaning
ifloslanish darajasi va namligini aniqlashda
qo'llaniladigan tartib, qonun va qoidalar. “Paxta
xomashyosini saqlashda tayyorlash punktlarining
o‘rni va ahamiyati va saqlash jarayonida sifat
nazorati jarayoni” modulidan nazariy bilim, amaliy
ko‘nikma va yuqori malakani egallashlariga
ko‘maklashish.
integratsiya,
Bek
klaster
korxonasida,
paxta
xomashyosi
ishlab chiqarish, fan integratsiyasini
yanada
rivojlantirish,
o'lchash
usullari,
yordamchi
qurilmalar,
o'lchash usullari, o'lchash shartlari,
o'lchashga tayyorlash.
Pishib yetilganlik koeffisienti bo‘yicha parallel namunalarning natijalari orasidagi ruxsat
yetilgan tafovut (usulning yaqinligi) quyidagilardan oshmasligi kerak:-qutblangan yorug’likda
ikkita namuna orasida ko‘pi bilan –0,1;-to‘rtta namuna, maksimum va minimum qiymatlari
o‘rtasida havo o‘tkazuvchanlik bo‘yicha, ko‘pi bilan – 0,03 yoki LPS-4 shkalasiga nisbatan Pa
(mm suv ustuni) da 2,5 %. Pishib etilganlik koeffisientining sinash natijalari orasidagi ikki
turli laboratoriya yoki bir laboratoriyada har xil sharoitda (usulning tiklanishi) olingan ikkita
sinash orasidagi ruxsat yetilgan tafovut –0,1 dan oshmasligi kerak.
O‘LCHASH USULLARI, YORDAMCHI QURILMALAR.
yoki shunga o‘xshash boshqa markadagi tarozi; Tolalarni taxlash uchun qisqich № 1; Tolalarni
predmet oynachalarga taxlashda kerakli duxoba qoplangan taxtacha; Tola joylashgan juft
oynachalarni qistirish uchun qisqich; Namunaning havo o‘tkazuvchanligi bo‘yicha pishib
yetilganlikni aniqlash 33 LPS-4 qurilmasi; Shkalaning oraliq darajasi 10 mg dan ko‘p
bo‘lmagan, eng katta tortish chegarasi 1 kg gacha, GOST 24104 bo‘yicha aniqligi 4-sinfga
mansub bo‘lgan laboratoriya tarozilari; AX yoki FM-30 tipidagi, yoki boshqa o‘xshash
markadagi paxta analizatorlari.
Pishib yetilganlikni aniqlash usullarini tekshirish uchun maxsus tartibda tasdiqlangan paxta
tolasining standart (etalon) namunalari.
O‘LCHASH USULLARI.
105
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
Paxta tolasining pishib yetilganligi devor to‘qimalari qalinligining o‘zgarishida ro‘yobga
chiqadigan selyuloza to‘planishi va g’o‘zaning o‘sish davrida tola ichki strukturasining
o‘zgarishi bilan tavsiflanadi.
Pishib yetilganlikni qutblangan yorug’likda aniqlash usuli, qutblangan yorug’likda kesishgan
qutblantirgichlarda interferension bo‘yalishini tolaning ichki tuzilishi va qalinligiga
bog’liqligiga asoslanadi.
Pishib yetilganlikni havo o‘tkazuvchanlik bo‘yicha aniqlash usuli tola qalinligining uni havo
o‘tkazuvchanligiga bog’liqligiga asoslangan. Bu nisbat seleksion navlar bo‘yicha LPS –4 uchun
maxsus jadvalda berilgan.
O‘LCHASH SHAROITI.
LPS-4 qurilmasida sinashdan aval namunalar GOST 10681 bo‘yicha klimatik sharoitda 2 soat
saqlanadi. Agar paxta tolasining namligi 6 dan 10 % gacha bo‘lsa, shuningdek namlik 6 % dan
kam 10 % dan ko‘p bo‘lgan hollarda LPS-4 qurilmasida o‘lchash uchun tasdiqlangan
qo‘llanmaga muvofiq tuzatma kiritilsa, klimatik sharoitda saqlamasdan tajriba o‘tkazishga
ruxsat etiladi. Tolaning pishib etilganlik koeffisientini qutblangan yorug’likda tayyorlash
O‘zRST 604 va O‘zRST 614 ga muvofiq bajariladi.
O‘LCHASHNI BAJARISHGA TAYYORGARLIK.
Paxta tolasidan namuna tanlab olish, namuna piltasini sinashga tayyorlash O‘zRST 604 va
O‘zRST 614 ga muvofiq bajariladi.
O‘LCHASHLARNI BAJARISH.
Pishib yetilganlikni qutblangan yorug’likda aniqlash usuli. Qutblangan uskunani ikkita vint
bilan mikroskopning predmet stoliga shunday mahkamlanadiki, bu holda mikroskop ob’ektivi
yuqori qutblantirgich uskunasini markazidan ustida joylashgan bo‘lsin. Namuna piligidan 25-
30 mg massada taram (shtapel) tayyorlanadi. Taram qora duxobali taxtacha ustiga qo‘yilgan
to‘rtta predmet oynalariga qisqich yordamida tola tarqalishiga yo‘l qo‘yilmagan holda to‘liq
taxlanadi. 34 Tolalar bir tekis qatlamda bir-biriga parallel holda shunday taxlanadiki, bunda
mikroskop ostida qaralganda ko‘rilgan qismda paxta tolasi 40-50 ta atrofida bo‘lishi kerak.
Ko‘rilgan paxta tolalarining umumiy soni 300-400 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Har bir tola joylangan predmet oynachasini ketma-ket qutblantirgich uskuna stoliga
mahkamlanadi. Paxta tolalari kesishgan qutblantirgichlarda ko‘riladi. Bunda ko‘rinish
qismdagi qutblangan yorug’likda kristall plastinkalari qizil rang asosini ta’minlaydi va pishib
etilganligiga qarab har xil interferension bo‘yalgan paxta tolalari ko‘riladi.
Paxta tolasining pishib yetilganlik darajasi uning keng qismidagi eng past interferension
bo‘yalishi asosida aniqlanadi.
O‘LCHASH NATIJALARINI HISOBLASH.
Qutblangan yorug’likda pishib yetilganlikni aniqlash usuli. Har bir ko‘rinish qismda 1, 2, 3 va 4
pishib etilganlik guruhlariga tegishli paxta tolalari soni sanaladi. So‘ngra umumiy yig’indi
100 % deb hisoblanib, har bir guruhning pishib yetilganligi (A) necha foyizligi hisoblanadi.
Har bir guruh pishib yetilganlik koeffisienti K1, K2, K3 va K4 2-jadval bo‘yicha tolaning 1-
guruh pishib yetilganligi foyiz miqdoriga ko‘ra aniqlanadi. Pishib yetilganlik koeffisienti
o‘rtacha ulushlik qiymati (K) quyidagi formulada hisoblanadi.
A1 x K1 + A2 x K2 + A3 x K3 + A4 x K4
K = ----------------------------------------------------
100
Bu erda A1, A2, A3, A4 -to‘rtta pishib yetilganlik guruhining % miqdori; K1,K2,K3,K4 –1-pishib
yetilganlik guruhining % miqdoriga muvofiq, 4 ta guruh tolalarining pishib etilganlik
koeffisienti.
Hisoblash dastlabki ikkinchi o‘nlik belgisiga aniqlik bilan amalga oshiriladi va birinchi o‘nlikka
yaxlitlanadi. 7.2.1. Tajribadan o‘tkazilgan to‘rtta namunaning qiymatlari mazkur standartning
1.1. bandi talablarini qoniqtirsa, LPS-4 qurilmasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rtacha arifmetik
qiymatda Pa (suv ustuni mm) da hisoblanadi.
106
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
Tajribadan o‘tkazilgan to‘rtta namuna natijalari 1.1 bandi belgilangan qiymatdan oshib ketsa,
yana to‘rtta yangi namunada tajriba takrorlanadi va 1.1 bandga to‘g’ri kelishi tekshiriladi.
Band bo‘yicha ruxsat yetilgan qiymatga muvofiq kelmaslik takrorlansa, barcha sakkizta
namuna natijalari bo‘yicha o‘rtacha arifmetik qiymat hisoblanadi.
Hisoblangan qiymatlarga ko‘ra, tasdiqlangan jadval bo‘yicha, g’o‘zaning seleksion naviga
qarab, paxta tolasining pishib yetilganlik koeffisienti tuzatma hisobga olingan holda (agar
namuna klimatik sharoitda saqlanmagan bo‘lsa) aniqlanadi. Tuzatma LPS-4 qurilmasini
ishlatish bo‘yicha qo‘llanmaga muvofiq aniqlanadi.7.2.1. Tajribadan o‘tkazilgan to‘rtta
namunaning qiymatlari mazkur standartning 1.1. bandi talablarini qoniqtirsa, LPS-4 qurilmasi
ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rtacha arifmetik qiymatda Pa (suv ustuni mm) da hisoblanadi.
Tajribadan o‘tkazilgan to‘rtta namuna natijalari 1.1 bandi belgilangan qiymatdan oshib ketsa,
yana to‘rtta yangi namunada tajriba takrorlanadi va 1.1 bandga to‘g’ri kelishi tekshiriladi.
Band bo‘yicha ruxsat yetilgan qiymatga muvofiq kelmaslik takrorlansa, barcha sakkizta
namuna natijalari bo‘yicha o‘rtacha arifmetik qiymat hisoblanadi.
Hisoblangan qiymatlarga ko‘ra, tasdiqlangan jadval bo‘yicha, g’o‘zaning seleksion naviga
qarab, paxta tolasining pishib etilganlik koeffisienti tuzatma hisobga olingan holda (agar
namuna klimatik sharoitda saqlanmagan bo‘lsa) aniqlanadi. Tuzatma LPS-4 qurilmasini
ishlatish bo‘yicha qo‘llanmaga muvofiq aniqlanadi.Tolalar bir tekis qatlamda bir-biriga
parallel holda shunday taxlanadiki, bunda mikroskop ostida qaralganda ko‘rilgan qismda
paxta tolasi 40-50 ta atrofida bo‘lishi kerak. Ko‘rilgan paxta tolalarining umumiy soni 300-400
dan kam bo‘lmasligi kerak.
XULOSA
“Paxta xom ashyosini quritish” fanining nazariy va amaliy mavzularini o‘rganishdan oldin,
talabalar avvalo paxta xom ashyosini quritish sohasini ahamiyati haqida bilim olishadi.
Ayniqsa paxta ekinlarini etishtirish texnologiyasini takomillashtirish yuzasidan amaliy
ko‘nikmaga ega bo‘lishadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib. . Ushbu imkoniyatdan qanday
foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq. Bu jarayonda o‘qituvchi ijodkor
bo‘lishi va chuqur, xar tomonlama bilimga ega bo‘lishi lozim. Darslarida interfaol o‘qitish
usullaridan keng foydalanishi, talabalarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga xarakat
qilishi lozim.
O‘qitish jarayonida bevosita «yangi zamonaviy pedagogik texnologiya» larni qo‘llash yaxshi
samara beradi. Asosiy muammo adabiyotlar, qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, tarqatma
materiallari, yangi axborot-texnik vositalari bilan ta’minlanganlik va ularni talabalarga etkaza
bilishda namoyon bo‘ladi.
Bu muammoni qaysidir ma’noda ushbu fan bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan
modullar hal etadi. O‘lcham natijalarini hisoblashni juda keng manoda tushinchaga ega bo‘ldik.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.
Ogli, Qabulov Ibrohim Mamatqul, and Maxmudov Islom Rustam Ogli. "COTTON
RECEIVING RULES IN COTTON MILLS AND COTTON RECEIVING PLACES."
Eurasian Journal of
Academic Research
4.1-2 (2024): 93-96.
2.
Egamberdiyev, Po‘latjon, et al. "INTENSIV BOG ‘DORCHILIKNING ASOSIY ILMIY
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI."
Евразийский журнал технологий и инноваций
1.6 Part 2
(2023): 105-109.
3.
Rakhmatov, O., I. S. Zhulbekov, and I. M. Kabulov. "Experimental study of a drying
installation for drying melon with IR-radiation."
E3S Web of Conferences
. Vol. 443. EDP
Sciences, 2023.
4.
Qabulov, Ibroxim, and Madina Abdujabborova. "PAXTANI ETISHTIRISH
AGROTEXNIKASI,
TERIMGA
TAYYORLASHNI
TASHKILLASHTIRISH
107
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
TARTIBI."
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
3.5
(2024): 93-98.
5.
Qabulov, Ibrohim, and Lola Abdiqulova. "KANOB XOM-ASHYOSINI QABUL QILISH
VA QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI."
Инновационные исследования в современном мире:
теория и практика
3.5 (2024): 167-170.
6.
Qabulov, Ibrohim. "CHIGITLI PAXTANING NAMLIGINI VA TOLANING IFLOSLIGINI
ANIQLASH."
Академические исследования в современной науке
3.20 (2024): 131-141.