76
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MA’NODOSH, SHAKLDOSH VA
ZID MA’NOLI SO‘ZLARNI O‘RGATISHDA INTERAKTIV
METODLARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Erkinova Nazokatxon Anvarjon Qizi
FarDU 1-bosqich magistranti
nazokatxonerkinovafdu@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14698881
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:13-yanvar 2025 yil
Ma’qullandi: 15-yanvar 2025 yil
Nashr qilindi: 20-yanvar 2025 yil
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga
ma’nodosh, shakldosh va zid ma’noli so‘zlarni
o‘rgatishda
interaktiv
metodlardan
foydalanishning ilmiy va amaliy asoslari yoritiladi.
Klaster, rol o‘ynash, kichik guruhlarda ishlash kabi
metodlarning dars jarayonida qo‘llanilishi tahlil
qilinib, ularning samaradorligi amaliy tajribalarga
asoslangan holda yoritilgan. Ushbu metodika
o‘quvchilarning
so‘z
boyligini
kengaytirish,
mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va nutq
madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
interaktiv
metodlar,
ma’nodosh so‘zlar, shakldosh so‘zlar,
zid ma’noli so‘zlar, boshlang‘ich
ta’lim, til madaniyati.
KIRISH.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqlarida ta’lim tizimini
rivojlantirishni mamlakat kelajagini belgilovchi muhim soha sifatida ta’kidlab keladi: “Ta’limni
isloh qilish orqali biz kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratamiz”[1]. Shu bilan
birga, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni har bir o‘quvchining
individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etishni
rag‘batlantiradi[2]. Boshlang‘ich ta’lim davri o‘quvchilarning asosiy bilim, ko‘nikma va
malakalarni shakllantirishda hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Ayniqsa, ona tili darslarida
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish va ularning lingvistik tafakkurini rivojlantirish dolzarb
masalalardan biridir. Ma’nodosh, shakldosh va zid ma’noli so‘zlarni o‘rgatish orqali
o‘quvchilarning til boyligini oshirishda interaktiv metodlardan foydalanish samarador usul
sifatida tan olinmoqda. Ushbu maqolada interaktiv metodlarni qo‘llashning nazariy va amaliy
jihatlari, shuningdek, ularning o‘quv jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi.
Bolalarning dunyoqarashini boyitish har qanday uslubdagi matnni o’qish va uni
anglash, tanqidiy, kreativ fikrlash ko’nikmasini egallashda interaktiv metodlarni qo’llab ularga
bu bilimlarni egallashlariga imkoniyat yaratishimiz lozim. Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish
darslarining asosiy vazifasi o’quvchilarni o’quv bilim faoliyatiga tayyorlash, boshqalar bilan
muloqatga kirisha oladigan, o’z fikrini boshqalarga tushunarli tarzda yetkaza oladigan shaxsni
shakllantirishdan iborat.
ADABIYOTLAR TAHLILI
IX аsrlаrda ilm-fаn vа mа’rifаt sohаsidа o‘z xizmаtlаri bilаn dunyogа mаshhur bo‘lgаn
fаylаsuf vа munаjjim, mаtemаtikа, fizikа, tibbiyot, tаrix, til vа аdаbiyot, pedаgogikа sohаsidа
ilmiy merosi bilаn nom qoldirgаn Muhаmmаd Muso аl-Xorаzmiy, Аbu Nаsr Forobiy, Аhmаd
аl-Fаrg‘oniy, Аbu Rаyhon Beruniy, Аbu Аli ibn Sino kаbi qomusiy olimlаr fаoliyаt olib
77
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
borganlar. Qomusiy olimlаr o‘z ilmiy merosidа tа’limiy-аxloqiy аsаrlаr yаrаtishgа hаm kаttа
e’tibor berib, bu аsаrlаrdа ilgаri surilgаn g‘oyаlаr insonning hаm аqliy, hаm аxloqiy, estetik vа
jismoniy jihаtdаn kаmol topishidа, pedаgogik fikr tаrаqqiyotidа kаttа аhаmiyаtgа egа bo‘ldi.
Bularning ichida
Muhаmmаd аl-Xorаzmiy insonning kаmolgа etishi vа insoniy
munosаbаtlаrni yo‘lgа qo‘yishdа ilm-fаnning muhim аhаmiyаti to‘g‘risidаgi g‘oyаni ilgаri
surgаn.
Аllomа o‘zigаchа bo‘lgаn ilmiy bilimlаrning аsosiy g‘oyаlаri, metodlаrini sintezlаshtirdi.
U ilmiy bilimlаrni o‘rgаnuvchilаrning mustаqil bilim olishlаrigа e’tiborni qаrаtdi.
Muhаmmаd аl-Xorаzmiy ko‘rgаzmаli-tаjribа metodlаri, bilim berishning turli
vositаlаri, sаvol-jаvob, mаlаkа vа ko‘nikmаlаrni shаkllаntirish metodlаri, bilimlаrni sinаsh
metodlаridаn foydаlаngаn. Muhаmmаd аl-Xorаzmiy bilishni sezgidаn mаntiqiy tаsаvvur
orqаli fаrq qilish hаqidа fikr bаyon etgаn: sezgi orqаli bilish bu qismаn bilish bo‘lsа, mаntiqiy
bilish hаqiqiy bilimning muhim tomonini nаmoyon etаdi.
Muhаmmаd аl-Xorаzmiy bilish nаzаriyаsigа muhim hissа qo‘shdi. U birinchilаrdаn
bo‘lib, sinov-kuzаtish vа sinov metodlаrigа аsos soldi. Аllomа ilmiy
fаoliyаtining metodologik jihаtlаrigа kаttа аhаmiyаt bergan olimdir.[3. 215-bet]
Bundan tashqari Beruniyning ilmiy bilimlаrni egаllаsh yo‘llаri, usullаri hаqidаgi
fikrlаri hozirgi dаvr uchun hаm dolzаrbdir. O‘quvchigа bilim berishdа:
– o‘quvchini zeriktirmаslik;
– bilim berishdа bir xil nаrsаni yoki bir xil fаnni o‘rgаtаvermаslik;
– uzviylik, izchillik;
– tаhlil qilish vа tаqqoslаsh;
– mа’lumdаn nomа’lumgа, yаqindаn uzoqqа, soddаdаn qiyingа qаrаb
borish;
– tаkrorlаsh;
– yаngi mаvzulаrni qiziqаrli, аsosаn, ko‘rgаzmаli bаyon etishgа e’tibor
berish kerаkligi uqtirilаdi.
U bаrchа illаtlаrning аsosiy sаbаbi ilmsizlikdа deb bilаdi. Ilmlаrni
egаllаshdа esа shаxsdа intilish vа qiziqish, muhitni аlohidа ko‘rsаtib o‘tаdi.[3.219-bet]
Buyuk ajdodlarimiz ilgari surgan ushbu g’oyalar hozirgi davrda ham o’z qiymatini
yo’qotgani yo’q. Shunday qilib,yuqoridagi olimlarning fikrlari, ta’kidlab o’tgan metod va
ko’rsatmalari ushbu mavzuni yoritishim uchun ham ilmiy asos bo’lib hizmat qilmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ma’nodosh, shakldosh va zid ma’noli so‘zlar o‘ziga
xos o‘rganish obyektidir. Ushbu til birliklarini o‘rgatish orqali o‘quvchilarda quyidagi
qobiliyatlar rivojlanadi:
Ma’nodosh so‘zlar: shakli har xil, ma’nosi bir – biriga yaqin bo’lgan so’zlardir.
Ma’nodosh so’zlar lug‘aviy zaxirani boyitish va kontekstga mos ravishda so‘z tanlash
ko‘nikmasini shakllantiradi. Masalan, go‘zal, chiroyli, latofatli kabi ma’nodosh so‘zlarning
nozik farqlarini tushuntirish orqali o‘quvchilar til boyligini oshiradi.
78
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
Shakldosh so‘zlar: aytilishi va yozilishi bir xil bo’lib , turli atash ma’nolarni bildirgan
so’zlarga aytiladi. Bir xil shakldagi so‘zlarning turli ma’nolarga ega ekanligini o‘rganish
o‘quvchilarning semantik tafakkurini rivojlantiradi. Masalan, to‘q (rang) va to‘q (to‘ygan) , yoz
(fasl) va yoz (yozmoq fe’l), chopmoq (yugurmoq) va chopmoq (yer chopmoq) ,qovoq (poliz
ekini ) va qovoq (inson a’zosi) so‘zlari orqali tilning murakkabligi ochib beriladi.
Zid ma’noli so‘zlar: o’zaro qarama-qarshi va zid ma’no bildiradigan so’zlardir. Teskari
ma’nodagi tushunchalarni taqqoslash orqali o‘quvchilar mantiqiy fikrlash ko‘nikmasiga ega
bo‘ladilar. Masalan, yaxshi – yomon, katta – kichik, baland – past, oq – qora kabi so‘z juftliklari
bolalarning tahlil qilish qobiliyatini oshiradi[4].
Interaktiv metodlar o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlaydi va ularning o‘z bilimlarini
amaliyotda qo‘llashga undaydi. Bu metodlar o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantiradi,
kreativ fikrlashni rivojlantiradi va guruhda ishlash ko‘nikmalarini oshiradi. Interaktiv
metodlar quyidagi usullarni o‘z ichiga oladi:
Venn diagrammasi: Ma’nodosh, shakldosh va zid ma’noli so‘zlarni tahlil qilish uchun Venn
diagrammasidan foydalanish o‘quvchilarga so‘zlar o‘rtasidagi farqlarni va o‘xshashliklarni
ko‘rsatib beradi. Bu metod so‘zlarni vizual ravishda taqqoslashga imkon beradi.
O‘yin metodlari
:
O‘yinlarni o‘qitishda qo‘llash o‘quvchilarni faollashtiradi va so‘zlarni
qiziqarli va interaktiv tarzda o‘rganishga imkon yaratadi. Masalan, so‘zlar ombori o‘yinida
o‘quvchilar birgalikda so‘zlar yig‘ib, ular orasidan ma’nodosh yoki zid ma’noli so‘zlarni
ajratadilar.Yoki shakildosh bo’lgan so’zlarni yig’ib chiqadilar.So’zlarni uch guruhga ajratish
mobaynida bolalar sinonim, antonim va omonim so’zlarni yaxshiroq ajratish imkoniga ega
bo’ladilar.
Zanjir metodi: Zanjir metodini o’tilgan darsni mustahkamlash qismida foydalansak
darsni yanada qiziqarli va jonli olib borgan bo’lamiz. O’yin tartibi shundayki: birinchi
partadagi o’quvchi mavzudan bitta yangi o’rgangan so’zini aytadi, keyingi ishtirokchi esa o’sha
birinchi ishtirokchi aytgan so’z bilan birgalikda o’zi ham yangi bitta so’zni aytadi. Shu tartibda
o’yinimiz davom etadi. O’yin davomida so’zlarni unutib qo’ygan o’quvchilar o’yindan
chetlashtirilib boraveradi. O’yin so’ngida qolgan bitta ishtirokchi g’olib bo’ladi va o’qituvchi
tomonidan rag’batlantiriladi. Bu metod o’quvchilarni nafaqat yangi o’rgangan so’zi esida
saqlashiga yordam beradi balki, uni xotirasi va diqqatini ham rivojlantiradi.
Yuqoridagi metodlar yordamida boshlang’ich sinf o’quvchilari ma’nodosh, shakldosh va
zid ma’noli so’zlarni o’rganishda faolliklarining oshishiga yordam beradi. Bu metodlar
o’quvchilarni fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va til boyligini kengaytiradi.Bu metodlardan
unumli va samarali foydalanish ,albatta, pedagokning bilim va malakasiga hamda bolalarning
darsdagi faolligiga bog’liq holda amalga oshadi.O’qituvchi bu metodlarni to’g’ri va aniq qo’llay
olishi juda ham muhimdir.
XULOSA:
Ushbu maqolada ma’nodosh, shakildosh va zid ma’noli so’zlar haqida ma’lumotlar
keltirildi. Interaktiv metodlar va ularning qo’llanilishi, interaktiv metodlardan foydalanish
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘z boyligini oshirish, tahliliy fikrlash va ijodiy qobiliyatlarni
rivojlantirish uchun samarali vosita ekanligi haqida so’z yuritilgan. Xulosa qilib aytganda,
bunday tartibdagi metodlar dars samaradorligini nafaqat oshiradi balki, o’quvchilarni
harakatga undaydi va ularni o’rganishga, izlanishga bo’lgan ishtiyoqini oshiradi. Shuning
uchun har bir darslarda shu turdagi turli xil metodlardan foydalanib dars o’tishimiz maqsadga
muvofiq bo’ladi.
79
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
Metodlar o‘quvchilarning til boyligini kengaytirishga, ijodiy va analitik fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu metodlarning dars jarayoniga tatbiq etilishi
boshlang‘ich ta’limda til o‘rganishning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu
interaktiv metodlar dars jarayonini nafaqat samarali, balki qiziqarli ham qiladi, bu esa
ta’limning sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. “Ta’lim islohotlarining ustuvor yo‘nalishlari”,
Toshkent, 2021.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. “Ta’lim to‘g‘risida”, 2020.
3. O’.J. Yo‘ldoshev tаhriri ostidа. Umumiy pedаgogikа. –T.:
«Fаn vа texnologiyа», 2017, 215-219-betlar.
4.Rasulov N. R. "Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi", T.: O‘zbekiston, 2020 ,
215-bet.
5. Akramov M. B. "Interaktiv metodlar: Nazariya va amaliyot", Samarqand: Zarafshon, 2019,
14-bet.
6.Nargiza Erkaboyeva “O’zbek tilidan ma’ruzalar to’plami’’ – T.: “LESSON PRESS”,2017, 95-
112- betlar
