Авторы

  • Gulnur Kakisheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.68103

Аннотация

Ushbu maqolada turkman xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri Mahtumquli Firog‘iy hayoti, ijodiy faoliyati va adabiy merosi atroflicha tahlil etiladi. Mahtumquli Firog‘iy turkman adabiyotining asoschilaridan biri bo‘lib, uning asarlari xalqining milliy o‘zligini anglash, ma’naviy va madaniy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.


background image

123

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

MAHTUMQULI VA AZADI: TURKMAN ADABIYOTINING

IKKI ULUG‘ SIYMOSI

Gulnur Kakisheva

Ajniyoz nomidagi Nukus DPI 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14883922

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:11-yanvar 2025 yil

Ma’qullandi: 12-yanvar 2025 yil

Nashr qilindi: 17-yanvar 2025 yil

Ushbu maqolada turkman xalqining buyuk shoiri va

mutafakkiri Mahtumquli Firog‘iy hayoti, ijodiy faoliyati

va adabiy merosi atroflicha tahlil etiladi. Mahtumquli

Firog‘iy turkman adabiyotining asoschilaridan biri

bo‘lib, uning asarlari xalqining milliy o‘zligini anglash,

ma’naviy va madaniy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

KEY WORDS

Mahtumquli hayot tazri, g’azallar

tahlili, so’zlar ma’no tarjimasi,

shakl, mazmun

Mahtumquli – turkman xalqining buyuk shoiri, mutafakkiri va ma’rifatparvari. U turkman

adabiyotining klassigi bo‘lib, o‘z ijodi orqali millatning birligi, insonparvarlik va adolat

g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Ulug’ turkman shoiri va mutafakkir, ma’rifatli siymo, faylasuf-shoir

Mahtumquli yolg’iz Turkman xalining emas, barcha turkiy ellarining, chunonchi Ozarbayjon

adabiyotini ham boyitishiga katta hissa bo’lib qo’shilgan. Shoirni Ozarbayjonda sevilib,

mashhur bo’lishining sababi uning she’rlarida umumturkiy motivlarining obrazlar tizimining

xalqchil ifoda etganligi bilan ko’rsatiladi. Adibning adabiy merosida o’zbek va Turkman

ellarining qon- qardoshlik tiyg’ulari tamg’alangan deyish mumkin. U 1724- yili Atrek daryosi

bo’yidgi xojigovshon qishlog’ida tavallud topgan. Ozodiy taxallusi bilan ijod qilgan

Davlatmamad, ( va’zi Ozod” nomli asar muallifi Ozodiy ijodi, ayniqsa, ushbu “Va’li Ozod”

kitobi, chamasi, to’liq islomiy ruhda bo’lgani bois sho’ro davrida yetarli o’rganilmagan. Bu

kitobda muallif ulug’ mutafakkir Alisher Navoiy ijodini yaxshi o’zlashtirgan, ayniqsa “mahbub

ul-qulub” asaridan tasir olgan adib sifatida namayon bo’ladi) ya’ni otasi uning ilk ustozi

bo’lgan. Oilada ilk savod chiqargan adib taxminan olti yoshidan ovul maktabida Niyozsolih

mulla qo’lida o’qiy boshlaydi. O’tkir zehni, tirishqoqligi bilan boshqalardan ajralib turardi,

keyinchalik

Qiziloyoqda Idris bobo, Xivada sherg’ozixon va Buxoroda Ko’kaldosh

madrasalarida tahsil olgan, ilmni chuqur egallagan.
U badiiy so’zni yuksak qadrlagan va ijodiy qobilyatga ega ma’rifatli oilaga mansub. shoir

Turkman she’riyatiga yangi nafas, yangicha tarovat olib kirdi. “fano tuprog’I”, “ahli hol”, “fakr

mulki”, “yor”, “jahibjamol”, “zulf”, “do’st”, sufiyona istilloh tushinchalar ko’p uchrashi,

“ko’rdingmi”, “yor sendan”,”namasan”, “ey dost”, “oshiq bo’lmisham” she’rlarida sufiyona

kuchliligini bilinib turadi. O’lmas she’riyat namunalarini yaratgan shoirning adabiy

merosining aksariyati shoir yashagan kezlarda turkiy xalqlar orasida qo’lyozma holida

yoyilgan, xalq xotirasida saqlanib qolgan va avloddan avlodga o’tib kelgan. Rivoyatlarga ko’ra

uning bobosi, ismi ham Mahtumquli bo’lgan shoirga uning ismini berishgan, tirikchilik qilib

turkmanlarning gurko’z qabilasiga ish izlab keladi va uning boshliqlaridan birining qo’lida

yollanib ishlaydi, ma’lumddandan keyin xo’jayin uni

o’z qiziga uylantiradi qo’yadi,

dehqonchilik qilish bilan birga, otga to’qim tikish, qmchi to’qish, ayil va yugun yasash orqali


background image

124

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

daromadini muttasil oshirib boradi Mahtumquli yonachi (to’qimdo’z) nomi bilan davrug’

taratadi bo’sh bo’lgan paytlarida qo’shiqlar to’qigan, adib otasi ham, ya’ni Davltmurod ham

alohida qobilyat bilan ajralib turardi. Turkman xalqi tarixining og’ir, notinch davrda yshab

o’tgan Mahtumquli oilaviy hayotda ham halovat topmadi Chovdurxon boshchiligida

Afg’onistonga vakil qilib jo’natilgan, akalari Abdulla va Muhammadsafo dushmanlar

tomonidan shavqatsiz o’ldiriladi. Katta xonadonning og’irliga adib zimmasiga tushadi, u

umidsizlik qilish, ota-bobosidan meros yonachilik kasbini davom ettirish bilan birga

temirchilik va zargarlik xunarlarini ha egallaydi, adib xivada o’qib yurgan paytidayoq birin-

ketin ota-onasidan ayrilgan edi. “Go’zal sherg’ozi” she’rida bu haqida keltirib o’tadi.
Komil bo’lib, saramjonlik qilibman
Mashakkat-la ul padardan qolibman
Ka’bamdan ayrilib judo bo’libman
Ketar bo’ldim, xush qol, go’zal sherg’ozi!
Mahtumquli butun turkiy xalqlar uchun tushunarli va taniqli shoir, sevimli adib, ma’rifatli

siymo bo’lgan uning pok insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik g’oyalari bilan

yog’rilgan she’rlarida pok islomiy ma’rift ruhi gurkirab, yashnab turadi. Adib firog’iy (Firog’iy

so’z ma’nosi ayriliq, judolik,hijron kabi ma’nolarni bildiradi) taxallulsi bilan ijod qilgan. Adib

marsiyasida shunday keltiradi
Mol-u davlatlarga ko’ngil qo’ymadi,
Bu jahonning ishratini suymadi,
Eski sholdan ortiq po’shish kiymadi,
Oxirat uyi bo’ldi qasdi otamning.
Nuqabo der: uch yuz eran ko’rishdi,
Chiltanda otamga nazarim tushdi,
Nujabo borsam,hafttanlarga qorishdi,
Abdullodir chin payvasdi otamnig.
Mahshar kuni g’amsiz kirar behishtga
Har kim chindan bo’lsa do’sti otamning
Marsiyamizni tahlil qilsak ko’rinib turibdiki, adibning otasi unchalik boy bo’lmagan bo’lmgan.

Misralardan bilib olishimiz mumkinki, Ozodiy shubhasiz valiy zo ekani bilinadi, Nuqabo,

Nujabo avliyolarning muayyam guruhlaridir. “Nuqabo” -“Naqib” so’zidan naqiblar biror

jamoa va guruhlarning ulug’lari, etiborli kishilari, raislari, “Nujabo” “najib” so’zidan, najiblar

buzurgvorlar va tanlangan aziz zotlar degan ma’noni bildiradi. Oxirgi satrlarida ko’rinib

turibdiki, harati payg’ambarimiz (s.a.v.) ning “kishi oxiratda yaxshi ko’rgan kishisi bilan birga

bo’ladi”, degan hadisi shariflariga tayanadi , Mahtumqulidek shariatda sobitqadam va

istiqomatda mustahkam zotning bu mujdasi oddiy ta’rif emas, balki ma’no olamidan yetgan

shavq natijasidir. Mahtumquli arab, fors tillarini puxta o’zlashtirgan, chig’atoy –eski o’zbek

tilini mukammal bigan, hol uning ijodidagi so’z boyliklridan ham ayondir.
Asli seni ko’maganman, nigorim!
Qumrimisan, bulbulmisan, namasan?


background image

125

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

G’amgin dilni xayoling-la aldarman,..
Bog’ ichinda bir gulmisan namasan?..
Yo mushukmisan, yoki jambil, yo anbar
Aytolmayman, yo charxmisan, yo chanbar
Daryomisan, majmisan, yo savsar,
Dirdobmisan, to’lqinmisan, namasan?..

1

Ushbu she’rimizda yor ollohga bo’lib, avvalgi misrada bu dunyoda uni ko’rmagani aytilmoqda

va tabiatdagi eng nafis tasvirlar, go’zallik rmzlari orqali ana shu ilohiy Nigorni topish istagini,

ishtiyoqini shoir yashirmaydi. Butun borliq, koinotning egasi, ularni harakatga keliruvchi

itoatda turib turuvchi qudrat sohibini “yo charxmisan, yo chanbar, Daryomisan, yo

mavjmisan” deya tafakkur qiladi
Gar tutsa holimdan xabar, quruq og’ochdan qon chiqar,
Inson sharoroimdan asar topsa, tanimdan jon chiqar.
Qorun qilib molin ado, sad jon istar- bo’lsa fido
Kun sham’idan bo’lib judo, nurin qo’yib pinhon chiqar.
Bir ko’chada bo’sam, muqim, dilga ketirsam qadri siym,
Har ko’chai vayronadan sad ganji bepayon chiqar.
Ko’nglimga kelgan naqshlar ko’zlarga paydo bo’sa gar,
Qo’shulsa ko’p nodonlar, komil bo’lib mardon chiqar.

Ushbu “chiqar” radifli g’azalni tahlil qilsak Agar mening manaviy holimdan, dardu

ishqimdan xabar topsa, inson u yoqda tursin hatto qurigan og’ochdan ham qon chiqadi,

sharorimdan ichimdagi olovdan bir inson asar topsa, bu ishq o’tining bir uchqini unga yetsa,

toqat qilolmay tanidan jon chiqadi adib ishq dardida ma’naviy holini ilohiy tajaliylar ta’sirini

mubalog’a bilan oshkor etmoqda.Agar mening holimdan xabar topsa, benihoya boylik egasi

bo’lgan qorundek mutafakkir va xasis kimsa ham erib, molini sarflab ado qilar,yuz jon bu ishq

yo’lida fido bo’lishini orzu qilar edi, Quyosh o’z oyidan judo bo’lib, hatto o’z nurini qo’yib,

mening sharorimni ko’rib, uyalganidan pinhon chiqar edi. Agar shu ishq dardi, shu ma’naviy

holim bilan bir ko’chada muqim turib qolsam vasiymu zarga biror qad -qimmat bersam,

ko’nglmga xazina fikrini keltirsam, har bir vayrona ko’chadan yuztadan bepayon hadis-

hisobsiz ganj xazzina chiqa edi. Ammo bunga mening hoxishim yo’q. adib o’z qalbidagi

ma’naviy xazinalar har qanday dunyoviy boyliklardan avlo ekaniga ishorat qilmoqda, agar

men siym -u zar istasam edim, mendan g’aniyroq kishi bo’lmasdi, ammo mening botin

xazinam menga kifoyadir, demoqda, shoirimiz. Va keying misrada naqsh matoga o’yiladigan

xilma-xil ranglar, gular tasvirlar bu o’rindagi naqsh ilohiy ishq va ilohiy tajalliylar ( a.

ko’rinish, jilolanish) ma’nosidadir.
Xulosa:

Turkman adabiyotining buyuk va sevimli ijodkori Mahtumquli g’azallari tahlilida yangi bir

sahifalar ochildi, u nafaqat Turkman shoiri, balki umumiy insoniyatni ezgu yo’lga chorlovchi

ulug’ siymo va mutafakkirdir, uning bir necha marta she’rlari o’zbek tiliga tarjima qilinib,

1

Jalolbek Yo’ldoshbekov darslik adabiyot namasan she’ridan


background image

126

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

nashir etilgan, ko’plab she’rlari hofizlar tomonidan kuyga solib aytilgan va kinofilm, spektakl

va badiy asalar yaratilgan.

Foydalangan adabiyotlar:

1. Maxtumquli, Ergash Ochilov "Maxtumquli hikmatlari" Toshkent Oʻzbekiston 2015
2. Quramboyev K. Oʻzbek -turkman adabiy aloqalari, T., 1978
3. Jalolbek Yoʻldoshbekov Adabiyot, Toshkent., 2017

Библиографические ссылки

Maxtumquli, Ergash Ochilov "Maxtumquli hikmatlari" Toshkent Oʻzbekiston 2015

Quramboyev K. Oʻzbek -turkman adabiy aloqalari, T., 1978

Jalolbek Yoʻldoshbekov Adabiyot, Toshkent., 2017