36
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
BO’LAJAK TARBIYACHILARNING INTELLEKTUAL
KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH
Homidova Gulshoda Baxromjon qizi
Fardu magistranti
Muydinova Muhayyo Abduboqi qizi
18- DMTT tarbiyachisi
https:/
/doi.org/
10.5281/zenodo.14977753
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:20-fevral 2025 yil
Ma’qullandi: 25-fevral 2025 yil
Nashr qilindi: 28-fevral 2025 yil
Mazkur maqolada kompetensiya tushunchasining
mohiyati , mazmuni va ma'nosi ochib berilgan. Taʼlim
oluvchi
pedagoglarda
kasbiy
kompetentlikni
pedagogik jihatdan rivojlantirish yo’llari ko’rsatilgan.
Bo’lajak tarbiyachilar egallashi mumkin bo’lgan
pedagogik kompetentlikning rivojlanish darajasini
aniqlaydigan kompetensiyalar majmuasini mazmun va
mohiyati aks etgan.
KEY WORDS
kompetentlik,
kasbiy
kompetentlik,
intelekt, tajriba,
rivojlanish ,
texnologiyalar,
amaliy faoliyat.
Hozirgi vaqtda yurtimizda isteʼdodli, faol, intiluvchan, iqtidorli va yuksak darajada ma’naviy-
axloqiy fazilatlarga ega, zamonaviy bilim hamda kasblarni chuqur egallagan , bizning
kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni voyaga yetkazish uchun barcha shart-sharoit va
imkoniyatlar yaratilgan. Hozirgi vaqtgacha yaratilgan davlat ta’lim standartlari tizimli-
faoliyatli yondashuvga asoslangan, ya’ni ta’lim maskanlarining maqsadini bilim, ko‘nikma va
malakalarni o‘zlashtirish tarzida aniqlashtirishdan iborat edi. Shuning uchun yangi davlat
ta’lim standartlarini o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan kompetent-faoliyatli yondashuvga
asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki oliy ta’limda
tashkillanayotgan o‘quv-tarbiya jarayonining mazmuni tinglovchilarning ehtiyojlari va
intellektlarini yuksaltirish emas, balki bilimlarni axborot-verbal shaklda taqdim etish,
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Bunday reproduktiv
tarzda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar tinglovchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga
yetarlicha imkoniyat bermaydi. Natijada, talabalar juda ko‘p axborotni behuda jamg‘arilishi,
ta’limning samarasi sust ekani va uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko‘zga
tashlanmoqda. Aniqrog‘i, o‘quvchi real hayotdan yiroqlashib qolgandek, uning oldiga faqat
oldindan to‘plangan axborotlarnigina o‘zlashtirish maqsadi qo‘yilgandek tuyuladi. ASOSIY
QISM Yuqoridagi dolzarb masalalarni bartaraf etish maqsadida, ta’lim jarayonlarini turli
yangicha yondashuvlar asosida tashkillash maqsadga muvofiq sanaladi.
Muxtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarimiz mustaqil fikrlaydigan, yuksak
intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqiyosida o’z tengdoshlariga hech
qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz
va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan fikrlari Oʻzbekiston
yoshlarini erkin fikr yuritishga qaratilayotgani e'tibordan holi emas. SHunday ekan biz
tarbiyachilar hozirgi yangi davr talabi asosida mashgʻulotlarni tashkillashda zamonaviy
usullar asosida tashkil qilishimiz oldimizdagi yuksak burch va vazifamizdan biridir. Ushbu
muammoli holatni bartaraf etishning asosiy va yagona yoʻli yosh pedagoglarga kompetent
37
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
yondashuvni joriy etishdir. Bu usul yoshlardan bilim , malaka va koʻnikmani alohida - alohida
emas , balki birgalikda egallashni talab etadi.
Kompetensiya (lotincha so‘z bo‘lib, erishaman, to‘g‘ri kelaman ma’nolarini bildiradi) -
sub’yektning maqsadni qo‘yish hamda unga erishish uchun tashqi va ichki zaxiralarni
samarali amalga oshirishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan
faoliyat obyekti bilan bog‘liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga doir shaxsiy
qobiliyatidir. Kompetensiya - lotincha «Competentia» so’z bo’lib, o’zbek tilidagi lug’aviy
ma’nosi «inson yaxshi biladigan», «tajribaga ega bo’lgan» kabi ma’nolarni bildiradi.
Kompetentlik - biron bir ishni samarali qila olish qobiliyati, ishni bajarishda talablarni
qondira olish qobiliyati, aniq ishchi funksiyalarni bajarishda talablarni qondira olish qobiliyati.
J. Ravenning fikricha, barcha o‘quvchilar turli faoliyat turlarida (“kompetentlik”) turli
qobiliyatlarga ega bo‘lib, o‘qituvchi ularni aniqlashi va qo‘llab quvvatlashi kerak.
Kompetensiya psixologik nazariyasi asoschisi ingliz psixologi J. Raven “Kompetentlik –
qobiliyat va ko‘nikmalar majmui” tushunchasi bilan ish olib boradi. Kompetensiya tarkibida
tenglik
ikkita
komponentni
belgilaydi:
umumiy
kompetensiya
(qobiliyatlar,
motivatsiya,ko‘nikmalar) va kasbiy faoliyatdan qat’i nazar, jamiyatda o‘zini muvaffaqiyatli
amalga oshirishni olg‘a suruvchi kompetensiya.
Bundan tashqari har bir tarbiyachining oʻziga xos shaxsiy kompetensiyalari boʻladi va
bular quyidagilar:
1. Tarbiyalanuvchilarda motivatsiyani shakllantirish
2. Ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash, qayta aloqani o’rnata olish
3. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini bilish
4. O‘z ustida ishlash
5. Pedagogika va psixologiyaga oid bilimlarga ega bo‘lish
6. O‘z sohasini mukammal bilish
7. Ta’lim muhitiga yangilik kiritishi
Kompetentlikni namoyish qilishga tayyorgarlik darajasini quyidagi mezonlar bo’yicha
aniqlash mumkin: o’z-o’zini rivojlantirish va o’zini namoyon etish g’oyasi, kasbiy yo’l tanlash,
turmush qurish, farzandli bo’lishga nisbatan qaror qabul qila olishga tayyorgarlik, o’z hayotiga
javob berishga tayyorlik, hayot yo’lini mustaqil tanlash, kasb sohasida ko’nikishlar hosil
qilishga tayyorlik va boshqalar.
Xulosa qilib aytganda har bir shaxsga ta’lim va tarbiya berishda nafaqat ta’lim oluvchiga
ta’limning yo’naltirilishi, balki tarbiyachining pedagogik faoliyatga psixologik tayyorligi
zarurdir. Bunday hollarda tarbiyachining kasbiy kompetentlik darajasiga alohida e’tibor
qaratishni talab etadi. Tarbiyachining kasbiy kompetentligini tarkib toptirish uchun
pedagogik oliy ta’limda tub o’zgarishlarni amalga oshirish kerak. Oliy ta’limda Davlat ta’lim
standarti, o’quv dasturi va darsliklarni takomillashtirish yo’nalishida muayyan ishlar olib
borilayotgan bir paytda, mavjud an’anaviy mazmundan voz kechish qiyin boʻlsa-da, ta’lim
mazmunini yanada aniqlashtirish lozim bo’ladi.
Shunday qilib, intellektual kompetensiya axborot bilan ishlashning shaxsiy tizimini;
faoliyatning semantik kontekstini funksionaldan transformativga o‘tkazish natijasida yangi
bilimlar tizimini o‘zlashtirish va yaratish qobiliyatini; kasbiy faoliyatda harakatchanlikka
to‘sqinlik qiladigan eskirgan fikrlash stereotiplari va idrok shakllarini qayta ko‘rib chiqishga
tayyorlikni belgilaydi. Intellektual kompetensiya yangi narsalarni idrok etishda ochiqlik va
moslashuvchanlik, bir xil hodisani tushunishning subyektiv usullarining o‘zgaruvchanligi va
xilma-xilligi, hozirgi voqealarga turli xil aqliy "qarashlar" dan xabardorlik kabi xususiyatlarni
belgilaydi.
38
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Mirziyoyev Sh.M. Ilm-fan yutuqlari – taraqqiyotning muhim omili. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti M.Mirziyoyevning mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan
uchrashuvdagi nutqi. http://www.lex.uz– O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari
ma’lumotlar milliy bazasi sayti.
2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 104 b.
3.Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. – T.: O‘qituvchi, 1992. – 160 b.
4. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: Moliya, 2003. –
192 b.
5.Alimxodjayeva S.N. Maktabgacha ta’lim muassasalarida rivojlantiruvchi o‘yin va faoliyatlarni
o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar. – Toshkent,. Maktab va hayot. 1995. – № 4. – B. 13-20.
6. Abdullayeva X.A. Mashg‘ulotlarda faol ta’lim usullaridan foydalanish. – Farg‘ona: FarDU,
2008.
7. Axmedjanov M.M., Xo‘jayev B.Q., Hasanova Z.D. Pedagogik mahorat - Buxoro Davlat
universiteti, 2014
8. Do‘stmuhamedova Sh.A., Nishonova Z.T. va boshqalar. Yosh davrlari va pedagogik
psixologiya T.: Fan va texnologiyalar 2013 – 343 b.
9. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. – T.: Sharq NMK, 2004. – 335 б.
10. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi. - T.: 2018.
11. Равен Д. Компетентность в современном обществе: выявление, развитие и
реализация / Д. Равен. – М.: Когито-Центр, 2002. – C. 396.