Авторы

  • Nargiza Rasulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.71719

Аннотация

Ushbu maqolada hozirgi kunda qurilish materiallari ishlab chiqarishda energiya samarador issiqlik-izolyatsion materiallarning o‘rni, mineral  to‘ldiruvchilar  asosida  olingan  polimer  kompozitsion materiallarning    gibbs    energiyasi    va    natijalar    tahlili, ko’pchitilgan vermikulitning xususiyatlari , ko’pchitilgan vermikulitning xom ashyo bazasini o’rganish  haqida so’z yuritiladi.   


background image

44

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)

QURILISH SOHASIDA KO‘PCHITILGAN VERMIKULITNING

XUSUSIYATLARI VA XOMASHYO BAZASINING

TAVSIFLARI.

Rasulova Nargiza Botirqulovna

dotsent v/b , (Jizzax politexnika instituti)

tayanch doktoranti., ISLOMOVA N.I. (TAQU)

https://doi.org/10.5281/zenodo.15015983

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:7-mart 2025 yil

Ma’qullandi: 8-mart 2025 yil

Nashr qilindi: 13-mart 2025 yil

Ushbu maqolada hozirgi kunda qurilish

materiallari ishlab chiqarishda energiya samarador

issiqlik-izolyatsion materiallarning o‘rni, mineral

to‘ldiruvchilar asosida olingan polimer kompozitsion

materiallarning gibbs energiyasi va natijalar

tahlili, ko’pchitilgan vermikulitning xususiyatlari ,

ko’pchitilgan vermikulitning xom ashyo bazasini

o’rganish haqida so’z yuritiladi.

KEY WORDS

vermikulit

minerali,

petagen , alumosilikat magniy,

dala shpati, amfibol, olivin,

magniy, magniy oksidi, magniy

xlorid, sovuq omborlar, qozonlar,

bug 'quvurlari, suyuqlik quvurlari,

suv

minoralari,

konvertor

pechlari,

pegmatit,

piroksen,

serpentin, talk, appatit.

Vermikulit asosan, issiqlikni va tovushni izolyatsiyalovchi hamda namlikni saqlovchi material

sifatida mashhurdir. Mamlakatimizda mineral xomashyoning ushbu yangi turi barcha sanoat

tarmoqlarida joriy etilib, milliy iqtisodiyot rivojida muhim o‘rin egallamoqda.

Vermikulit – gidroslyuda guruhidagi mineraldir. 4000 gradusda qizdirgan paytda u ko‘pchib,

hajmi 10-25 marta kattalashadi va suv yuzasida suzadigan darajada yengillashadi. Ko‘pchigan

vermikulit issiq va sovuqni o‘tkazmaydigan xususiyati bor, shu bois qurilish materiali sifatida

bozori chaqqon, qishloq xo‘jaligida esa tuproq namligini saqlashi bilan mashhur.

Taajjubki, u o‘z vazniga nisbatan 500 foizgacha suyuqlikni o‘zlashtira oladi. Past gigroskopikligi

tufayli u atrof-muhitdan namlikni o‘zlashtirmaydi. 100 foiz namlikda uning namligi hatto 10

foizga ham yetmaydi. Biologik barqarorligi tufayli vermikulit amalda parchalanmaydi va

chirimaydi. Patogen mikroorganizmlarning ta’siriga mukammal darajada qarshilik ko‘rsatadi va

hasharotlar va kemiruvchilarning ko‘payishi uchun sharoit yaratmaydi. U ekologik toza va steril

material bo‘lib, toksik ta’sirga ega emas va og‘ir metallarni o‘z ichiga olmaydi. Kengaytirilgan

vermikulit yengil vazn va yuqori erish nuqtasi xususiyatlariga ega va yuqori haroratli

izolyatsiyalash materiallari (1000 ℃ dan past) va yong'inga chidamli izolyatsiya materiallari

uchun eng mos keladi. O'n besh santimetr qalinlikdagi sement vermikulit taxtasi 1000 ℃ da 4-

5 soat davomida yondirildi. Yetti santimetr qalinlikdagi vermikulit plitasi 3000 ℃ yuqori

haroratda besh daqiqa davomida olov bilan payvandlangan olov tarmog'i bilan yondiriladi.

Shunday qilib, u asbest va diatomit mahsulotlari kabi barcha izolyatsiya materiallaridan

ustundir.

Vermikulit yuqori haroratli ob'ektlarda, masalan, eritish sanoatida issiqlik izolyatsiya qiluvchi

g'ishtlar, issiqlik izolyatsiyalovchi plitalar va issiqlik izolyatsiyalovchi qopqoqlar kabi issiqlik

izolyatsiya materiallari sifatida ishlatilishi mumkin.Issiqlik izolyatsiyasini talab qiladigan har

qanday uskuna vermikulit kukuni, sement vermikulit mahsulotlari (vermikulit g'ishtlari,


background image

45

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)

vermikulit plitalari, vermikulit quvurlari va boshqalar) yoki asfalt vermikulit mahsulotlari

bilan izolyatsiya qilinishi mumkin. Devorlar, tomlar, sovuq omborlar, qozonlar, bug quvurlari,

suyuqlik quvurlari, suv minoralari, konvertor pechlari, issiqlik almashinuvchilari, xavfli

yuklarni saqlash va boshqalar. Tabiiy vermikulit - kimyoviy tarkibining o'zgaruvchanligi bilan

ajralib turuvchi murakkab yuqori gidratlashgan alumosilikat magniydir.

Vermikulit tarkibiy qismlari tartibi quyidagi chegaralarda foizlarda tebranishi mumkin: Si02

— 37—42%, MgO — 14—28%, Fe20 3 - 5-17% , FeO - 1-3% , A120 3 - 10-13%, H20 - 8 - 20%.

Bundan tashqari, vermikulitda kam miqdorda (1—2% gacha) KjO+NajO bo'lishi mumkin.

Vermikulitning eng ajoyib xususiyati bu — uning tez qizitishdagi qisman o'zaro birlashgan

alohida slyudali plastinkalarga bo‘linish xususiyatidir. Bunday bo'linish natijasida vermikulit

donalari ko'pchiydi. Ko'pchitilgan vermikulitning dastlabki sifat ko'rsatkichlari bu — donalar

o'lchami va hajmiy og'irligidir.

Ko'pchitilgan vermikulit donalari o'lchamiga ko'ra 2 fraksiyaga bo'linadi: mayda — 0,15—

0,25 dan 3 mm gacha va yirik — 3 dan 10—15 mm gacha. Hajmiy og'irligi bo'yicha

ko'pchitilgan vermikulit 100, 150, 200, 250 va 300 markalarga to'g'ri kelishi lozim.

Ko'pchitilgan vermikulit hajmiy og'irligi donalar o'lchami bilan bog'liq: donalar o'lchami

kamayishi bilan hajmiy og'irligi oshadi. Ko'pchitilgan vermikulitning issiqlik o'tkazuvchanlik

koeffitsiyenti uning hajmiy og'irligiga hamda donalar o'lchamiga bog'liq. Vermikulitning qayd

etilgan markalari uchun issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,065—0,085 kkal/m oraliqda

bo'lishi kerak.

Katta hajmiy og’irlikka ega mayda donali vermikulit yirik donali vermikulitga nisbatan 20° С

haroratda juda yuqori issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyentiga ega, ammo harorat oshishi

bilan mayda donali vermikulitning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyentining o'sishi yirik

donaligiga qaraganda sekinroq bo'ladi. Masalan, haroratning 300° С gacha oshishida yirik

donali vermikulit issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti taxminan 2 marta oshadi.

Vermikulitning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyentiga ma’lum darajada uning donalari

yaltiroq yuzalarining akslanuvchi xususiyati ta’sir ko'rsatadi, bu xususiyat uni 1000—1100° С

gacha yuqori haroratli issiqlik izolatsiyasi uchun alohida samarali material bo'lishiga xizmat

qiladi.

Ko'pchitilgan verlikulit donasi katta defomatsiyalikka ega: ular yengil siqiladi, natijada

vermikulit zichlashadi. Shunga ko'ra, qoida bo'yicha, ko'pchitilgan vermikulit tinch holatda

issiqlik izolatsion qurilish konstruksiyalarida cho'kmaydi. Vermikulitning hajm og'irligi va

donalar mustahkamligi uning pishirish va sovitish sharoitiga bog'liq: vermikulitni 700—

800°С gacha qizdirilganda donalari mustahkamligi kamayadi. Ko'pchitilgan vermikulit -

o'zining yuqori g'ovakligi, yengilligi va ma’lum darajada haroratga chidamliligi bilan ajralib

turuvchi ajoyib issiqlik izolatsiya materialidir. 1957-yilda Kol yarimorolida (Kovdor va

Afrikanda) vermikulitning katta hajmli cho'kmalari topildi.

Vermikulitning eng katta koni Chelyabinsk viloyatidagi Potanin koni hisoblanadi. Ammo

ularning hammasi ham xalq xo'jaligi uchun bir xil ahamiyat kasb etavermaydi. Alohida

konlarning ahamiyatini aniqlovchi bosh omillar quyidagilardir: 1) kon quvvati — vermikulit

xomashyosining geologik zaxirasi kattaligi; 2) tog' jinslarida vermikulit — mineralning tarkibi

va uni boyitish zaruriyati; 3) cho'kish sharoiti va qazilmani olishning yengilligi. Vermikulit

minerali turli tog' jinslari tarkibida turli miqdorda bo'ladi. U pegmatit, piroksen, serpentin,

talk, appatit va boshqa jinslar tarkibida uchraydi. Tarkibida vermikulit bo'lgan jinslarni

sanoatda qo'llash uchun rudadagi vermikulit tarkibi (konsentratsiyasi)ni oshirish uchun ular

boyitiladi. Shu usul bilan vermikulitli konsentratlar olinadi. Shu bilan birga, ko'pchitish uchun

faqat vermikulit-mineralli konsentratlarigina emas, balki unga o'xshash kuchli —

gidratlashgan slyuda turlari konsentratlari ham ishlatiladi, masalan, gidrobiotit va

gidroflogopit. Umuman, sanoatda vermikulit deb, ko'pincha, tez qizdirishda yaxshi

ko'pchuvchi gidratli slyuda hisoblanadi. Boyitish darajasiga ko'ra ikki tur vermikulit


background image

46

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)

xomashyosi farqlanadi: a) toza konsentrat, 85—96% vermikulit miqdoriga ega; b) dag'al

konsentrat, 50—60% vermikulit miqdoriga ega.

Boyitish fabrikalarida olinuvchi toza konsentrat — uni pechlarda pishirish va qo'shimcha

boyitishsiz kelgusida ishlatish uchun mo'ljallangan. Dag'al konsentrat qimmatbaho boyitish

uskunalarisiz oddiy texnologiya bo'yicha olinadi, ko'pchitilgandan so'ng qo'shimcha boyitiladi.

Hozirgi kunda issiqlik izolatsiya materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish va

vermikulitning boshqa iste’molchilari talablarini qondirish uchun kuchli xomashyo bazasi

mavjud. Ko‘pchitilgan vermikulit – tabiiy tog‘ jinsi vermikulitni 1000-11000S haroratda

pishirib ko‘pchitish yo‘li bilan olinadi. Ko‘pchitilgan vermikulitning o‘rtacha zichligi donador

zarralarning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lib 80 dan 400 kg/m3 gacha boradi, issiqlik

o‘tkazuvchanligi 0,05 dan 0,9 Vt/m0K . Ko‘pchitilgan vermikulit tabiiy vermikulitni 900-

12000S haroratda kuydirib olinadi. Bunday to‘ldiruvchilarning hajmi termik ishlov berish

paytida 10-20 barobar kattarishi natijasida, uyma zichligi juda kichik bo‘ladi. Yengil

to‘ldiruvchilar o‘lchamlari, uyma zichligi, g‘ovakligi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha shu

materiallarga tegishli texnik talablarni qoniqtirishi kerak. O‘lchamlari bo‘yicha yengil

to‘ldiruvchilar, xuddi zich to‘ldiruvchilarga o‘xshab, yirik va mayda turlarga bo‘linadi. Yirik

to‘ldiruvchilarning o‘lchamlari 5-40 mm bo‘lib, ularga yengil shag‘al yoki chaqiq tosh kiradi.

G‘ovak shag‘al yoki chaqiq tosh quyidagi o‘lchamdagi donalarga bo‘linadi: 5-10; 10-20; 20-40

mm.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Nazirbayevich, A. R., & Lazizjon, H. (2023). “ Sanoat chiqindi mahsulotlari va

polimer xom ashyolardan foydalangan holda zamonaviy qurilish materiallari ishlab

chiqarish istiqbollari.” Journal of Universal Science Research,1(2), 432-441.

2.

Ma’mirov, A., Ametov, R., & Ortiqqulov, D. (2023). “Gips asosli quyma pol uchun

kimyoviy qo’shimchalarning ta’siri ” Центральноазиатский журнал образования и

инноваций.

3.

Alimov Х.А., Ikromov O.R. “ Pardozlash va issiqlik izolatsiya materiallari” ishlab

chiqarish asoslari fanidan bosqich ishini bajarishga doir uslubiy ko'rsatmalar. — Т., 1993.

4.

O‘zRST 30256-94. “ Silindr zond bilan issiqlik o ‘tkazuvchanlikni aniqlash usuli”.

5.

Умиров Ф.Э., Шодикулов Ж.М., Умиров У.Ф.Исследование процессов получения

хлорат-магниевего дефолианта на основе серпентенита Арветенского месторождения.

«Путь науки» 2020 С.-19 -22

6.

Герус Н. П. Производство перлита и вермикулита в мире. — М.: ВНИИЭСМ, 2017.-

48 с.

7.

Афанасьев А. П., Атаманов А. В. Опыт систематизации вермикулитовых

месторождений и некоторые задачи дальнейших исследований. Сб. «Исследование и

применение вермикулита». Л.: Наука, 1997.-С. 21-24

8.

Макбузов А. С., Тихонов Ю. М., Коломиец И. В. Производство вермикулита

Каратас-Алтынтасского месторождения (Западный Казахстан) в легких бетонах /В сб.

докл. 65-й науч. конф. СПб.: СПбГАСУ, 2008. - С. 136-140.

9.

Петров В. П., Токмаков П. П. Генезис, состав и свойства вермикулита. В кн.:

Материалы совещания по проблемам вермикулита. -Апатиты, 1983 (КФ АН СССР). С. 51-

54.

10.

Умиров Ф.Э., Шодикулов Ж.М. Научно-технологические принципы комплексного

использования серпентинита Карманинского месторождения. Обогащение руд

№1(397), 2022 С. -41-45.

Библиографические ссылки

Nazirbayevich, A. R., & Lazizjon, H. (2023). “ Sanoat chiqindi mahsulotlari va polimer xom ashyolardan foydalangan holda zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish istiqbollari.” Journal of Universal Science Research,1(2), 432-441.

Ma’mirov, A., Ametov, R., & Ortiqqulov, D. (2023). “Gips asosli quyma pol uchun kimyoviy qo’shimchalarning ta’siri ” Центральноазиатский журнал образования и инноваций.

Alimov Х.А., Ikromov O.R. “ Pardozlash va issiqlik izolatsiya materiallari” ishlab chiqarish asoslari fanidan bosqich ishini bajarishga doir uslubiy ko'rsatmalar. — Т., 1993.

O‘zRST 30256-94. “ Silindr zond bilan issiqlik o ‘tkazuvchanlikni aniqlash usuli”.

Умиров Ф.Э., Шодикулов Ж.М., Умиров У.Ф.Исследование процессов получения хлорат-магниевего дефолианта на основе серпентенита Арветенского месторождения. «Путь науки» 2020 С.-19 -22

Герус Н. П. Производство перлита и вермикулита в мире. — М.: ВНИИЭСМ, 2017.-48 с.

Афанасьев А. П., Атаманов А. В. Опыт систематизации вермикулитовых месторождений и некоторые задачи дальнейших исследований. Сб. «Исследование и применение вермикулита». Л.: Наука, 1997.-С. 21-24

Макбузов А. С., Тихонов Ю. М., Коломиец И. В. Производство вермикулита Каратас-Алтынтасского месторождения (Западный Казахстан) в легких бетонах /В сб. докл. 65-й науч. конф. СПб.: СПбГАСУ, 2008. - С. 136-140.

Петров В. П., Токмаков П. П. Генезис, состав и свойства вермикулита. В кн.: Материалы совещания по проблемам вермикулита. -Апатиты, 1983 (КФ АН СССР). С. 51-54.

Умиров Ф.Э., Шодикулов Ж.М. Научно-технологические принципы комплексного использования серпентинита Карманинского месторождения. Обогащение руд №1(397), 2022 С. -41-45.