Авторы

  • Sofiya Abdurahmonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.72310

Аннотация

Badiiy asarlarning obrazli ifodalash vositalari turli shaklda bo‘lib, ular ham lingvistik, ham adabiy janrlar asosida amalga oshadi. Oksimoron – o‘z ma’nosidan ko'chirilib, bir biriga zid tushunchalarni ifodalab kelgan so'zlar. Oksimoronlarning badiiy matnlarda tasvirlanayotgan kishilar faoliyati, xarakteridagi qusurlar yoki ijobiy xarakter, badiiy obrazli, estetik ta’sirchan vosita sifatida qo‘llaniladi.


background image

64

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)

OKSIMORON HODISASINING BADIIY MATNDAGI

AHAMIYATI

Abdurahmonova Sofiya

NavDU O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti

2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15037413

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:7-mart 2025 yil

Ma’qullandi: 8-mart 2025 yil

Nashr qilindi: 17-mart 2025 yil

Badiiy asarlarning obrazli ifodalash vositalari turli

shaklda bo‘lib, ular ham lingvistik, ham adabiy janrlar

asosida amalga oshadi.

Oksimoron – o‘z ma’nosidan

ko'chirilib, bir biriga zid tushunchalarni ifodalab

kelgan so'zlar

1

. Oksimoronlarning badiiy matnlarda

tasvirlanayotgan kishilar faoliyati, xarakteridagi

qusurlar yoki ijobiy xarakter, badiiy obrazli, estetik

ta’sirchan vosita sifatida qo‘llaniladi.

KEY WORDS

Ular badiiy asarlarga chuqur ma’no va ta’sirchanlik bag‘ishlaydi. Masalan, leksik

sathning leksikologiya bo‘limidagi leksik vositalar badiiy estetik ruhni yanada jonlantiradi.

Ulardan biri oksimoron hodisasi bo‘lib, o‘z ma’nosidan ko‘chirilgan, bir-biriga zid

tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar va iboralardir.

Mazkur maqola oksimoronlarning badiiy matnlarda qanday ishlatilib, obrazlarni

chuqurlashtirishi va estetik ta’sirga erishishga qanday yordam berishini tahlil qiladi. Quyida

Zebo Mirzoning “Yoningizga xayolan borsam” to‘plamida oksimoronning estetik vazifasi va

uning ta’sirini ko‘rib o‘tamiz

.

ONAMGA

Oq sochlari

oppoq tun

uning

Umri halol ishqqa bayroqdir

Oh, yuzlari dunyoyi dunning

Go‘zalidan chiroyliroqdir

2

Ushbu misradagi misollarda oksimoronlarning obrazli ta’siri ko‘zga tashlanadi. “Oq sochlari

oppoq tun” birikmasida oppoq sochlarning va oppoq tunning birlashishi orqali inson umri

bilan tunning cheksizligi o‘rtasida qarama-qarshilik ko‘rsatiladi. Bir birikmada qarama-qarshi

munosabat aks etgan, “oppoq” leksemasida “yorug‘liq”, “oydinlik”, “rang”, “orttirma

darajadagi rang sifati” semalari “tun” leksemasidan anglashiladigan “qorong‘ulik”, “zimiston”

semalari orqali oksimoron hodisasini yuzaga keltirgan.

SARATON

Yuksakdan yalang‘och suvlar boshiga

Quyosh yog‘dirarkan oltin nayzalar

Vujudi qizigan daryo qoshiga

Yugurib chiqadi chanqoq maysalar!

1

https://uz.wikipedia.org/wiki/

2

Zebo Mirzo. Yoningizga xayolan borsam she’riy to‘plami.


background image

65

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)

KO‘ZLARINGIZ JUDA CHIROYLI...

Yuragimni

kuydirayotgan

Ko‘zyoshmidi

,

olov yomg‘iri

?

Dunyo dunyomidi sengacha

Yo yaraldi Ilohning siri?

“Yuragimni kuydirayotgan ko‘zyoshlar", “olov yomg‘iri” iboralarida “yurakni kuydirish”

va “yomg‘ir birlashishi” hamda o‘zaro qarama-qarshi hodisalar orqali chuqur his-tuyg‘ular

tasvirlanadi. Aslida ko‘z yosh(namlik) kuydirishga emas, “o‘chirishga” va “sovitishga” xizmat

qiladi, shu boisdan qarama-qarshi ma’no aks etadi. “Yomg‘ir” va “olov” birikmasi ham xuddi

shu vazifada va ma’noda kelgan. Bu iboralar hissiy ohangni kuchaytiradi va obrazlikni

kuchaytiradi.

OLOVDARAXT

Maysalar titrog‘i kirar jonimga

Chayqalar ko‘ksimda

olov dengizi

...

Gulladim sochimdan tirnog‘imgacha,

Men qanday daraxtman,

Men kimman o‘zi?

Oksimoronlar badiiy matnda g‘ayrioddiy va aniq taassurot qoldiradi, o‘quvchining

ongiga chuqur ta’sir qiladi. Bir-biriga zid tushunchalarni birlashtirish orqali muallif o‘z

obrazlarini kuchaytiradi va o‘quvchining ongida chuqur va mukammal tasvirlarni yaratishga

erishadi. Oksimoronlar orqali tasvirlanayotgan obrazlar yanada boy, murakkab va chuqurroq

ma'noga ega bo‘ladi. Masalan, “olov yo‘qligi”, “quvonchli qayg‘u” kabi iboralar o‘quvchida

g‘ayrioddiy his-tuyg‘ularni uyg‘otadi va ularni obrazni yanada chuqurroq o‘rganishga undaydi.

Badiiy matnlarda oksimoronlar faqatgina obrazli ifodalash vositasi emas, balki

o‘quvchining ongida chuqur va boy hissiy ta’sir qoldiradigan kuchli vositalardir. Ulardan

foydalanish orqali muallif o‘z obrazlarini hayotga keltiradi, ularning murakkabliklarini ochib

beradi va o'quvchining tasavvur va his-tuyg'ularini boyitadi.

Maqolada keltirilgan she’rlar misollari orqali oksimoronlarning turli obrazlarga,

xususan, inson ruhi, tabiat, his-tuyg‘ulari qanday ta’sir qilishini kuzatib borish mumkin. Ushbu

misollarda oksimoronlarning badiiy estetikani qanday oshirishini tahlil qilish imkoniyati

mavjud.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. Zebo Mirzo. Yoningizga xayolan borsam she’riy to‘plami.

2. Arastu. Poetika, Axloqi kabir. – Toshkent, 2015. – B.56

3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 tom .4-tom. Toshkent, 2023-yil. – B. 66

4. https://uz.wikipedia.org/wiki/

Библиографические ссылки

Zebo Mirzo. Yoningizga xayolan borsam she’riy to‘plami.

Arastu. Poetika, Axloqi kabir. – Toshkent, 2015. – B.56

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 tom .4-tom. Toshkent, 2023-yil. – B. 66