62
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)
MILLIY UYG‘ONISH DAVRI YOZMA MANBALARIDA
OKKAZIONAL BIRLIKLAR
Abdurahmonova Sofiya
NavDU O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti
2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15037395
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:7-mart 2025 yil
Ma’qullandi: 8-mart 2025 yil
Nashr qilindi: 17-mart 2025 yil
Tilshunoslikda okkazionalizm hodisasi hamda
unga yondosh hodisalar haqida bir qancha
ma’lumotlar, izlanishlar va ilmiy xulosalar mavjud.
Masalan, ushbu hodisaning tilimizga kirib kelgan yangi
so‘zlardan farqli va o‘xshash jihatlari qiyosan
yoritilgan ilmiy xulosalar qayd etilgan. Avvalo,
okkazional birliklar haqidagi dastlabki malumotlarni
Arastuning “Poetika” asarida uchratamiz. U bunday
birliklarga nisbatan “yangi so‘z – hech qachon hech
kim qo‘llanmagan, faqat shoir tomonidan qo‘llanilgan,
o‘ylab topilgan so’zlardir’’
degan xulosalar uchraydi.
KEY WORDS
Rus tilshunosligida okkazionalizmmasalasi keng o‘rganilgan. Jumladan, N.I.Feldman
okkazional terminni birinchi bo‘lib qo‘llagan. “Okkazional so‘zlar so‘z yasalishining mahsuldor
tiplariga ko‘ra yuzaga keladi va ularning ma’nolari matnda motivlashadi hamda izohlanadi
”,
xulosasi berilgan.
O‘zbek tilshunosligida ham bu hodisa bilan bog‘liq tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilk monografik
ish sifatida S.Mo‘minov tomonidan o‘rganilgan. Olim okkazional birlikka shunday ta’rif beradi:
“Okkazionallar – konkret nutq jarayonida individ tomonidan faqat bir martagina
qo‘llanadigan ko‘pincha emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan nutq birligi ekanligi bilan
ham keyinchalik turg‘un til birligiga aylanib ketadigan neologizmlardan farqlanadi’’
.
Yuqoridagi ta’riflarga asoslanadigan bo‘lsak, ushbu hodisa dastlab nutqiy birlik sanaladi.
Nutqiy birlik hisoblanga mazkur hodisa til sathlarining turli qatlamlarini o‘z ichiga oladi,
keyinchalik ommalashib tilga ko‘chadi. Xususan, u so‘z qo‘llash bilan, qo‘shimcha qo‘llash
bilan, tovushlar talaffuzi bilan hamda so‘z birikmalarini “shaxsiy” qo‘llash bilan yuzaga kelishi
mumkin. Biz ushbu maqolamizda milliy uyg‘onish davri yozma manbalarida uchraydigan
ayrim okkazional birliklar haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Milliy uyg’onish davri adiblaridan
jadid bobolarimiz, ya’ni yangiliklarga intiluvchi, yurt, xalq mafaatlarini o‘z hayotlaridan ham,
shaxsiy hayotlaridan ham ustun qo‘yuvchi adiblar, vatanparvar insonlar, mard va jasur
o‘g‘lonlar ko‘z o‘ngimizga keladi. Jadidchilar deganda A.Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon, Behbudiy va
shu qatorda o‘z davrining fidoiy farzandlarini eslaymiz.
Mazkur maqolamizda Fitratning “Tanlangan asarlar”idagi “Bedilʼʼ hikoyasida qo‘llangan
okkazional birliklarini tahlil obyektimizga olganmiz. Adib bu asarda, “singir” soʻzini qo‘llaydi.
Bu soʻz XIX asrda ishlatilgan boʻlsa, hozirda turli lug‘atlarda turli ma’nolarni bildiradi.
Uning
titroq tovushi yolgʻiz havoni emas, singirlarni-da, yuraklarni-da titratib, oyning sof, tiniq nuruga
1
Арасту. Поэтика, Ахлоқи кабир, Риторика. –Тошкент, 2015. – B.56
2
Фельдман Н.И. Окказиональные слова и лексикография // Вопросы языкознания. – 1957. – № 4. – С.66.
3
Мўминов С. Окказионал нутқий номинацияда мотивациянинг роли: Филол. фанлари номзоди ....дисс. –
Тошкент, 1990. – Б.82
63
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 3-SON, (YOʻITJ)
aralashib yo‘qolar edi. Singir
soʻzi “suyak” maʼnosida ishlatish adibning so‘z qo‘llash
mahoratidir. Sababi ushbu so‘zning asl ma’nosini sinonimlar lug‘atiga va O‘TILga tayanib tahlil
etganimizda “singari” ma’nosining tarixiy varianti ekanligi ma’lum bo‘ladi
. Bundan tashqari
ushbu leksema “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da omonim leksema sifatida berilgan va
“sinchkov” ma’nosi bilan izohlangan
. Demak, ushbu lug‘atlarga tayanib aytish mumkinki,
singir suyak ma’nosida emas, singari va sinchkov ma’nolarida qo‘llanishiga guvoh bo‘lamiz.
Mazkur asarda Fitrat, “labbayik” so‘zini qoʻllaydi, bu, “labbay” maʼnosida kelgan boʻlsa-da,
ammo asarning mazmun-mohiyatiga nazar solsak, unda quyidagi ma’no anglashiladi.
Shayx
muridlarining borish-kelishlari borasindan kutilmaydirkim: koʻngil kabasindagi talpinishlardan
chiqqan “labbayik” tovushlarining hisobini olsin.
Bu asarda labbayik soʻzi kinoyaviy maʼno anglatgan. Adib shayxni gʻaflat bosgan u
shogirdlarining intilishlarini koʻzi koʻrmaydi, degan maʼnoni ilgari surib “so‘qir” ma’nosida
qo‘llaydi.
Milliy uyg‘onish davri ijodkorlari asarlaridagi okkozional birliklarni tahlil qilar ekanmiz, ular
tomonidan qo‘llangan mazkur leksema va birliklardan turli ma’nolarni aks ettirishda
foydalanilganligiga guvoh bo‘lamiz. Ulardan qanday foydalanish yozuvchining so‘z qo‘llash
mahoratiga bog‘liq.
Milliy uyg‘onish davriga oid asarlarda so‘z shaklidagi, ya’ni leksik okkazional birliklarni ko‘p
uchratamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Arastu. Poetika, Axloqi kabir. – Toshkent, 2015. – B.56
2.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 tom .4-tom. Toshkent, 2023-yil. – B. 66
3.
Фельдман Н.И. Окказиональные слова и лексикография //
Вопросы языкознания. – 1957. – № 4. – С.66.
Abdurauf Fitrat. Tanlangan
asarlar. – Toshkent , 2000-yil
4
https://sinonim.uz/?s=singir
5
O‘zbek tilining izohli lug‘ati.. 6 tomli. 4-tom. Toshkent, 2023-yil. –B. 663