Авторы

  • Dilrabo Andaniyazova
    Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.74264

Ключевые слова:

adabiy til sheva fonetik xususiyat leksik xususiyat grammatik xususiyat Buvayda shevasi..

Аннотация

Mazkur maqolada Buvayda tumani shevasining ayrim xususiyatlari va o‘ziga xosliklari yoritildi.


background image

156

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 3-SON (YOʻITJ)

BUVAYDA SHEVASI: XUSUSIYATLARI VA O‘ZIGA

XOSLIKLARI

Andaniyazova Dilrabo Ruziqulovna

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent

O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

katta ilmiy xodimi

E-mail: andaniyazova1406@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15095816

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-Mart 2025 yil
Ma’qullandi: 25- Mart 2025 yil

Nashr qilindi: 27- Mart 2025 yil

Mazkur maqolada Buvayda tumani shevasining ayrim
xususiyatlari va o‘ziga xosliklari yoritildi.

KEY WORDS

adabiy til, sheva, fonetik xususiyat,
leksik

xususiyat,

grammatik

xususiyat, Buvayda shevasi..

O‘zbek tilining hududiy shevalari o‘sha hudud haqida juda qiziq ma’lumotlarni o‘zida

namoyon etadi. Shevalar nafaqat adabiy tilning muhim qatlami sifatida tilshunoslar e’tiborini
jalb etib kelmoqda, balki ularda aks etgan butun bir madaniyat, turmush tarzi turli tadqiqotlar
uchun ham ob’ekt bo‘lib xizmat qilmoqda. Tilshunos Nizomiddin Mahmudov shevalar
tadqiqining ahamiyati haqida shunday yozadi: “Xalq tilining hududiy namunalari bo‘lmish
shevalar benihoya nodir boylik, ular adabiy tilimizning asosiy boyish manbalaridan biridir.
Shevalarga oid so‘zlarni to‘plash, chuqur o‘rganish, lisoniy-tarixiy jihatdan tavsiflash til va
xalqning murakkab tarixini tadqiq etishda muhim omillardan hisoblanadi” .

Keyingi yillarda bir qadar shevalar bo‘yicha izlanishlar yana oldinga siljiyotganini

kuzatish mumkin. Xususan, muayyan hududlar shevalarini alohida tadqiq etish kuzatilmoqda .
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning yangi tahrirdagi nashriga ham qator shevaga xos so‘zlar jalb
etildi. Tabiiyki, so‘zlar ham yod etilmasa, nafaqat inson lisonidan, balki ongu-shuuridan
sekinlik bilan uzoqlashadi, tasavvur kengliklaridan chekinadi. Ya’ni muayyan so‘zni uzoq vaqt
davomida ishlatmasak yoki eshitmasak, u so‘zning ma’nosi, talaffuzi go‘yo begonalashgandek
tuyuladi. Agar tilimizning turli shevalaridagi jilolari, so‘zlari bo‘y ko‘rsatsa, bu mukarram
tilning azimligiga hech qanday isbotu dalil kerak bo‘lmaydi. Shu ma’noda shevashunoslik
masalalarini zamonaviy tilshunoslik masalalari bilan bog‘lab o‘rganish bugungi o‘zbek
tilshunosligining dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Buvayda shevasi Farg‘ona vodiysi shevalarining o‘ziga xos bir qismi bo‘lib, tuman aholisi

tomonidan asrlar davomida saqlanib kelinayotgan merosdir. Uning fonetik, leksik va
grammatik xususiyatlarini o‘rganish orqali nafaqat tilshunoslik, balki mintaqaning madaniy
va tarixiy jihatlarini ham chuqurroq anglash mumkin. Shevalarni o‘rganish va saqlash milliy
madaniyat va til boyligini asrab-avaylashda muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada
Buvayda shevasining asosiy fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari qisqacha tahlil qilindi.


background image

157

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 3-SON (YOʻITJ)

Buvayda tumanida qadimdan o‘zbek urug‘laridan nayman, mang‘it, jaloyir, qo‘ng‘irot,

olqor, bachqir kabi urug‘lar avlodi yashab keladi. Mazkur tumandagi qishloqlarda yashovchi
xalqning o‘ziga xos shevasi, talaffuz tarzi mavjud. Tilshunoslar mazkur hududdagi qishloqlar
orasida u yoki bu darajada dialektal farq kuzatilsa-da, ularning umumlashtiruvchi xususiyatga
ega qat’iy belgilari borligini alohida ta’kidlashadi . Masalan, deyarli barcha qishloqlar uchun
qalin talaffuz qilinuvchi – ñ (-ng) tovushi mushtarak tovush hisoblanadi. o tovushi o‘rnida a
tovushining qo‘llanilishi ham umumlashtiruvchi xususiyatga ega: olib keling – apkeñ ozgina –
azgina, ozmuncha – azimchiq, jo‘xori – juvari, bodroq - badraq va b.

Ma’lumki, fonetik dialektizmlar odatda tovushlarni o‘zgartirib qo‘llash, tovush orttirish

va tovush tushirish shaklida namoyon bo‘ladi. Masalan, adabiy tildagi abjır Buvayda shevasida
abjıl, tovuq – to‘vıq, barg – bak, sabr – so‘vır, jabr – jo‘vır, nima – nımo‘v, anavi – o‘no‘v, jonivor
– janavar kabi talaffuz qilinadi. Umuman, mazkur shevada eng ko‘p kuzatilgan fonetik o‘ziga
xosliklar sifatida ba’zi so‘zlarda unli tovushlarning cho‘ziqligi yoki qisqaligini kuzatish
mumkin.

Buvayda shevasida o‘ziga xos sodda, qo‘shma so‘zlar va iboralar mavjud bo‘lib, ular

hududga xos ba’zi madaniy va tarixiy xususiyatlarini aks ettiradi. Bunday dialektizmlarning
adabiy tilda ma’nodoshi mavjud bo‘ladi. Masalan: chinachaq (jimjiloq), eypara (etakdor),
arvak (mitti), davandak (daydi), yemit (ebto‘ymas), jalochi (janjalkash) kabi bir qator so‘zlar
sof leksik dialektizmlar hisoblanadi. Quyidagi so‘zlar ma’nosiga e’tibor qilsak, ularda ham
tildagi faol so‘zlarning boshqa nom bilan atalishiga guvoh bo‘lamiz:

So‘zanak [so‘zӓnӓk] – ninachi. Zibirdi qirg‘ag‘ido qovg‘azorda rasa so‘zanak ko‘peyibdi.

// Zovur yoqasidagi qovg‘azorda rosa ninachi ko‘payibdi.

So‘kichak [so‘kichak] – ipak qurti boqish uchun quriladigan taxta supa. So‘kchakti oyag‘a

salarka surkab qo‘ysin, chumali chiqmey turadi. // Taxta supa oyog‘iga solyarka surib qo‘ysin,
chumoli chiqolmaydi.

Singirtak [siñirtak] – oshqozon osti bezi. Duxtir siӊirtagi shomallapti degammish. //

Vrach oshqozon osti bezi shamollagan, degan emish.

Buvayda shevasida quyidagi qo‘shma so‘zlar uchraydi:
Qumortqi [qumortqı] – aldoqchi, shum, o‘z foydasini ko‘zlovchi. Bu turishta xalq seni

qumortqı deb chetka surip qo‘yadi. // Bunday qilsang, xalq seni aldoqchi deb chetlashtirib
tashlaydi.

O‘kilbu [o‘kilbu:] – kelinga qatiq ichirgan ayol. Potma xola bizi o‘kilbumiz bo‘ladi. //

Fotima xola bizning qatiq ichirgan onamiz bo‘ladi.

O‘kilota [o‘kilota] – kelin-kuyovga imom nikohi o‘qilayotgan paytda kuyovga ishonchli

vakil bo‘lgan erkak. O‘razvo‘y otani o‘kilotam deb bir umr boshig‘a ko‘tarip keldi. // O‘rozvoy
otani “o‘kilotam” deb bir umr hurmat-izzat qilib keldi .

Buvayda shevasining ba’zi grammatik xususiyatlari quyidagilarda ko‘rinadi: fe’l

zamonlarining shakllanishida o‘ziga xos o‘zgarishlar bilan qo‘llanilishida: masalan, adabiy
tildagi II shaxs ko‘plik qo‘shimchasi -ng/-ing (uxlang, keling, boring, turing, oling) Buvayda
shevasida -/ıñ (uxlañ, keñ, borıñ, turıñ, oñ) shaklida, -ylik/-aylik (uxlaylik, kelaylik, boraylik,
turaylik, olaylik) qo‘shimchasi esa -ek/-eyk (uxleyk, keleyk, boreyk, tureyk, oleyk) shaklida
talaffuz qilinadi. Bundan tashqari quyidagilar ham grammatik dialektizmlar hisoblanadi:
ӓbırmoq (olib bermoq), keppog‘an (eridan ajrab, uyiga qaytib kelgan qiz), o‘bısh bo‘ldı
(tamom bo‘ldi), odo‘vpti (tugabdi) v.b.


background image

158

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 3-SON (YOʻITJ)

Maqolamiz uchun asosiy manba bo‘lgan “Buvayda shevasidan ixcham lug‘at" kitobidan

mazku shevaning o‘ziga xos jihatlari haqida yana ko‘p ma’lumotlar o‘rin olgan. Kitobdan
Farg‘ona viloyatining Buvayda tumaniga qarashli Buvayda, Bachqir, Oqqo‘rg‘on,
Yangiqo‘rg‘on, Jiydali, Jalaer va Ing‘irchoq kabi qishloqlarida faol qo‘llaniladigan dialektal
birliklar, iboralar va maqol-matallar, olqishu qarg‘ishlar kabi 700 ga yaqin sheva namunalari
o‘rin olgan. Mazkur birliklar o‘quvchiga hudud haqida muayyan tasavvurlar, xulosalar, boshqa
hududlar shevasiga o‘xshamaydigan o‘zgachaliklar haqida ma’lumot beradi. Masalan, “o‘l”,
“o‘lib ket” qarg‘ish so‘zining “o‘o‘s” tarzida qo‘llanishi hudud shevasining o‘ziga xosligini
ko‘rsatadi. Kitobdan misol keltiramiz:

O‘o‘s [o‘:s] – “o‘l!” qarg‘ishi o‘rnida qo‘llaniladi.
Lapañlamey o‘o‘s! // Lapanglamay o‘l!.. O‘o‘s, esimdan chiqipti. // O‘lsin, esimdan

chiqibdi.

Mo‘sov [mo‘sov] – anqov. Mo‘sov bo‘mey o‘o‘s! // Anqov bo‘lmay o‘l!
Shuningdek, adabiy tilimizda uchramaydigan, hech bir lug‘atda ko‘zimiz tushmagan

iboralar, noyob maqollar borki, ular diqqatimizni jalb etmay qo‘ymaydi. Masalan: Ishti
yaxshiyam “ish” deganakan, agar “cho‘x” desa nima bo‘larkan? // Ishni yaxshiyam “ish”
degan ekan, Eshakni to‘xtatish uchun chiqariladigan ovoz “Ishsh!” agar “chuh” desa nima
bo‘lar ekan? (Ishni deb hamma narsani unutib qo‘ymaslik kerak. Har ishni o‘z o‘rnida qilish
kerakligini ta’kidlash uchun ishlatiladi)

Umuman, har bir viloyatning, har bir qishloqning, o‘z lug‘ati bo‘lishi zarur. “Zamon

shiddat bilan rivojlanmoqda. Texnika va texnologiya rivojlangan sari shevalarning
“yemirilishi” tezlashmoqda. Eng chekka qishloqlargacha yetib borgan internetning gegemon
tili mahalliy shevalarni yutib yubormoqda. Globallashuvning ta’siri dunyoning barcha tillariga
o‘z ta’sirini o‘tkazib kelayotgani kundek ayon. Shunday bir paytda tilni asrab qolish uchun
faqatgina adabiy til haqida emas, balki shevalar taqdiri masalasida ham qayg‘urishni taqozo
qiladi”. Shu ma’noda o‘zbek tilining ildizi chuqur bo‘lgan shevalarini o‘rganish, ularning
unutilib ketmasligi uchun turli tadqiqotlar olib borish o‘ta muhim. Biz qisqa tadqiq qilgan
Buvayda tumanining dialektal xususiyatlarini to‘liq o‘rganish esa shevashunoslik bo‘yicha
qilinayotgan tadqiqotlar ko‘lamini kengaytiradi

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Маҳмудов Н. Тилимизнинг тилла сандиғи. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги нашриёт-
матбаа ижодий уйи, 2012.
2. Йўлдошев М., Йўлдошева З. “Бувайда шевасидан ихчам луғат”. – Тошкент: “Turon
iqbol”. 2022.
3. Saparniyazova M., Sabirova M. Onaso‘z. Shimoliy Xorazm – qipchoq lahjasining qisqacha
lug’ati. – Toshkent, 2023.

Библиографические ссылки

Маҳмудов Н. Тилимизнинг тилла сандиғи. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2012.

Йўлдошев М., Йўлдошева З. “Бувайда шевасидан ихчам луғат”. – Тошкент: “Turon iqbol”. 2022.

Saparniyazova M., Sabirova M. Onaso‘z. Shimoliy Xorazm – qipchoq lahjasining qisqacha lug’ati. – Toshkent, 2023.