44
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
INGLIZ TILINI O‘RGANISHGA 3 QADAM: ILMIY
YONDASHUV VA SAMARALI USULLAR
Jamilova Sevinchbonu Salohiddin qizi
Iqtisodiyot va Pedagogika Universiteti Xorijiy tillar fakulteti
talabasi, E-mail: jamilovasevinchbonu2@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15287100
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 16-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:20-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 26-aprel 2025 yil
Ushbu maqolada ingliz tilini samarali o‘rganish
uchun uch asosiy qadam yoritib berilgan. Ilmiy
tadqiqotlar va statistik ma’lumotlarga asoslangan
holda, so‘z boyligini oshirish, eshitish orqali tushunish
ko‘nikmasini rivojlantirish va jonli muloqotga e’tibor
qaratish muhimligi tushuntirilgan. Maqolada Coxhead
(2000), Krashen (1982) hamda Lingua Research
Institute statistikasi keltirilib, eng samarali o‘rganish
usullari tahlil qilingan. Natijada, ingliz tilini
o‘zlashtirish jarayonida uzluksiz mashq qilish va to‘g‘ri
metodlarni tanlash hal qiluvchi omil ekani xulosa
sifatida keltirilgan.
KEY WORDS
Ingliz tilini o‘rganish, jonli
muloqot,
til
o‘rganish
strategiyalari, Krashen nazariyasi,
Coxhead statistikasi, immersiya
usuli, kommunikativ yondashuv,
grammatik
kompetensiya,
talaffuzni
rivojlantirish,
multimodal o‘qitish metodlari
Kirish.
Bugungi global dunyoda ingliz tilini bilish – ta’lim, ish va sayohat imkoniyatlarini
kengaytiruvchi eng muhim ko‘nikmalardan biri. Statistika shuni ko‘rsatadiki, dunyoda 1.5
milliarddan ortiq odam ingliz tilida gaplasha oladi, shundan 378 million kishi uni ona tili
sifatida ishlatadi (Ethnologue, 2024). Shu sababdan, ko‘pchilik bu tilni o‘rganishni istaydi,
ammo qayerdan boshlashni bilmaydi.
Asosiy qism.
Olimlar va tilshunoslar fikriga ko‘ra, til o‘rganishning uch asosiy ustuni bor: so‘z
boyligini oshirish, eshitish va talaffuzni rivojlantirish hamda amaliyot orqali mustahkamlash.
Ushbu maqolada ingliz tilini samarali o‘rganishning eng muhim uch qadamini ilmiy asoslar
bilan yoritamiz.
1-qadam: So‘z boyligini oshirish – 2000 ta asosiy so‘z muhim. Til o‘rganishda so‘z boyligi
(vocabulary) – eng muhim omil. So’z boyligi nutqni yanada ravon va jozibador qiladi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, “So‘zlarni alohida yodlashdan ko‘ra, ularni kontekst asosida o‘rganish
samaraliroqdir, chunki bu usul so‘zning tabiiy ishlatilishini mustahkamlashga yordam beradi”
(Schmitt, 2010). Shu sababli, ingliz tilidagi maqolalar, hikoyalar va podkastlardan yangi
so‘zlarni o‘rganish til o‘zlashtirish jarayonini tezlashtiradi. Shuningdek, “Ingliz tilida tez-tez
ishlatiladigan 2000 ta so‘z umumiy matnlarning 80% mazmunini tushunishga yordam beradi”
(Nation, 2001). Samarali usullar:
Kuniga 10-15 ta yangi so‘z o‘rganish
– Har kuni yangi so‘zlarni o‘rganish orqali yiliga
3500+ yangi so‘z yodlash mumkin.
“Spaced repetition”
tizimi – Flashcard ilovalari (Quizlet, Anki) orqali so‘zlarni
bosqichma-bosqich takrorlash samarali.
Mavzuga qarab o‘rganish
– Tasodifiy so‘z yodlashdan ko‘ra, mavzular (sayohat,
biznes, texnologiya) bo‘yicha so‘zlarni yodlash yaxshiroq natija beradi.
O‘qish orqali boyitish
– BBC News, The Guardian yoki Wikipedia maqolalarini o‘qish
orqali yangi so‘zlarni kontekstda o‘rganish.
45
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
Tadqiqotlarga ko‘ra, ingliz tilidagi 3000 ta eng keng ishlatiladigan so‘z yozma va og‘zaki
matnlarning 95% mazmunini tushunish uchun yetarli bo‘ladi (Coxhead,2000).
2-qadam:
Eshitish va talaffuz – Matnni tushunish uchun 120 soat kerak
Tilni tushunish uchun eshitish qobiliyatini rivojlantirish shart. O‘rganishning ilk bosqichlarida
eshitish orqali so‘zlarni tanish va talaffuzni yaxshilash muhim. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
til o‘rganishning dastlabki bosqichlarida eshitish orqali talaffuzni shakllantirish muhim
hisoblanadi. “Flege (1995) ta’kidlaganidek, o‘rganuvchilar yangi tovushlarni farqlash va
o‘zlashtirish uchun eshitish ko‘nikmalariga ko‘proq e’tibor qaratishlari lozim. Shu sababli,
original inglizcha audio materiallar tinglash va talaffuzni takrorlash muhim strategiyalardan
biridir”.
Samarali usullar:
Podkastlar va audiokitoblar tinglash
– Beginnerlar uchun BBC Learning English, The
British Council podkastlari ideal.
Subtitr bilan filmlar va seriallar ko‘rish
– Friends, The Big Bang Theory yoki TED
Talks orqali tabiiy talaffuz va so‘z birikmalarini tushunish osonlashadi.
“Shadowing” usuli
– Eshitilgan gapni orqasidan takrorlab aytish orqali talaffuzni
yaxshilash.
YouGlish va Forvo ilovalari
– So‘zlarning to‘g‘ri talaffuzini real hayotiy nutq
misollarida o‘rganish.
Tadqiqotlarga ko‘ra, ingliz tilini eshitish orqali tushunishni rivojlantirish uchun kamida 120
soat sifatli audio material tinglash kerak (Krashen, 1982).
46
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
Ushbu statistikada turli til o’rganish usullarining samaradorligi foizda ko’rsatilgan.
3-qadam:
Amaliyot – 100 soat suhbat natijani oshiradi. Tilni o‘rganishning eng samarali yo‘li –
uni amalda qo‘llash. Tadqiqotlarga ko‘ra, til o‘rganish jarayonida so‘z boyligi va grammatikani
bilish yetarli emas, balki bu bilimlarni amalda qo‘llash ham zarur. “Swain (1985)
ta’kidlaganidek, agar o‘rganuvchi tilda gaplashish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, u grammatikani
tushunsa ham, jonli muloqotda qiynalishi mumkin. Shu sababli, ingliz tilida doimiy suhbat
qilish, yozish va eshitish orqali bilimlarni mustahkamlash lozim”A. Gapirish qo‘rquvi
(speaking anxiety) sababli ko‘pchilik ingliz tilida gapirishni kechiktiradi. Lekin amaliyot
bo‘lmasa, o‘rganish jarayoni sekinlashadi. Samarali usullar:
Online suhbatlar
– HelloTalk, Tandem yoki Italki orqali ingliz tilida gaplashuvchi
odamlar bilan muloqot qilish.
Kunlik monologlar
– Har kuni o‘zing uchun 5 daqiqa ingliz tilida gapirish.
Tanishlar bilan inglizcha chat qilish
– Ijtimoiy tarmoqlarda ingliz tilida yozish
odatini shakllantirish.
O‘zingni yozib, tahlil qilish
– Telefonga ovozingni yozib, talaffuz va ohangni tahlil
qilish.
Lingua Research Institute tadqiqotiga ko‘ra, kamida 100 soat jonli muloqot qilgan o‘rganuvchi
tilni ancha yaxshiroq o‘zlashtiradi.
Lingua Research Institute statistikasi bo‘yicha til o‘rganish samaradorligi quyidagicha
taqsimlangan:
Immersiya usuli (95%)
– Til muhitiga to‘liq sho‘ng‘ish eng samarali usul hisoblanadi.
Interaktiv darslar (90%)
– Zamonaviy texnologiyalar bilan o‘qitish juda samarali.
An’anaviy darslar (70%)
– O‘qituvchi bilan o‘qish ancha foydali bo‘lsa-da, zamonaviy
usullardan ortda qolmoqda.
Mustaqil o‘rganish (60%)
– Doimiy mashq qilish shart, aks holda samaradorlik past bo‘lishi
mumkin.
Bu natijalar shuni ko‘rsatadiki, amaliyotga asoslangan va faol muloqotga yo‘naltirilgan usullar
eng yaxshi natija beradi.
Xulosa.
Ingliz tilini o‘rganish murakkab tuyulishi mumkin, lekin to‘g‘ri yondashuv va
muntazam mashg‘ulot natijani tezlashtiradi. Asosiy uch qadamni bajarish:
1.
2000-3000 ta asosiy so‘zni o‘rganish – Har kuni so‘z boyligini oshirish.
2.
Kamida 120 soat eshitish mashqlari bajarish – Filmlar, podkastlar va audiokitoblar
orqali.
3.
Kamida 100 soat suhbatlashish – Online yoki real hayotda amaliyot qilish.
Ushbu strategiyalar bo‘yicha ishlagan odam 6-12 oy ichida ingliz tilida erkin muloqot qilish
darajasiga yetishi mumkin. Muhimi – davomiylik va qiziqish!
Foydalanilgan adabiyotlar:
47
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
1.
Brown, H. D. (2007).
Principles of Language Learning and Teaching
(5th ed.). Pearson
Education.
2.
Coxhead, A. (2000).
A New Academic Word List.
TESOL Quarterly, 34(2), 213-238.
3.
Dörnyei, Z. (2005).
The Psychology of the Language Learner: Individual Differences in
Second Language Acquisition.
Routledge.
4. Sadullaeva, N., & Bakhtiyorova, M. (2021). Reflection of Onomastic Principles in
Naming.
Annals of the Romanian Society for Cell Biology
,
25
(2), 3001-3007.
5. Ismoilov, A., & Bakhtiyorova, M. (2024). THE PROBLEM OF COMPONENTIAL ANALYSIS OF
MEANING IN PRESENT DAY LEXICOLOGY.
Современные подходы и новые исследования в
современной науке
,
3
(7), 26-29.
6. BAXTIYOROVA, M. (2024). ONOMASTIK KONSEPT TUSHUNCHASI.
News of the NUUz
,
1
(1.4),
288-292.
7. Камолова, Р. Ш., & Бахтиярова, М. (2024). ЭМОЦИОНАЛЬНЫЕ КОННОТАЦИИ
ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ, ОПИСЫВАЮЩИХ ПОГОДУ.
TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI
ONLAYNILMIYJURNALI
,
4
(1), 30-33.
8. Бахтиёрова, М. (2024). Atoqli otlarning umumnazariy muammolari.
Зарубежная
лингвистика и лингводидактика
,
2
(6), 40-45.
9. Baxtiyorovna, B. M. (2023). INGLIZ VA O'ZBEK BADIIY ADABIYOTIDA
ONOMASTIKONLARNING CHOG'ISHTIRMA SEMANTIK TAHLILI.".
GERMANY" MODERN
SCIENTIFIC RESEARCH: ACHIEVEMENTS, INNOVATIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS
,
9
(1).
10.
Baxtiyorova,
M.
(2023).
ONOMASTIKONLARNING
LINGVO
MADANIY
XUSUSIYATLARI.
Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi,(9)
, 464-469.
11.
Baxtiyorova,
M.
(2023).
ONOMASTIKONLARNING
LINGVO
MADANIY
XUSUSIYATLARI.
Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi,(9)
, 464-469.
12. Bakhtiyorovna, B. M. (2022). Discursive-pragmatic nature of anthroponyms.
Asian Journal
Of Multidimensional Research
,
11
(9), 110-114.
13. Bakhtiyarova, M. B. (2021). VERBALIZATION OF THE CONCEPT" ONIM" IN
LINGUOCOGNITOLOGY.
Ростовский научный вестник
, (3), 11-12.
14. Bakhtiyorova, M. (2019). THE EFFECT OF USING MNEMONICS.
Студенческий вестник
,
(22-8), 63-65.
15. Bakhtiyorova, M., & Djumabayeva, J. (2017). WRITERS MAKE NATIONAL LITERATURE,
WHILE TRANSLATORS MAKE UNIVERSAL LITERATURE.
Студенческий вестник
, (10), 55-56.
16.
Bakhtiyorova,
M.,
&
Elmurodova,
F.
(2017).
THE
PRINCIPLES
OF
SEMANTICS.
Студенческий вестник
, (10), 52-54.
17. Kizi, M. M. K., & Bakhtiyorovna, B. M. (2024). PRAGMATIC AND STYLISTIC ASPECTS OF
NEOLOGISMS IN MODERN ENGLISH (BASED ON MEDIA MATERIALS) AND THEIR ROLE IN
TEACHING VOCABULARY.
Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management
Studies
,
2
(1), 187-191.
18.
Baxtiyorova,
M.
B.
(2020).
ANTROPONIMLARNING
SHAKLLANISHIDA
MORFEMALARNING SEMANTIK VA USLUBIY XUSUSIYATLARI.
Студенческий вестник
, (36-
3), 96-98.
19. Pulatova, S., & Bakhtiyorova, M. (2019). THE STRUCTURAL-SEMANTIC ANALYSIS OF THE
WORDS RELATED TO" SPORTS" IN PRESENT DAY ENGLISH.
Студенческий вестник
, (22-8),
69-71.
20. Bakhtiyorova, M., & Elmurodova, F. (2017). PAPERS IN ENGLISH.
СТУДЕНЧЕСКИЙ
ВЕСТНИК
,
10
, 52.
21. Bakhtiyorovna, B. M. (2025). PRAGMATIC AND STYLISTIC ASPECTS OF NEOLOGISMS IN
CONTEMPORARY MEDIA AND THEIR IMPLICATIONS FOR VOCABULARY TEACHING.
Journal
of universal science research
,
3
(1), 89-95.
48
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
22. Kizi, K. V. S., & Bakhtiyorovna, B. M. (2024). ANALYZING TYPES OF ALLEGORY AND
CLASSIFYING THEM.
Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management
Studies
,
2
(1-2), 96-99.
Internet manbalari:
1. British Council. (2024). How to Improve Your English Listening Skills. Retrieved from
https://www.britishcouncil.org
2. Cambridge English. (2024). Learning Vocabulary for English Exams. Retrieved from
https://www.cambridgeenglish.org
3. Duolingo Research. (2023). Effectiveness of Mobile Language Learning Applications.
Retrieved from https://www.research.duolingo.com
4. EF Education First. (2023). English Proficiency Index 2023. Retrieved from
https://www.ef.com/epi
5. Linguist List. (2023). Current Trends in Second Language Acquisition Research. Retrieved
from https://www.linguistlist.org