38
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
"RUSTAMXON" DOSTONINING O‘QITILISHI
Allamuratova Nurxon Farhod qizi
allamurotovanurxon03@gmail.com
Samarqand viloyati Pastdarg'om tumani MMTBga qarashli 3-
umumiy o'rta taʼlim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15287049
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 16-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:20-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 26-aprel 2025 yil
Mazkur maqolada o‘zbek xalq dostoni "Rustamxon"
haqida nazariy ma‘lumot beriladi hamda o‘rganilishi
haqida qisqacha xulosa chiqariladi.
KEY WORDS
folklor, folklorshunos, doston,
dostonchilik, insoniy fazilatlar,
metod, "Sana" metodi, "Zinama-
zina" metodi.
Xalq dostonlari ajdodlarimizning ming yillardan beri asrab-avaylab kelayotgan muqaddas
me‘rosidir. Dono xalqimiz uni xalqning "Oltin beshigi" deb ataganlar. Chunki unda millat tarixi,
ma‘naviyati, o‘zligi aks etgan. O‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish bo‘lgan "Rustamxon"
dostonining ko‘plab variantlari bo‘lib, ularning orasida badiiy jihatdan eng mukammali
Bulung‘ur dostonchilik maktabining zabardast vakili, betakror so‘z san‘atkori Fozil Yo‘ldosh
o‘g‘linikidir. "Rustamxon" dostoni folklorshunos olim Hodi Zarifov tomonidan 1937-yilda
yozib olingan qo‘lyozma asosida tayyorlangan. Vatanparvarlik, mardlik, muhabbat, insoniy
fazilatlar ulug‘langan mazkur doston kitobxonlarga birdek manzur bo‘ladi deb o‘ylaymiz.
Rustamxon dostoni – o‘zbek xalq og‘zaki ijodining mashhur epik asarlaridan biridir. Bu doston
asosan qahramonlik, jasorat, sadoqat, vatanparvarlik va do‘stlik g‘oyalarini o‘zida mujassam
etadi.
Doston voqealari ko‘pincha Rustamxonning bolaligi, uning jasoratli ishlari, dushmanlarga
qarshi kurashlari, do‘stlariga va vatanga bo‘lgan sadoqati atrofida quriladi. U ko‘p hollarda
zulmga qarshi kurashadi, begunohlarni himoya qiladi va yovuz kuchlarni yengadi. Doston xalq
orasida adolat va ezgulik timsoli sifatida qabul qilinadi.Dostonda xalqning orzu-umidlari,
g‘am-tashvishlari, ma’naviy qadriyatlari ifoda topadi.
Asar she’riy shaklda bo‘lib, turli baxshilar tomonidan turli variantlarda ijro etilgan.
Har bir variantda syujetning ayrim tafsilotlari farqlanishi mumkin.
"Rustamxon dostoni" — o‘zbek xalq og‘zaki ijodining mashhur epik asarlaridan biridir. Bu
dostonning bir nechta variantlari mavjud bo‘lib, ular turli hududlarda yashagan baxshilar
tomonidan aytilgan. Har bir variantda voqealar, qahramonlar va tafsilotlar biroz farq qiladi.
Quyidagi mashhur variantlarni ko‘rish mumkin:
1. Qorakalpoq varianti – Qorakalpoq baxshilari tomonidan ijro etilgan. Bu variantda
Rustamxonning jasorati, vatanparvarligi va dushmanlarga qarshi kurashi asosiy o‘rinda turadi.
39
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
2. Xorazm varianti – Xorazm voqealari, mahalliy urf-odatlar va qadriyatlar bilan boyitilgan.
Rustamxonning sodiq do‘stlari va oilaviy munosabatlariga urg‘u berilgan.
3. Surxondaryo yoki Qashqadaryo varianti – Janubiy O‘zbekiston hududidagi baxshilar aytgan
variantlar. Bu yerda ko‘proq jang sahnalari, dostonning dramatik lahzalari kengroq
tasvirlanadi.
4. Tojik yoki Afg‘on variantlari – O‘zbek epik an'analariga yaqin, ammo fors-tojik madaniyati
bilan uyg‘unlashgan.
"Sana" metodi. O‘quvchilar topshiriqni individual yoki guruhlarga bo‘linadigan holda
bajarishi mumkin. Guruhlarga bo‘lib ishlaganda vatman qog‘oz va marker beriladi. O‘qituvchi
yo‘qlama qilish, dars mavzularini aniqlash, jurnalni to‘ldirish uchun ketadigan vaqtdan unumli
foydalanish maqsadida shu sanadagi har bir harfga shu mavzuga doir so‘z, atamalar nomlarini
topish vazifasi beriladi. Demak, darsning tashkiliy qismi tugagach, topshiriqni bajargan
o‘quvchilar ishi tekshiriladi. Masalan, "Sana" metodini "Rustamxon" dostonida qo'llaydigan
bo‘lsak, o‘quvchilar "Rustamxon" dostonidagi qahramonlarni birin-ketin sanab boradi va shu
tariqa asar qahramonlari kimlar ekanligi haqida to‘liq ma‘lumotga ega bo‘lishadilar. Masalan,
bosh qahramoni Rustamxon, onasi Huroyim, otasi Sultonxon, xotini Oftoboy va boshqalar kabi.
"Zinama-zina" metodi. Bu metodda har bir zinaga chiqish uchun "Rustamxon" dostonining
voqealar rivojini birin-ketin yozib zinalarni bosib o‘tishi kerak bo‘ladi. O‘qituvchi darsning har
bir bosqichida eng yuqori zinaga yetaklovchi ta‘limiy usullardan birini qo‘llaydi va g‘olib
o‘quvchilarni ballari bilan baholab boradi. Bu metod orqali individual va guruhlarda ishlashga
erishiladi.Bu metodni "Rustamxon" dostonida qo'llaydigan bo'lsak, har bir o‘quvchi
"Rustamxon" dostonidagi voqealarni birin-ketin yozib, aytib borishadi va shu orqali
dostondagi voqealar rivojini bilib olishadi. Masalan, Rustamxonning tug'ilishi, uning ulg‘ayishi,
Mansur doridan onasini qutqarishi, Oftoboyni ajdaho hamlasidan qutqarishi va unga uylanishi,
qizil dev bilan bog‘liq voqealar va Rustamxonning Oqtoshga qaytishi va boshqalar kabi.
Xulosa qilib aytganda, "Rustamxon" dostoni o‘zbek qahramonlik, ishqiy-sarguzasht dostonlari
turkumiga mansub asardir. Bu doston bosh qahramon Rustamxon va uning qarindoshlari:
onasi Huroyim, xotini Oftoboy, otasi Sultonxon va yurti Oqtosh mamlakati atrofida birlashgan.
"Rustamxon" dostonida vatanparvarlik g‘oyalari ilgari surilgan. Mardlik, chin sevgi, adolat
ulug‘langan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 10-sinf adabiyot darsligi. Mirzayeva Z., Jalilov K. Toshkent. Respublika ta‘lim markazi. 2022.
2. Obidova M. "Rustam" turkumidagi dostonlar. — Toshkent, 1982.
3. "Rustamxon" dostoni. — Toshkent: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007.