Авторы

  • Zubayda Nasimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.81500

Аннотация

Ushbu maqolada xalq dostonlarining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, ularning ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati hamda yosh avlod tarbiyasidagi roli yoritiladi. Ayniqsa, Po‘lkan shoir ijodi misolida dostonchilik an’analarining o‘quv jarayoniga integratsiyalashuvi, ularni o‘qitishning samarali metodik yondashuvlari tahlil qilinadi. Ishda dostonlarni o‘qitishda matn tahlili, muammoli savollar, guruhli ishlash, axborot texnologiyalaridan foydalanish kabi innovatsion metodlar qo‘llanishi taklif etiladi. Shu bilan birga, xalq og‘zaki ijodining bugungi kundagi dolzarbligi va dostonchilik san’atining yoshlar ongida milliy o‘zlikni shakllantirishdagi o‘rni alohida e’tirof etiladi. Ish ta’lim jarayonida dostonlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


background image

35

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

O‘ZBEK XALQ DOSTONLARINING BUGUNGI KUNDAGI

AHAMIYATI VA PO‘LKAN MUHAMMAD JOMROT O‘G‘LI

IJODINI O‘QITISH USULLARI

Nasimova Zubayda Jamoliddinovna

jamoliddinovnazubayda@gmail.com

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani 51-maktabining ona tili

va adabiyot fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15287029

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 16-aprel 2025 yil

Ma’qullandi:20-aprel 2025 yil

Nashr qilindi: 26-aprel 2025 yil

Ushbu maqolada xalq dostonlarining zamonaviy

jamiyatdagi o‘rni, ularning ma’naviy-tarbiyaviy

ahamiyati hamda yosh avlod tarbiyasidagi roli

yoritiladi. Ayniqsa, Po‘lkan shoir ijodi misolida

dostonchilik

an’analarining

o‘quv

jarayoniga

integratsiyalashuvi, ularni o‘qitishning samarali

metodik

yondashuvlari

tahlil

qilinadi.

Ishda

dostonlarni o‘qitishda matn tahlili, muammoli

savollar, guruhli ishlash, axborot texnologiyalaridan

foydalanish kabi innovatsion metodlar qo‘llanishi

taklif etiladi. Shu bilan birga, xalq og‘zaki ijodining

bugungi

kundagi

dolzarbligi

va

dostonchilik

san’atining

yoshlar

ongida

milliy

o‘zlikni

shakllantirishdagi o‘rni alohida e’tirof etiladi. Ish

ta’lim jarayonida dostonlarni o‘qitish samaradorligini

oshirishga xizmat qiladi.

KEY WORDS

o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, doston,

xalfa,

poema,

vatanparvarlik,

milliy o‘zlik, interfaol usul, ijtimoiy

hayot, baxshilar, o‘quvchilarni

o‘qitish, halollik, jasorat, epik,

nasriy, she’riy.

Doston — xalq og‘zaki ijodining eng murakkab, yirik va keng tarqalgan janri hisoblanadi.

“Doston” so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, “qissa”, “hikoya”, “sarguzasht”, “shon-u shuhrat”

ma’nolarini ifodalaydi. Xalq dostonlarida qahramonlarning boshidan o‘tgan qaltis voqealar

she’riy va nasriy yo‘lda aralash tasvirlangan, muallifi noma’lum epik asarlarga aytiladi. Xalq

dostonlari do‘mbira jo‘rligida aytilgan. Ularni ijro etuvchi va kuylovchi san’atkor shoirlar

baxshi deb ataladi (mo‘g‘ulcha “baxsha”, “bagsha” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “ustod”,

“ma’rifatchi” ma’nolarini ifodalaydi; shu bilan birga, bu so‘z Sanskrit tilidan kelib chiqqan

degan qarash ham mavjud).
Baxshilar turli hududlarda turlicha nomlangan: o‘zbeklarda — baxshi va shoir, qozoqlarda —

oqin, qoraqalpoqlarda — jirov, ozarbayjonlarda — oshiq deb atalgan. Xorazmda doston

kuylovchilar xalfa deyilgan. Olimlarning tahlil natijalariga ko‘ra, XV–XVI asrlarda yirik

dostonchilik maktablari tashkil topa boshlagan, XIX–XX asrlar esa dostonchilikning taraqqiy

etgan davri sifatida baholangan. Respublikamizda dostonchilikni rivojlantirishga e’tibor

qaratilib, 2000-yil 14-martda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq baxshisi” unvoni ta’sis

etilgan.
Hozirgi kunda dostonchilik san’atiga berilayotgan ahamiyat bir necha yo‘nalishlarda ko‘zga

tashlanmoqda. Masalan, ilmiy tadqiqotlar kuchaytirilmoqda. Oliy ta’lim dargohlarida va ilmiy

markazlarda dostonlarning janr xususiyatlari, mazmun-mohiyati, tarixiy va madaniy

ahamiyati chuqur o‘rganilmoqda. Ta’lim tizimida ularning o‘rni mustahkamlanmoqda.

O‘zbekiston maktablari va oliy ta’lim muassasalarida dostonlar o‘quv dasturiga kiritilgan. Shu


background image

36

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

bilan birga, ular yosh avlodni tarbiyalashda vosita vazifasini bajarmoqda. Dostonlar

vatanparvarlik, jasorat, halollik, sadoqat kabi ezgu qadriyatlarni targ‘ib qilgani sababli, ularni

yoshlar ongiga singdirishda muhim o‘rin egallaydi.

Xalq dostonlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

Ushbu yo‘nalishdagi dostonlar orasida ishqiy-qahramonlik yo‘nalishidagi dostonlar

boshqalariga qaraganda miqdor jihatidan ko‘proqdir. Dostonlarning adabiy matni nazmiy va

nasriy qismlardan tashkil topadi. She’r va nasrning aralash kelishi xalq dostonlariga xos

xususiyatlardan biridir.
O‘zbek xalq baxshichiligida ko‘plab baxshilar, jumladan, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Ergash

Jumanbulbul o‘g‘li, Egamberdi Ollomurod, Beknurod Jo‘raboy o‘g‘li o‘z o‘rniga ega bo‘lgan.

Baxshilardan yana biri — Po‘lkan shoirdir. Po‘lkan Muhammad Jomrot o‘g‘li 1874-yilda

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida dunyoga kelgan. 10 yoshida yetim qolib, dehqonchilik bilan

shug‘ullangan. Po‘lkan nomi “polk” so‘zidan olingan bo‘lib, mardikor bo‘lib yurgan paytlardan

xotira sifatida, front orqasidagi polkda xizmat qilgani uchun unga taxallus bo‘lib qolgan.

“O‘zbek qahramonlik eposi” kitobida Po‘lkan shoir ijrosidagi “Qironxon” dostoni 20 000 misra

she’rdan iborat ekani qayd etilgan. Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi vakili, Jassoq baxshining

shogirdi bo‘lgan u 25 yoshida yetuk dostonchi sifatida tanila boshlagan. 70 dan ziyod

dostonlarni yoddan bilgan. “Hasan Batrak” dostonida o‘zbek mehnatkashlarining yer va suv

haqidagi orzu-tilaklari, bu yo‘ldagi kurashi aks etgan. Po‘lkan shoir kuylagan dostonlar

g‘oyaviy va badiiy yuksakligi bilan boshqa dostonlardan ajralib turgan.
Dostonlar orasida “Go‘ro‘gli” turkumi katta o‘rinni egallaydi, tarkibida oltmishdan ortiq

doston mavjud. Ushbu turkumning ilk dostoni — “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”. 11-sinf “Adabiyot”

darsligida berilgan varianti Muhammad Jomrot o‘g‘li Po‘lkan shoirdan yozib olingan.

Dostonda bir qancha badiiy obrazlar tasvirlangan, shu bilan birga xalqning qadimiy va boy

tarixi, milliy-ma’naviy qadriyatlari to‘laqonli ochib berilgan.
Dostonlarni o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish samarali bo‘ladi. Masalan, “Rolli o‘yin”

metodi tahsil oluvchilar tomonidan real hayotiy vaziyatlarni sahnalashtirish va ijro etish,

o‘quvchilarning shaxsiy fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi. Doston qahramonlari

obrazini sahnalashtirib chiqish tayyorlash — bu ijodiy yondashuv bo‘lib, asarni chuqurroq

anglashga yordam beradi. Axborot texnologiyalaridan foydalanish — multimedia materiallari

(audio dostonlar, video lavhalar) orqali o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi. Doston asosida

insho yozish, zamonaviy variantda dostonni davom ettirish, rasm chizish yoki videorolik

tayyorlash topshiriqlarini berish ham asar mazmunini yoritishga xizmat qiladi. Yuqori sinf

o‘quvchilari uchun “Venn diagrammasi” metodini qo‘llash mumkin. Masalan, “Alpomish” va

“Go‘ro‘g‘li” dostonlaridagi qahramonlik qanday ifodalanganligini solishtirish orqali aniqlash

mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, xalq dostonlari — xalqimizning asrlarga tatigulik

og‘zaki ijodiy merosidir. Shuningdek, Po‘lkan shoir ijodini o‘rganish orqali o‘quvchilar xalq

og‘zaki ijodining betakror namunalarini o‘zlashtirib, milliy qadriyatlar bilan yaqindan

tanishadilar. Uning doston va she’rlari ustida ishlash — nafaqat adabiy bilimni, balki badiiy-


background image

37

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

estetik zavqni ham rivojlantiradi. Umuman olganda, dostonchilikni o‘rganish — o‘tmish bilan

bugunni bog‘laydigan ko‘prik bo‘lib, bu jarayon o‘zbek xalqining madaniy o‘zligini asrab-

avaylashda beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Imomov K. va boshq. "O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi". - Toshkent: "O‘qituvchi", 1990.

Sariyev Sh. "Adabiyot". - Toshkent: "Yangi kitob", 2018.

https://uz.wikipedia.org

Библиографические ссылки

Imomov K. va boshq. "O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi". - Toshkent: "O‘qituvchi", 1990.

Sariyev Sh. "Adabiyot". - Toshkent: "Yangi kitob", 2018.