Авторы

  • Maftuna Xolboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.81501

Аннотация

“Alpomish” o'zbek xalqining o’zligini ko‘rsativchi oynadir. Bu doston haqida bilmaydigan o‘zbek yo‘q. Shunday ekan “Alpomish” dostoni ustida juda ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu maqolada dostonda ishtiro etgan ayollar obrazi yoritilgan.


background image

32

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

"ALPOMISH" DOSTONIDA AYOLLAR OBRAZI

Xolboyeva Maftuna Alisherovna

xolboyevamaftuna331@gmail.com

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Filologiya fakukteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15287015

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 16-aprel 2025 yil

Ma’qullandi:20-aprel 2025 yil

Nashr qilindi: 26-aprel 2025 yil

“Alpomish” o'zbek xalqining o’zligini ko‘rsativchi

oynadir. Bu doston haqida bilmaydigan o‘zbek yo‘q.

Shunday ekan “Alpomish” dostoni ustida juda ko‘plab

tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu maqolada dostonda

ishtiro etgan ayollar obrazi yoritilgan.

KEY WORDS

Doston,

an'ana,

Barchinoy,

Qaldirg'och, ona, afsonaviy ayol,

makkor, epos, pari, mushtipar ona.

Ayol obrazining adabiyotda mavjud bo'lishi xalq og'zaki ijodining qadimiy davrlariga borib

taqaladi. Bu ayniqsa, diniy hikoyatlarda yorqinroq namoyon bo'ladi. Islomgacha bo'lgan

davrda ham, undan so'ng ham ayol kishi masalasiga alohida e'tibor beriladi. Darhaqiqat,

islomgacha bo'lgan davrda ayollar, pari kampirlar obrazi mavjud bo'lsa, Islom dini jamiyatida

esa eng katta hurmatga loyiq zot bu turmush ko'rgan ayol, ya'ni ona hisoblanadi. Bu

Payg'ambar alayhissalomning "Jannat onalar oyog'i ostidadir", degan hadislarida ham yaqqol

namoyon bo'ladi. Bundan ko'rinadiki, ayol masalasi hech bir davrda quyi o'ringa tushgan

emas, doimo bosh masala hisoblanadi. Chunki, insoniyat ibtidosidan boshlab odam bolasini

ona dunyoga keltiradi va atrof-olam bilan tanishtiradi. Shuning uchun deyarli ko'p hikmat,

rivoyatlarda asosiy obraz shaklida ayollar turadi. Ulardan eng qadimiylari Umay ona, Momo

Havo obrazlaridir. Umay ona qadimgi turkiy qavmlarning onasi, yaratuvchisi hisoblanadi. "Bu

kult onalarni, bolalarni himoya qiluvchi iloh. Qadimgi turkiylarda Tangri (xudo)ning umr

yo'ldoshi deb tasavvur qilingan" [2, 17]. Darhaqiqat, bu narsani Mahmud Koshg'ariy ham

o'zining "Devon"ida yozib o'tadi. Umayni yo'ldosh, ya'ni bolaga yopishib yuruvchi narsa deya

ta'riflaydi.
Demak ona obrazi, ayol qiyofasi, turmush o'rtoq shaklida ham azaldan mavjud bo'lgan. Shu

tariqa ayol, ona obrazlari afsona va rivoyatlardan o'sib, shakllanib kelgan. Yuqoridagilar

badiiy adabiyot namunalari bo'lib, badiiy talqinda kirib kelsa, o'rta asr tarixiy asarlarida ham

afsonaviy ayol yoki ona obrazlariga murojaat etilgan. Buni Mirzo Ulug'bekning "To'rt ulus

tarixi" asarida ko'ramiz. Asarning ikkinchi bobida "turk-mo'g'ul xalqlarining afsonaviy onasi

Alanquva va undan tarqalgan avlod" [3, 321] haqida so'z boradi. Bitta katta bob onaga

bag'ishlangan. Bu narsani taniqli adib Pirimqul Qodirov o'zining "Yulduzli tunlar. Bobur"

tarixiy romaniga ham mohirona olib kiradi.
Bugungi kunda “Alpomish” dostonini keng ommaga tanitish, dostondagi millatning milliy

qadriyatlari, turmush tarzi va epik tafakkur hosilalarini o’quvchiga yetkazish uchun ommaviy

axborot vositalaridan ham foydalanilmoqda. Xususan, “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida

efirga uzatilgan “Sarchashma” turkum ko’rsatuvlari “Alpomish” dostoni tahliliga bag’ishlangan.

Ko’rsatuvda dostondagi mifologik qarashlar, qahramonlarning funksional vazifalari, ramziy


background image

33

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

obrazlar tahlili keng yoritilib berilgan. Unda doston tahlilini yozuvchi va jurnalist Nazar

Eshonqul, uning savollariga atroflicha javob bergan folklorshunos olimlardan Shomirza

Turdimov va Jabbor Eshonqulovlar ishtirok etishgan. Shuningdek, ko’rsatuv 20 qismdan

iborat bo’lib, ayrim o’rinlarda O’zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov dostondan

parcha kuylagan.
Xalq og’zaki ijodiyoti janrlarining har qaysisida ayol obrazi bor. Ertaklarda asosiy o’rinda ayol

obrazi turadi. Bunda ayollarning turli jihatlari, xil-xususiyatlari, xarakterlari ochiladi. Ularning

ba’zilarida qalbi mehrga to’la, farzandi uchun jonini beruvchi, samimiy ona qiyofasida ko’rsak,

ayrimlarida qahrli, makkor, o’z manfaati uchun hech narsadan qaytmaydigan yovuz qiyofada

ko’ramiz. Lekin e’tiborli jihati shundaki, ertaklarning ham asosiy qahramonlari ayollar

hisoblanadi. Bundan tashqari, xalq og’zaki ijodining gultoji bo’lmish dostonlarda ham ayol

obrazi va uning qiyofasi alohida qabariq holatda tasvirlanadi. O’zbek xalqining mumtoz

dostoni – “Alpomish”da Barchinoy, Qaldirg’ochoyim obrazlari ana shunday obrazlar

hisoblanadi. Dostonda ayol obrazining badiiy talqini ham asosiy o’rinni egallaydi. “Alpomish”

dostonida ayollarga xos bo’lgan fazilatlar, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o’rni

Barchin obrazi orqali nozik badiiy bo’yoqlarda go’zal va ehtirosli tasvirlangan” [5, 53]. Nafaqat

Barchin obrazi orqali balki, Qaldirg’ochoyim obrazi orqali ham ayollarning mardligi,

qat’iyatliligi, va’daga vafoli bo’lish kerakligi, or-nomus masalasi yorqin ifodasini topgan.

Ularning aql-farosati, donoligi namoyon etiladi. Barchinning ayol, ona pozitsiyasida to’g’ri

qaror qabul qila olishi ham diqqatga sazovor. Dostonda “Barchin alplarga qarshi vafo, sadoqat,

insoniy huquq, elat nomi bilan jang qilib, qalmoq alplarining ma’naviy jihatdan tubanliklarini

isbot qiladi. Barchinning o’z erki, huquqi uchun mardlik va jasurlik ko’rsatishi alp qizning

jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy mavqeining aks etishidir. Chunonchi, “Alpomish” dostonidagi har

bir voqea, har bir obraz, o’z xususiyatlariga ko’ra, xalqning ma’naviy barkamolligini, uning

teran va keng miqyosli dunyoqarashini aks ettiradi, ayolning sadoqatli muhabbatini tarannum

etadi” [5, 53]. Birgina bu dostonda emas, barcha xalq dostonlarimizda bu jihatlar

mushtaraklik kasb etadi, asosiy leyitmotiv hisoblanadi.
Eposda Barchin va Qaldirg’ochga yuklatilgan vazifaning o’rni va ahamiyati katta. Bundan

shuni anglash mumkin-ki, eposda feodalizm, patriarxat urug’chilik davri yoritilgan bo’lsa-da,

uning negizida matriarxat davridagi ayollarga bo’lgan hurmat, ularga tayanib ish bajarish,

ularning aql-zakovatidan ko’mak olish an’anasi saqlanib qolgan. Shuningdek, ilk ibtidoiy

davrlardanoq ayollarga ziyraklik, zukkolik va jamiyat hayotida faollik xususiyatlari O’rta

Osiyo xalqlarining qadimgi yodgorligi “Avesto” dagi ayol ma’budalar, oilaparvar, oiladagi o’rni

farzand dunyoga keltirib, uni ezgulik yo’lida tarbiyalovchi ayollar timsolida talqin etilgan:

“Dastlabki kundayoq Axuramazua ayollarga buyurdi: ey ayol! Seni e’tiqodli va pahlavon

erkaklarni vujudga keltirib, mehr to’la og’ushingda parvarish et, deb yaratdim, toki ular

nodurustlik va nopoklik ildizini yer yuzidan yo’qotsinlar”.

Qaldirg’och obrazi ham eposda xalqning qadim mifologik inonchlarini o’zida mujassam etgan

holda, akaning egizi, jonining bo‘lagi, ko‘makchisi bo’lgan.

Xulosa qilib aytganda, Qaldirg‘och obrazi shunchaki, bosh qahramonning oddiy singlisi emas,

balki uni harakatga kelishga undovchi asosiy ko‘makchi obraz bo‘lgan. Qaldirg‘ochsiz

Alpomish alplik maqomida bo‘lolmasdi. Bu ularning egiz farzand ekanligidan tortib, butun

boshli eposning tag zaminidagi mazmun-mohiyatda bo‘y ko‘rsatadi. Qaldirg‘och obrazi eposda

ezgulikni targ‘ib etuvchi uning asosiy zanjir quvvatidan biri hisoblanadi. Uning vazifasi – alpga

ko‘mak berish, uni ta’sir quvvatini ommaga oshkor qilishdir. Homiy ruhlar tomonidan

Qaldirg’ochning ham egiz singil, ham ko‘makchi qilib tanlanishi – obrazda ham o‘ziga xos

mifologik

quvvat borligini aks ettiradi. Alpni aynan ko‘makchi vakila harakatga

keltiradi, unga madad, ishonch, mardlik tuyg’usini singdiradi. Bu bilan singil akaning eng


background image

34

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

yaqin suyanchi ekanligi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topadi. Doston variantlaridagi Barchinoy

obrazi tahlili orqali, dostondagi ayol obrazlari va bu obrazlar bilan bog'liq qadim tasavvurlar

faqat badiiy to'qima emas, balki o'tmish hayotimiz tarixi bilan chambarchas bog'liqligi,

ajododlarimizning ayolga, oilaga bo'lgan munosabatini, ularning oila va jamiyatda tutgan o'rni,

mavqeini ko'rish mumkin.Barchin obrazi husn-malohatli yor, alp jangchi, oqila va tadbirli

donishmand ayol, mushtipar ona sifatidagi xususiyatlari baxshilar tomonidan turli yo'sinlarda

yoritilgan bo'lsada, ularni birlashtiruvchi nuqta o'zbek ayoli fenomenini yaratganidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Alpomish. 2-jild. Poʻlkan shoir va Ergash Jumanbulbul o’g’li. – Toshkent: G’afur G’ulom

nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotining matbaa ijodiy uyi, 2013. – B. 275.
2. Alpomish. 2-jild. Berdi baxshi (Berdiyor Pirimqul o’g’li). – Toshkent: G’afur G’ulom

nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotining matbaa ijodiy uyi, 2013. – B. 163.
3. O’zbek xalq qahramonlik dostoni / Fozil Yo’ldosh o’g’li, (Yozib oluvchi: Mahmud Zarifov) –

Toshkent: Sharq, 1998. – 400 b.
4. 1956 yil 28 iyunda yozib olingan. Inv. № 1254. Yozib oluvchi: noma’lum.
5. Safarov O. O’zbek xalq og’zaki ijodi: pedagogika oliy o’quv yurtlari uchun darslik. –

Toshkent: Musiqa, 2010. – 368 b.

Библиографические ссылки

Alpomish. 2-jild. Poʻlkan shoir va Ergash Jumanbulbul o’g’li. – Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotining matbaa ijodiy uyi, 2013. – B. 275.

Alpomish. 2-jild. Berdi baxshi (Berdiyor Pirimqul o’g’li). – Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotining matbaa ijodiy uyi, 2013. – B. 163.

O’zbek xalq qahramonlik dostoni / Fozil Yo’ldosh o’g’li, (Yozib oluvchi: Mahmud Zarifov) – Toshkent: Sharq, 1998. – 400 b.

yil 28 iyunda yozib olingan. Inv. № 1254. Yozib oluvchi: noma’lum.

Safarov O. O’zbek xalq og’zaki ijodi: pedagogika oliy o’quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: Musiqa, 2010. – 368 b.