Авторы

  • Mohidil Sherxonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.81502

Аннотация

 Mazkur maqolada o‘zbek xalqining boy og‘zaki ijodiy merosi – xalq ertaklari, dostonlari, afsona va rivoyatlari, maqol va matallar, topishmoqlar va lirik janrlar keng qamrovda tahlil etilgan. Ayniqsa, dostonchilik san’ati alohida e’tiborga olinib, uning xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy va estetik qarashlarini aks ettirishdagi o‘rni yoritilgan. Maqolada Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va boshqa hududlarda shakllangan ilmiy maktablar hamda Qo‘qon, Xorazm, Sherobod, Namangan kabi dostonchilik maktablarining xususiyatlari, yetuk vakillari va ularning ijrochilik an’analari tahlil qilinadi. Shuningdek, bu maktablarning xalq merosini saqlash va yoshlarga yetkazishdagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Maqola xalq og‘zaki ijodini o‘rganish, uni targ‘ib etish va kelajak avlod qalbida milliy g‘ururni shakllantirishda muhim ilmiy manba sifatida xizmat qiladi.


background image

27

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

O‘ZBEK DOSTONCHILIK MAKTABLARI: USTOZ-SHOGIRD

AN’ANASI VA IJROCHILIK MADANIYATI

Sherxonova Mohidil Shukurjon qizi

mohidilsherxanova04@gmail.com

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Filologiya fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15286999

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 16-aprel 2025 yil

Ma’qullandi:20-aprel 2025 yil

Nashr qilindi: 26-aprel 2025 yil

Mazkur maqolada o‘zbek xalqining boy og‘zaki ijodiy

merosi – xalq ertaklari, dostonlari, afsona va

rivoyatlari, maqol va matallar, topishmoqlar va lirik

janrlar keng qamrovda tahlil etilgan. Ayniqsa,

dostonchilik san’ati alohida e’tiborga olinib, uning

xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy va estetik

qarashlarini aks ettirishdagi o‘rni yoritilgan.

Maqolada Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va boshqa

hududlarda shakllangan ilmiy maktablar hamda

Qo‘qon,

Xorazm,

Sherobod,

Namangan

kabi

dostonchilik maktablarining xususiyatlari, yetuk

vakillari va ularning ijrochilik an’analari tahlil

qilinadi. Shuningdek, bu maktablarning xalq merosini

saqlash va yoshlarga yetkazishdagi ahamiyati

ko‘rsatib beriladi. Maqola xalq og‘zaki ijodini

o‘rganish, uni targ‘ib etish va kelajak avlod qalbida

milliy g‘ururni shakllantirishda muhim ilmiy manba

sifatida xizmat qiladi.

KEY WORDS

O‘zbek xalq og‘zaki ijodi, folklor,

ertaklar,

dostonlar,

maqollar,

matallar,

topishmoqlar,

dostonchilik maktablari, Qo‘qon

maktabi,

Xorazm

maktabi,

Sherobod maktabi, Namangan

maktabi, baxshilar, xalq ijodi,

ma’naviy meros, ustoz-shogird

an’anasi, milliy qadriyatlar, estetik

tafakkur.

O‘zbek xalq og‘zaki ijodi – xalqning asrlar davomida to‘plagan bilimlari, ma’naviy qadriyatlari

va badiiy tafakkurining yorqin ifodasidir. Bu ijodiy meros xalq hayotining turli jabhalarini, urf-

odatlarini, axloqiy va estetik qarashlarini o‘zida aks ettiradi. Og‘zaki ijod mahsulotlari xalq

tomonidan avloddan-avlodga og‘zaki shaklda yetkazilib kelinadi. Shu jihatdan u nafaqat

adabiy, balki tarixiy, ijtimoiy va madaniy ahamiyatga ham egadir.
O‘zbek folklori ko‘p asrlar mobaynida xalq tafakkurining boyligini, yashash tarzi va orzu-

umidlarini ifoda etib kelgan. Bu asarlar o‘z ichiga ertaklar, dostonlar, afsona va rivoyatlar,

maqollar, topishmoqlar va boshqa janrlarni qamrab oladi. Har bir janr o‘ziga xos poetik

qurilish va estetik vazifaga ega. Xalq ijodiyoti orqali xalqning ichki dunyosi, tafakkuri va

qadriyatlari ifodalanadi.
Xalq og‘zaki ijodi – xalqning ko‘p asrlik hayotiy tajribasi, dunyoqarashi, orzu-intilishlari va

qadriyatlarining badiiy ifodasidir. U yozma manbalarga nisbatan qadimroq va ko‘proq tarixiy

qatlamlarni qamrab oladi. Og‘zaki ijod-xalqning o‘z hayotini ifodalash, anglash va boshqalarga

yetkazish uchun yaratgan badiiy vositasidir. U hamisha ijtimoiy, ma’naviy, tarbiyaviy

ahamiyatga ega bo‘lib kelgan.
Ma’naviy-estetik jihatdan qaralganda, og‘zaki ijod:

xalqning axloqiy me’yorlarini mustahkamlaydi;


background image

28

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

ijtimoiy adolat, mehnat, vatanparvarlik, jasorat, do‘stlik kabi tushunchalarni targ‘ib

qiladi;

estetik zavq bag‘ishlaydi, badiiy tafakkurni rivojlantiradi;

xalq tilining go‘zalligi va boyligini namoyon etadi.

Shuningdek, og‘zaki ijod orqali xalq madaniyati, diniy e’tiqodi, dunyoqarashi, tarixiy voqealar

haqidagi tasavvurlari avloddan-avlodga yetkazilib kelgan.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi mazmuni va shakliga ko‘ra quyidagi asosiy janrlarga bo‘linadi:

1. Ertaklar:

Xalq ertaklari o‘z ichiga hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy

(maishiy) ertaklarni oladi. Ularda yaxshilik va yomonlik kurashi, donishmandlik, mehnat,

halollik g‘oyalari asosiy o‘rin egallaydi. Mashhur ertaklar: "Zumrad va Qimmat", "Boy ila

kambag‘al", "Tulki va bo‘ri".

2. Dostonlar:

Epik hajmdagi, qofiyali-nazmiy shakldagi qahramonlik yoki muhabbat

voqealarini hikoya qiluvchi asarlar. O‘zbek dostonchiligi Markaziy Osiyo xalq og‘zaki ijodining

yirik qismidir. Mashhur dostonlar: "Alpomish", "Go‘ro‘g‘li", "Yusuf va Zulayho", "Rustamxon".

3. Rivoyat va afsonalar:

Qadimgi e’tiqodlar, tarixiy shaxslar, joy nomlari bilan bog‘liq xalq

og‘zaki hikoyalari. Ularda diniy-mistik tushunchalar, xalq e’tiqodi aks etadi. Masalan: Oqtepa

afsonasi, Qizilqum rivoyati, Hazrat Buxoriy rivoyatlari.

4. Maqollar va matallar:

Xalq donishmandligining ixcham va obrazli ifodasi. Ular tarbiyaviy,

axloqiy, ijtimoiy mazmunga ega. Masalan: "Yurt qo‘risang o‘zarsan, qo‘rimasang to‘zarsan" [2,

8].
Xalq orasida aytiladigan maqollar bilan matallar bir-biriga o‘xshab ketadi. Ikkalasi ham qisqa,

mazmunli bo‘ladi. Matallar ham xuddi maqollar kabi ixcham bo‘ladi. Faqat farqi shundaki,

matal odatda kimningdir gapida, nutqida ishlatiladi, o‘zi alohida aytilganda esa to‘liq ma’no

bermaydi. Masalan, xalqimizda «Yaxshi gap bilan ilon inidan, yomon gap bilan qilich qinidan

chiqar» degan maqol bor. Agar maqolning yarim matnini «Falonchi ilon inidan chiqadigan

qilib gapirdi» tarzida qo‘llasak, biz matal aytgan bo‘lamiz va «Falonchi yaxshi gapirdi»

ma’nosini bildiramiz. Chunki «ilon inidan chiqadigan» so‘z birikmasi alohida aytilsa, mustaqil

ma’no anglatmaydi. Ma’lum bo‘ladiki, matal shaxs nutqini go‘zallashtirish uchun xizmat qilar

ekan, xolos. Maqol esa mataldan mustaqil ma’no ifodalay olish xususiyati bilan farqlanadi. [3,

204]

5. Topishmoqlar:

Aqliy faollikni, fikrlashni rag‘batlantiruvchi janr. Bola tarbiyasida muhim

rol o‘ynaydi. Masalan:
Chopsa – chopilmas,
Bo‘lsa – bo‘linmas,

Kessa – kesilmas,

Ko‘msa – ko‘milmas,

Yo‘nsa – yo‘nilmas (soya) [5, 68].

6. Lirik og‘zaki ijod (qo‘shiqlar, termalar):

Muhabbat, ayriliq, tabiat, sadoqat kabi

mavzularda yaratilgan. Mashhur janrlar: yalla, ashula, lapar, alla va boshqalar.

Dostonchilik

– xalqning orzu-umidlari, kurashlari, sevgisi va e’tiqodlarini obrazli ifodalagan

badiiy janr bo‘lib, u baxshilar tomonidan og‘zaki shaklda ijro etilib kelgan.
Turli hududlarda dostonchilik o‘ziga xos tarzda rivojlangan bo‘lib, har bir mintaqada ijro

uslubi, doston repertuari va baxshilik an’analari shakllanib borgan. Shu asosda dostonchilik

maktablari vujudga kelgan. Bu maktablar nafaqat og‘zaki ijod namunalarini saqlab qolgan,


background image

29

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

balki ularni rivojlantirib, yosh avlodga yetkazishda muhim rol o‘ynagan. Qo‘qon, Xorazm,

Sherobod, Namangan (Farg‘ona vodiysi) kabi maktablar ana shunday boy madaniy

maktablardandir.
20-asrga kelib shaharlarda baxshi va dostonchilarga bo‘lgan ehtiyoj asta-sekin kamaydi. Biroq

qishloq joylarda bu qadimiy an’ana o‘z hayotini davom ettirdi. Ayniqsa, Katta Farg‘ona kanali,

katta suv omborlari qurilishi kabi yirik xalq xo‘jaligi tadbirlarida, shuningdek, bayramlarda

doston aytish odat tusiga kirgan edi.
Ko‘plab dostonlar alohida bir ijodkor tomonidan yaratilmagan. Ular xalq orasida og‘zaki ijod

orqali shakllangan epik an’analarga asoslanadi. Shu sababli, ayrim hududlarda dostonchilik

maktablari vujudga kelgan.

1. Qo‘qon dostonchilik maktabi

Bu maktab o‘zbek dostonchilik an’analarida muhim o‘rin egallaydi. Uning asoschisi Fozil

Yo‘ldosh o‘g‘li (1872–1955) bo‘lib, u Yo‘ldosh Bulbulning shogirdlaridan ta’lim olgan.

Maktabda "Alpomish", "Yodgor", "Yusuf va Ahmad" kabi mashhur dostonlar ijro etilgan.

Vakillari orasida Chini shoiri, Tovbuzar, Qurbonbek, Sultonomurod, Suvyar, Rahimbubul, Jo‘ra

va Yorlaqab kabi baxshilar bo‘lgan.

2. Xorazm dostonchilik maktabi

Xorazm dostonchilik an’anasining yorqin vakillari – Ergash Jumanbulbul o‘g‘li (1868–1937)

va Muhammadqul Jumamurod o‘g‘li Po‘lkan (1874–1941). Bu hududda "Alpomish" dostonini

Yakka Ahmad, Quronxon va Oyssuluv kabi baxshilar kuylagan. Xorazm baxshilari dostonlarni

asosan jo‘rlar bilan ijro etgan bo‘lib, kuy va ohanglar katta ahamiyatga ega bo‘lgan [4, 49].

Shuningdek, bu maktab vakillari nafaqat og‘zaki, balki yozma tarzda ham doston matnlarini

yaratishgan.

3. Sherobod dostonchilik maktabi

Sherobod maktabi asoschilaridan biri Sherazar Beknazar o‘g‘li bo‘lgan. Ustoz-shogird an’anasi

asosida bu maktabda Avliyoqul o‘g‘li, Umir Safar o‘g‘li, Murodniyoz, Ahmad baxshi, Nuro‘li va

Muhammad baxshi kabi dostonchilar yetishib chiqqan. Sherobodda dostonlar odatda 3-5

kishilik guruh bo‘lib ijro etiladi: bir baxshi boshlaydi, qolganlari unga jo‘r bo‘ladi.

4. Farg‘ona vodiysi (Namangan) dostonchilik maktabi

Bu maktabning asosiy markazi Ko‘libuqon qishlog‘i hisoblanadi. Cho‘tboy baxshi va uning

otasi Mahmud buva – ushbu hududning mashhur baxshilaridan. XIX asrda Beqjon baxshi

Samarqandning Miyonqol qishlog‘idan Ko‘libuqonga kelib, bu yerda dostonchilik an’anasini

davom ettirgan.
Sayram hududida “Alpomish”, “Yodgor”, “Yusuf va Zulayho” kabi dostonilar mashhur bo‘lgan.

Chust hududida Umurzoq baxshi, Abduvohid shoiri, Anor baxshi, Ibrohim Otaboyev faoliyat

yuritgan. Arig‘on hududida Qunduz va Umid baxshilar tanilgan. Go‘ro‘von hududida Husan

baxshi Rajab o‘g‘li mashhur bo‘lgan.

5. Go‘ro‘von dostonchilik markazi

Go‘ro‘von markazi Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarida joylashgan. Bu

hudud Andijon viloyatining Baliqchi tumani bilan ham bog‘liq. Bu yerda ayniqsa "Alpomish"

dostoni mashhur bo‘lib, uni turli baxshilar katta mahorat bilan ijro etgan.

Namangan dostonchilik maktablari:


background image

30

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

Namangan viloyati o‘zbek dostonchilik an’analari rivoj topgan muhim hududlardan biridir. Bu

hududda bir necha mashhur dostonchilik maktablari shakllangan bo‘lib, ular o‘ziga xos

ijrochilik uslubi, kuylash an’analari va mashhur baxshilari bilan ajralib turadi.

Ko‘libuqon dostonchilik markazi: Namangandagi eng mashhur dostonchilik

markazlaridan biri Ko‘libuqon qishlog‘i bo‘lib, bu yer dostonchilar maktabining yirik

markazi sifatida tanilgan. Ushbu markaz Cho‘tboy baxshi sulolasiga mansub. Cho‘tboy

baxshining o‘g‘li Mahmud buva Cho‘tboyev va uning otasi mashhur sanovchi bo‘lib,

ular dostonlarni rivoyat qilishda katta tajribaga ega bo‘lgan. XIX asrda Samarqand

viloyati Miyonqol qishlog‘idan kelgan Beqjon baxshi bu markazga asos solgan [1, 357].

1970–80-yillarda bu yerda doston kuylashga qiziqqan yoshlarga baxshilik sir-asrorlari

o‘rgatilgan.

Sayram dostonchilik markazi: Sayram Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumaniga

qarashli bo‘lib, bu yerda ham dostonchilik keng tarqalgan. Sayram baxshilari orasida

Alpomish, Yusuf va Zulayho, Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi kabi mashhur dostonlar ijro

qilingan. Shu hududda ijod qilgan mashhur baxshilar: Abduvohid shoiri, Anor baxshi,

Ibrohim Otaboyev, Shoirlar va boshqa baxshilar.

Arig‘on dostonchilik markazi: Arig‘on dostonchilik markaziga Chust tumanidagi

baxshilar mansub. Bu yerda mashhur bo‘lgan ijrochilar: Umurzoq baxshi, Madamin

baxshi, Qunduz va Umid baxshilar. Arig‘on baxshilari tomonidan “Alpomish”, “Qunduz”,

“Yulduz” kabi dostonlar ijro etilgan.

Go‘ro‘von dostonchilik markazi: Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on va Norin

tumanlarida joylashgan. Ushbu markazda yashagan baxshilar bilan birga Andijon

viloyatining Baliqchi tumanida yashagan shoirdan ham ta’sir olingan. Bu yerda Husan

baxshi Rajab baxshi o‘g‘li kabi mashhur ijrochilar faoliyat yuritgan. Asosan “Alpomish”

dostoni kuylangan.

O'zbek xalqining asrlar davomida shakllangan og‘zaki ijodiy merosi bugungi kunda ham

o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bebaho boyliklardan biridir. Ayniqsa, dostonchilik san’ati

xalqning ruhiy olami, tarixiy xotirasi, ijtimoiy va axloqiy qarashlarini o‘zida jamlagani

bilan alohida ajralib turadi. Dostonlar orqali xalq o‘z qahramonlarini madh etgan, haqiqat

va adolat, muhabbat va sadoqat, mardlik va fidoyilik kabi umuminsoniy qadriyatlarni

avlodlarga yetkazgan. Turli hududlarda shakllangan dostonchilik maktablari esa bu ijod

an’anasining mustahkam poydevori hisoblanadi. Qo‘qon, Xorazm, Sherobod, Namangan

kabi maktablarda ijrochilik an’analari, uslublari, kuy va ohanglar, doston repertuarlarining

xilma-xilligi dostonchilik san’atining boyligini namoyon etadi. Har bir maktab o‘ziga xos

ijodiy muhit va ustoz-shogird an’anasi asosida shakllangan bo‘lib, ular xalq orasidan

chiqqan baxshi va dostonchilar orqali rivojlanib, yangi bosqichlarga ko‘tarilgan. Shu

jihatdan qaraganda, dostonchilik maktablari nafaqat og‘zaki adabiyot namunalarini asrab

qolgan, balki o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosini, estetik qarashlarini, urf-odat va

an’analarini yangi avlodlarga yetkazishda o‘ta muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan. Bugungi

kunda ham bu maktablar o‘rganishga, targ‘ib etishga, yosh avlod qalbida milliy g‘urur va

madaniy ongni shakllantirishga xizmat qiladi. Xalq dostonlarini o‘rganish, ularni

sahnalashtirish, yoshlar orasida dostonchilik san’atini rivojlantirish orqali biz o‘z

ildizimizni yanada chuqurroq anglaymiz va bu orqali milliy madaniyatimizni asrab-

avaylab, uni dunyo miqyosida tanitishga hissa qo‘shamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. "XX asr o‘zbek folklorshunosligi". Antologiya. Tuzuvchilar: O. Turaboyev va boshq. –

Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. – 592 b.


background image

31

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

2. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar

uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. – 216 b.
3. Mirzayev T. va boshqalar. O‘zbek folklori. Darslik. – Toshkent, 2020. – 237 b.
4. Murodova M. Folklor va etnografiya. – Toshkent: Aloqachi, 2008. – 100 b.

5. Safarov O., Jamilova B., Safarova N. Bolalar adabiyoti va folklor. – Toshkent: Turon

zamin ziyo nashriyoti, 2015. – 256 b

Библиографические ссылки

"XX asr o‘zbek folklorshunosligi". Antologiya. Tuzuvchilar: O. Turaboyev va boshq. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. – 592 b.

Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. – 216 b.

Mirzayev T. va boshqalar. O‘zbek folklori. Darslik. – Toshkent, 2020. – 237 b.

Murodova M. Folklor va etnografiya. – Toshkent: Aloqachi, 2008. – 100 b.

Safarov O., Jamilova B., Safarova N. Bolalar adabiyoti va folklor. – Toshkent: Turon zamin ziyo nashriyoti, 2015. – 256 b