7
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
INKLYUZIV TAʼLIMDA BOLALARNI RIVOJLANTIRISH
OMILLARI VA OTA-ONANING OʻRNI
Ahmadjanova Xolida Umarjon qizi
Namangan viloyati Chortoq tumani maktabgacha
va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli
8-sonli ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan
sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim
maktabining inklyuziv taʼlim boʻyicha oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15286888
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 16-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:20-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 26-aprel 2025 yil
Ushbu maqolada Inklyuziv taʼlimda bolalarni
rivojlantirish omillari va ota onaning oʻrni haqida
maʼlumot berib oʻtilgan.
KEY WORDS
Inklyuziv taʼlim, ta'lim, tarbiya,
inklyuziv,
rivojlanish,
takomillashuv,
harakat,
inklyuziya,
ijodiy
yondashuv,
maxsus ta'lim, uyg'unlashish.
Inklyuziv ta’lim nima? Tengdoshlaringiz, sinfdoshlaringiz orasida imkoniyati cheklangan
(nogiron) bolalar ham bor, to‘g‘rimi? Siz ular bilan do‘stlashib, birga dars tayyorlaysizmi,
birga o‘ynaysizmi? Axir ular ham siz kabi jamiyatda baxtli bo‘lishga haqli, shunday emasmi?
Inklyuziv ta’lim hamma bolalarning bir xil maktab va bir xil sinfxonada – bir xil sharoitda
ta’lim olishini anglatadi. Ya’ni imkoniyati cheklangan bola sog‘lom bolalar bilan bir xil
e’tiborda o‘qiy olishi kerak. O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat’i nazar, barcha bolalar
davlat umumta’lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan.Xo‘sh nega
inklyuziv ta’lim zarur?Ba’zan tengdoshlarimiz, maktabdoshlarimiz orasida yoki mahallada
imkoniyati cheklangan bolalarni ko‘rib qolsak, tushunib-tushunmasdan uni ajratib qo‘yishga,
u bilan muloqot qilmaslikka harakat qilamiz. Bu noto‘g‘ri, aslida ular bilan o‘rtoq bo‘lib, bir
jamoa bo‘lib yashasak, ularning baxtli hayot kechirishlariga hissa qo‘shishimiz mumkin.
Jamiyatda har bir bola baxtli bo‘lishga haqli! Inklyuziv ta’limning maqsadi — alohida ta’lim
ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun maktabda maxsus vosita va metodlarni qo‘llash orqali
maxsus pedagoglarni jalb etgan holda to‘siqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish,
ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda to‘laqonli uyg‘unlashuviga xizmat qiladigan
sifatli umumiy o‘rta ta’lim berishni ta’minlashdan iborat.Maktablar alohida ta’lim olish
ehtiyoji bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalariga korreksion pedagogik yordam olishida va
kasbga yo‘naltirishda har tomonlama yordam ko‘rsatadi.
Inklyuziv ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:
rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun har qanday
kamsitilishni istisno qiladigan, barcha bolalarga teng munosabatda bo‘lishni
ta’minlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratish;
jamoatchilik hamda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida ta’lim
ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar muammolariga nisbatan bag‘rikenglik munosabatini
shakllantirish;
ta’lim jarayonida sog‘lom bolalar bilan bir qatorda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish;
8
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
barcha o‘quvchilar uchun davlat ta’lim standartlariga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim
dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat yaratish;
o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi, emotsional-irodaviy sohasi, bilish
faoliyatini faollashtirish, ijtimoiy ko‘nikma va salohiyatini shakllantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga maslahat yordami
berish hamda ota-onalarni farzandlariga ta’lim-tarbiya berish, pedagogik
texnologiyalar, ta’lim-tarbiya metod va vositalarini qo‘llash sohasida xabardorlik
darajasini oshirish, ularni psixologik-pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash.
Inklyuziv ta’limda ota-onaning oʻrni. Imkoniyati cheklangan bolada oʻziga boʻlgan ishonchni
oshirish, uning koʻnikma va qobiliyatlarini rivojlantirish, yoshligidan ilm olishga
ragʻbatlantirishda oila ishtiroki muhim. Shu sababli inklyuziv ta’lim jarayonida ota-onalarning
ahamiyati katta. Alohida ehtiyojlari mavjud bolalarning ota-onalari farzandlari jamiyatning
bir boʻlagi boʻlish huquqiga ega ekanini tushunishlari kerak.Ota-onalar oilada sogʻlom muhitni
va farzandlari orasida tenglik muhitini yaratib berishlari, imkoniyati chegaralangan
farzandlariga ta’lim olish jarayonida koʻmaklashishlari juda muhim. Buning uchun, doimiy
ravishda maktab jamoasi bilan aloqada boʻlish, bolaning tengdoshlari orasida moslashib
ketishi va oʻzlashtirish darajasini kuzatib borish zarur.Ota-onalarga imkoniyati cheklangan
bolalarni ertangi kunga umidi, oʻziga ishonchini oshirishi, muntazam motivatsiya berib
borishlari tavsiya etiladi.Ba’zan imkoniyati cheklangan bolalar maktabda va tengdoshlari
orasida yakkalanish, kamsitilish holatlariga uchraganda, ota-onalarning oʻzi ruhan
tushkunlikka tushib qoladilar. Ammo bunday vaziyatda oʻzlarini tutib olishlari va
farzandlarini qoʻllab-quvvatlashga, ruhlantirishga harakat qilishlari kerak.Mahhur hikoyada
aytilganidek, Tomas Edisonning oʻqituvchisi uning onasiga farzandining maktabda ta’lim
ololmasligi, u ruhan sogʻlom emasligi haqida maktub yozadi. Bu maktubni onasi Edisonga
“Sizning oʻgʻlingiz daho. Bu maktab juda kichik, kerakli bilimni beruvchi oʻqituvchilar bu yerda
yoʻq.” deb oʻqib beradi. Keyinchalik nima boʻlgani esa hammamizga ma’lum — Tomas Edison
oʻz zamonasining eng buyuk ixtirochilaridan biri boʻlib yetishadi! Farzandlar oilada, maktabda
va jamiyatda oʻz oʻrnini topishi juda koʻp jihatdan ota-onaning munosabatiga, uni ruhan
qoʻllab-quvvatlashlariga bogʻliq boʻladi. Ota-ona uchun o‘z farzandidan-da qadrliroq ne’mat
bo‘lmasa kerak. Ota ham, ona ham o‘z farzandlari uchun faqat yaxshilikni ravo ko‘radi.
Ularning baxtu saodati uchun yashaydilar va mehnat qiladilar. Farzandlar esa buni o‘z vaqtida
sezishlari va tushunishlari hamda o‘zlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona
foydalanishga harakat qilishlari lozim. Ota-onalar, hatto bolalarining rivojlanishida biron-bir
o‘qish yoki tengdoshlari bilan muloqot qilishda muammolarni ko‘rsalar ham, ko‘pincha unga
qanday yordam berishni bilmaydilar. Muammoni payqamaslik – bu imkoniyat emas, bu faqat
bolaning axloqiy tushkunligini kuchaytiradi. Bolaning asosiy xislatlaridan biri ularning
erkatoyligidir. Barcha bolalar erkatoylikka moyil bo‘ladi va ularning qilgan har bir xatti-
harakatlarida erkatoylik alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Ota-onalar ba’zi-ba’zida yoqimli,
shirin so‘zlar aytishlari bilan bolalar erkalanadilar. Lekin, ota-onalarning o‘zlari qilayotgan
ishlarini doimo o‘zlari bajarmasalar, qilgan harakatlari gapirgan gaplariga mos bo‘lmasa,
so‘zlagan yaxshi so‘zlari hech qachon ijobiy natija bermaydi. Ro‘parasidagi o‘z bolasiga hech
qanaqa foydasi bo‘lmaydi.Bolalarni tarbiyalashning yana bir usuli ularni kaltaklashdir. Biroq,
bu ma’qullangan usul emas. Bunda ko‘p kaltak yegan bola diydasi qattiqlashib, atrofdagilarga
nisbatan shafqatsiz bo‘lib boradi. Nafaqat o‘zini, balki ota-onasi, yaqin qarindoshlarini ham
hurmatsiz qilib qo‘yadi. Bolalar tarbiyasida otaning qat’iyati, so‘zidan qaytmasligi muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan omillardan hisoblanadi. Otalar o‘zlarining bu xislatlarini farzandlariga
sezdirib turishlari zarur. Onalar ham, o‘z navbatida, otalarning xuddi shu xususiyatlarini
bolalarning yodiga solib turishlari, shu bilan o‘z farzandlarini turli yomon illatlardan qaytarib
turishlari lozim. Ota-onalar o‘z farzandlarini butun hayoti mobaynida ma’naviy jihatdan ham
9
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
qo‘llab-quvvatlab, ularda sog‘lom fikrlarning shakllanishini ta’minlash uchun o‘z mehrlarini
ayamasliklari kerak. Chin dildan mehrni his qilib ulg‘aygan bolalarning shaxsiyati,
dunyoqarashi, kelajakda o‘zlariga nisbatan bo‘lgan ishonchi ortib boradi, mustaqil hayotda
ham o‘z o‘rnilarini topa oladilar. Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar
bilan ish olib borishning muhim yo‘nalishlaridan biri – bu nogiron bolalarning ota-onalarining
jamoat birlashmalarining (uyushmalarining) mavjudligidir. Chunki, bunday birlashma yoki
uyushma ularning yolg‘izlanib qolmasligi hamda doimiy muloqot jarayonida bo‘lishlarining
ishonchli kafolatidir. Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiya qilayotgan oilalarga yordam
ko‘rsatish maqsadida tuzilgan bunday birlashmalar o‘z oldiga ota-onaning farzandiga
uyetarlicha e’tibor qaratishi, bola ongiga“rivojlanishning maxsus qonunlari” tushunchasini
singdirish, bolaning shaxsiy, aqliy, ijodiy va ijtimoiy resurslarini maksimal darajada ro‘yobga
chiqarish kabi vazifalarni qo‘yadi. Bunda an’anaviy va noan’anaviy usullardan foydalanish
mumkin. Ilmiy jihatdan olib qaralganda, ota-onalar ham turlicha tavsiflarga ega bo‘lib,
inklyuziv ta’lim muhitida o‘zining tarkibi, manfaatlari, mavqei va ehtiyojlari bo‘yicha turlicha
ahamiyat kasb etadilar, o‘zaro munosabatlari va aloqalari bo‘yicha doim ham uyg‘unlik
shakllanavermaydi. Bu esa o‘z navbatida inklyuziv ta’limning rivojiga ta’sir
ko‘rsatadi.O‘zbekiston sharoitida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni
joriy etishda ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar quyidagi yo‘nalishlardan iborat bo‘lishi
mumkin:
- ota-onalar o‘rtasida ularning inklyuziv ta’lim bo‘yicha bilimlari va tasavvurlarini aniqlash,
inklyuziv ta’limga bo‘lgan munosabatlarini o‘rganish maqsadida pedagogik, psixologik va
sosiologik so‘rovnomalar o‘tkazish;
- umumta’lim maktablari psixologlari tomonidan ota-onalar yig‘ilishlarida, shuningdek,
mahallalarda inklyuziv ta’limning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari yuzasidan zarur
tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borish;
- hududlarda imkoniyati cheklangan bolalarni aniqlash, ularning ota-onalari bilan inklyuziv
ta’limga jalb etish ishlarini olib borish;
- imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida
rivojlanish nuqsonlari mavjud bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish bo‘yicha ta’lim va tibbiyot
muassasalari hamda ota-onalar hamkorligini kuchaytirish;
- Ijtimoiy tarmoqlar orqali inklyuziv ta’lim joriy etilishi bo‘yicha onlayn maslahatlar berib
borish, inklyuziv ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun tavsiyalar, tarqatmali materiallar,
bukletlar va boshqa turdagi targ‘ibot materiallari tayyorlash va tarqatish va boshqalar. Oilada
ota-onalarning vazifasi esa bolalarni tinchlantirish, ularning tashvishlarini yengillashtirish,
oilada ular uchun zarur shart-sharoitlar va qulay ichki muhitni yaratishdir. Imkoniyati
cheklangan bolaning rivojlanishi ko‘p jihatdan oilaviy farovonlikka, uning jismoniy va
ma’naviy rivojlanishida ota-onalarning faol ishtirokiga va albatta alohida ta’lim berish sifatiga
bog‘liq bo‘ladi. Bunday sharoitlarda bola o‘zining harakatchanligi, yangi qirralarining
“ochilishi”, o‘zini boshqalardan kam his qilmasligi va boshqa sifatlar tufayli erkin his qiladi va
maqsad sari intiladi.
Xulosa qilib aytganda, ta’limda inklyuzivlikni ta’minlash bu ijtimoiy davlat shakllanishining
muhim konseptual vazifalaridan biri bo’lib doimo strategik ahamiyatga egadir. Boshqacha
qilib aytganda, ijtimoiy davlat va inklyuziv ta’lim bu parallel ravishda shakllanadigan iararxik
jarayondir. Har bir insonning jamiyatga integratsiyalanishida inklyuzivlikchalik hech qanday
g’oya yoki tizim yo’qdir. Zotan inklyuziv ta’lim bu insonlar orasida har qanday tafovutlarni
yumshatadigan ijtimoiy tenglik va barqarorlikni ta’minlaydigan muhim hayotiy poydevordir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
10
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
1. M. Raxmonova МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЁШИДАГИ БОЛАЛАРГА ТАЪЛИМ БЕРИШДА
КОМПЕТЕНЦИЯВИЙ ЁНДАШУВ.
2. Respublika OAK. Илимий-методикальщ журнал 5/1 2022 y.101-105 bet
3. F.B.
Umarova.
MAKTABGACHA
TA'LIMDA
INKLYUZIV
TA'LIM
TIZIMINI
RIVOJLANTIRISH. SCIENTIFIC PROGRESS. Scientific Journal ISSN: 2181-1601 VOLUME
1 I ISSUE 3 I 2021
FOYDALANILGAN SAYTLAR ROʻYXATI:
1. 1.https://uz.goodinternet.org/uz/sections/osmirlar/talim-va-men/inklyuziv
2. 2.https://cyberleninka.ru/article/n/maktabgacha-ta-limda-inklyuziv-ta-lim-tizimini-
rivojlantirish-1
3. 3.http://info-tashxis.uz/home/SinglePage/6465