Авторы

  • Azizbek Xayitov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.82633

Аннотация

Mazkur tezisda raqamli valyuta (CBDC – Central Bank Digital Currency) va kripto-aktivlar asosidagi tranzaksiyalarni avtomatlashtirilgan shaklda boshqarish zaruriyati, ularning bank tizimidagi o‘rni hamda O‘zbekiston sharoitida joriy etilishi mumkin bo‘lgan texnologik yechimlar tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba (Xitoy, Shvetsiya, BAA va Nigeriya kabi mamlakatlar misolida) asosida raqamli valyutalarni tartibga soluvchi tizimlar o‘rganilib, milliy bank tizimi uchun moslashtirilgan texnologik yo‘l xaritasi taklif qilinadi. Shuningdek, regulyator va tijorat banklari uchun zarur infratuzilmaviy, huquqiy va axborot xavfsizligi jihatlari ko‘rib chiqiladi.


background image

110

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

RAQAMLI VALYUTA OPERATSIYALARINING

AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARUVI: O‘ZBEKISTON

BANK TIZIMI UCHUN TEXNOLOGIK YO‘L XARITASI

Xayitov Azizbek Alisher o‘g‘li

Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti Valyuta

oqimlari va amaliyotlarini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i

o‘rinbosari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15308768

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 16-aprel 2025 yil

Ma’qullandi:20-aprel 2025 yil

Nashr qilindi: 30-aprel 2025 yil

Mazkur tezisda raqamli valyuta (CBDC – Central

Bank Digital Currency) va kripto-aktivlar asosidagi

tranzaksiyalarni

avtomatlashtirilgan

shaklda

boshqarish zaruriyati, ularning bank tizimidagi o‘rni

hamda O‘zbekiston sharoitida joriy etilishi mumkin

bo‘lgan texnologik yechimlar tahlil qilinadi. Xalqaro

tajriba (Xitoy, Shvetsiya, BAA va Nigeriya kabi

mamlakatlar misolida) asosida raqamli valyutalarni

tartibga soluvchi tizimlar o‘rganilib, milliy bank tizimi

uchun moslashtirilgan texnologik yo‘l xaritasi taklif

qilinadi. Shuningdek, regulyator va tijorat banklari

uchun zarur infratuzilmaviy, huquqiy va axborot

xavfsizligi jihatlari ko‘rib chiqiladi.

KEY WORDS

Raqamli

valyuta,

avtomatlashtirilgan

boshqaruv,

blokcheyn,

O‘zbekiston

bank

tizimi, texnologik yo‘l xaritasi,

CBDC, kriptoaktivlar, moliyaviy

raqamlashtirish,

smart-

kontraktlar,

regulyativ

texnologiyalar.

Kirish.

XXI asrda raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi bank-moliya tizimiga sezilarli

ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda Markaziy banklar tomonidan raqamli valyuta –

CBDC (Central Bank Digital Currency) loyihalarining ishlab chiqilishi va sinovdan o‘tkazilishi

global moliyaviy transformatsiyaning muhim yo‘nalishiga aylandi. Xalqaro valyuta

jamg‘armasi (IMF) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil holatiga dunyo mamlakatlarining 130 dan

ortig‘i raqamli valyutani joriy etish ustida ish olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida esa

banklar faoliyatini raqamlashtirish, xususan, to‘lov tizimlarining onlayn shaklga o‘tishi

jarayoni faol kechmoqda. Biroq raqamli valyutalar, ayniqsa CBDC va kriptoaktivlar bilan

bog‘liq tranzaksiyalarni avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish mexanizmlari hali

shakllanmagan. Mazkur tezisda raqamli valyuta operatsiyalarining banklar darajasida qanday

avtomatlashtirilishi mumkinligi va bu borada texnologik yechimlar asosida yo‘l xaritasi ishlab

chiqish zarurligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.

So‘nggi yillarda global miqyosda moliyaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida

an’anaviy bank tizimlari raqamli transformatsiyaga duch kelmoqda. Ayniqsa, Markaziy

banklar raqamli valyutasi (CBDC — Central Bank Digital Currency) tushunchasi moliyaviy

barqarorlik, pul-kredit siyosatini kuchaytirish, shaffoflikni oshirish va naqd pulga bo‘lgan

ehtiyojni kamaytirish nuqtayi nazaridan dolzarb mavzuga aylandi. Xalqaro valyuta

jamg‘armasi (IMF, 2023), Jahon banki (World Bank, 2022) va Bank for International

Settlements (BIS, 2023) hisobotlariga ko‘ra, 2024-yil oxiriga kelib dunyoning 130 dan ortiq

davlati CBDC tadqiqotlari yoki sinov bosqichiga o‘tgan. Shvetsiya, Xitoy, BAA, Braziliya kabi

mamlakatlarda bu tizimlar real operatsiyalar uchun joriy etilmoqda.

CBDC'lar va raqamli aktivlar asosidagi moliyaviy ekotizim o‘z ichiga blokcheyn texnologiyasi,

smart-kontraktlar, tokenlashtirish, avtomatik to‘lov tizimlari kabi ilg‘or raqamli yechimlarni

oladi. Bu texnologiyalar nafaqat tezlik va shaffoflikni oshiradi, balki moliyaviy vositachilik

xarajatlarini keskin kamaytiradi (Arner, Zetzsche & Buckley, 2020). Ayniqsa, kriptoaktivlar


background image

111

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

bilan bog‘liq operatsiyalarning markazlashmagan, avtomatlashtirilgan va real vaqtda qayd

etiladigan xususiyatlari, moliyaviy muassasalar uchun yangi biznes-modellarni

shakllantirishga asos bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ–4699-son qarori,

shuningdek 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi

doirasida bank tizimini raqamlashtirish, shuningdek, innovatsion moliyaviy xizmatlarni joriy

etish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanmoqda. Lekin hozirgi kunga qadar O‘zbekistonda CBDC

yoki blokcheyn asosidagi avtomatlashtirilgan valyuta operatsiyalari bo‘yicha maxsus

infratuzilma yoki me’yoriy-huquqiy baza to‘liq shakllanmagan. Bu esa kelajakdagi xavfsizlik,

regulyatsiya va funksionallik bo‘yicha muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Shu sababli,

raqamli valyuta operatsiyalarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi asosida yuritish va bu

borada texnologik yo‘l xaritasi ishlab chiqish, O‘zbekiston bank tizimi uchun strategik

zaruratga aylanmoqda. Bunday yo‘l xaritasi blokcheyn, sun’iy intellekt, API asosidagi

integratsiya, moliyaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, huquqiy muvofiqlik va

kiberxavfsizlik kabi komponentlarni o‘z ichiga olishi lozim. Mazkur tadqiqotda raqamli

valyutalarning boshqaruv mexanizmlari, xalqaro tajriba, texnologik yechimlar va O‘zbekiston

bank tizimi uchun real sharoitdagi joriy etish imkoniyatlari o‘rganiladi hamda amaliy

tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Asosiy qism.

Raqamli valyutalar, xususan Markaziy bank raqamli valyutalari (CBDC) va

kriptoaktivlar, zamonaviy moliyaviy arxitekturani tubdan o‘zgartirmoqda. CBDC — bu

markaziy bank tomonidan chiqariladigan, raqamli shakldagi milliy valyutadir. U naqd pulga

teng funksiyani bajaradi, biroq u elektron shaklda yuritiladi va tranzaksiyalar real vaqt

rejimida amalga oshiriladi (BIS, 2023). Avtomatlashtirilgan boshqaruv esa bu valyutalar bilan

bog‘liq operatsiyalarni sun’iy intellekt, blokcheyn, big data, smart-kontraktlar orqali real vaqt

rejimida kuzatish, qayd qilish va boshqarishni anglatadi.

Shvetsiya (e-krona), Xitoy (e-CNY), BAA (Digital Dirham) tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki,

raqamli valyutalarni joriy qilish orqali:

Pul-kredit siyosati ko‘proq aniq va tezkor bo‘ladi;

Qoradori iqtisodiyot qisqaradi;

To‘lov tizimlari milliy suverenitet asosida ishlaydi;

Banklar uchun texnologik moslashuv zarurati tug‘iladi (IMF, 2022).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–60-son (2022-yil 28-yanvar) qarorida banklar va

moliya sektorini raqamlashtirish orqali xizmatlar sifatini oshirish vazifasi belgilangan. Shu

bilan birga, bugungi kunda mavjud elektron to‘lov tizimlari (Humo, Uzcard, Click, Payme)

CBDC darajasida suveren to‘lov platformasi vazifasini bajara olmaydi. Ular asosan tijorat

banklari va fintech kompaniyalarga bog‘liq.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yilda raqamli to‘lovlar ulushi umumiy

to‘lovlar hajmining 52% ni tashkil qilgan (MB, 2023). Biroq bu ko‘rsatkichlarda

avtomatlashtirilgan, xavfsiz va markaziy nazoratdagi raqamli valyutalarning o‘rni mavjud

emas. Aynan shu holat O‘zbekistonda CBDC va kriptoaktivlar orqali moliyaviy operatsiyalarni

avtomatlashtirish zaruratini kuchaytiradi.

Raqamli valyutalar operatsiyalarini avtomatlashtirish uchun quyidagi texnologik va tashkiliy

komponentlar zarur (World Economic Forum, 2022):

a) Texnologik infratuzilma:

Blokcheyn platformalari (Hyperledger, Quorum, Corda);

Sun’iy intellekt tizimlari – tranzaksiyalarni real vaqt rejimida tahlil qilish va firibgarlikni

aniqlash;

API tizimi – banklararo integratsiyani ta’minlash;

Smart-kontraktlar – avtomatik va shartli to‘lovlar uchun.

b) Regulyativ va huquqiy asoslar:

Raqamli valyutalarni tan oluvchi qonunchilik (foydalanuvchi identifikatsiyasi, AML/KYC);


background image

112

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

RegTech (regulatory technology) platformalari orqali avtomatik hisobot berish.

c) Bank tizimi moslashuvi:

Tijorat banklarining texnik jihatdan CBDC bilan ishlashga tayyorligi;

Markaziy bankning raqamli valyutani emissiya qilish modeli (ikki darajali yoki to‘g‘ridan-

to‘g‘ri).

Xitoyda e-CNY joriy etilishi orqali 300 milliondan ortiq tranzaksiya amalga oshirildi va bu

orqali fiskal siyosatning aniq ta’siri kuchaytirildi. Shvetsiyada e-krona markaziy bank orqali

yuritiladi va banklar raqamli valyutani to‘lov vositasi sifatida qabul qilmoqda.

O‘zbekiston uchun quyidagi amaliy tavsiyalar ilgari suriladi:

“Raqamli so‘m” konsepsiyasini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish;

Tijorat banklarida CBDC uchun pilot dasturlar ishlab chiqish;

Oliy ta’lim va professional markazlarda texnologik kompetensiyalarni shakllantirish;

Raqamli aktivlar bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik (Turkiya, Qozog‘iston, BAA) o‘rnatish.

Xulosa.

Raqamli valyutalar, ayniqsa Markaziy banklar raqamli valyutalari (CBDC), zamonaviy

moliyaviy tizimni yangilash va bank operatsiyalarini optimallashtirish uchun asosiy vositaga

aylanmoqda. Global moliyaviy institutlar — Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF), Bank for

International Settlements (BIS) va Jahon banki — CBDC'ni iqtisodiy barqarorlik, moliyaviy

inklyuziya va fiskal nazoratni kuchaytiruvchi omil sifatida ko‘rmoqda.

O‘zbekiston bank tizimi hozirda raqamli transformatsiyaning ilk bosqichlarida bo‘lib, bu

jarayonda CBDC'ni bosqichma-bosqich joriy qilish orqali banklar va moliyaviy muassasalar

texnologik rivojlanishning yangi pog‘onasiga ko‘tarilishi mumkin. Avtomatlashtirilgan

boshqaruvning asosini tashkil qiluvchi blokcheyn texnologiyasi, smart-kontraktlar, regulyativ

texnologiyalar (RegTech), API integratsiyasi va sun’iy intellekt O‘zbekistonda tranzaksiya

tezligi, xavfsizligi va shaffofligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Shuningdek, xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, CBDC'lar banklar uchun emas, balki butun

iqtisodiyot uchun foyda keltiradi. Masalan, Xitoyda e-CNY joriy etilishi natijasida

transchegaraviy to‘lovlar muddati 3 baravarga qisqargan (PBOC, 2023), Shvetsiyada esa e-

krona yordamida naqd pul aylanmasi 20% ga kamaygan (Sveriges Riksbank, 2022).

Shunday qilib, O‘zbekiston bank tizimi uchun CBDC asosida raqamli valyuta operatsiyalarini

avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish — bu texnologik zaruratdan tashqari, moliyaviy

suverenitetni mustahkamlovchi, iqtisodiy samaradorlikni oshiruvchi strategik imkoniyatdir.

Texnologik yo‘l xaritasi bu yo‘nalishda aniq harakatlar rejasini belgilab, milliy moliyaviy

tizimni global tendensiyalar bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

Qodirov, Farrux, and Husniya Ergasheva. "INVESTITSIYALARNI JALB QILISH VA UNING

SAMARADORLIGI."

Общественные науки в современном мире: теоретические и

практические исследования

3.11 (2024): 64-69.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“Innovatsion rivojlanish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. 2022.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki statistik axborotnomasi, 2023.

3.

Schumpeter J. A. (1934).

The Theory of Economic Development

.

4.

OECD. (2021).

Fostering Innovation through Financial Instruments

5.

World Bank. (2023).

Financing Innovation: Global Trends

6.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisobotlari –

www.cbu.uz

7.

Kodirov, Akbar Shuxratovich, and Muborak To‘Lqin Qizi Nomozova. "MASOFAVIY

TALIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLI ASOSLARI."

Academic research in

educational sciences

4.CSPU Conference 1 (2023): 753-756.

8.

Kodirov, Akbar, Gulasal Ruziyeva, and Marjona Yusupova. "ELEKTRON QO

‘LLANMALAR YARATISHDA AUTOPLAY DASTURIDAN FOYDALANISH VA IMKONIYATLARINI

TA’LIM TIZIMDA TALQIN ETISH."

Наука и технология в современном мире

3 (2024): 51-55.


background image

113

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

9.

Shuxratovich, Kodirov Akbar. "KATTA MA’LUMOT BAZALARINI PARALLEL ISHLOV

BERISH USULLARINI VA MODELLARINI O’RGANISH."

Journal of new century innovations

43

(2023): 93-95.

10.

Shuxratovich, Kodirov Akbar. "VATANIMIZDA VENDING NUSXALASH MASHINASINI

AMALDA QO’LLASHNING SAMARADORLIGI."

Journal of new century innovations

43 (2023):

90-92.

11.

Shuxratovich, A. K. "The importance and advantages of using information technologies

in education."

Galaxy International Interdisciplinary Research Journal

10.1 (2022): 46-50.

12.

Usmon o‘g‘li, Musirmanov Shohboz. "AKTUAR MOLIYA VA BUXGALTERIYA HISOBI

ILMIY JURNALI."

13.

Qodirov, F. E., et al. "PROBLEMS AND SOLUTIONS FOR EFFECTIVE PROTECTION

AGAINST NETWORK ATTACKS."

НАУКОЕМКИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ КАК ОСНОВА

ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ

(2019): 93.

14.

Jo‘rayeva, Feruza, and Sarvinoz Xurramova. "MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH

TIZIMLARI TAHLILI."

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения

3.11

(2024): 8-12.

15.

Турсунова,

Луиза

Шамсиддинов

Гиесжон.

"ОБРАЗ

ПЕДАГОГА

В

ИНФОРМАЦИОННОМ МИРЕ."

Uz-conferences

. No. 1. 2024.

16.

Абдувалиева, Зебинисо Абдулхамидовна, and Луиза Комиловна Турсунова.

"МАТЕМАТИЧЕСКИЙ АППАРАТ МЕТОДОВ ПРИНЯТИЯ РЕШЕНИЯ ДОКУМЕНТООБОРОТА

В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ."

International Journal of Contemporary Scientific and Technical

Research

(2022): 296-299.

17.

Israilovich, Djumanov Olimjon, and Tursunova Luiza Komilovna. "MECHANISMS FOR

OPTIMIZATION OF DETECTION AND CORRECTION OF ERRORS IN COMPUTER TEXT

PROCESSING SYSTEMS."

Journal of Engineering And Technology Research

10.1 (2022): 1-7.

18.

Qodirov, F. E., O. D. Doniyorov, and H. Shokirov Sh. "Basic concepts of information

security in information systems. Wide threats and their consequences."

концепции

устойчивого развития науки в современных условиях

(2021): 153-155.

19.

Bozorova, Irina Jumanazarovna, and Dilfuzaxon Mamasharipovna Karayeva. "Modern

programming technologies and their role."

интеллектуальный капитал xxi века

. 2020.

20.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda har bir

hududning о ‘ziga xos xususiyatlari."

Scientific Journal of Actuarial Finance and

Accounting

4.09 (2024): 178-183.

21.

Qodirov, Farrux, and Sabrina Turayeva. "IOT (INTERNET OF THINGS) ORQALI SANOAT

ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH."

Общественные науки в современном мире:

теоретические и практические исследования

4.7 (2025): 75-83.

22.

Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical

services through econometric modeling and forecasting options."

academy. uz/index. php/yo

.

Библиографические ссылки

Qodirov, Farrux, and Husniya Ergasheva. "INVESTITSIYALARNI JALB QILISH VA UNING SAMARADORLIGI." Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования 3.11 (2024): 64-69.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion rivojlanish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. 2022.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki statistik axborotnomasi, 2023.

Schumpeter J. A. (1934). The Theory of Economic Development.

OECD. (2021). Fostering Innovation through Financial Instruments

World Bank. (2023). Financing Innovation: Global Trends

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisobotlari – www.cbu.uz

Kodirov, Akbar Shuxratovich, and Muborak To‘Lqin Qizi Nomozova. "MASOFAVIY TALIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLI ASOSLARI." Academic research in educational sciences 4.CSPU Conference 1 (2023): 753-756.

Kodirov, Akbar, Gulasal Ruziyeva, and Marjona Yusupova. "ELEKTRON QO ‘LLANMALAR YARATISHDA AUTOPLAY DASTURIDAN FOYDALANISH VA IMKONIYATLARINI TA’LIM TIZIMDA TALQIN ETISH." Наука и технология в современном мире 3 (2024): 51-55.

Shuxratovich, Kodirov Akbar. "KATTA MA’LUMOT BAZALARINI PARALLEL ISHLOV BERISH USULLARINI VA MODELLARINI O’RGANISH." Journal of new century innovations 43 (2023): 93-95.

Shuxratovich, Kodirov Akbar. "VATANIMIZDA VENDING NUSXALASH MASHINASINI AMALDA QO’LLASHNING SAMARADORLIGI." Journal of new century innovations 43 (2023): 90-92.

Shuxratovich, A. K. "The importance and advantages of using information technologies in education." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.1 (2022): 46-50.

Usmon o‘g‘li, Musirmanov Shohboz. "AKTUAR MOLIYA VA BUXGALTERIYA HISOBI ILMIY JURNALI."

Qodirov, F. E., et al. "PROBLEMS AND SOLUTIONS FOR EFFECTIVE PROTECTION AGAINST NETWORK ATTACKS." НАУКОЕМКИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ КАК ОСНОВА ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ (2019): 93.

Jo‘rayeva, Feruza, and Sarvinoz Xurramova. "MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI TAHLILI." Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения 3.11 (2024): 8-12.

Турсунова, Луиза Шамсиддинов Гиесжон. "ОБРАЗ ПЕДАГОГА В ИНФОРМАЦИОННОМ МИРЕ." Uz-conferences. No. 1. 2024.

Абдувалиева, Зебинисо Абдулхамидовна, and Луиза Комиловна Турсунова. "МАТЕМАТИЧЕСКИЙ АППАРАТ МЕТОДОВ ПРИНЯТИЯ РЕШЕНИЯ ДОКУМЕНТООБОРОТА В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ." International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2022): 296-299.

Israilovich, Djumanov Olimjon, and Tursunova Luiza Komilovna. "MECHANISMS FOR OPTIMIZATION OF DETECTION AND CORRECTION OF ERRORS IN COMPUTER TEXT PROCESSING SYSTEMS." Journal of Engineering And Technology Research 10.1 (2022): 1-7.

Qodirov, F. E., O. D. Doniyorov, and H. Shokirov Sh. "Basic concepts of information security in information systems. Wide threats and their consequences." концепции устойчивого развития науки в современных условиях (2021): 153-155.

Bozorova, Irina Jumanazarovna, and Dilfuzaxon Mamasharipovna Karayeva. "Modern programming technologies and their role." интеллектуальный капитал xxi века. 2020.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda har bir hududning о ‘ziga xos xususiyatlari." Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting 4.09 (2024): 178-183.

Qodirov, Farrux, and Sabrina Turayeva. "IOT (INTERNET OF THINGS) ORQALI SANOAT ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH." Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования 4.7 (2025): 75-83.

Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical services through econometric modeling and forecasting options." academy. uz/index. php/yo.