Авторы

  • Shadliq Tilepov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.83461

Аннотация

Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida tarqalgan mayna qushi — Acridotheres tristisning bioekologik xususiyatlari, tarqalish areallari va inson omilining bu tarqalishga ta’siri batafsil o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida ushbu qush turining antropogen landshaftlarga yuqori darajada moslashganligi, ayniqsa shaharlar, qishloqlar, agrotsenozlar kabi madaniy landshaftlarda zich yashashi qayd etilgan. Maqolada shuningdek, maynaning tarixiy tarqalish bosqichlari, uning cho‘l hududlariga kirib borishidagi cheklovchi va rag‘batlantiruvchi omillar, mavsumiy harakatlari va agroekologik tizimlarga ta’siri ham ilmiy asosda tahlil etilgan.


background image

135

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

QORAQALPOGʻISTONDA TARQALGAN MAYNANING

ACRIDOTHERES, TRISTIS, BIOEKOLOGIK

XUSUSIYATLARI VA AHAMIYATI

Tilepov Shadliq Uzaqbayevich

QMU Magistr

https://doi.org/10.5281/зенодо.15319612

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 16-aprel 2025 yil

Ma’qullandi:20-aprel 2025 yil

Nashr qilindi: 30-aprel 2025 yil

Mazkur

maqolada

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi hududida tarqalgan mayna qushi —

Acridotheres tristisning bioekologik xususiyatlari,

tarqalish areallari va inson omilining bu tarqalishga

ta’siri batafsil o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida

ushbu qush turining antropogen landshaftlarga yuqori

darajada

moslashganligi,

ayniqsa

shaharlar,

qishloqlar, agrotsenozlar kabi madaniy landshaftlarda

zich yashashi qayd etilgan. Maqolada shuningdek,

maynaning tarixiy tarqalish bosqichlari, uning cho‘l

hududlariga

kirib

borishidagi

cheklovchi

va

rag‘batlantiruvchi omillar, mavsumiy harakatlari va

agroekologik tizimlarga ta’siri ham ilmiy asosda tahlil

etilgan.

KEY WORDS

Acridotheres tristis, mayna,

sinantrop

qush,

bioekologiya,

antropogen landshaft, tarqalish

areali, cho‘l ekotizimi, agrotsenoz,

ozuqa resurslari, urbanizatsiya

Mayna (Acridotheres tristis L., 1766) chumchuqsimonlar turkumi Passeriformes,

chumchuqlar oilasi Sturnidae, mayna Acridotheres avlodiga kiradi. Yer yuzida uning 12 ta

kichik turi tarqalgan. Maynaning Acridotheres tristis kichik turi Hindiston, Birma, Pokiston,

Afgʻoniston, Markaziy Osiyo Respublikalari, Qozogʻistonning janubi va sharqida tarqalgan.

(1.1-rasm).

1.1-rasm. Maynaning yer yuzida geografik tarqalish areallari


background image

136

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

Mayna Acridotheres tristis tristis Hindistonda keng tarqalganligi uchun "hind chumchugʻi,"

baʼzan "chigirtka chumchugʻi" deb ham ataladi, lotincha nomi esa "chigirtka ovchisi"

maʼnosiga ega.
Tanasining orqa va qorin tomoni jigarrang, tumshugʻi va koʻzlarining atrofi sariq.

Qanotlarining ostki qismi ola, dumi va qanoti kalta, boshi nisbatan katta boʻlib keladi.

Tanasining uzunligi 25-15 sm, ogʻirligi 40-50 gr.
Boshining ustida (tepasida) qisqa kokili, popugi boʻlib aspid-qora rangdagi patlardan iborat.

Orqasining usti qoʻngʻir shokolad rangda. Tomogʻining osti qora-kulrang, qornining oʻrtasi oq,

undan pastki tomoni qizgʻish-qoʻngʻir. Yoyilgan qanotida katta oq tamgʻa bor. Yosh

qushlarning popugi kokili boʻlmaydi, boshining usti qora, qoʻngʻir va yaltiramaydi.

Tomogʻining oʻrta qismi, orqasidagi patlar chetida oqish boʻladi (1.2 rasm).

1.2-rasm. Mayna

Acridotheres tristis

Bugungi kunda maynaning Rossiya Federatsiyasi hududida ham uchrashi haqida ayrim

maʼlumotlar bor. Xususan, maynaning 1930-yillarda Janubi-Gʻarbiy Sibirda uchramagan,

uning kutilmaganda uchib kelgan vakillari 1967-yilda Tomskda, 1989-yilda Orenburg

viloyatida, 2010-yilda Novosibirsk viloyatida tarqalishi aniqlangan. Maynaning baʼzan

guruhlar holida Rossiyadagi chorvachilik fermalarida, hatto Moskva atrofidagi posyolkalarda

uya qurib oʻtroq yashashi haqida maʼlumotlar bor (Jukov, 2010). Osiyoning janubidagi tropik

iqlimli hudud (Hindiston, Xitoy) maynaning tabiiy tarqalish areali hisoblanadi (1.1-rasm).

Maynaning Yer yuzida tarqalish xususiyati boshqa qush turlaridan tubdan farq qiladi. Tabiiy

tarqalish bilan bir qatorda, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika, Tinch va Hind

okeanining koʻplab orollari va Atlantika okeanining janubiy qismiga introduksiya qilingan

(Jizn jivotnıx, 1986).


background image

137

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

Mayna dastlab zararkunanda hasharotlarni qirishda juda faolligi bilan odamlarni qiziqtirgan

va bu faolligi tufayli odamlarga tanish tur hisoblangan. 1772-yilda dastlab zararkunandalarga

qarshi kurash maqsadida turlarni introduksiya qilish tajribasi aynan mayna ustida amalga

oshirilgan. Shu maqsadda, qand lavlagini uning xavfli zararkunandasi hisoblangan qizil

chechakdan himoya qilish uchun mayna Hindistondan Hind okeanidagi Mavrikiy orollariga

introduksiya qilingan. Ushbu tajriba muvaffaqiyatli boʻlgan va shu asosda mayna Shimoliy

Amerika, Afrika, Avstraliya, Isroil, Yangi Zelandiya, Markaziy Osiyo va Tailandga tarqalgan.

Maynani Markaziy Osiyo uchun invaziv tur sifatida tavsiflashga bir qator asoslar mavjud.

Xususan, uning Oʻzbekiston va Qozogʻistonda tarqalishida antropoxoriya hodisasi alohida

ahamiyatga ega.
Mayna XX asrda ekzotik tur sifatida hayvonot bogʻlari uchun eksponat sifatida, uyda saqlash

va boshqa maqsadlar uchun oʻzining tabiiy tarqalish arealidan shimolda joylashgan

hududlarga keltirilgan hamda tutqunlikda koʻpaytirilgan (Satayeva, Gnedovskaya, 2010).
Bugungi kunda esa Janubi-Gʻarbiy Qizilqumning barcha antropogen landshaftlarida tarqalgan.

Yuqoridagilarga tayangan holda aytishimiz mumkinki, uning Oʻzbekiston, Qozogʻiston,

Rossiyaning ayrim antropogen landshaftlarida tarqalishida inson omili asosiy rol oʻynagan va

bu tarzda tarqalish maynaning tabiiy tarqalishiga nisbatan yuqori turadi. Mayna oʻtgan asrda

oʻzining tarqalish arealini kengaytirishi natijasida Markaziy Osiyo respublikalarida keng

tarqaldi va bu jarayon hozirgi kunda ham davom etmoqda. Ammo faqat arealining kengligi,

balki sonining koʻpligi, ayni vaqtda mintaqa boʻylab shimoli-sharqiy yoʻnalishda yangi

hududlarga kirib borayotganligi bilan va yana boshqa turlardan ajralib turadi.
Mayna Oʻzbekistonda oʻtroq holda yashovchi, madaniy landshaftlar (shaharlar, qishloqlar,

agrotsenozlar va h.k.) boʻylab arealini tez surʼatlar bilan kengaytirayotgan tur hisoblanadi.

Adabiyotlarda maynaning tarqalishiga oid materiallar juda koʻp uchraydi. Ularda uning

tarqalish yoʻnalishlari, u yoki bu mintaqaga kirib kelish muddatlari, tarqalishning yillik

oʻrtacha oraligʻi va tezligi haqida maʼlumotlar keltirilgan. Ushbu materiallarning tahlili shuni

koʻrsatadiki, maynaning tarqalish tezligi va arealini kengaytirish hisobiga yangi joylarni

egallash muddatlariga oid maʼlumotlar oʻzaro mos kelmasligi sababli maynaning ahamiyati va

ekologiyasi bilan bogʻliq mavjud holatni baholash uchun yetarli emas. Maynaning Yer yuzida

tarqalishini, arealini u yoki bu yoʻnalishda kengaytirishini tabiiy tarqalish deb atashga toʻliq

asoslar yoʻq. Bunday tarqalishda sunʼiy omillar, xususan, introduksiya hodisasi va madaniy

landshaftlarning kengayishi bilan bogʻliq xususiyatlar yetakchi oʻrin egallaydi. Shu nuqtayi

nazardan qaraganda, maynaning tarqalishi va uning yashash muhitlaridagi son koʻrsatkichlari

madaniy landshaftlarning shakllanganlik darajasiga, joylashuviga, landshaftlar tarkibi (aholi

zichligi, faolligi, agrotsenozlar turi va boshq.) maynaning ekologik va etologik xususiyatlariga

mos kelishiga chambarchas bogʻliq.
Qizilqum choʻlida shakllangan aholi turar joylari, antropogen taʼsirlarning irrigatsiya

markazlari boʻlib xizmat qiladi. Bunday markazlarning taʼsir kuchi va koʻlami aholi turar

joylari, agrotsenozlarning choʻl bilan chegaradosh qismlarida yaqqol namoyon boʻladi. Bunday

chegara zonalarda (kanallar, kollektor-zovurlarga tegishli gidrotexnik inshootlar, koʻpriklar,

chorvachilik komplekslariga tegishli turli inshootlar) maynalarning duch kelishi belgilanadi.

Bu kabi irrigatsiya markazlari aholi turar joylari, atrofida joylashgan tabiiy zonalar

ekologiyasida ham alohida oʻrin tutadi. Qizilqum mintaqasida maynaning tarqalishi, soni va

dinamikasi juda koʻp omillarga, xususan, topik, trofik, antropik sharoitlarga, madaniy

landshaftlarning rivojlanish darajasi, koʻlami va xususiyatlariga, aholi zichligi, uning faoliyat

yoʻnalishlariga va boshqalarga bogʻliq boʻladi (Rayimov, 2018, 2019).
1990-yillardan boshlab bugungi kungacha, Janubi-Gʻarbiy Qizilqumda chorvachilik xoʻjaliklari

va ushbu majmuaga tegishli tizim tubdan qisqardi. Choʻl ekotizimiga chuqur kirib borgan bu


background image

138

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

sohaga tegishli maydonlar, qishloqlar hamda bu joylardagi aholi sonining (Tomdi, Konimex,

Qorakoʻl, Xoʻjam-Sayod, Jangeldi va b.) qisqarishi bu joylarda maynalar sonining ham maʼlum

darajada kamayishiga sabab boʻldi. Ushbu oʻzgarishlar maynalarning choʻl ekotizimiga yanada

chuqur kirib borishini cheklovchi omilga aylandi. Aholining yashash uchun qulay boʻlgan aholi

turar joylariga (tuman markazlari, shaharlar, qishloqlar) toʻplanishi maynalarning ham choʻl

zonasidan aholi zich boʻlgan, urbanizatsiya darajasi yuqori boʻlgan joylarga qayta

"koʻchishi"ga sabab boʻlmoqda. Adabiyotlarda maynaning koʻpayish biologiyasi bilan bir

qatorda, uning tarqalishi va arealini kengaytirishga oid juda koʻp maʼlumotlar uchraydi

(Shernazarov, 1995; Ishunin, 2016; Baqoyev, 1994; Laxanov, 1967).
Belgilangan jarayonlar maynaning choʻl zonasiga chuqur kirib borishini taʼminlaydigan

omillarning minimallashtirilishiga va aksincha, uning tarqalishini sekinlashtiruvchi va baʼzan

cheklovchi omillarning shakllanishiga olib kelmoqda. Ushbu holat oʻz navbatida maynaning

aholi turar joylarida yanada koʻproq toʻplanishiga hamda uning ahamiyati bilan bogʻliq

masalalar dolzarbligining yanada oshishiga sabab boʻlishi mumkin. Tadqiqotlar natijasida

maynaning Janubi-Gʻarbiy Qizilqumda sporadik tarqalishi, yaʼni inson tomonidan

oʻzlashtirilgan, yashash uchun qulay boʻlgan joylarni tanlashi aniqlandi. Ularning notekis

tarqalishi va oʻzlashtirilayotgan maydonlarni toʻliq egallamasligi maynaning hayot sikllarini,

eng avvalo, koʻpayishini taʼminlaydigan omillarning miqdori va sifati bilan bogʻliq. Ushbu

omillar nisbatan optimal boʻlgan toʻliq oʻzlashtirilgan madaniy landshaftlarda maynaning

zichligi yuqori boʻlishi yozib qoʻyildi.
Sinantrop qushlar ichida oddiy mayna ekologik jihatdan moslashgan qushlar sirasiga kiradi.

Qoraqalpogʻiston hududiga mayna birinchi marta 1958-yilning fevralida Sarimoy oʻrmoniga,

sentyabr va oktyabrda Qulatov va Matniyoz iliq oʻrmonlariga kirib kelgan boʻlsa 1961-yili

mayna Toʻrtkoʻlda oʻtroq qushga aylangan, 1962-yili esa Baday oʻrmonida uyalay boshlagan.

1963-yili mayna Nazarxon aholi punktlarida uchragan. 1964-yildan boshlab mayna Nukus

shahrining oʻtroq qushiga aylangan. 1970-yilning mart oylarida 2 bosh mayna Xoʻjayli

shahrida uchraydi (Ametov, 1981). 1971-yilning oktyabr oyidan boshlab mayna Qoʻngʻirot

tumanining atrofidagi mol fermasida uchragan degan maʼlumotlar bor. 1975-yili iyulda

maynaning 7 zotining Qoraoʻzak markazidan janubga qarab uchib oʻtganligi kuzatilgan

(Ametov, 1981). 1976-yili 5-avgustda Chimboy shahri Gʻisht zavodida 5 bosh maynaning

borligi hisobga olingan va ularning ikkinchi yili shu yerda doimiy yashab turganligi maʼlum

boʻlgan. 1975-yildan boshlab mayna Moʻynoq tumanining Qarajar va Qiziljar aholi punktlarida

uchrashi haqida maʼlumotlar bor.
Mayna hozirgi vaqtda Qoraqalpogʻiston hududida keng tarqalgan sinantrop qushga aylangan

tur hisoblanadi. Bu qush turi Qizilqum choʻli va Ustyurt tekisligida temir yoʻl boʻylab va

artezian quduq suvlari taʼsirida paydo boʻlgan Mikrooazis uchastkalari boʻylab Qizilqumga

chuqur kirib aholi punktlarida doimiy yashaydigan qush turi boʻlib turibdi.
Masalan: Noʻkisdan 300 km Taxtakoʻpirdan 200 km dan ortiq Sharqiy shimoldan eski

Yangidaryo boʻyida joylashgan Choʻponqazgʻan (qudugʻi) posyolkasidagi vaboga qarshi

stansiyasining laboratoriyasidagi shifer ostidagi tepasidagi kabutarlar bilan birga uya qurib

tuxum qoʻyib doimiy yashaydi. Uni ushbu muassasa biologlari bir necha bor kuzda va bahorda

uchratgan. 2000-2004 yillar davomida ular tunda kaptar ovlaganda Mayna qushida qoʻshib

ushlagan (G.Asenov kundaligidan). Kunduzi qaraganda kaptar uyalaridagi oq rangdagi

tuxumlardan tashqari, osmon rangidagi tuxumi bor uyalarni ham koʻrib, uni kimniki

ekanligini aniqlash uchun prof. Asenovga koʻrsatib soʻrab aniqlagan zoolog-Babanazarov va

Shaniyazovlar.
2002-yil may oyida, 2003-yil iyul va sentyabr, noyabr.


background image

139

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

oylarida Ustyurtning Yoshlik posyolkasida vaboga qarshi laboratoriyasi atrofida va undagi

bozorjoy atrofida, isitish qozonxonasi yogʻochlarida qoʻnib va yerda yoyilib yurgan bir necha

juft maynalarni koʻrganligi haqida maʼlumot beradi.
Mayna Oʻzbekistonning qushlar turkumida soni juda koʻp boʻlgan turlar qatoriga kiradi. Lekin

uning soni respublikamizdagi turli ekosistemalarda, biotoplarda turlicha koʻrsatkichlarga ega.

Mahalliy sharoitda maynaning ahamiyatini baholash, uning sonini boshqarish borasidagi

chora-tadbirlarni amalga oshirish, turli landshaftlar misolida oʻrganish muhim ahamiyatga

ega.
Janubi-Gʻarbiy Qizilqumning tabiiy landshaftlaridagi antropogen elementlar bu mintaqani

oʻzlashtirishning dastlabki bosqichlarida paydo boʻlgan. Bunday elementlarga chorvachilik,

oʻrmonchilik, ovchilik va suv xoʻjaliklariga tegishli turli inshootlar (binolar, molxonalar,

quduqlar, daraxtzorlar va boshqalar), kommunikatsiya infratuzilmalari (yoʻllar, koʻpriklar,

quvurlar, elektr uzatkichlar) va boshqalar misol boʻladi. Tadqiqot oʻtkazilgan joylarda

maynaning tabiiy landshaftlarga chuqur kirib borganligi va baʼzan aholi turar joylaridan

ancha uzoqda uchrashi aniqlandi. Maynaning bunday joylarda uchrashini taʼminlaydigan

asosiy omillarga uya qurish joylari, suv va ozuqa manbalarining mavjudligi hisoblanadi

(Rayimov, 2019; Ryabov, 1949). Maynaning Janubi-Gʻarbiy Qizilqumning oʻzlashtirilmagan

qismida tarqalishi yuqorida belgilangan antropogen elementlar bilan chegaralanadi. Tabiiy

landshaftdagi antropogen elementlarda maynaning oʻrtacha yillik soni 10 ga da 5,2 (3-9) ni

tashkil etgan. Eng yuqori koʻrsatkich mart-may oylariga (7-9), eng past koʻrsatkich iyul-

oktyabr (3-4) oylariga toʻgʻri keladi (Rayimov, 2019). Bahorda va yoz mavsumining boshida

ularning soni va uchrash chastotasining yuqori boʻlishi kam sonli uya qurish binolarini

egallashga boʻlgan raqobatning kuchayishi va yetarli ozuqa resurslarining mavjudligi bilan,

boshqa mavsumlarda uning soni kamayishi esa agrotsenozlar va aholi turar joylarida

maynalarning oziqlanishi uchun qulay boʻlgan mevalarning pishishi, turar joylarning

mavjudligi bilan tushuntiriladi. Asosan iqlim bilan bogʻliq bu kabi mavsumiy oʻzgarishlar

mayna populyatsiyalarining qisqa kunlik va mavsumiy koʻchib yurishiga sabab boʻladi.
Mintaqaning oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda chorvachilik yuritishda koʻpincha suv

havzalari atrofidan foydalaniladi. Oʻrganishlar natijasida Toʻdakoʻl, Quyimozor, Shoʻrkoʻl suv

bazalari, Qoraqir, Tuzkon, Zikri va Xadicha koʻli atrofidagi gidroinshootlar, choʻponlar va

chorva mollari uchun moʻljallangan turli jihozlar maynalarning oziqlanishi, koʻpayishi va

tunashi uchun qulaylik yaratishi aniqlangan. Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, tabiiy

landshaftdagi antropogen elementlar hayvonot dunyosining, xususan, maynaning choʻl

zonasiga chuqur kirib borish orqali keng tarqalishini taʼminlaydigan alohida yashash muhiti,

tarqalish yoʻli boʻlib xizmat qiladi.
Mayna oʻzining tarqalish areali ichida aholi punktlarida juda koʻp sonli qush. E.Ch.Annаеva

(1966) maʼlumotlariga koʻra Sharmangʻidan Dargʻon-otagacha boʻlgan aholi punktlarida u

juda koʻp sonda uchraydi. Ammo uning arealining shimoliy chegarasidan boshqa joylarda

yaʼni yaqin vaqtlar ichida tarqalgan joylarda oʻrtacha sonda, ayrim joylarda siyrak uchraydi,

hali juda oz misol. Tuyamoʻyin atrofi aholi punktlarida. Palvarta maktab bogʻida oʻtkazilgan

hisob boʻyicha 1963-yili mart oyida ertalabki vaqtda 45 minut ichida oʻsha yerda oʻtirgan 10

bosh, 176 bosh uchib qoʻnib yurgan, hisobga olingan. 24-fevralda ertalabki soat 700-900

oraligʻida, yaʼni 2 soat ichida shu qishloqning mol qoʻrasining ovqat berish joyiga turli

tomondan 693 bosh maynalar juft-juft, toʻp-toʻp boʻlib (10-20 boshdan) yigʻilib mol oziqlar

agʻdarib, makkajoʻxori, silos qoldiqlarining, mollarning ustida minib oʻtiradi. Kerki tumani

hududida 1,5 soat ichida 42 bosh mayna hisobga olingan. Charshinga posyolkasidagi

oʻtkazilgan marshrut hisobiga bir soat ichida 26 bosh mayna uchragan. Karlyuk posyolkasida

soat 12 dan 2000 gacha 12 bosh mayna, Gaurdak posyolkasida bir soat ichida 2 mayna,

Svincovıy rudnik posyolkasida ertalab 1,5 soat ichida 28 bosh hisobga olingan.


background image

140

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

Shunday qilib Turkmanistonda mayna Amudaryo qirgʻogʻidagi aholi punktlarida oddiy va koʻp

sonli sinatrop qush hisoblanadi. Arealaning kengayib borayotgan joylarida ular hali oz

miqdorda uchraydi.
Agrar sohaga ilgari juda kam maydonga ekilgan yoki deyarli ekilmagan oʻsimliklarning (soya,

mosh, qalampir, mevali daraxtlarning pakana navlari) kirib kelishi, bogʻdorchilikka intensiv

usullarning keng joriy etilishi va uzumzorlar maydonining kengayishi bu yerdagi

zootsenozlarning tarqalishi, tarkibi va ekologik xususiyatlarining oʻzgarishida namoyon

boʻlmoqda. Agrotsenozlarni qushning yashash muhiti sifatida oʻrganish amaliy

ornitologiyaning muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblangan "Parrandachilik va qishloq xoʻjaligi"

masalalarida ijobiy ahamiyatga ega. Paxta agrotsenozlarida bajariladigan agrotexnik tadbirlar

maynaning uchrashini maʼlum darajada cheklovchi omillardan biri boʻlishiga qaramasdan, bu

yerda murakkab trofik munosabatlar shakllangan. Tadqiqotlar davomida paxta va gʻallani

qayta ishlash jarayonida hasharotlarning dashtni kesib oʻtgan yoʻllar atrofiga toʻplanishi,

transport vositalarining harakatlanishi oqibatida ularning shoshilib uchishi, bu yerga

maynalarning koʻplab kelishi aniqlandi. Maynalarning katta-kichik guruhlar holatida

agrotsenozlar va yaylovlarni kesib oʻtgan avtotransport va temir yoʻllar atroflarida

hasharotlar bilan oziqlanishi respublikamizning barcha viloyatlarida aniqlanadi. Xususan,

2012-yilning 10-mayida Toshkent-Samarqand yoʻnalishidagi temir yoʻlning oʻng tomonida 6

guruh maynalar duch keldi va ularning har birida 60-200 tadan qush borligi kuzatildi

(Rayimov, 2019).
Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda baland boʻlib oʻsayotgan mahalliy bogʻlar oʻrnini intensiv

bogʻlar egallashi va maydonining kengayishi bu kabi bogʻlarning maynalar hayotidagi

ahamiyatining biroz pasayishiga, yaʼni bu joylarda maynalar sonining kamayishiga olib

kelmoqda. Ushbu holatni intensiv bogʻlardagi mevali daraxtlar boʻyining pastligi sababli

maynalarning tunashi uchun noqulayligi, qator oralariga ishlov berish, kimyoviy preparatlar

qoʻllash va boshqa agrotexnik tadbirlarning intensivligi bilan asoslash mumkin. Xususan,

2000-2010 yillarda Buxoro viloyatidagi mahalliy mevali bogʻlarda maynalarning 4 kecha

tunash uchun toʻplanadigan joylari belgilangan boʻlsa, ularning oʻrnida qayta qurilgan intensiv

bogʻlarda bunday joylar tilga olinmagan. Maynalar soni intensiv bogʻlarda mahalliy bogʻlarga

qaraganda kamroq boʻlishi aniqlangan.
A.Mambetjumaev (1960) maʼlumotlari boʻyicha mayna Qoraqalpogʻistonning janubiy uchatkalarida,

Amudaryo boʻyidagi aholipunktlariga, toʻqaylargayangitarqalibkiribkelayotgan qush turi hisoblanadi

va bosh soni hali oz, faqat 1-2 juft boʻlib yuradi. M.B.Ametov (1981) mayna arealining 20 yil ichida

Toʻrtkoʻldan Moʻynoq rayonigacha yaʼni 350-400 km gacha shimolga tarqalib arealini kengaytirganligi,

ayrim shaharlarda (Nukus, Chimboy va h.k) oʻtroq sinantrop qushga aylanganligini koʻrsatib son

miqdorining joylardaoʻzlashtirish vaqtigabogʻliqhar xilekanligihaqidamaʼlumotberadi.
Mayna qushi Nukus shahrining barcha joylarida uchraydigan keng tarqalgan koʻp sonli qush

hisoblanadi. Bizlarning oʻtkazgan hisob-kitobimiz boʻyicha shaharning barcha joylarida ularning soni

bir emas, uchrashishi ham shunday. 2022-2023 yillarda oʻtkazilgan kuzatuv-hisob-kitob ishlarimiz

boʻyichaquyidagilarniaytishimiz mumkin.
A.Dosnazarov koʻchasi janubda Temir yoʻl vokzalidan boshlab shimolda Avtovokzalgacha choʻzilib

uzunligi 12 km. Shu oraliqda turli mavsumda va turli vaqtlarda oʻtkazilgan hisob-kitob ishlarimizda

ularning soni turli koʻrsatkichlarga ega boʻladi. Masalan, 2022 yil yanvarda soat 1000 dan 1200 gacha

vaqt oraligʻida 14 mayna, soat 1600 dan 1700 gacha 11 mayna hisobgaolinsa, may oyida shu vaqtlarda

uchraganmaynasoni23tadan37 tagayetdi.
2022 yil avgust-sentyabr oylarida oʻtkazilgan hisob-kitobda Nukus shahrining Islom Karimov

koʻchasida 5 km masofada 19 va 28 mayna hisobga olindi. Eski shaharda Sadriddin Ayniy koʻchasi


background image

141

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

boʻylab ertalabsoat08.00-09.00oraligʻida12 tamaynauchradi. MatekeJumanazarov koʻchasida1500-

1600 soat orasida 3 km masofada 42 mayna hisobga olindi. Oʻroq-bolgʻa qishlogʻida 3 km masofada

1300-1400 soatlarda18tamaynauchradi.
Maynaning turli yashash muhitlaridagi son koʻrsatkichlarini taqqoslash va tahlil qilish orqali uning

yashashi uchun zarur ahamiyatga ega boʻlgan omillarni hamda bu omillarning optimal darajalarini

aniqlash mumkin. Tadqiqotlar olib borilgan aholi turar joylarida, qishloqlar va bevosita ular joylashgan

joydagi sanoat ishlab chiqarish obyektlari, maishiy chiqindixonalar, istirohat bogʻlari va xiyobonlarni

oʻz ichiga oladi. Oʻrganishlar natijasida aholi turar joylarida maynalar soni ular yashaydigan boshqa

muhitlarga qaraganda juda koʻp boʻlishi aniqlandi. Bu holat aholi turar joylari maynalar hayot siklining

barcha bosqichlariga nisbatan qulayligi bilan asoslanadi. Maynaning kuchli sinantropizatsiyalanish va

moslashuvchanlik qobiliyati hamda ekologik valentligining yuqoriligi uning aholi turar joylaridagi turli

statsiyalarni egallashida ham yaqqol namoyon boʻladi. Soʻnggi yillarda aholi turar joylarida amalga

oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, oziq-ovqat va boshqa sanoat obyektlarining sifat va miqdor

jihatdan ortishi hamda turar joy va boshqa binolar qurilishiga nisbatan turlicha meʼmoriy

yondashuvlar, shu bilan birga, aholi zichligining ortishi maynalar uchun yangi ekologik nishalarning

paydo boʻlishiga olib kelmoqda. Aholi turar joylarida maynalarning tarqalishi va soni oʻzgaruvchan

xususiyatgaega. Bunday oʻzgarishlar yil fasllarining almashinuvi, ayniqsa,shaharlarda qish mavsumida

kuzatiladigankunlik koʻchib yurishlardanamoyonboʻladi. Ushbu koʻrsatkichlarning bu kabi muntazam

takrorlanuvchi tebranishlari muhit omillari, ozuqa resurslarining sifati, miqdori, joylashuvi va

maynaning hayot sikllariga bogʻliq holda kechadi. Qish mavsumida va erta bahorda agrotsenozlarda

mayna uchun ozuqa boʻladigan resurslarning kamayishi ularning aholi turar joylarida, xususan, sanoat

ishlab chiqarish obyektlari va maishiy chiqindixonalarda toʻplanishiga va shuning hisobiga sonining

ortishiga olib keladi. Bu davrlarda ularning nisbatan qulay yashash muhitlariga "mahalliy koʻchishi"

kuzatiladi. Bunday "mahalliy koʻchishlar"ni maxsus bir qonuniyat asosida bajariladigan jarayon va

maynalar hayotidagi yillik sikllarning zaruriy bir bosqichi sifatida baholash mumkin. Ushbu

migratsiyalar maynalarning yashash muhitlari boʻyicha qayta taqsimlanishida va areallarining

pulsatsiyasida ham muhim oʻrin tutadi. Aholi turar joylarida joylashgan sanoat ishlab chiqarish

obyektlari va maishiy chiqindilar toʻplanadigan joylarda maynalar, ayniqsa, yilning sovuq davrida

oziqlanish vatunash uchunjudakoʻp sondatoʻplanadi.
Biz 2022-yili maynaning mavsumlar boʻyicha Qoraqalpogʻistonning har xil landshaftlaridagi oʻrtacha

soninioʻrgandik(1.1-jadval).

1.1-jadval

Maynaning fasllar boʻyicha Qoraqalpogʻistonning har xil landshaftlaridagi soni

Maynaning 10 ga maydondagi oʻrtacha soni

qısh

bahor

yoz

kuz

Oʻrtacha

yillik

Agrolandshaft

8

11

13

16

12

Qishloqlar

29

28

35

48

35

Shaharlar

48

45

58

76

57

Maynaning aholi turar joylarida boshqa madaniy landshaftlarga nisbatan juda koʻp sonda

boʻlishi, aholi turar joylaridan uzoqlashgan sari sonining kamayib borishi hamda trofik


background image

142

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

aloqalarining inson xoʻjaligi bilan chambarchas bogʻliqligi uning tipik sinantrop xilma-xilligini

tasdiqlaydi.
Yuqoridagi maʼlumotlarga tayangan holda aytishimiz mumkinki, turli yashash muhitlarida

maynaning tarqalishi va sonini ozuqa resurslarining sifati va miqdori, reproduktiv siklining

kechishini taʼminlaydigan qulayliklar, turar joy, insonning xoʻjalik yuritish faoliyatining xilma-

xilligi, mavsumiyligi kabi omillar belgilaydi. Ular orasida ozuqa resurslari maynaning sonini

boshqaruvchi asosiy omil hisoblanadi. Tadqiqotlar olib borilgan turli yashash muhitlarida

maynaning soniga oid hisob-kitoblar natijasini hamda mavsumiy sodir boʻladigan mahalliy

oʻziga xos koʻchishlarni umumlashtirgan va tahlil qilgan holda aytishimiz mumkinki,

muhitning urbanizatsiya darajasining oshishi mayna sonining koʻpayishiga olib keladi,

aksincha, aholi siyrak va faolligi past boʻlgan muhitlarda maynalar soni ham kam boʻladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Аметов М. Птицы Каракалпакии и их охрана. – Нукус: Каракалпакстан, 1981. –

138 с.
2.

Аннаева Э.Ч. О распространении и экологии майны в районе среднего течения

р. Амударьи. Ученые записки Турк. ГосПИ им.Ленина. Серия.биол.наук.вып.1. Чарджау,

1966.
3.

Бакаев С.Б., Холбоев Ф.Р. Некоторые особенности экологии майны в

антропогенных ландшафтах аридной зоны Узбекистана // Современные проблемы

орнитологии Сибири и Центральной Азии. – Улан-Удэ, 2006. – С.130-134.
4.

Жизнь животных. Т.IV. Птицы. – М.: Просвещение, 1986. – С. 473-474.

5.

Жуков В.С. Залёт майны Аcridоthеrеs tristis в окрестности Новосибирска //

Русский орнитологический журнал. – Том 19. – Экспрессвыпуск. – № 597. – Москва, 2010.

– С. 1655-1656.
6.

Ишунин Г.И. Майна Acridotheres tristis в Кызылкумах // Русский

орнитологический журнал. –Том 25. – Экспресс-выпуск. – № 1328. – Москва, 2016. – С.

3144-3145.
7.

Райимов А.Р. Майнанинг жануби-ғарбий Қизилқумда тарқалиши, экологияси

ва аҳамияти. Автореф. дисс. ...канд. биол.наук. – Ташкент, 2019. – 44 с.
8.

Райимов А.Р. Майна (Acridotheres tristis) нинг чорва моллари билан биотик

алоқалардаги иштироки // Ўзбекистонда чорва озуқаси экинлари ҳосилдорлиги ва

озуқа етиштиришнинг самарадорлигини ошириш. – Бухоро, 2019. – Б. 192-194.
9.

Райимов А.Р. Майна (Acridotheres tristis) нинг Қизилқум чўли ҳудудига кириб

келишида чорвачилик хўжаликларнинг тутган ўрни // Ўзбекистонда чорва озуқаси

экинлари ҳосилдорлиги ва озуқа етиштиришнинг самарадорлигини ошириш. – Бухоро,

2019. – Б. 123-125.
10.

Сатаева З., Гнедовская Л. К биологии индийской майны Acridotheres tristis (по

наблюдением в неволе) // Русский орнитологический журнал. – Том 19. – Экспресс-

выпуск. – №547. – Москва, 2010. – С. 163-170.
11.

Шерназаров Э.Ш. Питание птенцов майны в предгорных районах Ташкентской

области // Экология беспозвоночных и позвоночных животных Узбекистана. –

Ташкент, 1978. – С. 176-179.

Библиографические ссылки

Аннаева Э.Ч. О распространении и экологии майны в районе среднего течения р. Амударьи. Ученые записки Турк. ГосПИ им.Ленина. Серия.биол.наук.вып.1. Чарджау, 1966.

Бакаев С.Б., Холбоев Ф.Р. Некоторые особенности экологии майны в антропогенных ландшафтах аридной зоны Узбекистана // Современные проблемы орнитологии Сибири и Центральной Азии. – Улан-Удэ, 2006. – С.130-134.

Жизнь животных. Т.IV. Птицы. – М.: Просвещение, 1986. – С. 473-474.

Жуков В.С. Залёт майны Аcridоthеrеs tristis в окрестности Новосибирска // Русский орнитологический журнал. – Том 19. – Экспрессвыпуск. – № 597. – Москва, 2010. – С. 1655-1656.

Ишунин Г.И. Майна Acridotheres tristis в Кызылкумах // Русский орнитологический журнал. –Том 25. – Экспресс-выпуск. – № 1328. – Москва, 2016. – С. 3144-3145.

Райимов А.Р. Майнанинг жануби-ғарбий Қизилқумда тарқалиши, экологияси ва аҳамияти. Автореф. дисс. ...канд. биол.наук. – Ташкент, 2019. – 44 с.

Райимов А.Р. Майна (Acridotheres tristis) нинг чорва моллари билан биотик алоқалардаги иштироки // Ўзбекистонда чорва озуқаси экинлари ҳосилдорлиги ва озуқа етиштиришнинг самарадорлигини ошириш. – Бухоро, 2019. – Б. 192-194.

Райимов А.Р. Майна (Acridotheres tristis) нинг Қизилқум чўли ҳудудига кириб келишида чорвачилик хўжаликларнинг тутган ўрни // Ўзбекистонда чорва озуқаси экинлари ҳосилдорлиги ва озуқа етиштиришнинг самарадорлигини ошириш. – Бухоро, 2019. – Б. 123-125.

Сатаева З., Гнедовская Л. К биологии индийской майны Acridotheres tristis (по наблюдением в неволе) // Русский орнитологический журнал. – Том 19. – Экспресс-выпуск. – №547. – Москва, 2010. – С. 163-170.

Шерназаров Э.Ш. Питание птенцов майны в предгорных районах Ташкентской области // Экология беспозвоночных и позвоночных животных Узбекистана. – Ташкент, 1978. – С. 176-179.