Авторы

  • Shohsanam Turdiboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.89479

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirish uchun badiiy matndan keng  foydalanish  va  uning ustida ishlashda samarali ish turlari va metodlarni qo‘llash haqida so‘z yuritilib, namunalar keltirilgan.


background image

151

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)

BOSHLANG`ICH SINFDA O‘QUVCHILAR NUTQINI

O‘STIRISHDA BADIIY MATNLARDAN FOYDALANISH

Turdiboyeva Shohsanam

Nizomiy nomidagi TDPU

Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

Boshlang`ich ta`limi, I bosqich magistri

shohsanamturdiboyeva83@gmail.com

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15449183

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:26-aprel 2025 yil

Ma’qullandi:30-aprel 2025 yil

Nashr qilindi: 17-may 2025 yil

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining

nutqini o‘stirish uchun badiiy matndan keng

foydalanish va uning ustida ishlashda samarali ish

turlari va metodlarni qo‘llash haqida so‘z yuritilib,

namunalar keltirilgan.

KEY WORDS

nutq o‘stirish, ko‘nikma,metodika,

badiiy matn, rivoyat janri, ona tili

va o‘qish savodxonligi, A4metodi,

Iplar o‘yini, Uch bo‘g‘inli o‘yin, Suv

ichidan so‘zlarni topish o‘yini.

Hozirgi davrga kelib, globallashuv jarayoni jamiyatning barcha sohalarida avHozirgi davrga

kelib, globallashuv jarayoni jamiyatning barcha sohalarida avj olmoqda va o'z navbatida, fan

va texnikaning rivojlanishiga, iqtisodiyotning jadal tarzda o'sishiga hamda ta’lim sohasidagi

innovatsiya va integratsiya jarayonining yanada chuqurlashishiga olib kelmoqda.

Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qonun, qaror va farmonlari bunga yaqqol misol bo'la

oladi. Jumladan, yangi tahrirdagi “Ta’lim to'g'risida’’gi qonunning qabul qilinishi bilan uzluksiz

ta’lim tizimi orqali har tomonlama yetuk, jahonning eng rivojlangan mamlakatlari yoshlari

bilan bellasha oladigan, mustaqil fikrlaydigan o'quvchi-yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor

qaratilayotganligi so'zimizning isbotidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-

noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli qaror

1

ijrosini ta’minlash maqsadida ona tili va o‘qish

savodxonligi fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Uzluksiz taʼlim dasturlari” majmuasini

tayyorlashning maqsad va vazifalari belgilandi.

Ushbu vazifalarni amalga oshirishda

rivojlangan xorijiy davlatlarning o‘qitish tizimi va metodikalaridan foydalangan holda o‘quv

qo‘llanmalar va darsliklarni bugungi kunning innovatsion talablariga mos holda tayyorlash

talab etiladi. Barcha fanlarda bo'lganidek ona tili va o'qish savodxonligi fanida ham tubdan

o'zgarishlar sodir bo'ldi. Shuningdek, Prezidentimizning 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026

yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida”gi PF-60-sonli

Farmonida ham ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va shu orqali o'quvchi-yoshlarga sifatli

ta’lim berish, hamda yetuk va barkamol shaxs sifatida kamol topishlariga qaratilgan ustuvor

vazifalar belgilab berilgan. Shunday ekan, har bir fan yuzasidan o‘quvchilarga sifatli ta’lim

berish o‘qituvchilar oldidagi muhim vazifa hisoblanadi. Xususan, boshlang‘ich sinf ona tili va

o‘qish savodxonligi Milliy o‘quv dasturida o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyani shakllantirish

belgilab qo‘yilgan bo‘lib, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish fan oldidagi dolzarb vazifadir.

Metodikada, " Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi: 1) so‘z ustida ishlash; 2)

so‘z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash ". Darslikda berilgan

badiiy asarlar asosida har uchala yo‘nalishga doir bo‘lgan mashq turlari orqali o‘quvchilar


background image

152

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)

nutqini rivojlantirishga erishish mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘tiladigan badiiy asarlar ichida

hikoya va rivoyat janri nutq o‘stirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Hikoya va rivoyatda

qahramonlar xatti-harakati, tashqi ko‘rinishi, portret tasviri, qizg‘in voqea-hodisalar yuz

beradi. Bu esa o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi, fikrlashga undaydi. Bundan tashqari,

asar qahramonlarini, voqealar rivojini tasvirlash, qayta hikoya qilish, hikoya va rivoyatning

har bir elementi ustida turli xil mashqlar bajarish va uning asosiy mazmunini ochish kabilar

o‘quvchilar nutqiga sezilarli darajada ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Albatta, bu kabi ish turlarini

o‘qituvchi belgilaydi. Shuningdek, ularga eng samarali va zamonaviy ilg‘or pedagogik

texnologiyalarga asoslangan ish turlarini tanlash tavsiya etiladi.
Quyida boshlang‘ich sinf 3-sinf O‘qish savodxonligi 3-qism darsligida berilgan

“ Bog‘bon va

nihol ” rivoyati

misolida o‘quvchilar nutqini o‘stirishga qaratilgan ish turlaridan namunalar

keltiramiz.
Darsning yangi mavzu bayoni bosqichida:
- Rivoyat o‘qituvchi tomonidan 1 marta va ifodali o‘qiy oladigan o‘quvchi tomonidan yana 1

marta o‘qib eshittiriladi.
- Darslikda berilgan savollar orqali og‘zaki qayta hikoya qilinadi.
- Lug‘at ustida ishlanadi: tanbeh va tarvaqaylab so‘zlari izohi aytiladi.
Darsning yangi mavzuni mustahkamlash bosqichida esa

“ A4 metodi

”,

“Iplar o‘yini ”

o‘ynaladi.O‘quvchilardan og‘zaki hikoya qilib berish so‘raladi. Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.

“ Suv ichidan so‘zlarni top ”

o‘yini o‘ynaladi. So‘ng suvning ichidan topgan so‘zlari asosida reja

tuziladi.

Quyida darsda qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar mazmunini yoritib o‘tamiz:

1. A4 metodi
Aksariyat sinflarda o‘quvchilar 3 qator partada o‘tirishadi. Va har bir partada 2tadan

o‘quvchilar bo‘ladi. 6 dona listni olib, faqat birinchi partada o‘tirgan o‘quvchilarga 1tadan

berib chiqasiz. Ular o‘tilgan mavzu bo‘yicha eslarida qolgan jumla, atamalarni qisqa qilib

yozishlari kerak bo‘ladi. Oldinda o‘tirgan o‘quvchilar ma'lumot yozib, qog‘ozni orqasidagi

o‘quvchiga uzatadi. Ma'lumotlar takrorlanmasligi kerak. Shu tarzda har bir qator oxirigacha

jumlalar yozib boradi. Qaysi qator birinchi tugatsa, imtiyozli 1 ballga ega bo‘ladi.Oxirida

o‘tirgan o‘quvchilar doskaga chiqib A4 listda jamlangan ma'lumotlarni o‘qib beradi. Eng to‘g‘ri

informatsiyalar yozgan jamoa g‘olib hisoblanadi!
2. Iplar o‘yini
Rahbar davraning markazida, 1, 1.5 metr uzunlikdagi jun iplarni
o’rtasidan, uchlarini osiltirib ushlab turadi. Har bir ipning o‘rtasiga savol yozilgan

qog‘ozchalar biriktirilgan bo‘ladi. Har bir ishtirokchi (ularning soni juft bo’lishi lozim) ipning

bitta uchini ushlaydi. Keyin rahbar qo’lidagi iplarni qo’yib yuboradi. Bitta ipning ikki uchini

ushlab turgan o‘quvchilar ipni tayoqchaga o‘rab, markazga yetib kelishi kerak. Kim birinchi

yetib kelsa, o‘sha o‘quvchi savolga javob beradi va baholanadi.
3. Dam olish daqiqasi.Uch bo‘g‘inli o‘yin,
Bitta o‘quvchi sinfxonadan tashqariga chiqadi. Sinfxonadagi o‘quvchilar 3ta guruhga bo‘linadi.

O‘qituvchi 1ta so‘z aytadi va uni 3ta bo‘g‘inga bo‘ladi. O‘quvchi xonaga kiradi va Har bir qator

o‘ziga tushgan bo‘g‘inni birdan aytadi. O‘quvchi eshitib, so‘zni topishi kerak.


background image

153

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 5-SON , (YOʻITJ)

4. Suv ichidan so‘zlarni topish o‘yini.
3ta baklashkalarga suv to‘ldiriladi. Baklashkalar ichiga so‘zlar yozilgan qog‘ozlar solinadi va

chayqatilib yuboriladi. O‘quvсhilar 3ta guruhga bo‘linadi va har bir guruhga baklashka beriladi.

Guruhlar baklashka ichidagi so‘zlarni o‘qib, qog‘ozga yozib olishi va ana shu so‘zlar asosida

hikoya uchun reja tuzishi lozim. Tuzilgan reja asosida bayon yozish uyga vazifa sifatida

beriladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, badiiy matn orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlashga, fikrini

aniq, ravon, mantiqiy, tushunarli, til vositalari foydalangan va adabiy til me'yorlariga rioya

qilgan holda yetkazib berish ko‘nikmalari egallashlariga, umuman olib qaraganda nutqini

o‘stirishga erishiladi. O‘quvchilar nutqi o‘sishi uchun o‘qituvchidan ehtiyoj yaratish talab

etiladi, aynan shu ehtiyojni yaratishda esa o‘qituvchiga badiiy matnlar katta yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

1. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini

yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli qarori
3. 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning

Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida”gi PF-60-sonli Farmoni
4. Milliy o‘quv dasturi 2022-y. 171-b. 8-b.
5. Safo Matchonov, X.Bakiyeva, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva, G. Xolboyeva. “Boshlang‘ich

sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi” darslik. T.: “Ishonchli hamkor”, 2021. 740 b. 633 b. 638 b.

683 b.
6. Aydarova U. ., Azizova N. O‘qish savodxonligi. Umumiy o'rta ta’lim maktablarining 3-sinfi

uchun darslik. Ill qism. / -Toshkent: “Novda Edutainment”, 2023. - 8 0 b. 55-bet

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli qarori

-yil 28-yanvardagi “2022–2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida”gi PF-60-sonli Farmoni

Milliy o‘quv dasturi 2022-y. 171-b. 8-b.

Safo Matchonov, X.Bakiyeva, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva, G. Xolboyeva. “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi” darslik. T.: “Ishonchli hamkor”, 2021. 740 b. 633 b. 638 b. 683 b.

Aydarova U. ., Azizova N. O‘qish savodxonligi. Umumiy o'rta ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik. Ill qism. / -Toshkent: “Novda Edutainment”, 2023. - 8 0 b. 55-bet