Ushbu maqolada echinatsiya purpura o‘simligining bolalar immun tizimini mustahkamlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Xalq tabobatida ushbu o‘simlik keng qo‘llanilib, uning immunomodulyator xususiyatlari ilmiy jihatdan ham o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, echinatsiya purpuraning muntazam iste’moli bolalarda infeksion kasalliklarga chalinish ehtimolini kamaytirishi aniqlangan. Shuningdek, maqolada echinatsiya purpuraning qo‘llash usullari va ehtiyot choralari muhokama qilinadi.