25
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
ZAMONAVIY TA’LIM JARAYONIDA MA’RUZA
SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI.
Isayeva Guli Parpiyevna
Pedagogika fanlari nomzodi, 901521428
Obidaxon Baxodirjonovna Po’latova
Guliston Davlat Pedadodika Instituti
Pedagogika yo’nalishi 1kurs magistranti
obida.pulatova1993@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14777184
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:23-yanvar 2025 yil
Ma’qullandi: 25-yanvar 2025 yil
Nashr qilindi: 30-yanvar 2025 yil
O‘zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida
o‘tkazilayotgan tub islohotlarning mazmuni
bugungi kunda ta’lim jarayonini loyihalashga
yangicha yondashuv bilan boyib bormoqda.
Ta’limga zamonaviy yondashuv ta’lim jarayonini
aniq vositalar yordamida samarali boshqarish va
qo‘yilgan o‘quv maqsadlariga muvaffaqiyatli
erishish natijalarini kafolatlaydi. Ushbu maqolada
zamonaviy
ta’lim
jarayonida
ma’ruza
samaradorligini oshirish uchun usullar , maruzachi
egallashi kerak bo’lgan sifatlar haqida so’z
yurutiladi.
axborot,
diagramma,
innovatsion yondashuv,
ma’ruza, malaka, samaradorlik,
salohiyat,slayd,vizual.
KIRISH.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
53-moddasida
“Har kimga ilmiy,
texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.”
– deb ta’kidlab o‘tilgan[1]. Bu esa davlatning ta’lim tizimiga va o‘qituvchi shaxsiga bo‘lgan
yuksak e’tiboridan va uni qo‘llab quvvatlashidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Yangi taraqqiyot strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni
oshirish,pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish,oliy ta’lim tizimi
faoliyatining
sifatini
va
samaradorligini
oshirish”
ustuvor
vazifa
sifatida
belgilangan[2].Bundan maqsad-hozirgi zamon ilmiy pedagogikasining nazariy metodologik
asoslari,pedagogik qonun-qoidalar,texnika va nazariy bilimlar,amaliy ko‘nikma va malakalar
bilan qurollanish,mutaxassislik fanlarini mahorat bilan o‘zlashtirishni shakllantirishdan
iborat. An’anaviy dars mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan
iboratdir. Lekin an’anaviy sinf xonasida o‘qituvchi doskaning oldida turadi va tinglovchilarga
ma’ruzalar qiladi. Afsuski, bu o‘quvchilarning qiziqishini oshirishning samarali usuli emas.
Hozirgi davrda bu usul deyarli samara bermay qo‘ydi. an’anaviy ta’limda o‘qituvchi
talabalarga juda ko‘p ma’lumot va bilim berishga harakat qiladi. Berilgan bilimni talabalar yod
olishlari talab etiladi. Bunda talabalarning qiziqishlari va mavzuni qay darajada
tushunganliklari hisobga olinmaydi. Mavzu bo‘yicha ma’lumotlar juda ko‘pligi uchun talabalar
uning juda oz qismini o‘zlashtiradilar. Oldingi mavzudagi bilimlar to‘liq o‘zlashtirilmaganligi
uchun keyingi mavzular tushunarsiz bo‘lib qolishi mumkin. An’anaviy ta’limdagi 2-xatolik esa
26
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
yozuv ishlari, qog‘oz ishlarining ko‘pligidir. Bu ta’limda o‘qituvchi mavzuni tushuntirib, so‘ng
talabalarga mavzuni yozishni yoki mavzu oxiridagi savollarga javob yozishni talab qiladi. Bu
esa talabalarning fanga qiziqishini oshirmaydi. Noan’anaviy ta’lim atamasi 2012-yilda keng
qamrovda ta’lim olamiga kirgandan beri ommalashib bormoqda. Ko‘plab o‘qituvchilar ushbu
strategiyadan foydalanadilar va ijobiy natijalarga erishmoqdalar[3].Zamonaviy ta’lim
jarayonida ma’ruza mashg’ulotlarini tayyorlash o’qituvchidan o ‘ziga xos mahorat va ilmiy
izlanishlarni talab qiladi.
MATERIALLAR VA USLUBITAY.
Maruza
- yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish sanalib, u qat’iyy mantiqiy
ketma – ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligini
ifodalaydi.Ma’ruza matni har bir fanning ishchi o‘quv dasturi asosida, mavzuga ajratilgan
vaqtdan kelib chiqib tayyorlanadi. Buning uchun mavjud adabiyotlar o‘rganiladi, turli
manbalardan axborotlar yig‘iladi. Mavzuni o‘rganishning maqsadidan kelib chiqib, zarur
savollar qo‘yilib, mavzuni yoritish metodi tanlanadi. Ma’ruza metodidan ko‘zlangan asosiy
maqsad - o‘quvchilarda bilimni mustaqil egallash qobiliyatini hosil qilishdir. Ma’ruza yangi
bilimni o‘tishda, murakkab qonun-qoidalarni yakunlashda, muammoli masalalarni
o‘rganishda, o‘quv fanlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani o‘rganishda qo‘llaniladi.
Ma’ruza maqsadi
- o‘quvchilarda bilimni mustaqil egallash qobiliyatini hosil qilishdir. Ma’ruza mazmunli va
samarali bo‘lishi uchun quyidagilarga amal qilish lozim.- aniq,o‘ylab tuzilgan rejani
o‘quvchilarga tanishtirish;- rejaning har bir qismi bo‘yicha berilgan ma’lumotni yakunlash;-
bayon o‘quvchilarga ko‘rgazmali, yorqin bo‘lishi;-bayon o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi;-
bayon o‘quvchilarda muhim o‘rinlarni bilib olishga qiziqish uyg‘otadigan bo‘lishi kerak[5].
Ma’ruzachini sifatlariga qaratilgan talablar quyidagilar :
1. Ma’ruzachi aniq g‘oyaviy va ilmiy bilimlarga ega bo‘lishi.
2. Ma’ruzachi umumiy va ilmiy, intellektual salohiyatga ega bo‘lishi kerak.
3. Ma’ruzachi ma’ruzadagi ma’lumotlarni erkin holda o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur.
4. Ma’ruzachi o‘z predmetini chuqur bilishi va ilmiy ijodga qiziquvgan bo‘lish zarur.
5. Ma’ruzachida lektorlik mahorati, bilim va malakalar uzviyligi, bog‘liqligi (o‘quvchi
tinglovchilar diqqatini o‘ziga jalb etish, tinglovchilarni fikrlash faoliyatlarni yo‘lga solish va
boshqalar) mavjud bo‘lishi kerak.
6. Ma’ruzachida muloqatga kirishish malakalari va tashkilotchilik sifatlari mavjud bo‘lishi
kerak.
7. Ma’ruzachini nutqi grammatik va orfoepik jihatdan savodhon va to‘g‘ri bo‘lishi, uning nutqi
aniq , ifodali, tushunarli va auditoriyadagilar uchun eshitilarli bo‘lishi zarur[6].
Zamonaviy ta’lim jarayonida ma’ruza samaradorligini oshirish uchun usullar:
1. Tayyorlov bosqichi.
Maqsadni aniq belgilash: Har bir ma’ruzaning o‘ziga xos maqsadi
bo‘lishi kerak (bilim berish, tahlil qilish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish).Rejani tuzish:
Ma’ruza mazmuni aniq va mantiqiy bo‘lishi kerak. Asosiy mavzularni bosqichma-bosqich
bayon qilish zarur.Vizuallashtirish vositalarini tayyorlash: Slaydlar, diagrammalar, videolar va
boshqa ko‘rgazmali vositalar ma’ruza mazmunini tushunarliroq qiladi
.
2. Talabalar e’tiborini jalb qilish
Qiziqarli boshlanish: Ma’ruzani fakt, hayotiy voqea yoki muammo bilan boshlash
talabalarning qiziqishini oshiradi.Interfaol savollar: Talabalarga savollar berish orqali ularni
27
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
ma’ruzaga faol jalb qilish.Qiziqarli hikoyalar va misollar: Teoriyani hayotiy misollar bilan
bog‘lash, mavzuni yanada tushunarli va esda qolarli qiladi.
3. Vizual va texnologik vositalardan foydalanish
:Slayd va diagrammalar: Tushunchalarni
aniqroq va qulayroq tushuntirish uchun grafik va diagrammalarni qo‘llash.Multimediali
materiallar: Video, audio yoki animatsion vositalar orqali mavzuni jonlantirish.Onlayn
vositalar: Interaktiv taqdimot platformalari (masalan, Mentimeter yoki Kahoot) orqali
talabalarni jalb qilish.
4. Ma’ruzaning strukturasi.
Aniq reja: Ma’ruzaning kirish, asosiy qism va xulosalari mantiqiy
tartibda bo‘lishi kerak.Asosiy fikrlarni ajratish: Muhim g‘oyalarni belgilab, diqqatni ularga
qaratish.Davomiylikni boshqarish: Ma’ruzaning davomiyligi talabalar diqqatini jamlash
qobiliyatiga mos bo‘lishi kerak (30-45 daqiqa samarali hisoblanadi).
5. Talabalar ishtirokini oshirish.
Munozaralar tashkil qilish: Ma’ruza davomida bahs-
munozaralar tashkil etib, talabalarni faol ishtirok etishga undash.Amaliy topshiriqlar:
Mavzuni amaliyotga tatbiq qilishga imkon beradigan vazifalar berish.Guruh ishlari:
Talabalarni kichik guruhlarga bo‘lib, ular bilan birgalikda ishlash imkoniyatini yaratish.
6. O‘qituvchi nutqining ta’sirchanligi.
Tushunarli til: Murakkab terminlardan qochib, oddiy
va tushunarli til ishlatish.
Emotsional nutq: Ovoz balandligi, intonatsiya va tana harakatlaridan samarali
foydalanish.Ko‘z bilan aloqa: Har bir talabani tinglayotgandek taassurot qoldirish uchun
ularga qarab gapirish.
7. Teskari aloqa va natijalarni baholash.
Savol-javoblar: Ma’ruza davomida yoki oxirida
talabalar bilan savol-javob qilish.Kichik testlar: Mavzuni qay darajada tushunganliklarini
baholash uchun testlar yoki tezkor topshiriqlar berish.Talabalar fikrini olish: Ma’ruzadan
so‘ng talabalar bilan muloqot qilib, ularning fikrlarini bilish va keyingi ma’ruzalarni yaxshilash
uchun foydalanish.
8. Innovatsion yondashuvlar-
Rol o‘ynash usuli: Talabalarni turli rollarga ajratib, mavzuni
ijodiy yondashuv orqali o‘rgatish.Simulyatsiyalar va o‘yinlar: Mavzuni chuqurroq tushunishga
yordam beradigan ta’limiy o‘yinlar yoki virtual tajribalar.Masalalarni yechish: Real
muammolarni hal qilish uchun talabalar bilan birgalikda ishlash. Moslashuvchanlik
.
Talabalar
ehtiyojini hisobga olish: Ma’ruzaning mazmunini guruhning darajasi va qiziqishlariga
moslashtirish.Yondashuvni o‘zgartirish: Agar talabalar qiziqishini yo‘qotsa, yondashuvni o‘z
vaqtida o‘zgartirish.
NATIJALAR
An’anaviy ta’lim tizimidan o‘rin olgan o‘qituvchi–darslik–talaba tizmasini qat’iyylik bilan
yangi: talaba–darslik–o‘qituvchi tizmasiga o‘zgartirish talab qilinmoqda. Rivojlangan
mamlakatlar ta’lim tizimi xuddi shu tamoyillarga asoslangan va bu falsafa, pedagogika va
psixologiyada yangi yo‘nalish hisoblanadi. Agar an’anaviy ta’lim tizimida asosiy bilim manbai
sifatida o‘qituvchi va darslik hisoblangan bo‘lsa, ta’limga yangicha yondashuvda o‘qituvchi
asosan talabaning mustaqil va faol ta’limiy faoliyatining tashkilotchisi, ishonchli konsultanti
va yordamchisi sifatida maydonga chiqadi.Ma’ruza darsini tashkil qiloyatganida ham interfaol
metodlardan foydalanish talabaning mavzuga qiziqishini oshiradi, diqqatini darsga qaratishga
undaydi, mavzudagi barcha ma’lumotlar talaba esida saqlab qolishiga ham sabab bo’ladi.
MUHOKAMALAR
“Samaralilik" atamasining ma'nosi kompetentsiya, samaradorlik, samaradorlik va malakadir.
Nafaqat ta’lim sohasida, balki har bir sohada shaxs o‘z oldiga qo‘yilgan vazifa va tadbirlarni
28
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
amalga oshirishda samarali bo‘lishni maqsad qiladi. Agar biror kishi o‘z mehnat vazifalarini
samarali bajarsa, u holda odamlar istalgan natijalarga erisha oladilar, institutsional maqsad va
vazifalarga munosib tarzda erishadilar. Ta'lim sohasida ishlaydigan shaxslar o‘zlarining ish
faoliyati davomida xabardorlikni shakllantirishlari va turli jihatlarni o‘rganishlari kerak. Shu
sababli, kerakli ma'lumotlarni olish vazifalar va faoliyat samaradorligini oshirishning eng
muhim jihatlaridan biridir. Samarali bo‘lish va samarali natijalarga erishish uchun odamlar
turli omillarni hisobga olishlari kerak. Bular ma'lumot olish, xabardorlikni shakllantirish,
mehnatsevarlik, topqirlik va vijdonlilik fazilatlarini singdirish, vaqtni samarali boshqarish
ko‘nikmalarini amalga oshirish, stress ostida ishlash, muammo va qiyinchiliklarni yengish
qobiliyatiga ega bo‘lishdir [4]. Zamonaviy ta’limda ma’ruza darsini samaradorli o’tkarishimiz
uchun talabalar e’tiborini jalb qilish, vizual va texnologik vositalardan foydalanish muhimdir.
Innovatsion yondashuv asosida rolli o’yinlardan ham foydalanish talabalarning darsga bo’lgan
qiziqishini oshiradi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, ma’ruza o‘qitishning eng keng tarqalgan shakli bo‘lib, pedagogik
faoliyatda yetakchi o‘rinni egallaydi. U o‘qituvchi mehnatining oliy shakli darajasida e ’tirof
etiladi. Uni bir tomonlama aloqaning ko‘rinishi, deb ham atasa bo‘ladi. Bunda o‘qituvchining
faolligi va tinglovchilarning nofaolligi ko‘zda tutiladi. Biroq munozara shaklida bayon
etiladigan ma’ruza eng faol pedagogik texnologiya elementidir. Faol metodika yordamida
o‘qilgan ma’ruzalar davomida tinglovchilarni faollashtirish evaziga o‘qitish jarayonining teng
huquqli ishtirokchilariga aylantirish mumkin. Bunda o ‘quv materiali tez va soz o‘zlashtiriladi.
Hayot bilan, kundalik turmush bilan, muhim voqealar bilan aloqadorlikda bayon etilgan m
a'ruza materiali oson o‘zlashtiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. https://constitution.uz/oz/site/search?page=6
2. https://www.lex.uz/ru/docs/-6396146
3.https://api.onlinedu.uz/storage/lesson/gcUcxshOwNqVWI5OI0vD8CULrlu67gNxfnEZu1a9.
pdf?token=null
4. Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 «Научный импульс» апреля ,
2023
5. G.P.Isayeva Guliston davlat pedagogika instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi
professori v.b Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi fanidan zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua – Guliston 2024
6. lshmuhamedov R., Abduqodirov A.A., Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar(ta’lim
muassasalari pedagog-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). Toshkent 2008 y., 181 b.
7. Saidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. Toshkent, 2003y
8. Shirinov, F., and A. Mamasoliyev. "A GENERAL DESCRIPTION OF THE HARDWARE AND
SOFTWARE ENVIRONMENT USED TO ORGANIZE COMPUTER.
