TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Abstract

Ushbu maqolada talabalarning ixtisoslik fanlar bo‘yicha bilimlarini chuqur o‘zlashtirishlarining asosiy omili sifatida, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar hamda o‘qitishning interaktiv metodlari yordamida  mustaqil ta’lim olishni yo‘lga qo‘yish, elektron darslik va multimediya vositasida o‘qitish haqida fikr yuritilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
32-35
25

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Gulmatova, H. . (2024). TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI. Young Scientists, 2(21), 32–35. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/47275
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada talabalarning ixtisoslik fanlar bo‘yicha bilimlarini chuqur o‘zlashtirishlarining asosiy omili sifatida, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar hamda o‘qitishning interaktiv metodlari yordamida  mustaqil ta’lim olishni yo‘lga qo‘yish, elektron darslik va multimediya vositasida o‘qitish haqida fikr yuritilgan.

Similar Articles


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

32

TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING

AFZALLIKLARI

Gulmatova Hurriyat Sadikovna

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13334999

Annotatsiya.

Ushbu maqolada talabalarning ixtisoslik fanlar bo‘yicha bilimlarini chuqur

o‘zlashtirishlarining asosiy omili sifatida, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishda
axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati, zamonaviy axborot va pedagogik
texnologiyalar hamda o‘qitishning interaktiv metodlari yordamida mustaqil ta’lim olishni
yo‘lga qo‘yish, elektron darslik va multimediya vositasida o‘qitish haqida fikr yuritilgan.

Tayanch so‘zlar:

axborot-kommunikatsiya, texnologiya, oliy ta’lim, pedagogik

texnologiya, ta’lim sifati,

elektron o‘quv vositalari, elektron darslik.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi

shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-
hisoblash tarmog‘i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot,
boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo‘lmoqda. Bu muammolar ancha
murakkab va ayni paytda Respublikamiz uchun dolzarbdir.

Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o‘zgarishlarni amalga oshirish

natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog‘liq muammolarning qanday va qaysi
muddatlarda hal etishga ham bog‘liqdir. O‘quv fanlari bo‘yicha elektron o‘quv vositalarining
yaratilishi mazkur fanlarni o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o‘z navbatida, talabalarning mazkur fanlar
bo‘yicha bilimlarini chuqur o‘zlashtirishlarining asosiy omili bo‘lib, ta’lim-tarbiya sifati va
samaradorligini oshiradi. Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish,
professor-o‘qituvchilarni ilg‘or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish,
ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o‘rganish
hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini
yaratadi. Multimedia – gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning
ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: axborotning xilma-xil turlari:

an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar),

original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va boshqalar),

turlarini bir dasturiy mahsulotda integrasiyalaydi.
Bunday integrasiya axborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari,

muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli ravishda,
audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. Video va audio
axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez
harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati operativ va video-
xotira, katta sigimli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha
almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi, “inson-kompyuter”
interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng
va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash yoki dam olish


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

33

sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim
berish va kadrlarni qayta tayorlashni yo‘lga qo‘yish xozirgi kunning dolzarb masalasidir.

Oliy ta’lim tizimida talabalarni kasbiy faoliyatga o‘rgatishda ularning izlanuvchanlik,

ijodiy va fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ilg‘or
pedagogik va axborot texnologiyalardan samarali foydalanish muhim hisoblanadi. Uzluksiz
ta’lim tizimida axborot texnologiyalari bilan zamonaviy pedagogik texnologiyani birgalikda
ta’lim jarayoniga tatbiq etish. o‘qitish jarayonida juda yaxshi samara beradi.

Zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar hamda o‘qitishning interaktiv metodlari

yordamida mustaqil ta’lim olishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi. Talabalar bilimini har xil
turdagi mashg‘ulotlar bo‘yicha xolisona baholash mezonlari, tanqidiy fikrlash va ijodni
rivojlantirish, interaktiv ta’lim bo‘yicha metodik ishlanmalarni yaratish zamon talabidir.

Ta’lim sifatini boshqarish asosan informatsion texnologiyalar asosida o‘qitish jarayonini

tashkil etish va samarali pedagogik faoliyat uchun sharoitlar yaratishga yo‘naltirish kerak.
Informatsion texnologiyalarni qo‘llash sharoitida o‘qituvchi faoliyati o‘zgaradi. Bu esa
o‘qituvchining yangi pedagogik muhitda yangi o‘qitish vositalarini qo‘llab, talabalarga tayyor
bilimlarni berish emas balki ularga yangi bilimlarni mustaqil izlash va topish ko‘nikmalarini
shakllantirishdan iboratdir.

Kompyuter texnikasining qo‘llanilishi an’anaviy o‘qitish falsafasini o‘zgartiradi, ya’ni

o‘quv jarayonida uchinchi ishtirokchi, kompyuter ishtirok etadi. An’anaviy o‘qitish
texnologiyasiga o‘rgangan pedagoglar kompyuterli o‘qitishning ahamiyati va afzalliklarini
ham sezmayaptilar. Ular uchun ta’lim jarayonida kompyuterlar paydo bo‘lishi qiyinchilik
tug‘dirayapti. Shuning uchun ham kompyuterli o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash uchun
birinchi navbatda pedagog o‘qituvchilarning kompyuter bilan ishlash malakalarini oshirish,
ularda informatsion madaniyatni shakllantirishni talab etadi.

Keyingi yillarda real kasbiy faoliyat holatlarini (faoliyat usullarini) immitatsion

modellashtirish tamoyiliga asoslanib ishlab chiqiladigan “o‘yinli” o‘qitish metodi keng
tarqalmoqda. Ushbu metod dars jarayonida talabalarni faollashtirishga yo‘naltirilgan.
Immitatsion o‘yin maxsus kompyuter dasturi bo‘lib, u yordamida ishlab chiqarish jarayonlari,
mashina va apparatlar texnologik samaralarini ishlab chiqish jarayonlarning borishi, mashina
va apparatlar ishlarini namoyish qilishni, ta’lim oluvchilarning olgan bilimlarini baholashi
modellashtiriladi.

Ta’limda multimediadan foydalanish – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy

vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (obyektlarning fazodagi harakati)
effektlari asosida o‘quv materiallarini talabalarga yetkazib berishning mujassamlangan
holdagi ko‘rinishidir.

Multimedia

– tasvir va matnni o‘ziga olish, saqlash hamda namoyish etish vazifasini

bajaradi.

Turli modullarni elektron darslik vositasida o‘qitishda “Ish o‘yinlari” texnologik

jarayonning yoki alohida faoliyat usuli modeli sifatida namoyon bo‘ladi. Talabaga bir
texnologik jarayonning parametri beriladi, u yuqoridagi parametrlarda texnologik jarayon
bajarish uchun ekranda tasvirlangan bir nechta mashina yoki apparatlardan birini tanlashi
kerak. Dastur hisoblashda hisoblashlarni grafik ko‘rinishni, parametrlarini kiritishni
bajarishni ta’minlashi kerak. Dastur talabaning noto‘g‘ri javobida boshqa parametrlarni
kiritishni topshirish paytidan bajarishni ta’minlash kerak.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

34

Fransuz mutaxassislari yangi informatsion texnologiyalarni qo‘llashni quyidagicha

baholaydilar.

o‘qitish motivatsiyasini oshiradi;

talabalarning mustaqil ta’lim olish qobiliyatlarini shakllantiradi va rivojlantiradi;

ta’limning natijaviyligini oshiradi;

qisqa vaqtda o‘qitishga mo‘ljallangan.
Demak, zamonaviy informatsion va o‘qitish texnologiyalari birgalikda qo‘llanilganda

ta’lim samaradorligini oshirishga maksimal erishish mumkin. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash
joizki zamonaviy ta’lim sharoitida elektron ta’lim resurslaridan foydalanish muhim
ahamiyatga ega. Elektron ta’lim resurslari (elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanma,
multimedialar, vositalar, elektron ma’lumotnomalar va hokazo) bilan ta’lim jarayonini
ta’minlash orqali kompyuterli o‘qitish texnologiyalari va mustaqil ta’limni to‘la amalga
oshirish mumkin.

Turli modullarni elektron darslik vositasida o‘qitishda “Ish o‘yinlari” metodini qo‘llash

talabalarning kompyuterlar bilan ishlash malakalarini rivojlantiradi, o‘qitishni faollashtiradi,
talabalarning mustaqil va ijodiy ishlarini tashkil etishni va uni baholashni hamda darsni
qiziqarli va ko‘rgazmali bo‘lishini ta’minlaydi.

Elektron darslikning bosma darsliklardan asosiy farqi interfaollik imkoniyatidir. Turli

modullardan elektron darsliklardagi texnologiya jarayonlar bajarilishida va obyektlar ishlashi
yoki mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bevosita ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Murakkab
jarayonlar, hodisalarni va obyektlarni modellashtirish hamda animatsiya ko‘rinishida taqdim
etish imkoniyati bor. Elektron darslikning ta’lim oluvchilar bilan yaqinlashuvi bosma
ko‘rinishdagi darsliklardan ko‘ra yuqoriroq.

Xususan, multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli

(instrumentlari) bo‘lib, u o‘qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko‘ra keng
ko‘lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda nafaqat
matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan foydalanish;
axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy
o‘rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.

References:

1.

G‘ulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologivalari: Oliy o‘quv yurti

talabalari uchun darslik / Akademik S.S. G‘ulomovning unuimiy tahriri ostida. – Т., «Sharq»,
2000.

2.

Тухтаева З. Ш. Касб-ҳунар таълимида фанлараро узвийликни таъминлаш

методикаси. – 2016.

3.

Sh, T. Z., & Imomov, B. B. Possibilities of Introducing Information technologies in

Educational Process. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN,
2643-9603.
4.

Xayrullo, D., Olim, A., & Bekzod, I. (2023). Mashinali oʻqitish texnologiyalarini CO

2

yordamida ekstraksiyalash jarayonida qoʻllash. Innovations in Technology and Science
Education, 2 (9), 470-476.
5.

Ибрагимов, У., & Имомов, Б. (2023). Свойства замкнутости класса кс-

языков. Евразийский журнал академических исследований, 3(10), 339-343.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

35

6.

Imomov Bekzod Marat ugli, & Abdurakhmanov Olim Rustamovich. (2022). Stages of

production of bread and bakery products in uzbekistan. Conference Zone, – P. 355–358.
7.

Тухтаева, З. Ш. (2018). Олий таьлимда ихтисослик ва мутахассислик фанлар

узвийлиги ва интеграциясини таьминлаш муаммолари. Касб-хунар таьлим, 4, 21.

8.

Sharifovna, T. Z. (2019). Organizational-methodological inter-objective integrations in

teaching special disciplines. European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences Vol, 7(12).

9.

Sh, T. Z., & Kh, S. K. (2020). Innovative forms of education in Uzbekistan. International

journal of innovations in engineering research and technology. IJIERT, 7(4), 258-261.

10.

Zebo, T. X., & E’zoza, E. (2023). Oliy ta’limda talabalar bilan olib boriladigan o ‘quv-

metodik va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o ‘ziga xos xususiyatlari. Innovations in Technology
and Science Education, 2(17), 489-496.

11.

Olimov, K. T., & Sh, T. Z. (2019). Integration of Special Subjects, Opportunities and

Solutions. Eastenr European Scientific Journal, (2), 67-70.

12.

Ibragimov U.M., Imomov B.M. Harrington's generalized desirability function for

comparative analysis. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Konferensiya. 2023. – Р. 362-
363.

References

G‘ulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologivalari: Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik / Akademik S.S. G‘ulomovning unuimiy tahriri ostida. – Т., «Sharq», 2000.

Тухтаева З. Ш. Касб-ҳунар таълимида фанлараро узвийликни таъминлаш методикаси. – 2016.

Sh, T. Z., & Imomov, B. B. Possibilities of Introducing Information technologies in Educational Process. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN, 2643-9603.

Xayrullo, D., Olim, A., & Bekzod, I. (2023). Mashinali oʻqitish texnologiyalarini CO2 yordamida ekstraksiyalash jarayonida qoʻllash. Innovations in Technology and Science Education, 2 (9), 470-476.

Ибрагимов, У., & Имомов, Б. (2023). Свойства замкнутости класса кс-языков. Евразийский журнал академических исследований, 3(10), 339-343.

Imomov Bekzod Marat ugli, & Abdurakhmanov Olim Rustamovich. (2022). Stages of production of bread and bakery products in uzbekistan. Conference Zone, – P. 355–358.

Тухтаева, З. Ш. (2018). Олий таьлимда ихтисослик ва мутахассислик фанлар узвийлиги ва интеграциясини таьминлаш муаммолари. Касб-хунар таьлим, 4, 21.

Sharifovna, T. Z. (2019). Organizational-methodological inter-objective integrations in teaching special disciplines. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

Sh, T. Z., & Kh, S. K. (2020). Innovative forms of education in Uzbekistan. International journal of innovations in engineering research and technology. IJIERT, 7(4), 258-261.

Zebo, T. X., & E’zoza, E. (2023). Oliy ta’limda talabalar bilan olib boriladigan o ‘quv-metodik va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o ‘ziga xos xususiyatlari. Innovations in Technology and Science Education, 2(17), 489-496.

Olimov, K. T., & Sh, T. Z. (2019). Integration of Special Subjects, Opportunities and Solutions. Eastenr European Scientific Journal, (2), 67-70.

Ibragimov U.M., Imomov B.M. Harrington's generalized desirability function for comparative analysis. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Konferensiya. 2023. – Р. 362-363.