YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
74
MULK HUQUQI VA UNING VUJUDGA KELISHI
Qodirova Go‘zal Qodir qizi
O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
Yurisprudensiya: biznes huquqi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12284059
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mulk huquqi, uning elementlari – egalik qilish, foydalanish va
tasarruf etish huquqlari hamda mulk huquqining vujudga kelish asoslari tahlil qilingan,
qonunchiligimizda mavjud normalar asosida mulk huquqining huquqiy tartibga solinishi, mulk
huquqi vujudga kelishining qonuniy asoslariga to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish, bitimlar, topilmalar, mullk yaratish.
PROPERTY RIGHTS AND ITS OCCURRENCE
Kadirova Guzal is the daughter of Kadir
National University of Uzbekistan Faculty of Social Sciences
Jurisprudence: direction of business law Stage 2 student
Annotation
: this article analyzes the law of property, its elements – the rights of possession,
use and disposal and the basis for the emergence of property rights, touches on the legal
regulation of property rights, the legal basis for the emergence of property rights on the basis
of existing norms in our legislation.
Keywords
: possession, use, disposal, transactions, findings, mullk creation.
ПРАВО СОБСТВЕННОСТИ И ЕГО ВОЗНИКНОВЕНИЕ
Кадирова Гузал Кадир кизи
Национальный университет Узбекистана Факультет социальных наук
Юриспруденция: направление делового права Студент 2-го курса
Аннотация
: В статье анализируется понятие контракта, значение структурного
элементарного тюнинга Хонда в отношениях сегодня. Обсуждается участие и специфика
лиц в заключении договоров
Ключевые
слова: Акцепт, оферта, договор, стороны договора, лица.
Mulk huquqi oʻzga ashyoviy huquqlar tizimiga asos soluvchi (boshlangʻich) hisoblanadi. Boshqa
huquqlar ushbu huquqdan vujudga kelish xarakteriga egadir. Mulk huquqi ashyoviy huquqning
barcha alomatlariga ega boʻlib, muddatsiz hisoblanadi. Mulk huquqining tushunchasi FKning
164-moddasida belgilangan.
Unga koʻra, mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz
manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, oʻzining
mulk huquqini, kim tomonidan boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish
huquqidan iboratdir. Mulk huquqi obyektiv va subyektiv jihatidan koʻrib chiqilishi mumkin.
Obyektiv jihatidan mulk huquqi mulkdor tomonidan oʻz mulkiga egallik qilish, foydalanish va
tasarruf etish boʻyicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlar tizimini tashkil
etadi. Bu nuqtayi nazarda mulk huquqi – fuqarolik huquqining markaziy va asosiy institutidir.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
75
Har qanday subyektiv huquq kabi subyektiv jihatidan mulk huquqi ham, qonun tomonidan
boshqarishga vakolat berilgan shaxsning ma’lum harakatlarni amalga oshirish imkoniyatidir.
Ushbu nuqtayi nazaridan u oʻz egasiga – mulkdoriga unga tegishli boʻlgan mulk xususiyati va
foydalanish imkoniyatlarini belgilash va unga nisbatan toʻliq xoʻjalik hukmronligini amalga
oshirish imkoniyatini beradi. Xorijiy mamlakatlarda mulk huquqiga oid qoidalarga e’tibor
qaratsak, shu narsa ma’lum boʻladidki, xorijiy mamlakatlarda mulk huquqining turli
konstruksiyalarni klassifikatsiya qilishning yagona universial asosi belgilanmagan. Shu bilan
birga, pretsedentlarga yo‘naltirilgan ingliz umumiy huquqini qabul qilgan AQShda mulkchilik
munosabatlar garchi Konstitutsiya darajasida nazarda tutilsada (AQSh Konstitutsiyasiga V, XIV
qo‘shimchalar), biroq uning rivojlanishi va keng ifodalanishi alohida shtatlarning qonunchiligi
va sud qarorlarida 156 mustahkamlangan.
Qolaversa, fuqarolik huquqi nazariyasi nuqtai nazaridan amerika mulk huquqi modelining
asosida ushbu huquqning sub'ektiv tarkibi masalasi yotadi. AQSh mulk huquqi modelini oddiy
va murakkab tuzilishli turlarga ajratish mumkin[1] . Oddiy yoki soddalashtirilgan model “bitta
ashyoga – bitta to‘la huquqli mulkdor” tamoyiliga asoslanadi.
Bu konstruksiyada mazkur ashyoga u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan har qanday boshqa
shaxslar “boshqa huquqli” shaxslar hisoblanadi va ashyoning mulkdori o‘zining egalik qilish,
foydalanish va tasarruf etishga dior vakolatlari yakka o‘zi amalga oshiradi. Shu ma’noda mulk
huquqi mutlaq tus (fee simple absolute) kasb etadi. Angliyada 1925 yilda “Mol-mulk
to‘g‘risida”gi Qonun (Law of Property Act 1925) qabul qilingan. Mazkur qonunda mulk huquqi
mutlaq tusga egaligi nazarda tutilgan. Angliyalik mutaxassislarning ta'kidlashicha, ingliz mulk
va egalik qilish huquqi rim huquqidagi ayniy tushunchalarga mos kelmaydi, ingliz huquqi
mutlaq emas, ustuvor vakolatlarni belgilash tizimi hisoblanadi[2].
Germaniya Fuqarolik Tuzuklari (GFT) da mulk yoki xususiy mulk atamasilarning izohi
berilmaganligi ko‘zga tashlanadi. Germaniya fuqarolik qonunchiligiga ko‘ra, mulk huquqi keng
mazmunli ashyoviy huquqning bir turi bo‘lib, faqat egasiga o‘ziga tegishli mol-mulkdan
foydalanish yo‘nalishini belgilash, mol-mulkka nisbatan to‘liq xo‘jalik hukmronligini amalga
oshirish imkoniyati beradi. GFTda mulk huquqi tushunchasi berilmagan, aksincha, mazkur
tushuncha mulk huquqining mazmunini bayon etish yo‘li bilan izohlangan. Shunga
qaramasdan, GFTning 903-moddasida mulk huquqining fuqarolik-huquqiy ta’rif mavjud. Unga
ko‘ra, ashyoning egasi qonun yoki uchinchi shaxslarning huquqlari to‘sqinlik qilmaydigan
darajada ashyoni o‘z xohishi bo‘yicha tasarruf etishi va boshqa shaxs tomonidan har qanday
ta’sirni bartaraf etishi mumkin. Mazkur ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, GFTda mulk huquqi alohida
vakolatlarning oddiy yig‘indisi emas, balki o‘ziga xos alohida huquq sifatida belgilangan[3] .
Ingliz-amerika huquq tizimidan farqli ularoq, Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy tizimi mansub
boʻlgan qit’a huquq tizimida mulk huquqi “bitta ashyo – bitta mulkdor” oddiy mulk huquqi
modeliga tayanadi. Ingliz-amerika tizimida “taqsimlangan mulk” modeli hukmronlik qilib, unga
muvofiq bitta mulkka bir necha shaxslarning huquqi e’tirof etiladi.
Mulk huquqi vujudga kelishining dastlabki usullarga quyidagilar kiradi:
- mol-mulkni yaratish va koʻpaytirish;
- mehnat faoliyati; - mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik
faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, koʻpaytirish, bitimlar asosida qoʻlga kiritish;
- davlat mol-mulkini xususiylashtirish;
- meros qilib olish;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
76
- egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat;
- hamma yigʻib olishi mumkin boʻlgan ashyolarni mulkka aylantirish;
- egasiz ashyoga nisbatan mulk huquqining vujudga kelishi;
- topilmaga egalik huquqini olish;
- qarovsiz hayvonlarga egalik huquqini olish;
- xazinaga egalik huquqini olish;
Mulk huquqi vujudga kelishining hosila usullariga quyidagilar kiradi:
- bitim boʻyicha mol-mulkni olish;
- sudning qarori.
References:
1.
Joseph William Singer. Introduction to property. Aspen Publishers. – NY, 2005. -13-15,20-
22 p.
2.
Bridge M. G. Personal Property Law. 3rd ed. London, 2002. P. 28 – 29
3.
Ernest Joseph Schuster. The principles of German Civil law// Bibliolife, 2015, -754 p.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1-qism Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi 30.06.2022 y., 03/22/782/0576-son