QONUN IJODKORLIGI YOSHLAR NIGOHIDA

Annotasiya

Ushbu maqolada qonun ijodkorligi jarayonlari AQSH va O‘zbekiston misolida ko‘rsatilib, unda yoshlarning ishtirokini kengaytirish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar hamda uning yanada jadallashtirilishiga doir takliflar bayon etiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
65-69
25

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Qodirova, G. . (2024). QONUN IJODKORLIGI YOSHLAR NIGOHIDA. Молодые ученые, 2(19), 65–69. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/47401
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada qonun ijodkorligi jarayonlari AQSH va O‘zbekiston misolida ko‘rsatilib, unda yoshlarning ishtirokini kengaytirish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar hamda uning yanada jadallashtirilishiga doir takliflar bayon etiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

65

QONUN IJODKORLIGI YOSHLAR NIGOHIDA

Qodirova Go‘zal Qodir qizi

O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti

Yurisprudensiya: biznes huquqi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12282863

Annotatsiya:

Ushbu maqolada qonun ijodkorligi jarayonlari AQSH va O‘zbekiston misolida

ko‘rsatilib, unda yoshlarning ishtirokini kengaytirish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar
hamda uning yanada jadallashtirilishiga doir takliflar bayon etiladi.

Kalit so‘zlar:

qonun ijodkorligi, huquq, Oliy Majlis, AQSH, O‘zbekiston, veto, Senat, Yoshlar

parlamenti, qonun, taklif.

CREATIVITY OF THE LAW THROUGH THE EYES OF YOUNG PEOPLE

Kadirova Guzal is the daughter of Kadir

National University of Uzbekistan Faculty of Social Sciences

Jurisprudence: direction of business law Stage 2 student


Annotation

: in this article, the processes of legislative creativity are shown on the example of

the United States and Uzbekistan, which describes proposals for the expansion of youth
participation and the work carried out in this regard, as well as its further acceleration.

Keywords

: lawmaking, law, House of Commons, USA, Uzbekistan, veto, Senate, Youth

Parliament, Law, proposal.


ПРАВОТВОРЧЕСТВО ГЛАЗАМИ МОЛОДЕЖИ

Кадирова Гузал Кадир кизи

Национальный университет Узбекистана Факультет социальных наук

Юриспруденция: направление делового права Студент 2-го курса

Аннотация:

В данной статье показаны законотворческие процессы на примере США и

Узбекистана, в которых изложены предложения по расширению участия молодежи и
проводимой в этом направлении работе, а также по ее дальнейшему ускорению.

Ключевые слова:

законотворчество, право, Олий Мажлис, США, Узбекистан, вето, Сенат,

Молодежный парламент, закон, предложение.

Huquqiy demokratik davlat barpo etishda qonun ijodkorligining ahamiyati beqiyos. Sababi
qonunlar vujudga kelishi bilan birgalikda ma’lum bir vaqtdan so‘ng o‘zgartirish yoki bekor
qilish zaruriyatiga ega bo‘ladi. Chunki qonunlar ixtiro qilinmaydi, balki sharoitlardan kelib
chiqadi. Har qachon zamon bir tekisda turmaydi, u hamisha rivojlanib, yangilanib boradi.
Jamiyat va davlat uchun manfaatli qonunni ishlab chiqish va qabul qilish har bir mamlakat
oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sanaladi.
Ho‘sh, mamlakatlarda qonun loyihalari qanday qilib qonunga aylanadi? Qisqacha dunyo
tajribasi va O‘zbekistonda mavjud qonun ijodkorligiga ko‘z tashlaymiz.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida Kongress ikki palatali hisoblanib, Vakillar palatasi va Senatdan
iborat. Aynan mana shu Kongress qonunlarni qabul qilishi, o‘zgartirishi bekor qilishi mumkin.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

66

Ya’ni u yangi qonunlar qabul qilinishi yoki mavjud qonunlarni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan
mexanizmdir. Qonun loyihasi - bu yangi qonun yoki mavjud qonunga o‘zgartirish kiritish taklifi.
Qonun loyihasi g‘oyasi AQSH Senati yoki Vakillar palatasining o‘tirgan a’zosidan kelib chiqishi
yoki ularning saylov kampaniyasi paytida taklif qilinishi mumkin. Qonun loyihalari,
shuningdek, ularni vakili bo‘lgan Kongress a’zosiga yangi yoki o‘zgartirilgan qonunni tavsiya
qiladigan odamlar yoki fuqarolar guruhlari tomonidan murojaat qilinishi mumkin. Qonun
loyihasi kiritilgandan so‘ng, u a’zolari tadqiqot olib boradigan, muhokama qiladigan va qonun
loyihasiga o‘zgartirishlar kiritadigan qo‘mitaga yuboriladi. Keyin loyiha ovoz berish uchun
ushbu palataning oldiga qo‘yiladi. Agar qonun loyihasi Kongressning bitta organidan o‘tsa, u
boshqa organga xuddi shunday tadqiqot, muhokama, o‘zgartirish va ovoz berish jarayonidan
o‘tish uchun boradi. Ikkala organ ham qonun loyihasini qabul qilish uchun ovoz bergandan
so‘ng, ular ikkita versiya o‘rtasidagi farqlarni ishlab chiqishlari kerak. Keyin ikkala palata ham
qonun loyihasining bir xil versiyasiga ovoz berishadi. Agar u o‘tib ketsa, uni Prezidentga taqdim
etadilar. So‘ng, Prezident qonun loyihasini ko‘rib chiqadi. Prezident uni ma’qullashi va
imzolashi yoki qonun loyihasini tasdiqlashdan bosh tortishi mumkin. Qonun loyihasini
tasdiqlamasligiga veto deyiladi. Agar Prezident qonun loyihasiga veto qo‘yishni tanlasa,
aksariyat hollarda Kongress ushbu vetoni bekor qilish uchun ovoz berishi mumkin va qonun
loyihasi qonunga aylanadi

1

.

O‘zbekiston ham o‘z qonunchilik tizimini yaratishda dunyo mamlakatlari tajribasiga tayangan.
Bugungi kunda mamlakatimizda parlament ikki palata – Qonunchilik palatasi va Senatdan
iborat. Qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish va o‘zgartirish Oliy Majlisning eng asosiy
vazifalaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Biror masala yuzasidan qonun qabul qilinishida
avvalo qonunchilik tashabbusi muhim hisoblanadi. O‘zbekistonda qonunchilik tashabbusiga
ega subektlar Konstitutsiya bilan belgilab qo‘yilgan. Qonunchilik tashabbusi huquqi qonun
loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga
kiritish orqali amalga oshiriladi. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilganidan keyin
Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi Kengashi uni
dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni amalga oshiradigan mas’ul qo‘mitani belgilaydi. Qonunchilik
palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, bir necha o‘qishda ko‘rib chiqadi. Qonun
Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan
qabul qilinadi va Senatga yuboriladi. Agar Senat qonun loyihasini rad etish to‘g‘risida qaror
qabul qilsa, qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Agar Qonunchilik palatasi deputatlar
umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa,
qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda
Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash va e’lon qilish
uchun yuboriladi.
Ko‘rib turganimizdek qonun qabul qilish jarayoni har ikki holatda ham bir necha bosqichlardan
iborat jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayonlarda har bir shaxs ishtiroki muhim sanaladi.
Mubolag‘a bilan aytadigan bo‘lsak, biz o‘zimiz qonun chiqaruvchimiz.
Mamlakatimizda so‘ngi yillarda norma ijodkorligi sohasiga bir qator samarali ishlar amalga
oshirildi. Misol sifatida 8-avgust 2018-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining PF-5505-sonli “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini

1

AQSHnin Oq Uy web-sayti

https://www.whitehouse.gov/


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

67

tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinganligi aytib o‘tishimiz mumkin. Farmonga ko‘ra,
“norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar
belgilandi:
- qonunchilik bazasini tizimlashtirish, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish
barqarorligini ta’minlash;
- normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish,
shuningdek, ularning ijrosi monitoringini takomillashtirish;
- norma ijodkorligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish;
- norma ijodkorligida “aqlli tartibga solish” modeli elementlarini qo‘llash;
- norma ijodkorligi faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish”

2

.

Konsepsiyada qonunchilik bazasini tizimlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish
borasida tub o‘zgarishlar yasay oladigan vazifalar keltirib o‘tilgan va bugungi kunda
belgilangan maqsadlarning ijrosini kun sayin rivojlanayotgan Vatanimiz hududida osoyishta
hayot kechirgan holda ko‘rib turibmiz. Belgilangan maqsadlar yo‘lida amalga oshirilgan
ishlarga misol qilib, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali –
regulation.gov.uz hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning
yagona elektron tizimi – project.gov.uz portallarining yaratilib, faoliyatga tatbiq etilganligini
keltirishimiz mumkin. regulation.gov.uz portali orqali xalqimiz o‘zlari norma ijodkori sifatida
qonun loyihasini shakllantirishlari, takliflarini berishlari mumkin. project.gov.uz portalida esa
nomidan ma’lum hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi va tegishli tashkilotlar bilan onlayn tarzda
kelishiladi.
Yuqorida biz qabul qilingan birgina Konsepsiya misolida norma ijodkorligi sohasiga bo‘lgan
e’tibor va amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdik.
Lekin norma ijodkorligi jarayonlarida, umuman qonunchilik sohasida yangilik sifatida
maydonga chiqqan yana bir qadam borki, u haqida to‘xtalmaslik mumkin emas. Bu –
qonunchilik jarayonlariga yoshlarni kengroq jalb etish, ularning faolliklarini oshirish
maqsadida tashkil etilgan “Yoshlar parlamenti” hisoblanadi. Uning maqsadlaridan biri -
yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy ongi va
savodxonligini oshirish, qonunchilik va qonun ijodkorligi jarayoniga yoshlarni jalb qilish va
qabul qilinayotgan qonunlarni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish orqali ularning parlament
hayotiga daxldorligini oshirishda ishtirok etishdan iborat.
Qonun ustuvorligini muhokama qilishda yoshlar ko‘pincha ikki tomonlama rol o‘ynaydi - ular
eng qizg‘in himoyachilar, balki asosiy qonunbuzarlardan ham bo‘lishi mumkin. Yoshlar
ko‘pchilik tomonidan faol fuqarolik ishtiroki, hisobdorlik va adolatning qonun ustuvorligini
targ‘ib qilishning asosiy ishtirokchilari sifatida maqtovga sazovor bo‘lishi va yoki tanganing
boshqa tomonida zo‘ravonlik, mojaro va noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanadigan potensial
jinoyatchilar sifatida tasvirlanishi mumkin. Har qanday holatda ham qaysi tomonni tanlash
kishining ixtiyori va u yashayotgan muhitga bog‘liq desam adashmagan bo‘laman. “Yoshlar
parlamenti” esa yoshlarni mana shu ikki tomonlama yo‘lning istiqbolli tarafiga boshlovchi
yetakchilardir. “Yoshlar parlamenti” a’zolari joylarda yoshlar ishtirokida qonun loyihalari
bo‘yicha muhokamalar o‘tkazib, ularning takliflarini yuqoriga yetkazayotgani, yoshlarning

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5505-sonli “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini

tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni. 2018-yil.

https://lex.uz/docs/-3858817


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

68

muammolari bilan ishlashda faollik ko‘rsatayotganliklari tahsinga sazovor albatta. Ushbu
yutuqlarga qaramay, yoshlar orasida qonun ijodkorligi va ustuvorligini targ‘ib qilishda ularning
ishtiroki uchun imkoniyatlar yetarli emas degan tushuncha ham yo‘q emas. Shuning uchun,
yoshlarni qonun ijodkorligi faoliyatiga tizimli jalb etish borasida yana bir qancha ishlarni
amalga oshirish kerak deb hisoblayman.
Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2018 yilgi yoshlar strategiyasida to‘rtinchi
ustuvorlik sifatida belgilangan yo‘nalishda ko‘rsatib o‘tilgan – yoshlarning siyosiy va
jamoatchilik ishida ishtirok etishini faol rag‘batlantirish, barcha darajada siyosiy va ijtimoiy
jarayonlarda ishtirok etishiga ko‘maklashish

3

kabilarni tizimli ravishda amalga oshirib borish

maqsadga muvofiq.
Yoshlar qonunga zid xatti-harakat sodir etganlarida ularning adolatga bo‘lgan huquqlari
ta’minlanishi va asosiy e’tibor jazoga emas, balki reabilitatsiyaga qaratilishi kerak.
Bundan tashqari mamlakatdagi 30 yoshgacha bo‘lgan, huquq va siyosiy sohaga qiziquvchi
yoshlar uchun yozgi huquq maktablari, parlament va siyosiy partiyalarda amaliyotlar tashkil
etish ularning ushbu sohaga bo‘lgan qiziqishlarini ortishiga xizmat qiladi. Masalan, yozgi huquq
maktablari doirasida sohaga qiziquvchi yoshlar bilan treninglar, seminarlar va amaliy
mashg‘ulotlar o‘tkazish, kundalik hayotda ko‘p qo‘llaniluvchi huquq sohalari bo‘yicha
tushunchalar berish, o‘z huquqlarini ximoya qilish yo‘llarini o‘rgatish kabi ishlarni amalga
oshirish, bu borada chet el tajribasidan samarali foydalanish mumkin. Bugungi kunda
dunyoning rivojlangan mamlakatlari yoshlarning naqadar katta kuch ekanligini anglagan
holda, ularni huquq, siyosat, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, qurilish, ilm-fanning turli
sohalarida o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari, ularni ma’lum sohaga yo‘naltirish borasida
tizimli ishlarni amalga oshirmoqdalar. O‘zbekistonda ham bu kabi ishlar amalga oshirilib o‘z
samarasini ko‘rsatmoqda. Biroq, bu hali mamlakatda yashovchi yoshlarning barchasini qamrab
olish imkonini bermayabdi. Huquq sohasida o‘qish mashaqqatli. Ushbu ta’lim yo‘nalishiga
o‘qishga kirish esa undan ko‘ra qiyinroq nazarimda. Shu bois hamma ham ushbu sohaning
diplomli egasi bo‘lavermaydi. Lekin huquq har birimizning hayotimizda ajralmas qismi
ekanligini hisobga olsak, u bilan har birimiz tanish bo‘lishimiz va uni o‘rganishimiz,
rivojlantirishimiz zarur.
Yaxshi qonunlarni ishlab chiqish oson, lekin ularni samarali qilish qiyin. Bu yo‘lda qonun
ijodkorligini takomillashtirish, yoshlarni unga ko‘proq jalb etib, kelajak deputatlari,
senatorlarini tarbiyalab, mamlakatning huquq ustuvorligi ko‘rsatkichini ko‘tarish kabi
maqsadlarni olg‘a surishimiz zarur.
So‘ngi so‘z o‘rnida K.Derouning quyidagi fikrini keltirib o‘tmoqchiman:
“Qonunlar kiyim kabi bo‘lishi kerak. Ular xizmat qilish uchun mo‘ljallangan odamlariga mos
kelishi kerak”.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

https://lex.uz/docs/6445145

3

United Nations Youth Strategy, “Youth 2030: working with and for young people”, 2018

https://www.un.org/


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

69

2.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatasi Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.

https://lex.uz/en/docs/-6358558

3.

United Nations Youth Strategy, “Youth 2030: working with and for young people”, 2018

https://www.un.org/

4.

AQSHnin Oq Uy web-sayti

https://www.whitehouse.gov/

5.

USA.gov dasturi web-sayti

https://www.usa.gov/

6.

U.S.CAPITOL tashrif buyuruvchilar markazi web-sayti

https://www.visitthecapitol.gov/

7.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali.

https://regulation.gov.uz/

8.

normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron

tizimi.

https://project.gov.uz

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/6445145

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatasi Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori. https://lex.uz/en/docs/-6358558

United Nations Youth Strategy, “Youth 2030: working with and for young people”, 2018 https://www.un.org/

AQSHnin Oq Uy web-sayti https://www.whitehouse.gov/

USA.gov dasturi web-sayti https://www.usa.gov/

U.S.CAPITOL tashrif buyuruvchilar markazi web-sayti https://www.visitthecapitol.gov/

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali. https://regulation.gov.uz/

normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi. https://project.gov.uz