YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
70
ADVOKATURA: FAOLIYATI VA TASHKILIY SHAKLLARI
Qodirova Go‘zal Qodir qizi
O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
Yurisprudensiya: biznes huquqi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12283491
Annotatsiya:
mazkur maqolada advokatura va uning faoliyati, tashkiliy shakllari, advokat
shaxsi va bugungi kunda mamalakatimizda advokaturani rivojlantirishga qaratilgan ishlar
borasida fikrlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
advokat, advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlik hay’ati, yuridik
maslahatxona.
ADVOCACY: ACTIVITIES AND ORGANIZATIONAL FORMS
Kadirova Guzal is the daughter of Kadir
National University of Uzbekistan Faculty of Social Sciences
Jurisprudence: direction of business law Stage 2 student
Annotation:
this article covers opinions on the lawyer and his activities, organizational forms,
personality of a lawyer and the work aimed at the development of a lawyer in our mamalakat
today.
Keywords:
lawyer, law bureau, law firm, Law jury, legal counsel.
АДВОКАТУРА: ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ И ОРГАНИЗАЦИОННЫЕ ФОРМЫ
Кадирова Гузал Кадир кизи
Национальный университет Узбекистана Факультет социальных наук
Юриспруденция: направление делового права Студент 2-го курса
Аннотация:
В данной статье освещаются вопросы адвокатуры и ее деятельности,
организационных форм, личности адвоката и работы, направленной на развитие
адвокатуры в нашей стране сегодня.
Ключевые слова:
адвокат, адвокатское бюро, юридическая фирма, коллегия адвокатов,
юридическая консультация.
Bugungi kunda dunyoda advokatura instituti rivojlanib bormoqda. Shular qatorida, mazkur
institut O‘zbekiston Respublikasida ham o‘z ahamiyatiga ega bo‘lib bormoqda.
Shu o‘rinda ushbu kasbning paydo bo‘lishi haqida birmuncha fikrlarni keltirib o‘tsak.
Advokaturaning dastlabki tuzilmalari Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimda paydo bo‘lgan.
Chunki o‘sha vaqtlarda mazkur ikki mamlakat huquq sohasining rivojlanishiga o‘zining beqiyos
hissasini qo‘shgan edi. Huquq sohalarining yaratilishi bilan shaxslarda o‘zlarining huquqlarini
himoya qilish masalasi o‘rtaga chiqa boshladi. Albatta hamma ham o‘z huquqlarini to‘la himoya
qila olmas edilar. Shunday vaqtlarda advokatlar o‘zlarining bilimi va notiqligi bilan o‘z
mijozlarini himoya qilar edilar.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
71
O‘zbekiston advokatlik kasbi XX asrlarda paydo bo‘la boshladi deb aytishimiz mumkin. Chunki,
o‘sha vaqtlarda o‘zbek millatida ilk advokat sifatida e’tirof etiladigan shaxs – Ubaydullaxo‘ja
Asadullaxo‘jayev tegishli ma’lumotni olib, advokatlik kasbi bilan shug‘ullanishni boshlagan edi.
Keyinchalik davlatimiz mustaqillikka erishgach, 1996-yilda ilk marotaba “Advokatura
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Keyinchalik soha rivoji
bo‘yicha yana bir qator normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Lekin eng asosiy yangilik va
o‘zgarish sifatida O‘zbekiston Respublikasining 30.04.2023 yilda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasining yangi Konstitutsiyasida advokatura uchun alohida bob ajratilganligini aytib
o‘tishimiz mumkin.
Bundan tashqari, bugungi kunda fuqarolarga yuridik yordam ko‘rsatish dolzarb masalaga
aylanib borayotganligi sabab, advokatura institutini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator
ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, advokat bo‘lish uchun talab etiladigan yuridik stajning
olib tashlanganligi, advokat stajyori va yordamchisi faoliyatini tashkil etish sohasida joriy
etilgan yangiliklarni aytib o‘tishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining XXIV-bobi advokatura institutiga
bag‘ishlangan bo‘lib, advokaturaning mohiyati va vazifalari ochib berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni orqali advokatura faoliyat
ko‘rsatish shakli, uning vazifalari va huquqlari tartibga solingan.
Qonunga ko‘ra, advokatura — huquqiy institut, u advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarning
mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi.
Advokat - oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish
huquqini beruvchi litsenziyani
olgan O‘zbekiston Respublikasining
fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkin.
Qonunga ko‘ra, advokat advokatlik faoliyati bilan birgalikda haq to‘lanadigan quyidagi faoliyat
bilan shug‘ullanishi mumkin:
ilmiy va pedagogik faoliyat;
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi va uning hududiy boshqarmalaridagi
faoliyat;
patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat;
shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, davlat
korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat;
hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi faoliyat.
Advokatura o‘z faolyatini qonun ustuvorligi, mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar
asosida amalga oshiradi.
Advokatura advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlik hay’ati, yuridik maslahatxona
shakllarida tashkil etilishi mumkin.
Advokatlik faoliyatining quyidagi turlari mavjud:
huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonunchilik yuzasidan og‘zaki va
yozma ma’lumotnomalar beradi;
fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlari hamda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar
bo‘yicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga
oshiradi;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
72
jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida va sudda himoyachi,
jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi;
tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko‘rsatadi.
hakamlik sudida va xalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi.
Advokat qonunchilikda man etilmagan boshqa turdagi yuridik yordam ham ko‘rsatishi
mumkin.
Advokatning shaxsi daxlsiz. Advokatning daxlsizligi uning uy-joyiga, xizmat xonasiga,
foydalanishidagi transporti va aloqa vositalariga, uning xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar
va hujjatlarga ham taalluqlidir.
Advokatga nisbatan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan
prokurorlar tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Advokatning uy-joyi yoki xizmat xonasiga, shaxsiy yoki foydalanishidagi transportiga kirish,
ularni ko‘zdan kechirish, tintuv o‘tkazish yoki olib qo‘yish, uning telefonlar va boshqa
telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, ular
orqali uzatiladigan axborotni olish, advokatni ko‘zdan kechirish va shaxsiy tintuvdan o‘tkazish,
xuddi shuningdek uning pochta-telegraf jo‘natmalarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni
ko‘zdan kechirish yoki olib qo‘yish, advokatni majburiy keltirish, ushlab turish O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent
shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning sanksiyasi bilan amalga oshirilishi
mumkin.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi advokatga nisbatan O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat prokurorlari,
Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga ko‘ra
jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llanilishi mumkin.
Advokatning ish bo‘yicha huquqiy nuqtai nazariga nisbatan surishtiruv organi, tergovchi,
prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek sud xususiy ajrim chiqarishi mumkin emas.
Advokatni yuridik va jismoniy shaxslarga qonunga muvofiq yuridik yordam ko‘rsatganligi
munosabati bilan jinoiy, moddiy va boshqa javobgarlikka tortish yoki unga shunday
javobgarlikka tortish bilan tahdid qilish mumkin emas.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, so'nggi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning huquq va
erkinliklarini, avvalo, jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning ishonchli kafolatlarini
ta'minlashga, shuningdek, inson sha'ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari
cheklanishiga yo'l qo'ymaslikka qaratilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu
ishlarda advokatlarning roli beqiyos sanaladi. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ham o‘zining
“Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobida “Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi
mustaqil advokatura faoliyatini samarali tashkil etishni nazarda tutadi. Sud-tergov faoliyatida
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalash bugungi kunning
dolzarb vazifasidir”
1
deya bejiz ta’kidlamagan. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, advokatlik
kasbini egallayman degan inson o‘z ustida astoydil ishlasa, yetuk advokat bo‘lishi uchun
mamlakatda barcha sharoitlar yaratilmoqda.
1
“Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobi. Sh.M.Mirziyoyev. T.,Toshkent-2021. 109-110 betlar
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
73
References:
1.
Mualliflar jamoasi “Advokatura” darslik. Toshkent 2019.
2.
O‘zbeksiton Respublikasining Krnstitutsiyasi. Toshkent 2023.
3.
O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni.
4.
O‘zbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning
ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonuni