YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
121
BIOLOGIYA FANIDAN 9 SINF O‘QUVCHILARI UCHUN HUJAYRA
ORGANOIDLARI TUZILISHINI O‘RGANISH MAVZUSI BO‘YICHA DARSNI
TASHKIL ETISH METODIKASI
Asila Saloyeva
2
Moxigul Toshboyeva
1
1
Andijon davlat pedagogika instituti Biologiya yo’nalishi talabasi,
O’zbekiston, Andijon
2
Andijon davlat pedagogika instituti Biologiya yo’nalishi talabasi,
O’zbekiston, Andijon
https://doi.org/10.5281/zenodo.14134825
Annotatsiya:
Ushbu maqolada 9-sinf "Umumiy biologiya" darsligidan joy olgan hujayra
va uning organoidlari tuzilishi va funksiyasini tushuntirishda yangi va zamonaviy interfaol
hamda multimedia vositalaridan foydalanish to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan.
Annotation:
This article provides information on the use of new and modern interactive
and multimedia tools in explaining the structure and function of the cell and its organoids,
which is included in the 9th grade "General Biology" textbook.
Аннотация:
В данной статье содержится информация об использовании новых и
современных интерактивных и мультимедийных средств при объяснении строения и
функций клетки и ее органоидов, которая включена в учебник «Общая биология» для 9
класса.
Kalit so'zlar:
Lizosoma, mitoxondriya, endoplazmatik to‘r, Golji majmuasi, ribosoma,
plastida, vakuol.
Key words:
Lysosome, mitochondria, endoplasmic reticulum, Golgi complex, ribosome,
plastid, vacuole.
Ключевые слова:
Лизосома, митохондрии, эндоплазматическая сеть, комплекс
Гольджи, рибосома, пластида, вакуоль.
XXI texnologiyalar asrida har bir sohada bo‘lgani kabi maktab ta‘lim tizimiga bir qancha
pedogogik texnologiyalar, yangi-yangi pedagogik tushunchalar, dars jarayonida
qo‘llaniladigan interfaol metodlarni ta‘lim beruvchi tomonidan qo‘llanilib borilishi ta‘lim
jarayonining tubdan o‘zgartirib yuborayotganini guvohi bo‘ldik. Hozirgi kunda zamonaviy
o‘qituvchilar uchun dars o‘tish jarayonida aktyor bo‘lishgina emas balki rejissiyor bo‘lish
kerakligini anglab yetishi lozim. Bundan tashqari, o‘quvchilarga dars jarayonlarini qiziqarli
tarzda olib borishda multimedia vositalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buning uchun esa o‘qituvchilar ta‘lim berishda qo‘llaniladigan ta‘lim usullarini yaxshi
bilishi kerak. O‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llanilishi o‘quvchilarda fikrlash
jarayonini oshishiga sabab bo‘ladi. O‘quvchilarda interfaol metodlarni qo‘llash ortiqcha ham
ruhiy ham jismoniy kuch sarflamaslikka, qisqa vaqt davomida yuksak natijalarga erishishga
sabab bo‘ladi.
Oldindagi maqsadlarga erishish uchun esa o‘qituvchi darslarda foydalanish maqsadida
o‘quvchini faolikka chorlovchi savollar berish orqali o‘quvchilarda izlanuvchanlik, qiyoslash,
ijodkorlik o‘xshash va farqli jihatlarini topish uchun rivojlantiruvchi muhit yaratadi.
O‘qituvchi savol berish bilan birgalikda o‘quvchilarni fikrlashga majbur qiluvchi qobiliyatini
ham shakllantirib boradi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
122
Interfaol metodlar va usullarga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin:
1.
Venn diagrammasi
2.
Klaster
3.
Aqliy hujum
4.
Bilaman, bilishni istayman, bilib oldim (BBB)
5.
Bahs-munozara
6.
Debat.
7.
Muallifga savollar
8.
Harakatli ma‘ruza
9.
Hamkorlikda izlanish
10.
Mustaqil hat.
Asosan, bu usullar o‘quvchining o‘z tengdoshlari orasida hissiy aloqa o‘rnatilishi,
o‘zgalarni fikrini tinglay olishi va o‘z fikrini mustaqil bayon etish, o‘ziga bo‘lgan ishonch,
bilimiga tayana olish, muammoli vaziyatlar yechimiga qiziqishlarni kuchayishiga, ayniqsa,
keng fikrlashga olib keladi.
Interfaol metodlardan foydalanish jarayonida o‘quvchilarning shaxsini ichki olamini
hisobga olish kerak. 9-sinf o‘quvchilari hujayra va uning tarkibiy qismlari, organoidlari va har
bir organoidning vazifalarini o‘rganishda bu organoidlar haqida ham amaliy ham nazariy,
ko‘rgazmali metodlar va multimedia vositalaridan foydalanib tushuntirishni zamonaviy
usullari yordamida organoidlarni vazifalari haqida ma‘lumotlar aks etadi.
Hujayra har bir tirik organizmning tuzilish va funksional birligi hisoblanadi. Hujayra
tarkibiga kiruvchi organoidlar umumiy va xususiy organoidlardan tashkil topadi. Umumiy
organoidlar bu barcha tirik organizmlar hujayrasini tarkibida uchraydi. Xususiy organoidlar
ayrim hujayralar tarkibida uchrab, turli xil vazifalarni bajaradi. O‘quvchilarga xususiy
organoidlarni ko‘rsatishda bir xujayrali hayvonlarni xususiy organoidlarini multimedia
vositasi yoki laboratoriya mashg‘ulotlarida ko‘rsatib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchilarda bilimlarni mustahkamlashda bu usullar samara beradi. Masalan, bir hujayralilar
tipi infuzoriyalar sinfi vakili tufelkani xususiy organoidi kiprikchalarini kuzatishimiz mumkin.
Hujayrani umumiy organoidlariga endoplazmatik to‘r, lizosoma, mitoxondriya, golji,
vakuol, plastida, ribosoma, hujayra markazi kiradi. O‘quvchilarda organoidlar mavzusini
tushuntirishda mikroskop orqali o‘rganish eng samarali hisoblanadi. Hozirgi kunda
mikroskop orqali o‘rganishdan tashqari videoroliklar orqali kerakli ma‘lumotlarni olish ham
mumkin.
Hujayraning eng muhim organoidlaridan bo‘lgan endoplazmatik to‘r retikulum deb ham
nomlanib, murakkab membranalardan tuzilgan hisoblanadi. Membranasi 1 qavat, vakuolalar
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
123
va kanalchalardan iborat. Shu kanalchalar birlashib hujayraning boshqa organoidlari bilan
bog‘lanish hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Endoplazmatik to‘rning yaxshi yoki sust
rivojlanganligi moddalar almashinuvining jadalligiga bog‘liq. Umumiy hajmi hujayraning 30-
50 % ini tashkil etadi va tuzilishga ko‘ra silliq va donador xillarga bo‘linadi. Donador
endoplazmatik to‘rning silliq endoplazmatik to‘rdan asosiy farqi shundaki, uning
membranalarida ribosomlar joylashgan. Demak, endoplazmatik to‘rning funksiyasi kanallari
orqali hujayra bo‘ylab moddalarning tashilishidir. Shu sababli bu organoid hujayra ichki
aylanma tizimi deb ham ta‘riflanadi.
Hujayradagi oqsil sintezida katta ahamiyatga ega bo'lgan organoid bu ribosomadir. U
hujayrada erkin va shu bilan birga endoplazmatik to'rning membranalarida joylashadi. Uning
diametri 15-35.0 nm bo'lgan ikkita bo'lakchadan tashkil topgan. Bu organoid oqsil sinteziga
javobgar bo'lib bu jarayonda ko'lab ribosomalar qatnashadi va ular poliribosomalar deyiladi.
Bundan tashqari, golji majmuasi hujayrada ko'plab muhim funksiyalarni bajaradi.
Birinchi marta nerv hujayralarida kashf etilgan. Uning tuzilishiga e'tibor beradigan bo'lsak,
yassi bo'shliqlar, mayda pufakchalar va yirik vakuolalardan tashkil topganligini elektron
mikroskop orqali kuzatishimiz mumkin. Golji majmuasi hujayrada endoplazmatik to'rdagi
oqsillar, lipidlar va uglevodlarni tarkibini o'zgartirib, tayyor shira holatiga olib keladi. Bu
moddalar esa hujayra hayot faoliyati uchun zarur bo'lgn moddalar sifatida foydalaniladi.
Mitoxondriya ikki qavat membrana bilan oʻralgan bo'lib, ichki membranasi kristalar
(burmalar) hosil qiladi. Mitoxondriyaning ichki membrana bilan oʻralgan boʻshligʻi matriks
deyiladi. Hujayrada mitoxondriya soni bir nechtadan mingtagacha yetadi. Mitoxondriyaning
asosiy funksiyasi energiya hosil qilishdan iborat. Mitoxondriya energiyasi manbai biologik
oksidlanish boʻlib, unda glikolizda hosil boʻlgan pirouzum kislota mitoxondriyada SO2 va N2O
gacha parchalanadi. Bu jarayon murakkab kimyoviy reaksiyalardan iborat.
Plastidalar avtotrof oʻsimliklar hujayrasining pigmentli organoidlari hisoblanadi va
organik moddalar sintezini amalga oshiradi. Yuksak oʻsimliklarda 3 xil turi uchraydi.
Xloroplatlar-yashil, xromoplastlar-rangli va leykoplastlar-rangsiz bo'ladi. Xloroplastlar -
linzasimon yoki sharsimon tangachalar, oʻlchami 4-6 mkm, tarkibida 50% ga yaqin oqsillar,
35% lipidlar va 7% pigmentlar, shuningdek, ozroq DNK va RNK bo'ladi. Yuksak oʻsimliklarda
xloroplastlar pigmentlari yashil xlorofillar hamda karotinoidlardan iborat. Leykoplastlar -
rangsiz, dumaloq yoki choʻziq mayda tanachalar boʻlib, oʻsimliklarning hamma tirik
hujayralarida mavjud. Xromoplastlar - dumaloq, notoʻgʻri koʻp qirrali yoki ignasimon shaklda,
tarkibida kuzgi barglar, gulyonbargchalar, pomidor, chetan, marvaridgul va boshqalarning
pishayotgan mevalariga sariq, qizil rang beradigan karotinoidlar bor.
Yana bir o'simlik hujayralariga xos organoidlardan biri bu vakuola hisoblanadi. Ko'plab
organik birikma va tuzlardan tashkil topgan. Uning asosiy vazifasi o'simliklarga mexanik
mustahkamlik berishdan iborat. Bu funksiyasi vakuol shirasi oqali hosil qilinadigan osmotik
bosim hisobiga ta'minlanadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
124
9-sinf "Umumiy biologiya" fan darsligida hujayra va uning organoidlari mavzusini
tushuntirishda ko‘rgazmali qurollar, interfaol metodlar, multimedia vositalaridan foydalandik.
Ko‘rgazmali qurol o‘quvchilarni o‘qigan, eshitgan ma‘lumotlarga qaraganda ko‘proq ma‘lumot
beradi. Multimedia vositalaridan foydalanishda esa biz hujayraning tarkibidagi
organoidlarning joylashuvi va funksiyalariga oid videoroliklar namoyish etdik. Dars
o'tilayotgan sinfning yoshidan kelib chiqqan holda muammoli ta'lim metodidan foydalandik.
Dars jarayonida psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bo'lgan o'quvchilarni 5 tadan qilib kichik
guruhlarga bo'ldik. dars mavzusiga oid muammoli savollarni o'quvchilarga tanishtridik.
O'quvchilar olgan ma'lumotlarni muammoli vaziyatlarda qo'llay olishga yo'naltirdik va shu
bilan birga qo'shimcha axborotlarni ham taqdim qildik. Bu orqali o'quvchilarni mantiqiy fikr
yuritishiga va olgan nazariy ma'lumotlarni hayotda qo'llay olishiga erishildi. Dars so‘ngida faol
guruh o‘quvchilari baholandi.
Xulosa.
Biz bugungi kunda dars o‘tish bo‘yicha qo‘llagan metodlarimiz orqali o‘quvchilar
berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oldilar. Dars
jarayonlarimizda o‘quvchilar o‘tgan mavzularni mustahkamlab yangi bilim va ko‘nikmalarga
ega bo‘lishdi. O‘quvchilar erkin fikrlashga va fikrini aniq bayon etishga muvaffaq bo‘ldilar.
Bundan tashqari o‘quvchilar dars davomida laboratoriya mashg‘ulotlari bajarish bilan birga
nazariy olgan ma‘lumotlarini amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Biz kelgusi
ishlarimizda biologiyaning har bir mavzulari bo‘yicha dars o‘tish jarayonida yangi va
zamonaviy metodlarni yoritib bermoqchimiz.
References:
1.
Innovasion ta'lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M.,
To'rayev A.B. - T.: "Sano standart" nashriyoti, 2015. - 81-b.
2.
Ishmuhamedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish
yo'llari /O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'qituvchilarining malakasini oshirish
va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari
o'qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar. - T.: TDPU, 2004.
3.
Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. - T.: O'qituvchi, 2004.
Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob / Met. qo'll. U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov,
M.Usmonboyeva, D.Inog'omova. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2012. - 193 b.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
125
4.
Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf, 2000.
5.
Ro'ziyeva D., Usmonboyeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi /
Met.qo'll. - T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013. - 115 b.
6.
Musurmonov R. Ta'lim faoliyati sharoitida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi
nizolarning oldini olish - ta'lim samaralidorligi omili. Academic research in educational
sciences volume 2 | issue 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF)
2021: 5.723
7.
Ismoilova D.M. Zamonaviy didaktik yondashuvlar asosida umumiy o'rta ta'lim
maktablari ta'lim mazmunini prognostika qilish. Xalq ta'limi" jurnali T.:2020 yil №5
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of
modern technology in teaching foreign languages"
8.
Khasanova G. K. The success and education system of South Korea and Japan //Наука
сегодня: проблемы и пути решения [Текст]: материа. - 2021. - С. 94.
9.
Khasanova, G. K. (2021). MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION AND
PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD. Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences, ^(Special Issue
10.
Хашимова С. НЕКОТОРЫЕ ГРАММАТИЧЕСКИЕ И СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ
УДВОЕНИЯ В ЯПОНСКОМ ЯЗЫКЕ. - Страны. Языки. Культура. - С. 334-338.
11.
Хашимова С. On some features of teaching foreign language for students of non-
philological areas at the initial stage. - 2019. - Евразийское Научное Объединение. - С. 334-
338.
12.
Mavlonov. O, Tilavov. T, Aminov. B. "Odam va uning salomatligi". "O‘QITUVCHI"
NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI. TOSHKENT-2019. 55-60 b.