Авторы

  • Moxigul Toshboyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti Biologiya yo’nalishi talabasi, O’zbekiston, Andijon
  • Asila Saloyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti Biologiya yo’nalishi talabasi, O’zbekiston, Andijon

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.50435

Ключевые слова:

Avitaminoz gipervitaminoz rodopsin beri-beri singa tiamin riboflavin.

Аннотация

Ushbu maqolada 8-sinf "Odam va uning salomatligi" darsligidan joy olgan vitaminlar va ularning ahamiyati mavzusida qo‘llaniladigan metodlar to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

116

BIOLOGIYA FANIDAN 8 SINF O‘QUVCHILARI UCHUN "VITAMINLAR VA

ULARNING AHAMIYATI" MAVZUSI BO‘YICHA DARSNI TASHKIL ETISH

METODIKASI

Moxigul Toshboyeva

1

Asila Saloyeva

2

1

Andijon davlat pedagogika instituti Biologiya yo’nalishi talabasi,

O’zbekiston, Andijon

2

Andijon davlat pedagogika instituti Biologiya yo’nalishi talabasi,

O’zbekiston, Andijon

https://doi.org/10.5281/zenodo.14134724

Annotatsiya:

Ushbu maqolada 8-sinf "Odam va uning salomatligi" darsligidan joy olgan

vitaminlar va ularning ahamiyati mavzusida qo‘llaniladigan metodlar to‘g‘risida ma‘lumotlar
keltirilgan.

Annotation:

This article contains information about vitamins and methods used in the

topic of vitamins and their importance from the 8th grade textbook "Man and his health".

Аннотация:

В данной статье собраны сведения о методах, используемых в теме

витаминов и их значении, которые включены в учебник для 8 класса «Человек и его
здоровье».

Kalit so'zlar:

Avitaminoz, gipervitaminoz, rodopsin, beri-beri, singa, tiamin, riboflavin.

Key words:

Avitaminosis, hypervitaminosis, rhodopsin, beriberi, singa, thiamin,

riboflavin.

Ключевые слова:

Авитаминоз, гипервитаминоз, родопсин, авитаминоз, синга,

тиамин, рибофлавин.


XXI texnologiyalar asrida har bir sohada bo‘lgani kabi maktab ta‘lim tizimiga bir qancha

pedogogik texnologiyalar, yangi-yangi pedagogik tushunchalar, dars jarayonida
qo‘llaniladigan interfaol metodlarni ta‘lim beruvchi tomonidan qo‘llanilib borilishi ta‘lim
jarayonining tubdan o‘zgartirib yuborayotganini guvohi bo‘ldik. Hozirgi kunda zamonaviy
o‘qituvchilar uchun dars o‘tish jarayonida aktyor bo‘lishgina emas balki rejissiyor bo‘lish
kerakligini anglab yetishi lozim.

Buning uchun esa o‘qituvchilar ta‘lim berishda qo‘llaniladigan ta‘lim usullarini yaxshi

bilishi kerak. O‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llanilishi o‘quvchilarda fikrlash
jarayonini oshishiga sabab bo‘ladi. O‘quvchilarda interfaol metodlarni qo‘llash ortiqcha ham
ruhiy ham jismoniy kuch sarflamaslikka, qisqa vaqt davomida yuksak natijalarga erishishga
sabab bo‘ladi.

Buning uchun o‘qituvchi darslarda foydalanish maqsadida o‘quvchini faolikka

chorlovchi savollar berish orqali o‘quvchilarda izlanuvchanlik, qiyoslash, ijodkorlik o‘xshash
va farqli jihatlarini topish uchun rivojlantiruvchi muhit yaratadi. O‘qituvchi savol berish bilan
birgalikda o‘quvchilarni fikrlashga majbur qiluvchi qobiliyatini ham shakllantirib boradi.

Interfaol metodlar va usullarga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin:

1.

Venn diagrammasi

2.

Klaster

3.

Aqliy hujum

4.

Bilaman, bilishni istayman, bilib oldim (BBB)


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

117

5.

Bahs-munozara

6.

Debat.

7.

Muallifga savollar

8.

Harakatli ma‘ruza

9.

Hamkorlikda izlanish

10.

Mustaqil hat.
Asosan, bu usullar o‘quvchining o‘z tengdoshlari orasida hissiy aloqa o‘rnatilishi,

o‘zgalarni fikrini tinglay olishi va o‘z fikrini mustaqil bayon etish, o‘ziga bo‘lgan ishonch,
bilimiga tayana olish, muammoli vaziyatlar yechimiga qiziqishlarni kuchayishiga, ayniqsa,
keng fikrlashga olib keladi.

Interfaol metodlardan foydalanish jarayonida o‘quvchilarning shaxsini ichki olamini

hisobga olish kerak.

Maktab o‘quvchilarida vitaminlar haqida to‘liqroq ma‘lumotga ega bo‘lish ularni

salomatligiga va ratsional ovqatlanish qoidalariga rioya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki tirik organizmlarning normal hayoti uchun ovqat tarkibida yog‘lar uglevodlar va
oqsillardan tashqari vitaminlar katta ahamiyatga ega. Vitaminlarni dastlab N.L.Lunin kash
etgan. Vitamin biologik faol moddalar tarkibiga kirib organizmda muhim ahamiyat kasb etadi.

Vitaminlarni organizmda sonini ortib ketishi gipervitaminoz, kamayib ketishi esa

gipovitaminoz, ma‘lum bir vitaminning yo‘qolib ketishi esa avitaminoz deyiladi.

Vitaminlar orasida yog‘da eriyidgan vitaminlardan biri A vitamini organizmda o‘sish

jarayonida muhim hisoblanib, u yetishmaganda ichki organlarda shikastlanish, tishlarni
shakllanishiga, sochlarni yaxshi o‘smasligiga ta‘sir ko‘rsatadi hamda shapko‘rlikka olib keladi.
Har kuni A vitaminidan 1 g iste‘mol qilish zarur. A vitamini o‘simlik hamda hayvon
mahsulotlarida uchraydi. A vitamini hayvon mahsulotlarida sut, tuxum sarig‘i, baliq ikrasi va
yog‘ida, o‘simliklarda o‘rik, qizil garimdori, sabzi, ismaloq, pomidor, oshqovoq, na'matak
tarkibida uchraydi.

Yana bir organizm uchun muhim vitamin C vitamini bo'lib, u uglevodlar va oqsillar

almashinuvini boshqarishga yordam beradi. Bu vitamin asosan o'simliklarda uchraydi.
Jumladan sitrus mevalar, qora smorodina, piyoz, sarimsoq tarkibida uchraydi. Bu vitamin
yetishmaganda singa deb ataluvchi kasallik paydo bo'ladi. Bu kasallik asosan insonning og'iz
bo'shlig'iga ta'sir ko'rsatib, bemorlarda tishlar tushib ketishi, og'izda turli xil yaralar toshishi
kuzatiladi. Bundan tashqari, immunitet pasayib kamqonlik kuzatiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

118

Biologik eng faol modda hisoblanadigan B

12

vitamini

asosan hayvon mahsulotlari orqali

organizmga kiradi, bir qismi esa ichaklarda sintezlanadi. Uning asosiy funksiyasi metionin
aminokislotasi va nuklein kislotalarning sintezlanishida qatnashish hisoblanadi. Organizmda
bu vitaminning yetishmasligi kamqonlikni keltirib chiqaradi.

Quyosh orqali organizmda sintezlanadigan vitaminlardan biri bu D vitaminidir. Bu

vitaminning ahamiyatliligi shundaki, D vitamini suyaklanish jarayonida muhim hisoblanadi.
Bu vitamin yetishmaganda bolalar orasida ko'p uchraydigan raxit kasalligi kelib chiqadi. D
vitamini, asosan, baliq yog'i, jigar, sariyog', baliq ikrasi, tuxumda ko'p miqdorda uchraydi.


Biz faoliyatimiz davomida 34- maktabning 8-

"A"

sinfida "Odam va uning salomatligi" fan

darsligida vitaminlarni tushuntirishda ko‘rgazmali qurollar, interfaol metodlar, vitaminga boy
mahsulotlar plakatlaridan foydalandik. Ko‘rgazmali qurol o‘quvchilarni o‘qigan, eshitgan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

119

ma‘lumotlarga qaraganda ko‘proq ma‘lumot beradi. Shu sababli, foydali mahsulotlar
rasmlarini ko‘rsatish orqali, vitaminlarning oziq-ovqat mahsulotlarida qanday saqlanib
qolishi, ba'zi vitaminlar issiq haroratda oson yemirilishi va odam har kuni ovqat bilan
vitaminlarni iste'mol qilishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Dars jarayonida o‘quvchilar 2 ta guruhga
bo‘lindi. Guruhlarimiz vita va amin atamalari bilan nomlandi. Bugungi o‘tilgan mavzu "BBB"
metodini qo‘llash orqali o‘quvchilar yangi mavzu bo‘yicha munozara o‘tkazishdi. Dars
davomida guruhlarga krassvordlar tarqatildi. Darsning so‘ngi bosqichida "Moychechak"
metodi bo‘yicha o‘yin o‘tkazdik. Bunda o‘quvchilar mavzuga doir atama va terminlarni
birlashtirib chiqdi. Dars so‘ngida faol guruh o‘quvchilari baholandi.

Xulosa.

Biz bugungi kunda dars o‘tish bo‘yicha qo‘llagan metodlarimiz orqali o‘quvchilar

berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oldilar. Dars
jarayonlarimizda o‘quvchilar o‘tgan mavzularni mustahkamlab yangi bilim va ko‘nikmalarga
ega bo‘lishdi. Krassvordlar yechish orqali o‘quvchilarning fikrlash doiralari oshdi. O‘quvchilar
erkin fikrlashga va fikrini aniq bayon etishga muvaffaq bo‘ldilar. Biz kelgusi ishlarimizda
biologiyaning har bir mavzulari bo‘yicha dars o‘tish metodlari yangi metodlar orqali yoritib
bermoqchimiz.

References:

1.

Innovasion ta'lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M.,

To'rayev A.B. - T.: "Sano standart" nashriyoti, 2015. - 81-b.
2.

Ishmuhamedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish

yo'llari /O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'qituvchilarining malakasini oshirish
va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari
o'qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar. - T.: TDPU, 2004.
3.

Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. - T.: O'qituvchi, 2004.

Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob / Met. qo'll. U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov,
M.Usmonboyeva, D.Inog'omova. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2012. - 193 b.
4.

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf, 2000.

5.

Ro'ziyeva D., Usmonboyeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi /

Met.qo'll. - T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013. - 115 b.
6.

Musurmonov R. Ta'lim faoliyati sharoitida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi

nizolarning oldini olish - ta'lim samaralidorligi omili. Academic research in educational
sciences volume 2 | issue 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF)
2021: 5.723
7.

Ismoilova D.M. Zamonaviy didaktik yondashuvlar asosida umumiy o'rta ta'lim

maktablari ta'lim mazmunini prognostika qilish. Xalq ta'limi" jurnali T.:2020 yil №5
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of
modern technology in teaching foreign languages"
8.

Khasanova G. K. The success and education system of South Korea and Japan //Наука

сегодня: проблемы и пути решения [Текст]: материа. - 2021. - С. 94.
9.

Khasanova, G. K. (2021). MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION AND

PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD. Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences, (Special Issue 1),


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

120

10.

Хашимова С. НЕКОТОРЫЕ ГРАММАТИЧЕСКИЕ И СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ

УДВОЕНИЯ В ЯПОНСКОМ ЯЗЫКЕ. - Страны. Языки. Культура. - С. 334-338.
11.

Хашимова С. On some features of teaching foreign language for students of non-

philological areas at the initial stage. - 2019. - Евразийское Научное Объединение. - С. 334-
338.
12.

Mavlonov. O, Tilavov. T, Aminov. B. "Odam va uning salomatligi". "O‘QITUVCHI"

NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI. TOSHKENT-2019. 55-60 b.

Библиографические ссылки

Innovasion ta'lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To'rayev A.B. - T.: "Sano standart" nashriyoti, 2015. - 81-b.

Ishmuhamedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari /O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar. - T.: TDPU, 2004.

Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. - T.: O'qituvchi, 2004. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob / Met. qo'll. U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Inog'omova. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2012. - 193 b.

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf, 2000.

Ro'ziyeva D., Usmonboyeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi / Met.qo'll. - T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013. - 115 b.

Musurmonov R. Ta'lim faoliyati sharoitida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi nizolarning oldini olish - ta'lim samaralidorligi omili. Academic research in educational sciences volume 2 | issue 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

Ismoilova D.M. Zamonaviy didaktik yondashuvlar asosida umumiy o'rta ta'lim maktablari ta'lim mazmunini prognostika qilish. Xalq ta'limi" jurnali T.:2020 yil №5 International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Khasanova G. K. The success and education system of South Korea and Japan //Наука сегодня: проблемы и пути решения [Текст]: материа. - 2021. - С. 94.

Khasanova, G. K. (2021). MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION AND PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, (Special Issue 1),

Хашимова С. НЕКОТОРЫЕ ГРАММАТИЧЕСКИЕ И СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ УДВОЕНИЯ В ЯПОНСКОМ ЯЗЫКЕ. - Страны. Языки. Культура. - С. 334-338.

Хашимова С. On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. - 2019. - Евразийское Научное Объединение. - С. 334-338.

Mavlonov. O, Tilavov. T, Aminov. B. "Odam va uning salomatligi". "O‘QITUVCHI" NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI. TOSHKENT-2019. 55-60 b.