YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
54
HUJAYRA ORGANOIDLARI - RIBOSOMALAR, GOLJI KOMPLEKSI VA
LIZOSOMALAR TUZILISHI
Hamidov Rustamjon
Andijon davlat pedagogika instituti
biologiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
D.Usmonov
Andijon davlat pedagogika instituti
tabiiy fanlar fakulteti o`qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14263992
ANNOTATSIYA
Ushbu tezisda hujayra organoidlari bo`lmish ribosomalar, golji kompleksi, va
lizosomalar tuzilishi haqida so`z yuritiladi.
Kalit so`zlar:
hujayra organoidlari, ribosomalar, golji kompleksi, va lizosomalar,
mikroskop, yadro, hujayra.
АННОТАЦИЯ
В данной диссертации рассказывается о строении рибосом, комплекса Гольджи и
лизосом, которые являются клеточными органоидами.
Ключевые слова:
органоиды клетки, рибосомы, комплекс Гольджи и лизосомы,
микроскоп, ядро, клетка.
ANNOTATION
This thesis discusses the structure of cell organelles, such as ribosomes, the Golgi
complex, and lysosomes.
Keywords:
cell organelles, ribosomes, the Golgi complex, and lysosomes, microscope,
nucleus, cell.
KIRISH.
Hujayra organoidlari-hujayraning doimiy tarkibiy jismi bo‘lib, ma’lum
tuzilishga ega va maxsus vazifalarni bajaradi. Hujayraning umumiy va maxsus organoidlar
farq qilinadi. Umumiy organoidlarga mitoxondriya, sitoplazmatik (endoplazmatik) to‘r,
ribosoma, Golji kompleksi, lizosoma, mikronaycha, sentrosoma, peroksisoma; maxsus
organellalarga esa tonofibrilla, miofibrilla, neyrofibrillalar, kiprikchalar va mikrovorsinkalar
kiradi. Hujayra organoidalari tuzilishi bo‘yicha membranali va membranasi bo‘lmagan hujayra
organoidlarga bo‘lish mumkin.
Ribosomalar.
Elektron mikroskop yordamida Palada tomonidan ochilgan ribosomalar
ham hujayraning muhim organomdlaridandir.
Ribosomalar yadro qobiqining tashqi membranasida ham yotadi. Membranalar bilan
birikmagan sitoplazmada erkin yotuvchi ribosomalar ontogenez davrida turli manbalardan
hosil bo‘ladi. Masalan, kalamush me’da osti bezining asinar hujayralarida, embriogenez
davrida oldin ribonukleoproteid granulalari va keyinchalik kanalchalar sistemasi hosil bo‘lib,
ular o‘zaro bog‘lanadilar. Membrana bilan bog‘liq bo‘lgan ribosomalar erkin ribosomaga
nisbatan radioktiv aminokislotalarni ko‘proq qabul qilishi kuzatilgan. Yadroda, yadrocha
joylashgan ribonukleoproteid donachalari o‘z fizik-kimyoviy xossalari bilan sitoplazmatik
ribosomalardan farq qiladi. Ular yadro oqsili sintezida ishtirok etadi.
Ribosomalar teng miqdorda RNK va oqsildan iborat. Ribosoma tarkibiga noaktiv
ribonukleaza, latent dezoksiribonukleaza, lesinaminopeptidaza, galaktozidaza va boshqa
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
55
fermentlar kiradi. Ribosomalarlarda magniy va kalsiy bo‘ladi. Xayvon, o‘simlik hujayralaridan
va mikro-organizmlardan ajratib olingan ribosomalar kimyoviy tarkibi, molekulyar og‘irligi
bilan bir-biriga yaqin. Ribosomalar oddiy va bir xil tipidagi moddadan tuzilganga o‘xshasada,
ular mayda subbirliklardan iborat. Ribosomalar 50 S va 30 S lik 2 ta subbirlikdan birikib, 70 S
bo‘lgan o‘lchamni tashkil qiladi. Xar bir subbirlik bitta yuqori polimer ribosomal RNK
molekulasini o‘zida tutadi, lekin ular alohida bo‘lganda radioktiv aminokislotalarni qabul qila
olmaydi.
Golji kompleksi
. 1898 yilda italiyalik olim Golji nerv hujayralardan optik mikroskop
yordamida kumush nitrat va osmiy kislotasi bilan bo‘yaladigan to‘rsimon organoidni topdi va
uni diktiosoma (grekcha “to‘r” demakdir) deb atadi. Bu organoid hayvon hujayralaridagina
emas, balki bir hujayrali organizmlarda, tuban va yuksak o‘simliklarning hujayralarida
uchrashi ham aniqlandi.
Kuzatishlarga qaraganda Golji tomonidan nerv hujayralarida kuzatilgan to‘rsimon
strukturalar, boshqa hujayralarda to‘r (Golji kompleksida) ko‘rinmaydi. Shunga ko‘ra bu
organoidning nomini olim nomida Golji kompleksi yoki Golji apparati deb ataldi.
Elektron mikroskop kashf etilgandan keyin Golji kompleksining qo‘shqavatli
membranalari yassi paketlarning taxlaganiga o‘xshashligi borligi aniqlandi. Bu pakelarga
o‘xshash taxlangan sistemaning proksimal qutbida yangi sisternalar shakllanib, uning
membranalarida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berishi orqali distal qutibi tomonga yetilib boradi.
Distal qutbidagi yetilgan sisternalarning qirg‘oqlaridan mayda pufakchalar ajralib chiqib
turishidan tashqari, o‘sha yetuk sisternalarning o‘zi ham Golji membranasi bilan qurshalgan
yirik pufaksimon fazolarga aylanib, Golji kompleksidan uzoqlashib ketib turadi. Uning o‘rniga
proksimal qutbidan yangi sisternalar yetilib kelib turadi. Sisternalar oralig‘idagi 200-250 A0
keladigan oraliq sitoplazma matriksi bilan to‘la bo‘ladi. Sisternalarda diametri 600-700 A0
keladigan kovaklar, kovaklar kanalining markazida granulalar bo‘lib, ular Golji kompleksi
proksimal qutibiga yaqin, ular Golji kompleksi proksimal qutibiga yaqinda joylashgan
ribosomalarga aloqador bo‘lsa kerak.
Lizosomalar.
Hujayra gomogenatidan uning qismlarini alohida ajratib olish metodlari
rivojlangandan keyin, 1955-yilda De Dyuv va boshqalar o‘zida nordon fosfatazadan ajratib
olishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu fermentlar qatoriga glyukuronidaza, nordon ribonukleaza,
nordon dezoksiribonukleaza va katepsinlar kiradi. Bu fermentlar hujayra tarkibiga kiruvchi
turli moddalarni suv yordamida parchalay olishi uchun ularga lizosomalar deb nom berildi.
Xozirgi kunda lizosomalar faqat hayvonlar hujayrasi uchungina emas, balki yer sharida juda
keng tarіalgan barcha tirik organizmlar hujayralari uchun universal organoid ekanligi
aniqlandi. Lizosomalardagi ovqat hazm qilish fermentlarining latent (yashirin) holatda
bo‘lishi, ularning asosiy hususiyatlari bo‘lib, bu hususiyat avvalo ularni trab turgan
membranalariga bog‘liq ekanligi aniqlandi. Ilgarilari bu organoidlarning polimorfligi qayd
qilingan bo‘lsa, so‘ngi vaqtlarda lizosomalarning turli formalarda bo‘lishi, ularning
rivojlanishidagi turli bosqichlari bor ekani ma’lum bo‘ldi.
Lizosomalar organizm hujayralaridagi oqsil va nuklein kislotalarni hujayra ichida
parchalanishi va ularni yangbilanishi uchun zarur fermentlarga ega bo‘lgan vakuollasimon
organoidlardir. Hujayraning ichki ovqat hazm qilish organoidlari sifatida lizosomalar maxsus
strukturaga ega bo‘lgan membrana bilan qurshalgan bo‘lib, bu membrananini lizosoma
fermentlari buza olmaydi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
56
Lizosomalar xilma-xil shakldagi vakuolalarni eslatadigan organoidlar bo‘lib, ularni De-
Dyuv uch guruhga bo‘ladi: haqiqiy lizosomalar, polizosomalar va postlizosomalar. Xaqiqiy
lizosomalarni o‘zi yana 2 katta guruhga bo‘linadi: birlamchi lizosomalar va ikkilamchi
lizosomalar.
Birlamchi lizosomalar-o‘lchami 100 nm keladigan xilma-xil morfologiyaga ega bo‘lgan
vakuolalardan iborat bo‘lib, turli to‘qimalar hujayralarida xilma-xil gidrolaza fermentlar
yig‘indisiga ega bo‘ladi. Lekin bu fermentlar passiv bo‘lib, ovqat hazm qilishda ishtirok
etmaydi. Birlamchi lizosomalar ichida hazm qilinadigan biopolimer moddalar bo‘lmaydi.
Lizosomalar Golji kompleksi bilan funksional munosabatda bo‘lgan silliq endoplazmatik
to‘rning maxsus uchastkalaridan hosil bo‘ladi. Birlamchi lizosomalar mayda pufakchalar
holida silliq retikulumdan uzilib chiqishi kuzatiladi.
Olimlar tomonidan olib borilgan tajribilar gidrolaza fermentlari globulyar
endoplazmatik to‘r devoridagi ribosomalar tomonidan sintez qilishini va silliq retikulum
kanallari orqali Golji kompleksiga va undan birlamchi lizosomaga o‘tishini ko‘rsatadi.
Birlamchi lizomalar odatda hujayrada dumaloq, oval shaklda bo‘lib, qalinligi 50-90 nm
keladigan membrana bilan qurshalgan bo‘ladi.
XULOSA.
Hujayraning umumiy organoidlaridan mitoxondriya, endoplazmatik to‘r,
plastinkasimon kompleks (Golji kompleksi), lizosoma va peroksisomalar kiradi. o‘simlik
hujayralarida plastida va vakuollar ham bo‘ladi.
Membranasi bo‘lmagan hujayra organoidlari. Bu organoidlar turli xil tuzilishga ega
bo‘lgan va spesifik vazifasini bajaruvchi organoidlar, ribosoma, mikronaycha, sentrosoma va
fibrillyar tuzilmalar kiradi.
Ribosomalar alohida tuzilmalar xisoblanib, ular ko‘pincha plazmatik to‘r bilan kompleks
hosil qiladi.
Ilmiy tekshirishlarga ko‘ra, autofagolizosomalar, shuningdek, geterofagolizosomalar,
qoldiq tanachalar va geterofosomalar bilan ham qo‘shila oladi. Autofagositoz jarayoni sifatida
hujayra och qolganda uning o‘z qismlarini metobolizmga jalb qilib, hujayra xayotini ma’lum
vaqtgacha ushlab turadi.
References:
1.
Boykobilov T. Sitologiyadan amaliy mashg‘ulotlar. Andijon, 1986.
2.
Eshnazarov K. Sitologiya. Toshkent–2001.
3.
Grin N., Staut U., Teylar D. Biologiya. M.Mir, T1, 1990.
4.
Mustafayev S.M., Ahmedov U.A. Botanika. T.: «Fan» nashriyoti 2006.
5.
Mustafayev S.M, Botanika. Toshkent. «O‘zbekiston» 2002.
