Авторы

  • Zohida Jumayeva
    Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Ijtimoiy pedagogika fani oʻqituvchisi
  • Ziyoda Abdullayeva
    Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4 bosqich talabalari
  • Nasiba Abdullayeva
    Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4 bosqich talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.61782

Ключевые слова:

Defektolog aqli zaif bola ko‘nikma motorika harakat sanitariya gigiyena.

Аннотация

Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ta’limiy-tarbiya ishlarini olib borish, ular rivojlanishida hayotiy maromni ta’minlovchi to‘g‘ri, jismoniy va aqliy-ruhiy o‘sishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratuvchi tartib, maqsadga muvofiq odatlarni shakllantirish haqidagi fikr mulohazalar bayon qilingan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

135

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY

PEDAGOGIK FAOLIYAT

Jumayeva Zohida

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti

Ijtimoiy pedagogika fani oʻqituvchisi

Abdullayeva Ziyoda
Abdullayeva Nasiba

Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4 bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.14533468

Annotatsiya:

Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ta’limiy-

tarbiya ishlarini olib borish, ular rivojlanishida hayotiy maromni ta’minlovchi to‘g‘ri, jismoniy
va aqliy-ruhiy o‘sishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratuvchi tartib, maqsadga muvofiq
odatlarni shakllantirish haqidagi fikr mulohazalar bayon qilingan

Kalit so'zlar:

Defektolog, aqli zaif bola, ko‘nikma, motorika, harakat, sanitariya, gigiyena.


Hozirgi kunda ijtimoiy ta’minot vazirligiga bo‘ysinuvchi bolalar muassasa tarmoqlari

tuzilib, ularda bolalar 4 yoshdan 18 yoshgacha to‘la davlat ta’minotida bo‘ladilar. Ko‘pincha
internat – uylarda diagnostika guruhlari bo‘lib, u yerga yangi kelgan bolalar qabul qilinadi.
Bundan maqsad – idrok etish qobiliyatlari o‘sishini o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish, mehnat
faoliyati ko‘nikmalarini egallashni aniqlashdan iborat. Shifokorlar va tarbiyachilar
xulosalarini hisobga olib 3-4 oydan so‘ng bolani uning ruhiy-jismoniy rivojlanganiga mos
keluvchi guruhga o‘tkazadilar. Tuzatuvchi – tarbiya ishlar tartibi maxsus bolalar uylari
sharoitida takomillashib boradi va bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi: 1-bosqich (4 yoshdan
8 yoshgacha). Bolalarda sanitariya-gigiyena ko‘nikmalari, motorika va harakatni tartibga
solib shakllantiriladi, nutqni o‘stirishga, ayniqsa katta e’tibor beriladi, maktab ta’limiga
bolalarni tayyorlash amalga oshiriladi. 2-bosqich (8 yoshdan 16 yoshgacha). Bolalardagi o‘z-
o‘ziga xizmat qilish va gigiena ko‘nikmalari mustahkamlanadi, xo‘jalik-maishiy mehnat
ko‘nikmalari o‘zlashtiriladi, hisoblash va elementar savod ko‘nikmalari shakllanishiga e’tibor
beriladi, nutq o‘stiriladi. 3-bosqich (6-18 yosh ). Bu yakunlovchi bosqich o‘z oldiga ijtimoiy
moslashuv vazifalarini qo‘yadi. Bunda axloqiy, estetik tarbiya, xo‘jalik-maishiy, mehnat
ko‘nikmalarini takomillashtirish, maishiy chamalash bo‘limlari mavjud. Barcha tarbiyaviy
ishlarni yo‘lga solishning maqsadi turmushda bolalarni mustaqillikka imkoni boricha
tayyorlash va yetarli darajada mehnat faoliyatiga o‘rgatishdan iborat. Bolalar tarbiyasini
yaxshilash ishining asosi ularda mehnat ko‘nikmalarini va ijtimoiy moslashuvni shakllantirish
uchun bolalardagi ijobiy imkoniyatlarni aniqlashdir. Hozirgi vaqtga kelib, L.S. Vigotskiy aytgan
tarbiyaning zaruriy shartlari belgilandi:
1. Chuqur aqliy qoloq bolalar bilan korreksiya ishini ancha barvaqt boshlash.
2. Qulay oilaviy vaziyat va maxsus muassasalar bilan yaqin aloqada bo‘lish.
3. Bolaning bor imkoniyatlariga va uning yoshiga javob beruvchi maxsus dasturlar va maxsus
metodlarni qo‘llash. Bu shartlarni tushuntirib o‘tamiz. Barvaqt korreksiya chuqur aqliy qoloq
bola uchun muhim ahamiyatga ega. Ikkinchi shart-oilaviy tarbiyaning to‘g‘ri tashkil
qilinishidir. O‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolani tarbiyalash uchun oilada qulay sharoitlar
yaratilishi kerak. Biroq ota-onalar defektologlar yordamiga muhtoj bo‘ladilar, ularda o‘z
bolasini qanday tarbiyalash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar yetishmaydi. Ko‘pincha ota-onalar


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

136

hamma ishlarni, hatto bolaning bu ishlarni bajarishga qurbi yetadigan ishlarini ham o‘zlari
bajarishga urinadilar. O‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolani ko‘pincha “boshqarilishi kerak
bola” deb ataydilar, chunki u mustaqil ravishda turli harakatlarni bajarishga o‘rgana
olmaydiu sog‘lom bolalarga qaraganda ancha ko‘proq yordamga muhtoj bo‘ladi. Tarbiya katta
sabr-toqatni talab qiladi, ko‘p vaqt sarflanadi, ammo vaqt o‘tishi bilan barcha o‘zlashtirilgan
ko‘nikmalar bolani mustaqillikka yo‘llaydi. Bolani oilada ko‘p narsalarga o‘ziga-o‘zi hizmat
ko‘rsatishga, uddalay oladigan topshiriqlarni bajarishga, atrofdagilar bilan muomala qilishga
o‘rgatish kerak. Agar oilada kichik yoshli bola bo‘lsa uni o‘ynashga, sayrga chiqishga (ota-ona
nazorati ostida) undash kerak. Bola uddasidan chiqadigan o‘yinlar o‘rta og‘ir darajadagi aqli
zaif bolaga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, chunki u taqlid qilishni yaxshi ko‘radi.Kichik yoshdagi (4-8
yoshli) o‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolaning rivojlanishida hayotiy maromni ta’minlovchi
to‘g‘ri, jismoniy va aqliy – ruhiy o‘sishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratuvchi tartib, katta
ahamiyatga ega. Tartib maqsadga muvofiq odatlar shakllanishiga yordam beradi.
Kichik yoshdagi o‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolada shakllanishi zarur bo‘lgan ko‘pgina
maishiy ko‘nikmalar yo‘q bo‘ladi. Tartibga rioya qilish bu vazifani yengillashtiradi. Ular uchun
taxminiy kun tartibini tuzish va amal qilishni o‘rgatib borish zarur. Agar uyqudan turish soat
8:00 da bo‘lsa, bolalarni soat 20:00 da uyquga yotqizish zarur, chunki ular ertangi kun uchun
yaxshi dam olishlari va kuch to‘plashlari kerak. Kichik yoshdagi o‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif
bolalarni kuzatib borish, ular turmushda o‘ta yordamga muhtojliklarini qayd etish uchun asos
beradi, ular ko‘pincha irkit yuradilar, ularga doimiy yordam zarur, mustaqil ovqat yeya
olmaydi. Ularga shularning hammasiga o‘rgatish kerak. Vaqt o‘tishi bilan o‘zlashtirgan
ko‘nikmalar turg‘un va odatiy bo‘lib qoladi. Bolaga yordam berib borish asta-sekin bunday
yordamni kamaytirib borish va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ishlarini borgan sari ko‘proq
uning o‘zini zimmasiga yuklash zarur. Quyidagi qoidalarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi.

Kunni o‘tkazish uslubi.

Bolani uyqudan turg‘azishni signal bo‘yicha amalga oshiramiz. Bu o‘rinda past ovoz bilan

aytilgan “Malohat o‘rningdan tur!” kabi jumla bo‘lishi mumkin. Agar bola signalga
o‘rganmagan bo‘lsa, unda bu signal qo‘shimcha takrorlanishi va qo‘l bilan astagina yelkasiga
tegib qo‘yish mumkin. Bolada ayni bir vaqtda uyqudan uyg‘onish odati paydo bo‘lishi kerak.
Uyqudan turgan bolaga erkalab “Assalomu aleykum” deb o‘rgatish lozim.

Jismoniy mashg‘ulot.

Ertalabki badan tarbiya – bolalarni jismoniy tarbiyalashning oddiy va

samarali vositasi. Uni qanday bajarilishini o‘yin shaklida ko‘rsatib berish mumkin.

Mashqlarni quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha bajarish mumkin:

1. Qo‘llarni oldinga, yon tomonlarga cho‘zib belga qo‘yib yurish.
2. Asosiy holat-tik turish. Boshni pastga, yuqoriga bukish.
3. Qo‘llarni bosh ustiga ko‘tarish, tana bo‘ylab pastga tushirish.
4. Oyoqni oldinga qo‘yish, joyiga qo‘yish, boshqa oyoqni oldinga qo‘yish, joyiga qo‘yish.
5. Yugurish.
6. Ohista qadam tashlab yurish.
Mashqlar vaqtida qanday to‘g‘ri nafas olish kerakligini ko‘rsatish lozim. Buning uchun har bir
mashqdan so‘ng nafas mashqini o‘tkazish kerak. “Nafas olamiz” va “nafas chiqaramiz” so‘zlari
aytib turiladi. Agar sharoit imkon bersa, mashqlarni ochiq havoda o‘tkazish foydali bo‘ladi.
Sanitariya-gigiyena ko‘nikmalarini singdirish. O‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolani
tarbiyalashda sanitariya-gigiyena ko‘nikmalarini singdirish muhim o‘rin egallashi kerak. 4


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

137

yosh bola turmushda juda noshud bo‘ladi, ko‘pincha isqirt yuradi, unga doimiy yordam kerak.
Sanitariya va gigiyena ko‘nikmalarini singdirish deganda, bolaning kiyimlari va poyafzallarini
ozoda tutish bilan, ovqat yeyish hamda boshqa rejimli holatlar bilan bog‘liq harakatlar
ko‘nikmalarini nazarda tutish kerak.

Bolani kuydagilarga o‘rgatish kerak:

1. Yuvinish: qo‘llarini, yuzini, quloqlarini, bo‘ynini yuvish.
2. Sovundan, sochiqdan foydalanish.
3. Kiyinishni, yechinishni, oyoq kiyimni kiyishni, yechishni bilish.
4. Yechilgan kiyimni ma’lum joyga qo‘yish, kiyimni va poyabzalni ozoda saqla (poyafzal
changini artishni bilish).
5. Tarelkadan, qoshiqdan, piyoladan foydalanishga, to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rganish.
6. Stol va stuldan foydalanishni o‘rganish.
Bola quyidagilarni bilishi, nomini ayta olishi va ko‘rsata bilishi kerak:
1. O‘z tanasi qismlarini: boshi, og‘zi, burni, ko‘zlari, quloqlari, bo‘yni, peshonasi, qo‘llari,
barmoqlari, oyoqlari, ko‘kragi, qorni va belini.
2. Sanitariya va gigiyena buyumlari: sovun, sochiq va shu kabilar.
3. Kiyim va poyabzal buyumlari: qalpoq, ro‘mol, ko‘ylak, qizlar ko‘ylagi, mayka, paypoq va shu
kabilar.
4. Ovqatlanish uchun zarur buyumlar: tarelka, kosa, qoshiq, piyola va shu kabilar.
5. Ovqat nomlari: sho‘rva, palov, mastava, lag‘mon, choy, sharbat va shu kabilar.
6. Kerakli oziq-ovqatlar: non, qand, tuz, sut va shu kabilar. Barcha ko‘nikmalar sayr vaqtida,
ovqat vaqtida bu harakatlar qanday amalga oshirilishini, qanday buyumlardan foydalanishi
bevosita ko‘rsatish bilan shakllantiriladi.
Tadqiqotimizda o‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan ish ularning
nutqini o‘stirish, predmetli faoliyatini, o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini rivojlantirish,
maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lish lozimligiga yana bir karra amin bo‘ldik va quyidagi
xulosalarga keldik. Aqli zaif bolalar bilan korreksion ta’lim erta boshlash bolaning
rivojlanishida ijobiy siljishlarga olib keladi va uning taqdiriga ta’sir ko‘rsatadi. Erta
korreksion ish faqatgina bolaning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etuvchi vositagina bo‘lmasdan,
balki diagnostikasi ham ishonchli vositadir. Chunki faol pedagogik ta’sir orqali uzoq vaqt har
bir bolaning barcha imkoniyatlari va xususiyatlari, qo‘shimcha va ikkilamchi nuqsonlari
aniqlanadi. Natijada. maktab ta’limiga vaqt kelganda bola o‘qiydigan muassasa turli xatosiz
tanlanadi.

References:

1.

Akramova X. (2020). Didactic Foundations of Labor Activity for Children with

Intellectual Disabilities. Архив научных публикаций JSPI, 7(1). извлечено от https://
science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/682.
2.

Akramova,

X.

(2020).

КОРРЕКЦИОННО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ

ОСОБЕННОСТИ

ФОРМИРОВАНИЕ НАВЫКОВ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ У ДЕТЕЙ С УМСТВЕННОЙ
ОСТАЛОСТЬЮ В СЕМЕЙНЫХ УСЛОВИЯХ. Архив научных публикаций JSPI, 15(1).
извлечено от https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/918.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

138

3.

Muzaffarova X. (2020). Identification of mentally retarded children: Identification of

mentally retarded children. Архив научных публикаций JSPI, 5(1). извлечено от

https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/556

.

4.

Muzaffarova X. (2020). Intellektida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning

rivojlanish xususiyatlari. Архив научных публикаций JSPI, 1(09), 9.
5.

Djumayeva, Z. M. (2023). IMPROVING THE SYSTEM OF PROFESSIONAL COMPETENCE

IN EDUCATING STUDENTS BASED ON UNIVERSAL VALUES. Экономика и социум, (7 (110)),
90-95.

Библиографические ссылки

Akramova X. (2020). Didactic Foundations of Labor Activity for Children with Intellectual Disabilities. Архив научных публикаций JSPI, 7(1). извлечено от https:// science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/682.

Akramova, X. (2020). КОРРЕКЦИОННО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЕ НАВЫКОВ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ У ДЕТЕЙ С УМСТВЕННОЙ ОСТАЛОСТЬЮ В СЕМЕЙНЫХ УСЛОВИЯХ. Архив научных публикаций JSPI, 15(1). извлечено от https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/918.

Muzaffarova X. (2020). Identification of mentally retarded children: Identification of mentally retarded children. Архив научных публикаций JSPI, 5(1). извлечено от https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/556.

Muzaffarova X. (2020). Intellektida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlari. Архив научных публикаций JSPI, 1(09), 9.

Djumayeva, Z. M. (2023). IMPROVING THE SYSTEM OF PROFESSIONAL COMPETENCE IN EDUCATING STUDENTS BASED ON UNIVERSAL VALUES. Экономика и социум, (7 (110)), 90-95.