YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
114
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY
PEDAGOGIK FAOLIYAT
Jumayeva Zohida
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti
Ijtimoiy pedagogika fani oʻqituvchisi
Normamatova Mashhura
Xoʻshboqova Muhabbat
Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4 bosqich talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.14523251
Annotatsiya:
Maqolada hozirgi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim-tarbiya
olishlari uchun qilinayotgan ishlar, inklyuziv ta’lim va bu ta’lim to’g’risidagi qabul qilingan
qonun va bu borada bugungi kundagi muammo va kamchiliklar xususida so’z yuritilgan.
Kalit so'zlar:
Nogironlik, nogironligi bo’lgan shaxslar, inklyuziv ta’lim, qonun, qaror.
Nogiron - jismoniy, aqliy , psixologik va hissiy faoliyatning izdan chiqishi, shikastlanishi
natijasida hayot faoliyatining cheklanishi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda nogiron deb topilgan va ijtimoiy yordam hamda himoyaga muhtoj bo’lgan shaxs
tushuniladi. “Nogiron” atamasi hozirgi kunda eskirib qolgan va qo’pol bo’lgan so’z
hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday shaxslarga nisbatan “imkoniyati cheklangan insonlar
” yoki “ nogironligi bo’lgan shaxslar ” debmurojaat qilish to’g’ri bo’ladi.Hozirgi kunda ijtimoiy
ta’minot vazirligiga bo‘ysinuvchi bolalar muassasa tarmoqlari tuzilib, ularda bolalar 4
yoshdan 18 yoshgacha to‘la davlat ta’minotida bo‘ladilar. Ko‘pincha internat – uylarda
diagnostika guruhlari bo‘lib, u yerga yangi kelgan bolalar qabul qilinadi. Bundan maqsad –
idrok etish qobiliyatlari o‘sishini o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish, mehnat faoliyati ko‘nikmalarini
egallashni aniqlashdan iborat. Shifokorlar va tarbiyachilar xulosalarini hisobga olib 3-4 oydan
so‘ng bolani uning ruhiy-jismoniy rivojlanganiga mos keluvchi guruhga o‘tkazadilar.
Tuzatuvchi – tarbiya ishlar tartibi maxsus bolalar uylari sharoitida takomillashib boradi va
bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi: 1-bosqich (4 yoshdan 8 yoshgacha). Bolalarda
sanitariya-gigiyena ko‘nikmalari, motorika va harakatni tartibga solib shakllantiriladi, nutqni
o‘stirishga, ayniqsa katta e’tibor beriladi, maktab ta’limiga bolalarni tayyorlash amalga
oshiriladi. 2-bosqich (8 yoshdan 16 yoshgacha). Bolalardagi o‘z-o‘ziga xizmat qilish va gigiena
ko‘nikmalari mustahkamlanadi, xo‘jalik-maishiy mehnat ko‘nikmalari o‘zlashtiriladi,
hisoblash va elementar savod ko‘nikmalari shakllanishiga e’tibor beriladi, nutq o‘stiriladi. 3-
bosqich (6-18 yosh ). Bu yakunlovchi bosqich o‘z oldiga ijtimoiy moslashuv vazifalarini
qo‘yadi. Bunda axloqiy, estetik tarbiya, xo‘jalik-maishiy, mehnat ko‘nikmalarini
takomillashtirish, maishiy chamalash bo‘limlari mavjud. Barcha tarbiyaviy ishlarni yo‘lga
solishning maqsadi turmushda bolalarni mustaqillikka imkoni boricha tayyorlash va yetarli
darajada mehnat faoliyatiga o‘rgatishdan iborat. Bolalar tarbiyasini yaxshilash ishining asosi
ularda mehnat ko‘nikmalarini va ijtimoiy moslashuvni shakllantirish uchun bolalardagi ijobiy
imkoniyatlarni aniqlashdir. Hozirgi vaqtga kelib, L.S. Vigotskiy aytgan tarbiyaning zaruriy
shartlari belgilandi:
1.
Chuqur aqliy qoloq bolalar bilan korreksiya ishini ancha barvaqt boshlash
2.
Qulay oilaviy vaziyat va maxsus muassasalar bilan yaqin aloqada bo‘lish
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
115
3.
Bolaning bor imkoniyatlariga va uning yoshiga javob beruvchi maxsus dasturlar va
maxsus metodlarni qo‘llash.
Bu shartlarni tushuntirib o‘tamiz. Barvaqt korreksiya chuqur aqliy qoloq bola uchun
muhim ahamiyatga ega. Ikkinchi shart-oilaviy tarbiyaning to‘g‘ri tashkil qilinishidir. O‘rta
og‘ir darajadagi aqli zaif bolani tarbiyalash uchun oilada qulay sharoitlar yaratilishi kerak.
Biroq ota-onalar defektologlar yordamiga muhtoj bo‘ladilar, ularda o‘z bolasini qanday
tarbiyalash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar yetishmaydi. Ko‘pincha ota-onalar hamma ishlarni,
hatto bolaning bu ishlarni bajarishga qurbi yetadigan ishlarini ham o‘zlari bajarishga
urinadilar. O‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolani ko‘pincha “boshqarilishi kerak bola” deb
ataydilar, chunki u mustaqil ravishda turli harakatlarni bajarishga o‘rgana olmaydiu sog‘lom
bolalarga qaraganda ancha ko‘proq yordamga muhtoj bo‘ladi. Tarbiya katta sabr-toqatni
talab qiladi, ko‘p vaqt sarflanadi, ammo vaqt o‘tishi bilan barcha o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar
bolani mustaqillikka yo‘llaydi. Bolani oilada ko‘p narsalarga o‘ziga-o‘zi hizmat ko‘rsatishga,
uddalay oladigan topshiriqlarni bajarishga, atrofdagilar bilan muomala qilishga o‘rgatish
kerak. Agar oilada kichik yoshli bola bo‘lsa uni o‘ynashga, sayrga chiqishga (ota-ona nazorati
ostida) undash kerak. Bola uddasidan chiqadigan o‘yinlar o‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif
bolaga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, chunki u taqlid qilishni yaxshi ko‘radi.Kichik yoshdagi (4-8
yoshli) o‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolaning rivojlanishida hayotiy maromni ta’minlovchi
to‘g‘ri, jismoniy va aqliy – ruhiy o‘sishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratuvchi tartib, katta
ahamiyatga ega. Tartib maqsadga muvofiq odatlar shakllanishiga yordam beradi.
Kichik yoshdagi o‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolada shakllanishi zarur bo‘lgan ko‘pgina
maishiy ko‘nikmalar yo‘q bo‘ladi. Tartibga rioya qilish bu vazifani yengillashtiradi. Ular uchun
taxminiy kun tartibini tuzish va amal qilishni o‘rgatib borish zarur. Agar uyqudan turish soat
8:00 da bo‘lsa, bolalarni soat 20:00 da uyquga yotqizish zarur, chunki ular ertangi kun uchun
yaxshi dam olishlari va kuch to‘plashlari kerak. Kichik yoshdagi o‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif
bolalarni kuzatib borish, ular turmushda o‘ta yordamga muhtojliklarini qayd etish uchun asos
beradi, ular ko‘pincha irkit yuradilar, ularga doimiy yordam zarur, mustaqil ovqat yeya
olmaydi. Ularga shularning hammasiga o‘rgatish kerak. Vaqt o‘tishi bilan o‘zlashtirgan
ko‘nikmalar turg‘un va odatiy bo‘lib qoladi. Bolaga yordam berib borish asta-sekin bunday
yordamni kamaytirib borish va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ishlarini borgan sari ko‘proq
uning o‘zini zimmasiga yuklash zarur. Quyidagi qoidalarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi.
References:
1.
Akramova X. (2020). Didactic Foundations of Labor Activity for Children with
Intellectual Disabilities. Архив научных публикаций JSPI, 7(1). извлечено от https://
science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/682.
2.
Akramova,
X.
(2020).
КОРРЕКЦИОННО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ
ОСОБЕННОСТИ
ФОРМИРОВАНИЕ НАВЫКОВ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ У ДЕТЕЙ С УМСТВЕННОЙ
ОСТАЛОСТЬЮ В СЕМЕЙНЫХ УСЛОВИЯХ. Архив научных публикаций JSPI, 15(1).
извлечено от https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/918.
3.
Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE
METHODS INTRODUCING THE СLT (СOMMUNIСATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH.
World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
116
4.
Muzaffarova X. (2020). Identification of mentally retarded children: Identification of
mentally retarded children. Архив научных публикаций JSPI, 5(1). извлечено от
https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/556.