YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
78
YANGI OʻZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB
BORILAYOTGAN IJTIMOIY-PEDAGOGIK JARAYONLARNING MAZMUN VA
MOHIYATI
Jumayeva Zohida Muhammadjonovna
DTPI pedagogika fakulteti Boshlangʻich ta'lim kafedrasi oʻqituvchisi
Choriyeva Diyora Muhiddinovna
Choriyevadiyora340@gmail.com
DTPI Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yoʻnalishi 4-bosqich talabasi
Berdimurodova Maftuna Mengnarovna
Berdimurodovamappi11@gmail.com
DTPI Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yoʻnalishi 4-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14504394
Annotatsiya
. yurtimiz ta'lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati, inklyuziv
ta'limni rivojlantirish masalalari, xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish
konsepsiyasining ijtimoiy-pedagogik mohiyati tahlil qilingan.
Kalit so'zlar:
ta'lim, ta'lim shakllari inklyuziv ta'lim, pedagogik tahlil, metod, ijtimoiy
siyosat.
Asosiy qism:
Hech o'ylab ko'rganmisiz, biz har kuni yurgan yo'llardan ayrim bolalar
yura olmaydi, biz har kuni ko'rgan go'zallikni, atrof olamdagi voqea-hodisalarni eshita
olmaydi, ko'ra olmaydi, chunki uning harakatlanishi falajlik oqibatida chegaralanib qolgan,
uning ko'zlari ojiz, quloqlari eshitmaydi. Ammo bu bola ham har tomomlama sog'lom bo'lib
voyaga yetishi, hamma qatori jamiki go'zalliklardan bahra olib yashashi mumkin edi, biroq
salbiy omillar ta'sirida u bundan bebahra qolgan.Turli xildagi sabablarga ko'ra ruhan yoki
jismonan nuqsonli bo'lib qolgan bolalarni jamiyatdan alohida e'tiborsiz holda tashlab qo'yib
bo'lmaydi. Bunday bolalar nuqsonliligi sababli imkoniyatlari cheklanib qolgan.
Imkoniyatlarining chegaralanib qolganligi oqibatida korreksion yordamga muhtoj. Nogiron
bolalar bilan korreksion ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi ish olib borish, ijtimoiy jamiyatga
adaptatsiyalash, imkoniyatlaridan foydalanib, o'z-o'ziga xizmat qila oladigan va jamiyatga
ma'lum darajada nafi tegadigan qilib voyaga yetkazish har bir davlatning eng dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi. Zero, prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevnig ta'biri bilan aytganda
"Har qanday xalqning ma'naviyati shu jamiyatda yashovchi nogironlarga bo'lgan e'tibori bilan
ham belgilanadi.Shuning uchun ham bu vazifalarni to'laqonli amalga oshirish maxsus
yordamga muhtoj bo'lgan bolalarni huquqlarini qo'llab-quvvatlab, ularni joriy etish
maqsadida jahon miqiyosida "Inklyuziv ta'lim" siyosat darajasiga ko'tarilib xalqaro huquq
normalari, jumladan, BMT ning 1989 -yilgi "Bolalar huquqlari to'g'risida Konvensiya"si, Dakar
Deklaratsiyasi, Salamanka bayonoti va Ish rejasi (1994yil) kabilarda o'z aksini topgan. Biroq
juda ko'p hollarda maxsus yordamga muhtoj bolalar ta'limdan chetda qolib ketmoqdalar.
Bunga asosiy sababalar birinchi navbatda ota-onalarning farzandiga bo'lgan e'tiborining
sustligi bo'lsa, keyingi galda bu bolani o'qitish uchun ta'lim muassasalarining o'sha hududda
yo'qligi yoki juda uzoqda joylashganligidir. Mana shunday hol maxsus yordamga muhtoj bola
uchun juda ayanchli holdir. Chunki bu bolada mavjud nuqson tufayli uning imkoniyatlari
chegaralanib qolgan, ma'lumki bola ta'lim-tarbiya olmasa va undagi nuqsonni tuzatish ishlari
olib borilmasa, nuqson darajasi yanada og'irlashadi, ikkilamchi nuqsonlar kelib chiqadi va
uning o'z o'ziga xizmat qilish malakalri shakllanmay qoladi. Ijtimoiy hayotga moslashishi
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
79
qiyinlashadi. Bir so'z bilan aytganda u "nogiron" bo'lib qolaveradi. O'z navbatida jamiyatda
nogironlarning ko'payishi shu jamiyat taraqqiyotini orqaga tortadi. Mana shunday oqibatlarga
olib kelmasligi, maxsus yordamga muhtoj bo'lagan bolalarning haq-huquqlarini to'laligicha
ta'minlash maqsadida ham inklyuziv ta'limni joriy etish masalalari keng tus
olmoqda.Inklyuziv ta'limning mohiyati shundan iboratki, ruhiy yoki jismoniy rivojlanishda
orqada qolganligi sababli maxsus yordamga muhtoj bo'lgan bolalardan "nogiron" degan
tamg'ani olib tashlab, normal rivojlanishdagi bolalar bilan birga teng huquqlililikni ta'minlash,
jamiyatga to'laqonli, erta moslashtirish, mavjud imkoniyatlaridan foydalana olishlarini
ta'minlash maqsadida umumta'lim maktablari tizimida o'qitishdan iborat.Bu maqsadlarni
amalga oshirish O'zbekiston Respublikasida ham davlat siyosat darajasiga ko'tarildi. Natijada
inklyuziv ta'limga doir xalqaro huquqiy meyoriy hujjatlar, rivojlangan chet el davlatlarning
inklyuziv ta'lim tajribalari o'rganib chiqildi va ularga asoslangan holda yangi tahrirdagi
"Ta'lim to'risida"gi Qonunning 20-moddasi, "Inklyuziv ta'lim" deb nomlanib, "Inklyuziv ta'lim
alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda
barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni
ta'minlashga qaratilgan"ligi qonuniy asos bilan mustahkamlandi. Inklyuziv ta'lim masalasi
Respublikamiz Prezidenti tomonidan davlat siyosatining eng ustuvor vazifasi sifatida qaralib,
PQ-4860-sonli "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori hamda Vazirar mahkamisining
"Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni
tasdiqlash to'g'risida" gi 638-sonli qarorida o'z aksini topdi. Mazkur ishlarning natijasi sifatida
inklyuziv ta'limning barcha jihatlari, joriy etish yo'llari, maqsad va vazifalari, bu sohadagi
islohatlar "Umimiy o'rta ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etish tartibi
to'grisida"gi Nizom, 2020 — 2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni
rivojlantirish Konsepsiyasi, 2020 — 2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni
rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo'yicha "YO'L
XARITASI"DA belgilab olinib, amaliyotga joriy etish borasida ko'zga ko'rinarli ishlar amalga
oshirilmoqda.Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali quyidagi natijalar
kutilmoqda:- alohida ta"lim ehtiyojlari bo'lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi,
jamiyatga integratsiyalashuvida inklyuziv ta'limning strategik omil sifatidagi roli tasdiqlanadi;
-alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'limiy muhiti yaxlitligi mustahkamlanadi,
ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar ta'minlanadi;
-davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta'lim sohasidagi manfaatlarini muvofiqlashtirish
mexanizmlari yaratiladi;
-inklyuziv ta"lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta'lim sifati, shuningdek
o'quvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi va variativligiga
erishiladi.Konsepsiya amaliy natijalariga muvofiq Respublika miqyosida o'tgan 2021-2022 va
joriy 2022-2023 o'quv yilidan 130 dan ortiq umumiy o'rta ta'lim maktablarida inklyuziv va
boshlang'ich tayanch korreksion sinflar tashkil etildi.Inklyuziv ta'limning amaliy natijalarini
o'rganish masadida Toshken shahar Uchtepa tumani 109-sonli, Chilonzor tumani 163-sonli,
Sergeli tumani 55-sonli, Olmazor tumani 134-sonli, Samarqand viloyati Samarqand shahar 81-
sonli, Yunusobod tumani 70-sonli, Shayxontoxur tumani 324-sonli, Yakkasaroy tumani 135-
sonli, Samarqand viloyati Samarqand shahar 81-sonli davlat umumta'lim maktablaridagi
inklyuziv ta'limning joriy etilish holati o'rganildi. Sergeli tumani 55-umumiy o'rta ta'lim
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
80
maktabiga Sergeli tumani XTB buyrug'i asosida 6 nafar imkoniyati cheklangan bolalar
inklyuziv ta'limga jalb etilgan. Ushbu ta'lim shaklini joriy etish bo'yicha barcha meyoriy
hujjatlar yuritilgan. O'qituvchiar bilan olib borilgan suhbat va savolnomalar asosida inklyuziv
sinflar o'qituvchilari uchun o'quv tarbiya jarayonini tashkil etish bo'yicha metodik ta'minot
zarurligi, bu borada o'qituvchilar malakasini oshirishga juda katta zaruriyat mavjudligi, dars
jarayonini kuzatish asnosida inklyuziv sinflarda o'quvchilar sonini kamaytirishga katta ehtiyoj
borligi aniqlandi.Bayon etilgan qiyinchiliklar bilan bir qatorda 55-UO'TMda inklyuziv talimni
joriy etishda ko'zga ko'rinarli yutuqlarga ham erishilgan. 1-"a" sinf o'quvchisi koxlear implant
Uralov Azizbek Oybek o'g'li umumta'lim dasturi talablarini yaxshi o'zlashtirmoqda. Boshqalar
bilan bemalol og'zaki muloqotga kirishadi.Uchtepa tumani 109-U0'TMga tuman XTBning
qarori bilan 2 nafar koxlear implant o'quvchilar 2021-2022 o'quv yilida 1-sinfga qabul
qilingan bo'lib o'quv-tarbiya jarayonida yutuqlar talaygina. Chilonzor tumani 163-UO'TMning
1-sinfida tajriba-sinov tariqasida imkoniyati cheklangan 2 nafar o'quvchi inklyuziv ta'limga
jalb etilgan. Olmazor tumani 134-UO'TMning 1-sinfi tuman XTBning buyrug'iga ko'ra 8 nafar
imkoniyati cheklangan o'quvchilar imklyuziv ta'limga jalb etilgan bo'lib, 2 nafar koxlear
implant o'quvchilar Mustafoyev Sirojiddin Chorshanbi o'g'li, Fayzullayev Foziljon Sirojiddin
o'g'li maktab dasturini yaxshi o'zlashtirmoqda. Sog'lom tengdoshlari bilan og'zaki muloqotga
kirishadi. Yunsobod tumani 70-sonli umumiy o'rta ta'lim maktatabining 1-sinfiga ham uch
nafar Abdusattorova Xolida Sanjar qizi, Hamidova Sabina Xurshidovna, Abdumajidova Dinara
Dilmurod qizi kabi alohida ehtiyojli o'quvchi qabul qilingan bo'lib uzoq yillik tajribaga ega
maktab direktori Qodirova Barno Mirvaliyevnaning alohida yordami va alohida ehtiyojli
bolalarga nisbatan g'amxo'rligi sinf o'qituvchilarining mahorat va tajribasi sababli inklyuziv
o'quv- tarbiya jarayonida ko'zga ko'rinarli yutuqlagrga erishilga. Masalan, 1-a inklyuziv sinf
o'quvchisi koxlear implant Abdusattorova Xolida Sanjar qizining nutqi birmuncha yaxshi
rivojlangan bo'lib, boshqalar bilan og'zaki muloqotga kirisholadi, o'quv dasturini yaxshi
o'zlashtirmoqda.Shayxontoxur tumani 324-umumiy o'rta ta'lim maktabi inklyuziv talimni
tashkil etish bo'yicha boy tajribaga ega bo'lib hozirda 20 nafar alohida ehtiyojli o'quvchi
mavjud. Ulardan 6 nafari boshlang'ich sinflarda 14 nafari yuqori sinflarda ta'lim-tarbiya
olmoqdalar. Inklyuziv sinflarda o'quv tarbiya jarayoni maqsadga muvofiq tarzda tashkil
etilgan. Ammo ushbu inklyuziv maktablar o'qituvchilari uchun ham metodik qo'llanmalarning
yetishmasligi asosiy mummo ekanligi aniqlandi.
Xulosa:
Respespublikamizda inklyuziv ta'lim samaradorligini oshirishda Xalq ta'limi
vazirligi va uning huzuridagi Respublika tashxis inklyuziv ta'lim laboratoriyasi xodimlari
Sulton Mo'minov, Shoista Axmedova, Gulmira Alimovalar ham munosib jonbozlik
ko'rsatmoqdalar.
Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda inklyuziv ta'limni joriy qilishda ko'plab
muammolar va to'siqlar talaygina. Muammolarni va to'siqlarni hal etish zaruriyatdir. Chunki
jamiyatimizda yashayotgan har bir maxsus yordamga muhtoj bola bizning ham farzandimiz.
Alohida ehtiyojli bolalarga "Ular kimning farzandi?" deya savol berish o'rinsizdir. Zero,
ularning kamoloti bizning ham kamolotimiz, ularning fojeasi bizning ham fojeamizdir.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
81
References:
1.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'qituvchi va murabbiylar
kuniga
bag'ishlangan
tantanali
marosimdagi
nutqi.
2020-yil
30-sentabr.(
http://marifat.uz/marifat/ruknlar/rasmiy/4939.htm)
2.
O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi. Lex.uz
3.
BMTning "Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasi(UNCPRD) 2006-yil 13-dekabr
4.
O'zbekiston Respublikasining 2020-2025-yillarda Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni
rivojlantirish Konsepsiyasi.( https://lex.uz/docs/-5044711)
5.
угли Наркулов, А. К. (2022). Патрулирование-основа обеспечения общественного
порядка. Science and Education, 3(11), 1334-1339.
6.
АМАНБАЕВ,
Ж.
(2022).
НАРКУЛОВА
ИРК
Технология
организации
самостоятельной работы в высших военных образовательных заведениях Республики
Узбекистан. МОЛОДОЙ УЧЕНЫЙ Учредители: ООО" Издательство Молодой ученый".–
2022, 23, 136-139.
7.
M.Mamatov, A Isomiddinov, S Yuldashev. Factors of Developing the Intellectual Abilities
of the Youth. Factors of Developing the Intellectual Abilities of the Youth 8. International
Journal of Progressive Sciences and Technologies 16 (2), 311-313\6. U. J. Mansurov.
Ozbekistonda ta'lim sohasidagi islohotlar: inklyuziv ta'lim va yangicha pedagogik
yondashuvlar.