Авторы

  • Shahnoza Mirzamidinova
    Angren universiteti “Gumanitar va iijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, mustaqil izlanuvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.63825

Ключевые слова:

jadidchilik matbuot mafkura qurultoy maqola siyosiy mafkura til tarix Turkiston Muxtoriyati.

Аннотация

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistondagi tarixiy jarayonlarni kechishida bir guruh taraqqiyparvar shaxslarning o‘rni va roli beqiyos ahamiyatga ega bo‘lganligi shubhasizdir. Shu boisdan ham, bu murakkab davr xususida tadqiqot ishlarini olib borishda alohida shaxslarning hayoti va faoliyatini o‘rganish, ular yashagan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy muhitning o‘ziga xosliklarini sinchiklab tadqiq etish ko‘plab tarixiy jumboqlarni yechishga yordam beradi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda Qo‘qon jadidlarining ilg‘or vakillaridan biri Ashurali Zohiriyning (1885-1937) bosib o‘tgan yo‘lini o‘rganish ham bugungi kundagi muhim vazifalardan biridir.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

127

XORIJIY MANBALARDA ASHURALI ZOHIRIY FAOLIYATI YUZASIDAN ILMIY

QARASHLAR

Mirzamidinova Shahnoza Abidinovna

Angren universiteti “Gumanitar va iijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi,

mustaqil izlanuvchi

sh.mirzamidinova@auni.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.14744635

Annotatsiya:

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistondagi tarixiy jarayonlarni

kechishida bir guruh taraqqiyparvar shaxslarning o‘rni va roli beqiyos ahamiyatga ega
bo‘lganligi shubhasizdir. Shu boisdan ham, bu murakkab davr xususida tadqiqot ishlarini olib
borishda alohida shaxslarning hayoti va faoliyatini o‘rganish, ular yashagan ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va mafkuraviy muhitning o‘ziga xosliklarini sinchiklab tadqiq etish ko‘plab tarixiy
jumboqlarni yechishga yordam beradi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda Qo‘qon
jadidlarining ilg‘or vakillaridan biri Ashurali Zohiriyning (1885-1937) bosib o‘tgan yo‘lini
o‘rganish ham bugungi kundagi muhim vazifalardan biridir.

Kalit so'zlar:

jadidchilik, matbuot, mafkura, qurultoy, maqola, siyosiy mafkura, til, tarix,

Turkiston Muxtoriyati.

Annotation:

The place and role of progressive individuals in the historical processes of

Turkestan at the end of the 19th and the beginning of the 20th century were undoubtedly of
exceptional importance. Therefore, the study of the lives and activities of these individuals,
along with a detailed examination of the socio-political, economic, and ideological
environment in which they lived, provides valuable insights into solving many historical
mysteries of this complex period. In this context, one of the most significant tasks today is to
research the life and work of Ashurali Zakhiri (1885–1937), a prominent representative of the
Jadid movement in Central Asia.

Key words

: Jadidism, press, ideology, convention, article, political ideology, language,

history, Turkestan Autonomy.

XX asr boshlaridagi ulkan madaniy ko‘tarilish Turkiston zaminidan ko‘plab milliy

ziyolilar qatlamini shakllantirib berdi. Madaniy ko‘tarilish esa o‘z-o‘zidan vujudga kelib
qolmasdan, balki dastlab Chor imperiyasining, so‘ngra bolsheviklar hukumatining Turkiston
xalqiga nisbatan ko‘rsatgan cheksiz milliy zulmi, mahalliy ziyolilarning shakllanishiga,
o‘zlarining maqsad va maslaklari yo‘lida qat’iy tarzda faoliyat olib borishga undadi.

Bu paytga kelib Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Domla Ikrom, Hoji Muin,

Abdulqodir Shakuriy, Abdurauf Fitrat Abdulloh Badriy, Buxoroda Po‘latxo‘ja, Muso Saidjonov,
Muxtor Saidjonov, Ota Xo‘jayev, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla
Avloniy, Eshon Xo‘ja, Hasanxo‘ja qori, Mulla Abdulla, Muhammadjon qori, Muallim Rustambek,
aka-uka Shokirjon va Sobirjon Rahimiy qori, Abdulla Qodiriy, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev,
G‘ulom Zafariy, Namanganda Zayniddin qori, Dadamirza qori, Diydavoy qori, G‘afur xoji,
Abdullajon qori, Qo‘qonda esa Mirshohid Miroqilov, Yunusjon hoji Og‘aliqov, Abdulvahob
Ibodiy, Muhammadjon Holiqiy, Obidjon Mahmudov kabi bir qator ziyolilar faol tarzda
islohotchilik harakatlarini olib borayotgan edilar.

Qo‘qonda o‘z faoliyatini olib borayotgan Ashurali Zohiriy ham XX asr boshlaridagi

Turkiston ziyolilarining eng peshqadamlaridan biri edi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

128

Xorijda amalga oshirilgan Ashurali Zohiriy hamda XX asr boshlaridagi Turkistonda

kechgan jarayonlar to‘g‘risidagi tadqiqotlarning mualliflari sifatida Mustafo Cho‘qay, Ahmad
Zaki Validiy, Abdulvahob O‘qtoy, Tohir Chig‘atoy, Boymirza Hayit, Edvard A.Allvort, Adib
Xolid, Shahobiddin Yassaviy, Mustafo Said Arslon kabi olim va tadqiqotchilarni keltirish
mumkin

1

.

Mustafo Cho‘qay shubhasiz o‘zining siyosiy faoliyati bilan Turkiston tarixida katta

o‘rinni egallaydi. U o‘zining bir qator asarlarida, “Yosh Turkiston”, ‘Yangi Turkiston” kabi
muhojir jadidlar tomonidan xorijda chiqarilgan jurnallarda chop etilgan maqolalarida XX asr
boshlaridagi Turkistonda kechgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy jarayonlar
xususida o‘zining o‘tkir tahlillarini e’lon qilib borgan. Ayniqsa uning “1917-yil xotiralari”
nomli risolasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Ashurali Zohiriy atrofida kechgan voqeiliklarni
o‘rganishda ushbu kitobning o‘rni katta ahamiyatga egadir

2

.

Ashurali Zohiriy bilan bevosita ilmiy hamkorlik qilgan Ahmad Zakiy Validiyning

tadqiqotlarida ham uning faoliyati haqida ba’zi ma’lumotlar mavjud. Masalan, uning 2021-
yilda yangidan chop etilgan “Xotiralar” kitobining 92, 129 va 311-betlarida Ashurali Zohiriyga
doir xotiralar keltirilgan. Jumladan, kitobning 92-sahifasida Ashurali Zohiriyning qo‘qonlik
muallim ekanligini yozgan bo‘lsa, 129-betda uni Turkistonda orttirgan eng yaqin do‘stlaridan
biri ekanligini ta’kidlangan

3

. Garchi, Zaki Validiy 1917-yilda Ashurali Zohiriy bilan birgalikda

“Yurt” jurnaliga asos solganligini yozgan bo‘lsa-da

4

, aslida ushbu jurnalning birdan bir

asoschisi va muharriri Ashurali Zohiriy bo‘lib, uning o‘zi keyinchalik Zaki Validiyni jurnal
sahifalarida maqolalar bilan ishtirok etishga chaqirgan.

Turkiston jadidlarining yirik vakillaridan biri Munavvarqorining “Na’muna” maktabida

tahsil olib, keyinchalik 1923-yilda Germaniyada o‘qishni davom ettirib, taqdir taqozosi bilan u
yerda qolib ketgan Abdulvahob O‘qtoy va Tohir Chig‘atoylar “Yosh Turkiston” jurnali
sahifalarida chop etilgan maqolalarida Ashurali Zohiriy haqida ayrim ma’lumotlarni oynoma
o‘quvchilari e’tiboriga taqdim etishgan.

“Yosh Turkiston” jurnali 1929-1939-yillar orasida Parijda nashr etilgan bo‘lib, uning ilk

soni 1929-yilning dekabr oyida chop etilgan. Ushbu jurnalning maqsadi Mustafo Cho‘qay
tomonidan yozilgan “Bizning yo‘l” nomli ilk maqolada aniq va lo‘nda shaklda keltirilgan.
Turkiston Muxtoriyatining sobiq bosh vaziri bo‘lmish Mustafo Cho‘qay jurnalning maqsadini
ochiqlab: “Yangidan chiqa boshlag‘on har bir siyosiy majmua va gazetaning o‘quvchilariga o‘z
siyosiy g‘oya, yo‘li ham maqsadini tanitib ketish odati bordir. Qonun holiga kirib qolg‘on bu

1

M. Cho’qay. Istiqlol jallodlari. – T.: “G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy birlashmasi”. 1992. – B. 80;

Z.V.To’g’on. Bugungi Turkiston va yaqin moziysi. – Qohira.: “Matba’atul-e’timod”. 1939. – B. 704; Shu muallif:
Hatiralar. – T.: “Turkiye diyanet vakfi yayinleri”. 2019. – S. 627; A. O’qtoy. Turk gazetachilig’i // “Yosh Turkiston”
jurnali. 1933-yil oktyabr – №. 47; T. Chig’atoy. Turkistondagi milliy adabiyot va adiblar fojiasi // “Yosh Turkiston”
jurnali. 1935-yil iyun – №. 65; B.Hayit. Mahmudxo’ja Behbudiy // “Milliy Turkiston” jurnali. 1952-yil – № 76; Shu
muallif: Munavvarqori – Turkiston jadidchiligining otasi // “Milliy Turkiston” jurnali. 1952-yil – № 77; Allworth E.
The modern uzbeks. From the fourteenth century to the Present. A cultural History. – Stanford:California. 1990. – P.
124; Shu muallif: Jadidlar haqida yashirilhan hikoyalar // “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi. 1992-yil 11-
sentyabr; Adeeb Khalid. The Politics of Muslim Cultural Reform. – Oxford.: “University of California Press”. 1998. –
P. 97, 154, 161, 211; Shu muallif: Adeeb Khalid. Making Uzbekistan. Nation, Empire, and Revolution in the Early
USSR. – USA.: “Cornell University Press”. – P. 264, 374, 378; Sh.Yassaviy. Turkistonning achchiq haqiqatlari. -
Istambul.: 1984. – B. 173; M.S.Arslon. Hokandlı Ceditçi Aşurali Zohiri // Türk Kültürü İncelemeleri Dergisi, 51 (Bahar
2024). – S. 279-296.

2

M.Cho’qay. Istiqlol jallodlari. – T.: “Tirilish” nashriyoti. – B. 96.

3

Z.V.To’g’on. Hatiralar. – T.: “Turkiye diyanet vakfi yayinleri”. 2019. – S. 92,129.

4

O’sha manba: – S. 311.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

129

odatga biz ham iyaramiz (ergashamiz). Yo‘limizni anglatish uchun uzun izohlarga ehtiyoj yo‘q.
Yo‘limiz va maqsadimiz: “Biz Turkiston istiqlolchilari elimizning erki va yurtimiz
Turkistonning qurtulishi uchun kurashamiz”

jumlasinda xulosa etila biladir. Turkistonliklarga

bundan boshqa yo‘l yo‘q, bo‘la olmas va bo‘lmasin” deb yozdi

5

.

Abdulvahob O‘qtoy “Yosh Turkiston” jurnalining 1933-yilgi 47-sonida chop etilgan

“Turk gazetachilig‘i” nomli maqolasida Ashurali Zohiriyni XX asr boshlaridagi Qo‘qon
jadidlarining yetuk vakillaridan biri sifatida e’tirof etib, uning tashabbusi ostida chop etilgan
“El bayrog‘i” gazetasi va “Yurt” jurnalining turkistonliklarning ong va tafakkurini
yuksaltirishdagi o‘rnini ijobiy baholagan

6

.

Tohir Chig‘atoy esa “Yosh Turkiston” jurnalining 1935-yilgi 65-66-sonlarida turkum

holda chop etilgan “Turkistondagi milliy adabiyot va adiblar foiasi” nomli maqolalarida,
ko‘plab turkistonlik ziyolilar qatori Ashurali Zohiriyning qatag‘on etilishi to‘g‘risida ham o‘z
fikrlarini bildirib o‘tgan

7

.

Boymirza Hayitning tadqiqotlarida, jumladan XX asrning 50-yillarida Istanbulda nashr

etilgan “Milliy Turkiston” jurnalida ham Ashurali Zohiriyga doir mulohazalar berilgan.
Masalan, B.Hayit “Milliy Turkiston” jurnalining 1952-yilgi 76-sonida chop etilgan
“Mahmudxo‘ja Behbudiy” nomli maqolada Ashurali Zohiriy Behbudiyning Munavvarqori,
Abdulla Avloniy, Ahmad Vasliy, Bahrombek Haydariy, Hoji Shukrulloh (Muin)lar bilan birga
eng yaqin safdoshi bo‘lganligini yozgan bo‘lsa

8

, xuddi shu jurnalning 77-sonida e’lon qilingan

“Munavvarqori – Turkiston jadidchiligining otasi” sarlavhali maqolada Ashurali Zohiriy
Ostroumovning shovinistik xatti-harakatlariga qarshi bir guruh turkistonlik ziyolilar bilan
birga kurashganligini ta’kidlagan

9

.

Amerikalik tarixchi Edvard A.Allvortning ham bir qator asarlarida XX asr boshlaridagi

Turkiston jadidlarining keng miqyosli faoliyati bilan birga Ashurali Zohiriy haqida ayrim
ma’lumotlarni taqdim etib o‘tgan. Jumladan, u o‘zining “Markaziy Osiyo: Rossiya hukmronligi
ostida bir asr” nomli asarida Ashurali Zohiriyning jurnalistik faoliyati xususida ma’lumot
bergan bo‘lsa

10

, 1987-yil Germaniyaning Kyoln shahrida bosilgan “Turkiston” majmuasida

e’lon qilingan tadqiqotida Ashurali Zohiriyni XX asr boshlarida Turkiston
taraqqiyparvarlarining peshqadamlaridan biri hamda boshqa ziyolilar bilan yaqindan
hamkorlik qilgan faol shaxs sifatida e’tirof etgan

11

.

Yana bir amerikalik tarixchi Adib Xolidning tadqiqotlarida ham Ashurali Zohiriy

to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Xususan, uning “The Politics of Muslim Cultural Reform:
Jadidism in Central Asia” va “Making of Uzbekistan: Nation, Empire, and Revolution in the
Early USSR” nomli kitoblarida Ashurali Zohiriy to‘g‘risidagi fakt va mulohazalar o‘rin olgan.

5

Alijonov M. Turkiston hurriyati yo’lida. – T.: “Mahalla va oila nashriyoti”. 2024. – B. 5.

6

A. O’qtoy. Turk gazetachilig’i // “Yosh Turkiston” jurnali. 1933-yil oktyabr – №. 47.

7

T. Chig’atoy. Turkistondagi milliy adabiyot va adiblar fojiasi // “Yosh Turkiston” jurnali. 1935-yil iyun – №. 65; T.

Chig’atoy. Turkistondagi milliy adabiyot va adiblar fojiasi // “Yosh Turkiston” jurnali. 1935-yil iyul – №. 66.

8

B.Hayit. Mahmudxo’ja Behbudiy // “Milliy Turkiston” jurnali. 1952-yil – № 76.

9

B.Hayit. Munavvarqori – Turkiston jadidchiligining otasi // “Milliy Turkiston” jurnali. 1952-yil – № 77.

10

Edward_A.Allworth Central Asia: A Century of Russian Dominance. – London.: “Duke university press”. 1994. – P.

201.

11

Edvard A.Allvortning ushbu maqolasi Malohat Komilova tomonidan ingliz tilidan tarjima qilingan holda davriy

matbuotda chop etilgan. Qarang: Jadidlar haqida yashirilgan hikoyalar // “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi.
1992-yil 1-sentyabr.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

130

Masalan, “The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia” (Musulmon

madaniyatini isloh qilish siyosati: Markaziy Osiyoda jadidchilik) nomli kitobining 97, 154,
161 va 211-betlarida Zohiriy to‘g‘risida qaydlar mavjud.

Adib

Xolid

tadqiqotining

97-sahifasida

Ashurali

Zohiriyni

Turkiston

taraqqiyparvarlarining ko‘zga ko‘ringan eng katta vakillaridan biri, “Qo‘qon va Buxoro
madrasalarida tahsil olgan ziyoli va Oʻrta Osiyo turkiy tillari imlosi boʻyicha birinchi qoʻllanma
muallifi sifatida e’tirof etgan bo‘lsa

12

, kitobning boshqa bir o‘rnida Qo‘qonda shiddatli tarzda

kechayotgan jadid-qadim nizosiga Ashurali Zohiriy ham tortilganligini, masalan u diniy
ulamolardan hisoblanmish Fazlulvahhobning musiqa to‘g‘risidagi nazariy qarashlariga qarshi
“Al-Isloh” jurnalida maxsus maqola bilan raddiya bildirganligini ta’kidlagan”

13

.

Adib Xolidning “Making of Uzbekistan: Nation, Empire, and Revolution in the Early

USSR” (O‘zbekiston tavalludi: ilk SSSR davrida millat, imperiya va inqilob) nomli kitobida
ham Ashurali Zohiriyga doir o‘rinlar bor.

Masalan, muallif kitobning 264-sahifasida imlo masalasida Ashurali Zohiriy bilan Fitrat

o‘rtasida o‘zaro qarama-qarshilik borligini yozgan bo‘lsa

14

, boshqa o‘rinda uni mohir jurnalist

hamda Qo‘qon Muxtoriyatining faol ishtirokchisi sifatida talqin etgan

15

.

Yuqoridagilardan tashqari O‘zbekiston Milliy arxividagi 19-I, 276-I va 1760-fondlarda

ham Ashurali Zohiriyga oid ayrim hujjat va qaydlar saqlanmoqda.

Xulosa o‘rnida aytganda, Ashurali Zohiriyning hayoti va faoliyatini o‘rganish uning

zamondoshlari davridayoq boshlanib, ular ko‘proq olimning tilshunoslik hamda
lug‘atshunoslikka doir qarashlarini tahlil qildilar. Biroq, bu tahlillarning aksariyati tanqidiy
xarakterga ega bo‘lib, ularda Ashurali Zohiriyning haddan tashqari eski imloni saqlab qolishga
doir xatti-harakatlari tanqid qilingan.

Sovet davrida amalga oshirilgan tadqiqotlarda garchi Ashurali Zohiriy yetuk tilshunos

olim sifatida e’tirof etilgan bo‘lasa-da, biroq uning qatag‘on etilish tarixi yoritilmagan. Buni
davriy siyosat tomonidan belgilab qo‘yilgan chegaralar bilan izohlash mumkin.

Mustaqillik yillarida qilingan tadqiqotlarda esa ko‘proq Ashurali Zohiriyning tilshunos

olim sifatidagi faoliyati tahlil etilib, uning XX asr boshlaridagi Turkiston jadidchilik harakati
tarixida tutgan o‘rni, ijtimoiy-siyosiy faoliyati tarixiy nuqtayi nazaridan maxsus tadqiqot
mavzusi sifatida tadqiq etilmadi. Xorijiy tadqiqotlar xususida ham shu fikrni aytish mumkin.

References:

1.

M. Cho’qay. Istiqlol jallodlari. – T.: “G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy

birlashmasi”. 1992.
2.

Z. V.To’g’on. Bugungi Turkiston va yaqin moziysi. – Qohira.: “Matba’atul-e’timod”. 1939.

3.

Z .V.To’g’on Hatiralar. – T.: “Turkiye diyanet vakfi yayinleri”. 2019.

4.

A. O’qtoy. Turk gazetachilig’i // “Yosh Turkiston” jurnali. 1933-yil oktyabr – №. 47;

5.

T. Chig’atoy. Turkistondagi milliy adabiyot va adiblar fojiasi // “Yosh Turkiston” jurnali.

1935-yil iyun – №. 65;

12

Khalid, Adeeb. The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia. – Berkeley.: “University of

California Press”. 1998. – P. 97.

13

O’sha manba: – B. 154.

14

Khalid, Adeeb Making of Uzbekistan: Nation, Empire, and Revolution in the Early USSR. – USA.: “Cornell

University Press”. 2015. – P. 264.

15

O’sha manba: – P. 374.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

131

6.

B.Hayit. Mahmudxo’ja Behbudiy // “Milliy Turkiston” jurnali. 1952-yil – № 76;.

7.

B.Hayit. Munavvarqori – Turkiston jadidchiligining otasi // “Milliy Turkiston” jurnali.

1952-yil – № 77.
8.

Allworth E. The modern uzbeks. From the fourteenth century to the Present. A cultural

History. – Stanford:California. 1990. – P. 124.
9.

Shu muallif: Jadidlar haqida yashirilhan hikoyalar // “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”

gazetasi. 1992-yil 11-sentyabr;
10.

Adeeb Khalid. The Politics of Muslim Cultural Reform. – Oxford.: “University of California

Press”. 1998.
11.

Shu muallif: Adeeb Khalid. Making Uzbekistan. Nation, Empire, and Revolution in the

Early USSR. – USA.: “Cornell University Press”.
12.

Sh.Yassaviy. Turkistonning achchiq haqiqatlari. -Istambul.: 1984.

13.

M.S.Arslon. Hokandlı Ceditçi Aşurali Zohiri // Türk Kültürü İncelemeleri Dergisi, 51

(Bahar 2024).

Библиографические ссылки

M. Cho’qay. Istiqlol jallodlari. – T.: “G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy birlashmasi”. 1992.

Z. V.To’g’on. Bugungi Turkiston va yaqin moziysi. – Qohira.: “Matba’atul-e’timod”. 1939.

Z .V.To’g’on Hatiralar. – T.: “Turkiye diyanet vakfi yayinleri”. 2019.

A. O’qtoy. Turk gazetachilig’i // “Yosh Turkiston” jurnali. 1933-yil oktyabr – №. 47;

T. Chig’atoy. Turkistondagi milliy adabiyot va adiblar fojiasi // “Yosh Turkiston” jurnali. 1935-yil iyun – №. 65;

B.Hayit. Mahmudxo’ja Behbudiy // “Milliy Turkiston” jurnali. 1952-yil – № 76;.

B.Hayit. Munavvarqori – Turkiston jadidchiligining otasi // “Milliy Turkiston” jurnali. 1952-yil – № 77.

Allworth E. The modern uzbeks. From the fourteenth century to the Present. A cultural History. – Stanford:California. 1990. – P. 124.

Shu muallif: Jadidlar haqida yashirilhan hikoyalar // “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi. 1992-yil 11-sentyabr;

Adeeb Khalid. The Politics of Muslim Cultural Reform. – Oxford.: “University of California Press”. 1998.

Shu muallif: Adeeb Khalid. Making Uzbekistan. Nation, Empire, and Revolution in the Early USSR. – USA.: “Cornell University Press”.

Sh.Yassaviy. Turkistonning achchiq haqiqatlari. -Istambul.: 1984.

M.S.Arslon. Hokandlı Ceditçi Aşurali Zohiri // Türk Kültürü İncelemeleri Dergisi, 51 (Bahar 2024).