Авторы

  • Shahnoza Mirzamidinova
    Angren universiteti “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi mustaqil izlanuvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.84900

Ключевые слова:

Vaqf yerlari Turkiston general-gubernatorligi davriy matbuot yer solig‘i.

Аннотация

Vaqf masalasi ham XX asr 20-yillaridagi davriy matbuot sahifalarida eng ko‘p murojaat qilingan mavzulardan biridir. Ashurali Zohiriyning vaqf to‘g‘risidagi fikrlari ham diqqatga sazovor. U o‘zining bu to‘g‘ridagi fikr va mulohazalarini o’sha davr davriy matbuotida keng yoritgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

31

ASHURALI ZOHIRIYNING DAVRIY MATBUOTDAGI VAQF MASALASIGA DOIR

QARASHLARI

Mirzamidinova Shahnoza Abidinovna

Angren universiteti “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi mustaqil izlanuvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15342558

Annotatsiya:

Vaqf masalasi ham XX asr 20-yillaridagi davriy matbuot sahifalarida eng

ko‘p murojaat qilingan mavzulardan biridir. Ashurali Zohiriyning vaqf to‘g‘risidagi fikrlari
ham diqqatga sazovor. U o‘zining bu to‘g‘ridagi fikr va mulohazalarini o’sha davr davriy
matbuotida keng yoritgan.

Kalit so'zlar:

Vaqf yerlari, Turkiston general-gubernatorligi, davriy matbuot, yer solig‘i.

Annotation:

The issue of waqf lands is also one of the most frequently discussed topics

in the periodicals of the 20th century. Ashurali Zahiri's thoughts about the waqf lands are also
noteworthy. He extensively covered his thoughts and reflections on this in the periodicals of
the time.

Key words

: Vakuf lands, Turkestan governorate general, periodical press, land tax.


Vaqf masalasi ham XX asr 20-yillaridagi davriy matbuot sahifalarida eng ko‘p murojaat

qilingan mavzulardan biridir. Xususan, bu davrda e’lon qilingan “Mahallliy tashabbusga
muhtojmiz”

1

, “O‘rnak bo‘lishga yaraydir”

2

, “Farg‘ona vaqflari to‘g‘risida”

3

, “Vaqflar to‘g‘risida

bir necha so‘z”

4

va boshqa shular kabi yuzlab maqolalar ushbu masalaning nechog‘lik muhim

ahamiyatga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Ashurali Zohiriyning vaqf to‘g‘risidagi fikrlari ham diqqatga sazovor. U o‘zining bu

to‘g‘ridagi mulohazalarini “Farg‘ona” gazetasining 1923-yil 19-fevral va 2-mart sonlarida
chop etilgan “Turkistonda vaqf ishlarining holi” nomli turkum maqolalarida bildirib o‘tgan.

Garchi, Ashurali Zohiriyning 1923-yil 2-martda bosilgan “Turkistonda vaqf ishlarining

holi II” maqolasi keyin chop etilgan bo‘lsa-da, mazmunan birinchi bo‘lib e’lon qilinishi lozim
edi. Chunki, Zohiriy ushbu ikkinchi turkum maqolasida Chor Rossiyasi Turkistonni istilo
qilganidan so‘ng vaqfga doir yuritgan siyosati to‘g‘risida bir qator muhim ma’lumotlarni
keltirib o‘tgan. Ashurli Zohiriyning ma’lumot berishicha, Chor Rossiyasi Turksitonni bosib
olganidan so‘ng mahalliy xalqning urf-odat va boshqaruv mentalitetini chuqur
o‘rganmagunicha o‘z holiga tashlab qo‘yganligini, 1870-yildan boshlabgina vaqfga doir
maxsus qaror va buyruqlar chiqara boshlaganini yozadi. Chor Rossiyasi ma’muriyatining
Turkistondagi vaqf ishlariga aralasha boshlaganligiga saba sifatida Zohiriy mutavallilarning
vaqf daromadini qonundan tashqari xilof tarzda iste’mol qila boshlaganligini, shu bilan birga
o‘zboshimchalik bilan vaqf mulklarini sotib yuborish holatlari ko‘payganligi bilan izohlagan.
Bundan tashqari yana Chor ma’muriyatining Turkistondagi vakilligi vaqf ishlariga
aralashishni unchalik xohlamaganligiga sabab sifatida Zohiriy rus ma’murlarning vaqfga doir
qonun va nizomlarni yaxshi tushunmaganligini hamda mahalliy xalqning ishlariga ortiqcha ish
deb qaraganligini keltiradi.

1

Usmonxon. Mahalliy tashabbusga muhtomiz // “Qizil bayroq” gazetasi. 1922-yil 13-may.

2

Sirojiy. O’rnak bo’lishga yaraydir // “Qizil bayroq” gazetasi. 1922-yil 13-avgust.

3

Zahiriddin [A’lam]. Farg’ona vaqflari to’g’risida // “Turksiton” gazetasi. 1923-yil 16-mart.

4

Xidiraliyev. Vaqflar to’g’risida bir necha so’z // “Turkiston” gazetasi. 1923-yil 1-fevral.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

32

Biroq, Turkistonda vaqfga doir nizolar va turli qonunsizlik holatlari oshib borar ekan,

mustamlakachi hukumat bevosita bunga aralashishga hamda vaqf ishalrini qonuniy tarzda
tartibga solishga majbur bo‘ldi. Ashurali Zohiriyning yozishicha, Samarqanddagi ulug‘vor
madrasalardan biri bo‘lmish Tillakorining talabalari mutavallilarning xiyonatidan shikoyat
qilib “Zarafshon okrugi” boshlig‘i Abramovga shikoyat qiladi. Ular tomonidan 1873-yilda
berilgan ariza sababli butun Turkiston o‘lkasi boshlig‘ining ijozati bilan “Samarqand
madrasalaridan Tillakori, Sherdor hamda Ulug‘bek madrasalariga qarashli vaqf mulklarini
mutavallilar ijaraga qo‘ymasdan rus idorasi boshliqlari ijaraga qo‘ysinlar” degan farmoyishni
chiqardi. Bundan keyingi jarayonlar xususida Ashurali Zohiriy quyidagicha yozgan: “1874-yil
14-yanvarda Zarafshon okrugiga umumiy farmoyish Sirkulyarniy tariqasida 2820-raqamli
buyruq chiqarib: uyezddagi vaqf mulklarini ijaraga berish, uyezddagi rus amaldorlarining
ishidir. Mutavallilarning ishi emasdir dedi. 1876 yil may oyida o‘shandoq vaqf yerlarining
daromadlarining miqdorini belgilamak uchun alohida komissiya barpo qilindi. 1878-yilda
Zarafshon okrugidagi butun vaqf yerlarining idorasi qaramog‘i rus amaldorlarig‘a o‘tib ketdi.
Ular vaqf yerlarini ijaraga qo‘yar bo‘ldilar. Tushgan pullar xazinaga saqlanib, mutavallilarga
beriladirgan bo‘ldi. Mutavallilar olgan pullariga go‘yo yerlarga sarf qilg‘oni va kimlarga
bergani xususida hisobot berar edi. Farg‘ona ham ruslar tarafidan istilo etilgandan keyin
1876-yil kuzda unda ham tashkilot komissiyasi tuzulgan edi. Ul komissiya bu yangi qo‘shilgan
bir muzofotda, yer o‘lponi xiroji ham vaqf yerlarini qarar edi. Munda har bir vaqf egasi
bo‘lg‘on foyda, qancha vaqf yerlari borlig‘ini ma’lum qilar edi. Ul vaqfnomalarni qarab
tekshirib uning ahvolini hal qildirgan zakun nizom yo‘q edi. Lekin vaqflar ulda qandoq bo‘lsa,
o‘shandoq o‘z muquflariga qoldirilg‘on edi”

5

.

1886-yil 14-iyunda Turkiston general-gubernatori tomonidan “Yer solig‘i” to‘g‘risida

maxsus qonun chiqarilgan bo‘lib, ushbu qonunning 23-24-moddalariga binoan yer solig‘i
masalasida alohida nizom tayyorlangan. Ushbu nizom 1891-yil 10-aprelda gubernator
Verovskiy tarafidan tasdiqlangan. Ushbu nizomda Turkistondagi har xil shakldagi vaqflardan
olinadigan va olinmaydigan soliqlar xususida qaydlar ko‘rsatilgan. Ashurali Zohiriy o‘z
maqolasida ana shu nozomda keltirilgan moddalarga quyidagicha sharxlar bergan.
Zohiriyning yozishicha:

1) Qanday shakldagi vaqf mulki bo‘lishidan qat’iy nazar vaqflar qatoridan chiqarilgan va

tortib olingan, faqat butun qishloqlarga qarashli yerlarning solig‘i bo‘lgan vaqflar qishloq
jamoalarining o‘z tasarrufida qoldirilgan. Bu qoida Verovskiy tasdiqlagan nizomning 255-261,
363, 364 va 365-moddalariga muvofiq amalga oshirilgan.

2) Qishloq va jamoa yerlarining o‘lponi bo‘lgan vaqflar masjid, maktab, madrasa xalq va

jamoat uchun bo‘lsa, o‘lpondan tushgan pulning ba’zisi muquflarga berilib, qolgani xazinaga
olingan (299-moddaga muvofiq).

3) Butun qishloq yerlarining o‘lponi bo‘lmagan vaqflarning barcha daromadi maxsus

tarzdagi tasdiqlangan vaqfnoma bilan masjid, maktabga yoki yoki xalq nafaqasi va xalqnig
ehtiyojiga biriktirlgan bo‘lsa, unda bunday vaqflar soliqdan ozod qilingan.

4) Yangi hukumat (Chor hukumati nazarda tutilmoqda – Sh.Mirzamidinova) tomonidan

belgilanadigan vaqflar general-gubernatorning tasdig‘i bilan o‘rniga qo‘yilishi va bundan
keyin tashkil etiladigan vaqflarning birortasi ham soliqdan ozod etilmasligi belgilandi

6

.

5

Ashurali Zohiriy. Turkistonda vaqf ishlarining holi // Farg’ona“ gazetasi. 1923-yil 2-mart.

6

Ashurali Zohiriy. Turkistonda vaqf ishlarining holi // Farg’ona“ gazetasi. 1923-yil 2-mart.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

33

Shuningdek, ushbu nizomning 267-moddasiga binoan vaqfnomalarni tasdiqlash, ularni

taftish etish muzofot mahkamasining vakolatiga kirishi ham belgilab qo‘yildi. Bu byuroktarik
talab ortida vaqfni tizimli tarzda izdan chiqarish, bu orqali esa ta’lim dargohlarini iqtisodiy
tarafdan muhtojlik holatiga tushirish maqsad qilingan edi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra vaqf
xujjatlari quyidagi uchta talabga mos kelgan holatdagina tasdirlangan:

1) Har bir vaqf xujjatida kamida bitta Qo‘qon xoni yoki Buxoro amirining muhri

bo‘lishligi shart. Qozilar va boshqa beklarning muhrlari bo‘lgan vaqfnomalar hech qanday
qonuniy kuchga emasdir (Bu talab Chor hukumatining asrlar mobaynida Turkiston zaminida
amal qilib kelgan huquqiy institutlarni amalda tan olmaganligini ko‘rsatadi – Sh.
Mirzamidonova).

2) Mazkur xujjatlarda vaqf qilingan yer maydoni yoki qishloqning joylashgan o‘rni

soliqlar ozod etilgan vaqti bo‘lishi lozim.

3) Vaqf mahkamasining ushbu daromaddan voz kechganligi haqidagi xujjat bo‘lishi

zarur.

Yuqoridagi buyurokratik talablar Chor hukumatining Turkistondagi vaqf siyosatini

to‘laqonli nazorat etishni istaganligidan dalolat beradi.

Ashurali Zohiriy “Turkistonda vaqf ishlarining holi I ”maqolasining kirish qismida

bashariyat dunyosiga biror foyda keltirish maqsadi bilan umuman islom olamida shu
jumladan Turkistonda ham, beklar, mansabli va mansabsiz kishilar, qudrati yetgan va
yetmagan shaxslar tarafidan milliardlab qiymatga ega bo‘lgan mol-mulklar “vaqf” nomi bilan
xalq foydasiga qoldirib ketilganligini, ushbu mulklardan maktab, madrasa, masjid, qorixona
(qiroat ta’limxonasi), yetimxona, hojixona, musofirxona, kutubxona, dahma, tahoratxona,
ko‘prik hamda shifoxonlar qurishda foydalanilganligini, bularning ba’zilari diniy marosimlar
uchun ishlatilgan bo‘lsa ham, lekin aksariyati ta’lim-maorif uchun sarf etilganligini qayd etib,
bu borada vaqflar katta xazina vazifasini o‘taganligini yozib o‘tadi.

Biroq, Ashurali Zohiriy afsus bilan vaqflardan oxirgi vaqtlarga kelib o‘z o‘rnida

foydalanilmaganligini urg‘ulaydi: “Agar bu vaqflar (madaniyat va maorif uchun bo‘lg‘onlari)
voqiflarning aytganidek, faqat yaxshilik yo‘ligagina sarf etilib, suvistemoq qilinmagan va
sovuq qo‘l tegdirilmagan bo‘lsa edi ham zamon va makonning ehtiyojiga qarab sarf etilib xalq
foydasi ko‘zlamak bo‘lsa edi, uning ustiga, hukumat bo‘lsa bo‘lsin vaqfning (nazorati emas)
idora va tasarrufiga imkon bo‘lsa edi, shundoq bitmas tuganmas xazinaga molik bo‘lg‘on bir
bugun, har jihatdan madaniyatlilar qatoridan bir odim ham keyinda qolg‘on bo‘lur edi”

7

.

Shuningdek Munavvarqori garchi Turkiston madrasalariga ko‘plab yerlar, haddan ortiq

mol-mulklar biriktirib berilgan bo‘lsa-da, biroq ta’lim dargohlari avvalgidek yetuk kadrlarni
tayyorlay olmayotganligini afsus bilan yozdi: “XIX asrning boshlaridan to Rusiya inqilobigacha
bo‘lgan bir muddatda Turkiston madrasalarining tarixini va bundan bo‘lgan ta’lim-tadris
yo‘llarini, vaqflarda bo‘lgan suiiste’mollarini va yetishtirg‘on shogirdlarini bir daraja nazardan
kechirilsa, ko‘nglida andak milliy va diniy his bo‘lgan har kishining ko‘zidan beixtiyor yosh
oqadir. Bu xususda hozirgacha ko‘p yozildi, so‘zlandi, takror tafsillab o‘ltirmakni luzumi yo‘q,
faqat shunigina aytish mumkinki, so‘ng asrlarda ko‘p madrasalarimiz diniy va dunyoviy
ulamolardan tamom tozalanib, xolis ilmsizlar yetkuzaturgan bir tanbalxona holiga kelgan edi.
O‘tganda Bualiy, Forobiy, Taftazoniy kabi hakimlar va olimlar yetishdirgan Turkiston
madrasalari keyingi kunlarda tuzukroqbir mudarris yoxud imom ham yetishtira olmayturgan

7

Ashurali Zohiriy. Turkistonda vaqf ishlarining holi // Farg’ona“ gazetasi. 1923-yil 19-fevral.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

34

bir holga tushgan edi. Hozirda mavjud ba’zi durustroq mudarris va imomlarimiz ersa
madrasalarning tartibliligi soyasida emas, madrasalarning tartib va qonuniy xorijda
o‘zlarining qilg‘on xususiy tashabbus va g‘ayratlari orqasidagina favqulodda zakolari
soyasidagina yetishgandirlar”

8

.

Ashurali Zohiriyning yuqoridagi fikrlariga hamohang tarzda Munavvarqori

Abdurashidxonov ham vaqflardan foydalanishdagi suiste’molliklar xususida to‘xtalib: “Vaqf
to‘g‘risida shunday bir fikr borki, vaqflarni ilgaridek har bir madrasaning o‘ziga berib va har
bir madrasaga ikki-uch mudarris belgilab, ularning shogirdlari bo‘lsun-bo‘lmasun, madrasa
vaqfini bohuzur yeb yotishlariga pul berilsun emish. Shunday bo‘lg‘on taqdirda tadrijan
shogird ham yig‘ilar emish hamda vaqfning shartiga va sharoitiga muvofiqbo‘lar emish,
qisqasi, Nikolay zamonida madrasalar va vaqflar qanday idora qilingan bo‘lsa va nimalar
o‘qitilgan bo‘lsa, hozirda ham shunday bo‘lsun emish[1]. Isloh-mislohdan hech bir og‘iz
ochilmasun emish”

9

deb ta’kidlagan edi.

Shuningdek, Zohiriy XX asr 20-yillariga kelib qanday mol-mulklar vaqf sifatida

qoldirilayotganligiga doir ma’lumotni ham keltirib o‘tadi. Zohiriyga ko‘ra quyidagilar vaqf
sifatida qoldirilib kelingan: 1. Yer (quruq yer, sholikor, bog‘) 2. Bozor (bozor tak joyda
karvonsaroy ham degan) 3. Tegirmon va objivoz va 4. Kitob.

Ashurali Zohiriy Turkistonda vaqf uchun nihoyatda ko‘p mol-mulk ajratib berilganligini

keltirib, o‘z fikriga asos o‘laroq Farg‘ona, Sirdaryo va Samarqand muzofotlaridagi vaqflarga
doir quyidagi jadvalni ham o‘z maqolasida ilova o‘laroq taqdim etgan:

Vaqflarning

nomlari

Farg‘ona

muzofotida

Sirdaryo

muzofotida

Samarqand
muzofotida

Jami vaqflar

miqdori

Do‘konlar

1820

198

90

2208

Do‘kon tagi

62

912

-

974

Karvonsaroylar

41

10

7

58

Kopponlar

6

3

-

9

Hammomlar

17

6

1

24

Tegirmonlar

8

4

3

15

Ashurali Zohiriy bulardan tashqari ham ko‘plab miqdordagi ekinzor yerlar vaqf sifatida

biriktirilganligini, birgina Farg‘ona muzofotining o‘zida bunday turdagi yerlar 100000 qit’a
(uchastka)dan ortiq ekanligini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, Ashurali Zohiriy maorif uchun biriktirib berilgan vaqflar to‘g‘risida ham

quyidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tgan:

1. Toshkent uyzedida Obluq qishlog‘i: Obluq madrasasi ismli madrasaning vaqfi butun

Obluq bozoridir.

2. Toshkanddagi “Eshonquli dodhoh” madrasasining 1893-yilda 30 do‘kon 165 do‘kon

tagi, 2 karvon saroy, 1 tegirmon. Xo‘ja ahror valiy madrasasining 52 do‘kon, 300 do‘kon tagi, 1
kifon va ikki karvonsaroy.

3. Ho‘qanddagi madrasa Muhammad Alixonning xuvoriy kefoni, tuz bozori, ko‘mir

bozori, 70 do‘kon. 35 do‘kon tagi, ikki saroy, Roshidan va Zohdan volostiga qarashli 4
qishloqning butun yeri.

4. Marg‘ilon uyezdida Chimyon qishloq madrasasiga butun chimyon bozori vaqfdir.

8

Munavvarqori Abdurashidxonov. Turkistonda vaqf ishlari // “Haqiqat” jurnali. 1922-yil № 2.

9

Munavvarqori Abdurashidxonov. Turkistonda vaqf ishlari // “Haqiqat” jurnali. 1922-yil № 2.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

35

5. Samarqanddagi Sherdor, Tillaqori va Ulug‘bek madrasalarining imomlarining vaqfi

yuqoridagi madrasanikidan ham ko‘p edi

10

.

Ashurali Zohiriy, garchi madrasa va maorif binolariga ko‘plab vaqf mulklari biriktirib

berilsa-da, bugungi kunga kelib bu mulklardan asar ham qolmaganligini yohud juda ham
kamayib ketganligini qayd etib, bunga aybdor o‘laroq hukumat va vaqf egalarini birdek
mas’uliyatsizlikda ayblaydi. U so‘zlariga isbot o‘laroq Toshkentdagi “Ko‘kaldosh” madrasasi
tarixini misol qilib keltiradi: “Toshkanddagi Ko‘kaldosh madrasasi 16 asr milodiyning
oxirlarida bino etilgan bir madrasa bo‘lib, vaqfi benihoyat ko‘p bo‘lg‘on, Toshkand
bozorlaridagi do‘konlarning aksari unga qarashli bo‘lg‘on. Madrasaning sirli kinbizini kiyib
turgan mudarris afandilar: bo‘lib oladirgan vaqf aqchalarimiz kamayib qolmasin deb, madrasa
do‘kon va umuman vaqf binolarining shikast-rixte (remontniy) ga hech qaramag‘onlar: vaqf
joylari bora bora butun joydan chiqqan. Endi, mulkiga qarag‘anda (ochko‘z mullalar vaqf
mikroblari nazdida) yana ko‘p ko‘ringan; buzilgan vaqf do‘konlarini, boshqa vaqflardan
kelgan daromadlar bilan qilmoqqa ko‘zlari qiymagan. Shundoq vaqtda bu ochko‘zlarning
talabi bu xizmatlarini taqdim etadirgan “yaxshi kishilar” chiqib: biz vaqf deganlarini yangi
qilamiz deganlarini yangi qilamiz shu shart bilanki, usti bizniki, biz undan madadsiz suratda
foydalanarmiz ammo madrasaning foydasi uchun usti “tagi joy” haqqi bu narsa to‘lib turarmiz,
deganlar, shart qabul etgan. Madrasa ko‘p vaqtlargacha tagi joy haqqini olib kelgan, qachon
Russiya hukumati Turkistonni istilo qilgandan keyin haligi do‘kondorlar tagi joyni
to‘lamoqdan ozod etilganlar: bu orada vaqfnomalar yo‘qolib ketgan va hokazo”

11

.

Garchi, Ashurali Zohiriy vaqflardan foydalanishda mahalliy mulla-mudarrislarni shaxsiy

mas’uliyatsizlikda ayblasa-da, negadir vaqf siyosatiga doir Chor Rossiyasining yuritgan
zo‘ravon siyosatini unchalik tanqid ostiga olmagan. Tarixiy faktlarga yuzlanadigan bo‘lsak,
General Chernyayevning buyrug‘iga binoan xuddu shu Ko‘kaldosh madrasasining vaqf mulki
bo‘lgan 69 ta savdo rastasi buzib tashlangan. Mazkur savdo rastalari Ko‘kaldosh madrasasi
uchun oyiga 5 yillo ya’ni 19 so‘m foyda keltirardi

12

.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Usmonxon. Mahalliy tashabbusga muhtomiz // “Qizil bayroq” gazetasi. 1922-yil 13-may.

2.

Sirojiy. O’rnak bo’lishga yaraydir // “Qizil bayroq” gazetasi. 1922-yil 13-avgust.

3.

Zahiriddin [A’lam]. Farg’ona vaqflari to’g’risida // “Turksiton” gazetasi. 1923-yil 16-

mart.
4.

Xidiraliyev. Vaqflar to’g’risida bir necha so’z // “Turkiston” gazetasi. 1923-yil 1-fevral.

5.

Ashurali Zohiriy. Turkistonda vaqf ishlarining holi // Farg’ona“ gazetasi. 1923-yil 2-

mart.
6.

Ashurali Zohiriy. Turkistonda vaqf ishlarining holi // Farg’ona“ gazetasi. 1923-yil 19-

fevral.
7.

Munavvarqori Abdurashidxonov. Turkistonda vaqf ishlari // “Haqiqat” jurnali. 1922-yil

№ 2.
8.

O’z MA. 36-fond, 1-ro’yxat. 2366-ish, 24-varoq.

10

Ashurali Zohiriy. Turkistonda vaqf ishlarining holi // Farg’ona“ gazetasi. 1923-yil 19-fevral.

11

Ashurali Zohiriy. Turkistonda vaqf ishlarining holi // Farg’ona“ gazetasi. 1923-yil 19-fevral.

12

O’z MA. 36-fond, 1-ro’yxat. 2366-ish, 24-varoq.

Библиографические ссылки

Usmonxon. Mahalliy tashabbusga muhtomiz // “Qizil bayroq” gazetasi. 1922-yil 13-may.

Sirojiy. O’rnak bo’lishga yaraydir // “Qizil bayroq” gazetasi. 1922-yil 13-avgust.

Zahiriddin [A’lam]. Farg’ona vaqflari to’g’risida // “Turksiton” gazetasi. 1923-yil 16-mart.

Xidiraliyev. Vaqflar to’g’risida bir necha so’z // “Turkiston” gazetasi. 1923-yil 1-fevral.

Ashurali Zohiriy. Turkistonda vaqf ishlarining holi // Farg’ona“ gazetasi. 1923-yil 2-mart.

Ashurali Zohiriy. Turkistonda vaqf ishlarining holi // Farg’ona“ gazetasi. 1923-yil 19-fevral.

Munavvarqori Abdurashidxonov. Turkistonda vaqf ishlari // “Haqiqat” jurnali. 1922-yil № 2.

O’z MA. 36-fond, 1-ro’yxat. 2366-ish, 24-varoq.