Авторы

  • Sadoqat Normurodova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Informatika va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi.
  • Durdona Zayniddinova
    Pedagogika fakulteti “Matematika va informatika” yoʻnalishi talabalari
  • Shaxina Asadova
    Pedagogika fakulteti “Matematika va informatika” yoʻnalishi talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.70074

Ключевые слова:

Maʼlumotlar bazasi oʻqitish metodikasi dasturiy taʼminot koʻnikmalar Excel Google Sheets statistik analiz Ma’lumotlar bazasi qarorlar qabul qilish oʻquv jarayoni amaliy mashqlar interaktiv oʻqitish innovatsion pedagogika oʻqitish metodlari bilimlarni baholash texnologik vositalar analitik fikrlash oʻquvchilarning mustaqil ishlashi kompyuter fanlari.

Аннотация

Ushbu maqolada maʼlumotlar bazasi boʻlimini oʻqitishning samarali usullari metodikasi va texnikalari keltirilgan. "Ma’lumotlar bazasi boʻlimini oʻqitish metodikasi" deganda, Ma’lumotlar bazalarini tushunish va ishlatish boʻyicha oʻqituvchilarga moʻljallangan ta'lim metodlari va yondashuvlari nazarda tutiladi. Bu boʻlimning maqsadi talabalar va mutaxassislarni Ma’lumotlar bazalari haqida bilimlar bilan tanishtirish, ularga Ma’lumotlar bazalarini yaratish, boshqarish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha koʻnikmalarni oʻrgatishdir. Ma’lumotlar bazalari sohasining zamonaviy rivojlanishi, Ma’lumotlarni saqlash va boshqarishning muhim ahamiyatini ta'kidlaydi. Ushbu soha bilan tanishish, uning nazariy asoslarini oʻrganish va amaliyotda qoʻllash talabalar uchun juda muhimdir. Ma’lumotlar bazasini oʻqitish metodikasi nafaqat talabalar bilimini oshirishga, balki ularning amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga ham qaratilgan. Ma’lumotlar bazasining nazariy asoslari Ma’lumotlar bazalari tushunchalari, Ma’lumotlar modelini yaratish, normalizatsiya jarayonlari, Ma’lumotlar bazalarining strukturasi va arxitekturasi haqida toʻliq tushuncha berish. Bu bosqichda SQL tilini oʻrgatish, Ma’lumotlar bazasida turli soʻrovlarni amalga oshirishni oʻrgatish zarur.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

130

MAʼLUMOTLAR BAZASI BOʻLIMINI OʻQITISH METODIKASI

Normurodova Sadoqat Xoliqulovna

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Informatika va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi.

E-mail: sadoqatnormurodova33@gmail.com

https://orcid.org/0009-0009-1604-7456

Zayniddinova Durdona Fazliddin qizi

Asadova Shaxina Halim qizi

Pedagogika fakulteti “Matematika va informatika” yoʻnalishi talabalari

E-mail: zayniddinovadurdona11@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14960938

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maʼlumotlar bazasi boʻlimini oʻqitishning samarali usullari

metodikasi va texnikalari keltirilgan. "Ma’lumotlar bazasi boʻlimini oʻqitish metodikasi"
deganda, Ma’lumotlar bazalarini tushunish va ishlatish boʻyicha oʻqituvchilarga moʻljallangan
ta'lim metodlari va yondashuvlari nazarda tutiladi. Bu boʻlimning maqsadi talabalar va
mutaxassislarni Ma’lumotlar bazalari haqida bilimlar bilan tanishtirish, ularga Ma’lumotlar
bazalarini yaratish, boshqarish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha koʻnikmalarni
oʻrgatishdir. Ma’lumotlar bazalari sohasining zamonaviy rivojlanishi, Ma’lumotlarni saqlash va
boshqarishning muhim ahamiyatini ta'kidlaydi. Ushbu soha bilan tanishish, uning nazariy
asoslarini oʻrganish va amaliyotda qoʻllash talabalar uchun juda muhimdir. Ma’lumotlar
bazasini oʻqitish metodikasi nafaqat talabalar bilimini oshirishga, balki ularning amaliy
koʻnikmalarini shakllantirishga ham qaratilgan. Ma’lumotlar bazasining nazariy asoslari
Ma’lumotlar bazalari tushunchalari, Ma’lumotlar modelini yaratish, normalizatsiya jarayonlari,
Ma’lumotlar bazalarining strukturasi va arxitekturasi haqida toʻliq tushuncha berish. Bu
bosqichda SQL tilini oʻrgatish, Ma’lumotlar bazasida turli soʻrovlarni amalga oshirishni
oʻrgatish zarur.

Аннотация.

В данной методике представлены эффективные методы и приемы

обучения разделу баз данных. Цель этого отдела - познакомить студентов и
специалистов со знаниями о базах данных, научить их навыкам создания, управления и
эффективного использования баз данных. Современное развитие области баз данных
подчеркивает важность хранения и управления данными. Студентам очень важно
познакомиться с этой областью, изучить ее теоретические основы и применить на
практике. Методика преподавания баз данных направлена не только на повышение
знаний студентов, но и на формирование у них практических навыков работы с базами
данных. Дать полное представление о понятиях баз данных, создании моделей данных,
процессах нормализации, структуре и архитектуре баз данных. На этом этапе
необходимо выучить язык SQL, научиться выполнять различные запросы в базе данных.

Abstract.

This methodology presents effective methods and techniques for teaching the

database section. The purpose of this department is to introduce students and professionals to
the knowledge of databases, to teach them the skills to create, manage, and effectively use
databases. The modern development of the field of databases emphasizes the importance of
data storage and management. It is very important for students to get acquainted with this field,
learn its theoretical foundations and apply it in practice. The database teaching methodology is


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

131

aimed not only at increasing students' knowledge, but also at forming their practical skills. The
theoretical basis of the database. To give a complete understanding of the concepts of
databases, the creation of data models, normalization processes, the structure and architecture
of databases. At this stage, it is necessary to learn the SQL language, to learn how to perform
various queries in the database.

Kalit soʻzlar:

Maʼlumotlar bazasi, oʻqitish metodikasi, dasturiy taʼminot, koʻnikmalar,

Excel, Google, Sheets, statistik analiz, Ma’lumotlar bazasi, qarorlar qabul qilish, oʻquv jarayoni,
amaliy mashqlar, interaktiv oʻqitish, innovatsion pedagogika, oʻqitish metodlari, bilimlarni
baholash, texnologik vositalar, analitik fikrlash, oʻquvchilarning mustaqil ishlashi, kompyuter
fanlari.

Ключевые слова:

База данных, методика обучения, программное обеспечение,

навыки, Excel, Google, Таблицы, статистический анализ, база данных, принятие решений,
учебный процесс, практические занятия, интерактивное обучение, инновационная
педагогика, методы обучения, оценка знаний, технологические средства, аналитическое
мышление, самостоятельная работа студентов, информатика.

Keywords:

Database, teaching methodology, software, skills, Excel, Google, Sheets,

statistical analysis, database, decision-making, educational process, practical exercises,
interactive teaching, innovative pedagogy, teaching methods, knowledge assessment,
technological tools, analytical thinking, independent work of students, computer science

Kirish.

Ma’lumotlar bazasi (MB) tizimlari zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy

komponentlaridan biri boʻlib, ular turli sohalarda Ma’lumotlarni saqlash, boshqarish va qayta
ishlashda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun Ma’lumotlar bazasi boʻlimini oʻqitish
metodikasi talabalar uchun muhim boʻlib, ularni tizimli fikrlash, amaliy koʻnikmalar va
soʻrovlarni yaratish boʻyicha tayyorlashni oʻz ichiga oladi. MB tizimlari va ularning funksiyalari
haqida tushunchalar. Oʻqitish metodikasida nazariy bilimlarning asosiy qismiga, ya'ni
Ma’lumotlar bazasi modellariga (relatsion, no-relatsion), Ma’lumotlar bazasini tashkil etish,
normalizatsiya va ER-diagrammalariga e'tibor qaratiladi.Asosiy maqsad – talabalarni
Ma’lumotlar bazalarining asosiy xususiyatlari va tuzilishi bilan tanishtirish.Oʻqitishning Amaliy
Yondashuvi.Talabalarni Ma’lumotlar bazalari bilan amaliy ishlashga oʻrgatish: SQL soʻrovlarini
yaratish, Ma’lumotlar bazasini yaratish va boshqarish, optimizatsiya qilish kabi koʻnikmalarni
rivojlantirish. Real hayotdagi Ma’lumotlar bazalariga oid amaliy mashgʻulotlar orqali
oʻquvchilarni tizimli fikrlashga oʻrgatish.

Case Study va Interaktiv yondashuvlar.

Real biznes yoki texnik masalalar asosida case-

study metodikasini qoʻllash. Bu usul talabalar uchun nafaqat bilimni mustahkamlash, balki
muammolarni hal qilishda ijodkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Interaktiv vositalar va
simulyatorlardan foydalanish, masalan, SQL soʻrovlarini onlayn muhitda sinab koʻrish.

Guruhli Ishlar va munozaralar.

Oʻquvchilarga guruhli ishlar va munozaralar olib borish

imkoniyatlarini yaratish. Bu metodika talabalarni birgalikda ishlashga, bilim almashishga va oʻz
fikrlarini izchil ravishda ifodalashga undaydi.

Oʻqitish metodikalarini modernizatsiya qilish.

Zamonaviy texnologiyalarni, masalan,

Ma’lumotlar bazasi tizimlarining bulutli xizmatlarini va yangi dasturiy ta'minotlarni oʻqitish
jarayoniga qoʻllash. Bu talabalarni oʻz vaqtida rivojlanayotgan texnologiyalar bilan
tanishtirishga yordam beradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

132

Baholash va tahlil.

Talabalar ishlarini baholashda baholash mezonlarini aniq belgilash.

Ularning Ma’lumotlar bazasini yaratishdagi yondashuvlarini tahlil qilish va yaxshilash uchun
fikr-mulohazalar berish.

Natija.

Oʻqitish metodikasining asosiy natijalari quyidagilardan iborat:

Nazariy asoslarni mustahkamlash: Talabalar Ma’lumotlar bazasining asosiy

tushunchalari, dizayni va modellarini oʻzlashtiradi. Masalan, relatsion va no-relatsion bazalar,
normalizatsiya va ER-diagrammalarni yaratish kabi mavzularni mukammal oʻrganishadi.

Amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish: Talabalar SQL soʻrovlarini yozish, Ma’lumotlar

bazasini yaratish, optimallashtirish va tahlil qilish kabi amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishadi.
Ular turli dasturiy vositalar yordamida real Ma’lumotlar bilan ishlashni oʻrganadilar.
Innovatsion yondashuvlarni qoʻllash: Zamonaviy texnologiyalarni va interaktiv dasturlarni
oʻqitish jarayoniga joriy qilish orqali talabalar real dunyo muammolarini hal qilishga
tayyorlanadilar.

Muhokama.

Ma’lumotlar bazasi boʻlimini oʻqitish metodikasining samaradorligi koʻplab

omillarga bogʻliq. Birinchi oʻrinda, oʻqituvchining metodologik yondashuvi va talabalar bilan
samarali muloqoti muhimdir. Bunda talabalar oʻzlarini oʻqish jarayonida faol ishtirok etishlari,
oʻz bilimlarini amaliyotda qoʻllashlari kerak.

Ma’lumotlar bazalarini oʻrgatishda nazariy bilimlarni amaliy mashgʻulotlar bilan bogʻlash

juda muhimdir. Ba’zan, faqat nazariy bilimlar bilan cheklanish talabalar uchun Ma’lumotlar
bazalari haqida toʻliq tushuncha hosil qilishga yetarli boʻlmaydi. Shu bilan birga, faqat amaliy
koʻnikmalarga tayanish ham zamonaviy tizimlar va ulardagi murakkabliklarni toʻliq
tushunishga olib kelmasligi mumkin. Shuning uchun oʻquv jarayonida nazariy bilimlar va
amaliy mashgʻulotlar oʻrtasida toʻgʻri balansni saqlash kerak. Ma’lumotlar bazalari sohasidagi
texnologiyalar tez rivojlanmoqda. Yangi vositalar, metodlar va tizimlar kiritilayotganligi
sababli, talabalarga zamonaviy Ma’lumotlar bazasi boshqaruv tizimlarini oʻrgatish juda
muhimdir. Agar oʻqitish metodikasi eski tizimlarga tayanadigan boʻlsa, talabalar bozor
talablariga javob bera olmaydigan bilimlar bilan cheklanishi mumkin.

Oʻquv jarayonida interaktiv yondoshuv va loyiha asosida ishlash talabalarga oʻz

bilimlarini amaliyotda sinab koʻrish imkonini beradi. Bu metodika talabalar uchun yanada
samarali boʻlishi mumkin, chunki ular real hayotdagi vaziyatlar bilan yuzlashib, bilimlarini
mustahkamlashadi. Shunday boʻlsa-da, bunday yondoshuvni amalga oshirishda resurslar va
vaqt masalalari cheklov boʻlishi mumkin, chunki har bir talabaga individual yondoshuvni
ta'minlash qiyin.

Takliflar.

Texnologik yondashuvni rivojlantirish: Oʻqitish jarayonida zamonaviy dasturiy

ta'minot, interaktiv platformalar va bulutli xizmatlardan kengroq foydalanishni joriy qilish
kerak. Bu, talabalarni haqiqiy dunyo sharoitida ishlashga tayyorlaydi. Amaliy mashgʻulotlarga
koʻproq e'tibor qaratish: Talabalar uchun real hayotdagi vazifalar va proyektlar orqali
Ma’lumotlar bazasini yaratish va boshqarish amaliyotini koʻproq kiritish zarur.

Innovatsion pedagogik yondashuvlarni qoʻllash: Oʻqitishda interaktiv oʻquv materiallari,

gamifikatsiya va virtual laboratoriyalarni koʻproq joriy qilish talabalar uchun oʻqishni qiziqarli
va samarali qiladi. Oʻqituvchilarni doimiy ravishda malakasini oshirish: Oʻqituvchilar yangi
texnologiyalar va pedagogik yondashuvlar boʻyicha doimiy ravishda malaka oshirishi zarur, bu
esa ta'lim sifatini oshirishga yordam beradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

133

Bu takliflar, Ma’lumotlar bazasi boʻyicha oʻqitish metodikasini yanada kuchaytirishga,

talabalarni nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham muvaffaqiyatli tayyorlashga yordam
beradi. Bunday yondoshuv talabalarga real ish muhitiga moslashish va ish bozorida
muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini beradi.

Xulosa.

Ma’lumotlar bazasi boʻlimini oʻqitish metodikasi talabalarga nafaqat nazariy

bilimlarni, balki amaliy koʻnikmalarni ham oʻrgatishga qaratilgan. Ushbu metodika orqali
talabalar oʻz bilimlarini real tizimlarda qoʻllashga, Ma’lumotlarni samarali boshqarishga va
optimallashtirishga oʻrganadilar. Zamonaviy texnologiyalarni va innovatsion pedagogik
yondashuvlarni oʻqitish jarayoniga joriy qilish talabalar uchun nafaqat qiziqarli, balki samarali
oʻqish imkoniyatlarini yaratadi.

Maʼlumotlar bazasi boʻlimini oʻqitish metodikasi talabalarni Ma’lumotlar bazalari bilan

ishlashga tayyorlashga qaratilgan. Bu metodika nazariy bilimlarni amaliy mashgʻulotlar bilan
birlashtiradi, talabalarga zamonaviy vositalar va texnikalardan foydalanishni oʻrgatadi. Kurs
davomida interaktiv yondoshuv va loyiha asosida ishlash orqali talabalarning koʻnikmalari
mustahkamlanadi. Natijada, talabalar nafaqat nazariy, balki amaliy tajriba ham orttiradilar, bu
esa ularni maʼlumotlar bazasi sohasida muvaffaqiyatli mutaxassislar boʻlishga tayyorlaydi.

Ma’lumotlar bazalarining asosiy tushunchalari, strukturalari, normalizatsiya, indekslar,

tranzaksiyalar va soʻrovlar tili (SQL) kabi nazariy asoslarni oʻrganish talabalar uchun zarur. Bu
bilimlar talabalarni tizimlarni chuqurroq tushunishga va ulardan samarali foydalanishga
tayyorlaydi.

Talabalar maʼlumotlar bazasini yaratish, soʻrovlarni bajarish, maʼlumotlarni

optimallashtirish, tizimlarni boshqarish kabi amaliy ishlarni bajaradilar. Bu jarayon ular uchun
real hayotdagi muammolarni hal qilishda muhim tajriba beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Elmasri, R., & Navathe, S. B. (2011). Fundamentals of Database Systems. 6th Edition.

Pearson.
2.

Kroenke, D. M., & Auer, D. J. (2016). Database Processing: Fundamentals, Design, and

Implementation. 14th Edition. Pearson
3.

Rob, P., & Coronel, C. (2007). Database Systems: Design, Implementation, and

Management. 8th Edition. Cengage Learning.
4.

Connolly, T., & Begg, C. (2015). Database Systems: A Practical Approach to Design,

Implementation, and Management. 6th Edition. Pearson.
5.

Harrington, J. L. (2016). Relational Database Design and Implementation. 4th Edition.

Morgan Kaufmann.
6.

Stonebraker, M., & Hellerstein, J. M. (2010). Readings in Database Systems. 5th Edition.

MIT Press.
7.

Silberschatz, A., Korth, H. F., & Sudarshan, S. (2011). Database System Concepts. 6th

Edition. McGraw-Hill.
8.

Нормуродова, Садокат. "РАЗВИТИЕ ВООБРАЖЕНИЯ И НАВЫКОВ ТВОРЧЕСКОГО

МЫШЛЕНИЯ УЧАЩИХСЯ 1-ГО КЛАССА ПРИ ОБУЧЕНИИ АЛФАВИТУ С ПОМОЩЬЮ
ПРОГРАММЫ SCRATCH." Предпринимательства и педагогика 3.3 (2024): 144-150.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

134

9.

Normurodova, Sadoqat. "OʻQUVCHILARNI DARS MASHGʻULOTLARGA BOʻLGAN

QIZIQISHLARINI SCRATCH DASTURI IMKONIYATLARI ORQALI RIVOJLANTIRISH."
Евразийский журнал академических исследований 3.2 Part 4 (2023): 44-49.
10.

Normurodova, Sadoqat. "SCRATCH DASTURIDA YARATILGAN ELEKTRON QOʻLLANMA

ORQALI 1-SINF OʻQUVCHILARIGA “ALIFBE” NI OʻRGATISHNING AFZALLIKLARI." Молодые
ученые 2.9 (2024): 140-143.
11.

Qodirov, F. "OPTIMIZATION OF TELECOMMUNICATIONS POWER SUPPLY SYSTEMS

BASED ON RELIABILITY CRITERIA." Science and innovation 2.A12 (2023): 15-20.
12.

Нормуродова, Садокат. "РАЗВИТИЕ ВООБРАЖЕНИЯ И НАВЫКОВ ТВОРЧЕСКОГО

МЫШЛЕНИЯ УЧАЩИХСЯ 1-ГО КЛАССА ПРИ ОБУЧЕНИИ АЛФАВИТУ С ПОМОЩЬЮ
ПРОГРАММЫ SCRATCH."

Предпринимательства и педагогика

3.3 (2024): 144-150.

Библиографические ссылки

Elmasri, R., & Navathe, S. B. (2011). Fundamentals of Database Systems. 6th Edition. Pearson.

Kroenke, D. M., & Auer, D. J. (2016). Database Processing: Fundamentals, Design, and Implementation. 14th Edition. Pearson

Rob, P., & Coronel, C. (2007). Database Systems: Design, Implementation, and Management. 8th Edition. Cengage Learning.

Connolly, T., & Begg, C. (2015). Database Systems: A Practical Approach to Design, Implementation, and Management. 6th Edition. Pearson.

Harrington, J. L. (2016). Relational Database Design and Implementation. 4th Edition. Morgan Kaufmann.

Stonebraker, M., & Hellerstein, J. M. (2010). Readings in Database Systems. 5th Edition. MIT Press.

Silberschatz, A., Korth, H. F., & Sudarshan, S. (2011). Database System Concepts. 6th Edition. McGraw-Hill.

Нормуродова, Садокат. "РАЗВИТИЕ ВООБРАЖЕНИЯ И НАВЫКОВ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ УЧАЩИХСЯ 1-ГО КЛАССА ПРИ ОБУЧЕНИИ АЛФАВИТУ С ПОМОЩЬЮ ПРОГРАММЫ SCRATCH." Предпринимательства и педагогика 3.3 (2024): 144-150.

Normurodova, Sadoqat. "OʻQUVCHILARNI DARS MASHGʻULOTLARGA BOʻLGAN QIZIQISHLARINI SCRATCH DASTURI IMKONIYATLARI ORQALI RIVOJLANTIRISH." Евразийский журнал академических исследований 3.2 Part 4 (2023): 44-49.

Normurodova, Sadoqat. "SCRATCH DASTURIDA YARATILGAN ELEKTRON QOʻLLANMA ORQALI 1-SINF OʻQUVCHILARIGA “ALIFBE” NI OʻRGATISHNING AFZALLIKLARI." Молодые ученые 2.9 (2024): 140-143.

Qodirov, F. "OPTIMIZATION OF TELECOMMUNICATIONS POWER SUPPLY SYSTEMS BASED ON RELIABILITY CRITERIA." Science and innovation 2.A12 (2023): 15-20.

Нормуродова, Садокат. "РАЗВИТИЕ ВООБРАЖЕНИЯ И НАВЫКОВ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ УЧАЩИХСЯ 1-ГО КЛАССА ПРИ ОБУЧЕНИИ АЛФАВИТУ С ПОМОЩЬЮ ПРОГРАММЫ SCRATCH." Предпринимательства и педагогика 3.3 (2024): 144-150.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)