Авторы

  • Asal Orazbaeva
    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.71735

Ключевые слова:

timsol tahlil trilogiya tragediya afsonaviy qahramon epizod.

Аннотация

Ushbu maqolada tariximiz maydonida oʻchmas iz qoldirgan sohibqiron Amir Temur siymosi tasvirlangan asarlar haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot obyekti sifatida rus yozuvchi S.Borodinning “Samarqand osmonida yulduzlar” trilogiyasi va  ingliz yozuvchisi K.Morloning “Buyuk Temur” tragediyasi olingan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

89

JAHON ADABIYOTIDA AMIR TEMUR OBRAZINING OʻRGANILISHI

Orazbaeva Asal

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15029972

Annotatsiya:

Ushbu maqolada tariximiz maydonida oʻchmas iz qoldirgan sohibqiron

Amir Temur siymosi tasvirlangan asarlar haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot obyekti sifatida rus
yozuvchi S.Borodinning “Samarqand osmonida yulduzlar” trilogiyasi va ingliz yozuvchisi
K.Morloning “Buyuk Temur” tragediyasi olingan.

Kalit soʻzlar:

timsol, tahlil, trilogiya, tragediya, afsonaviy qahramon, epizod.


Tariximiz sahnasida mustahkam oʻrin ilgan siymolardan biri Amir Temur hayoti

haqidagi asarlarning oʻzi anchagina. Bu an’ana sohibqiron tirikligidayoq boshlangan boʻlib,
Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”, Hofiz Abruning “Zubdat at Tavorix”, Sharafiddin Ali
Yazdiyning “Zafarnoma”, Fasiq Ahmad Havafiyning “Mujmali Fasiqiy”, Abdurazzoq
Samarqandiyning “Matla’ as Sa’diy” Ibn Arabshohning “Ajoyib almaqdur” kabi asarlarini atab
oʻtish joiz. Rus yozuvchisi S.Borodinning “Samarqand osmonida yulduzlar” trilogiyasi ham
Temur siymosini aks ettirgan nasriy asarlar sirasiga kiradi. “Samarqand osmonida yulduzlar”
asari uch kitobdan;

1.”Oqsoq Temur”
2. “Safar gulxanlari”
3. “Yildirim Boyazid” romanlaridan iborat. Biz asosan asarning uchinchi “Yildirim

Boyazid” kitobi asosida soʻz yuritamiz.

“Yildirim Boyazid” romanining annotatsiyasida quyidagilarni oʻqiymiz: “Yildirim

Boyazid” romani “Samarqand osmonida yulduzlar” epopeyasining uchinchi kitobidir. Bunda
yozuvchi S.Borodin Temurning Sharqiy Turkiya va Suriyaga qilgan yurishini, Halab, Damashq
shaharlarini qarshilik koʻrsatgan shahar va qal’alarini yer bilan yakson qilib, xalqlarni
talaganini, ularni qilichdan oʻtkazganligini, boʻysundirilgan xalqlarning istilochilarga qarshi
kurashini haqqoniy ravishda koʻrsatadi”. [1]

Roman voqealarini va asar markazida turgan Temur timsolini tahlil qilish orqali

“haqqoniyat”ni anglaymiz. “Samarqand osmonida yulduzlar”da Temur mohir lashkarboshi,
harbiy taktika va strategiyaning yangi-yangi turlarini oʻylab topuvchi va qoʻllovchi sifatida
namoyon boʻladi. Demak, adib Temurning lashkarboshilik qobiliyatini tan oladi. Masalan:

-

Boyazidning askarlari koʻpligidan qoʻrqdingizmi? Ajabo, men aqlim bilan emas,

askarlarim koʻp boʻlgani uchungina zafar qozonarmidim? Eng kuchli dushmanlar bilan jang
qilib gʻalaba qilgan sizlar emasmidingiz? Qani oʻsha mardligingiz, matonatingiz? Axir
dushmandan oldin hujum qilmoq uchun biz haftalab uxlamas edik-ku! Shu bilan biz
yengardik… Odam oʻz kuchiga ishonmasa har vaqt halokatga uchraydi. Agar oxirgi soatgacha
lashkar oʻz kuchiga ishonsa, oxirgi soatda zafar qozonadi, - degan Temurning faqat haqiqiy
lashkarboshilargagina xos nutqi fikrimiz dalilidir.

“Yildirim Boyazid” romanining markazida Temur bilan yonma-yon yana bir timsoli

yaratildi. Bu Turk hukmronligi tarixida qaysar nomi bilan atalgan Sulton Yildirim Boyazid
timsolidir. Asarda tasvirlangan voqea-hodisalardan yozuvchining xuddi shu timsolga nisbatan
qandaydir xayrixohlik ya’ni simpatiya bilan munosabat bildirganligini ilgʻaysiz.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

90

Masalan:”Temur Sivasni buzib tashlagan yili Sulton Boyazid koʻp shaharlarda imorat qurdirdi,
deb yozuvchi Boyazid bunyod qildirgan bir necha imoratlarni sanab oʻtadi.

Ingliz adabiyotiga ilk bor Amir Temur obrazini olib kirgan shaxs “University wits”

(Universitet donolari)ga mansub Kristafor Marlo “Tamburlaine the great” (Buyuk Temur)
tragediyasi orqali “Ingliz teatrining otasi” (father of English theatre) degan sharafli nomga
sazovor bo’lib, ingliz dramaturgiyasida “dahshatli (qudratli) fojea” (powerful tragedy) janriga
ham asos soldi. Uning bosh qahramoni Tamburlaine inglizlarda qirollar saroyidagi yuksak
lavozim egasiga nisbatan aytilgan “Chamberlain” so‘zining talaffuz etilishiga qulay shakli ham
bo’lishi mumkin degan qarashlar mavjud. Ikki qismdan iborat ushbu tragediyani Salohiddin
Toshkandiyning “Temurnoma” qissasi bilan qiyosiy o’rgangan adabiyotshunos Olimjon
Dadaboyevning qo‘yidagi qarashlari ahamiyatli: K.Marlo Amir Temurni afsonaviy qahramon
tarzida tasvirlab, uni baland bo‘yli, tik qomatli deb tasvirlaydi: uning yelkalari keng bo‘lib,
go’yo butun dunyoni ko’tarib tura oladiganday. Uning uzun qo‘llari va kuchli mushaklari uning
qudratidan darak berib, ko‘zlari esa o‘tkir va sehrli. Bularning hammasi uning qudratidan va
dunyo hukmdori bo’lishidan darak beradi. Ushbu asardagi Temurning uch yuz kishilik askari
bilan mingdan ortiq qo‘shinga “dars” berib qo‘yishi va dushmanni qochishga majbur qilish
epizodi o‘zbek yozuvchilaridan Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” teralogiyasi hamda
tarixchi adiblar Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiy asarlaridagi tarixiy qaydlar
bilan mushtarak [2]. Ingliz adabiyotida yozilgan ushbu Temur haqidagi K.Marloning ilk asari
bosh qahramonining Amir Temur shaxsidan va dramadagi sarguzasht voqeliklarning turkiy
manbalar orasida eng ishonchli deb tan olingan N.Shomiyning “Zafarnoma”, “Temur
Tuzuklari”, G’iyosiddin Alining “Hindistonga yurish kundaligi” kabi tarixiy asarlardan farqli
jihatlari ham ahamiyatlidir. Bu asarlarning Evropa tillariga, jumladan Sharafiddin Ali
Yazdiyning “Zafarnoma”si 1722 yilda Petey de La Krua tomonidan, Ibn Arabshoh asari 1658
yilda P.Votye tomonidan fransuz tiliga K.Marlo o’limidan yarim asr o’tgandan keyingina
tarjima qilingan. Shu bois, K.Marlo asaridagi vaxshiy va daxriy Temur va tarixiy shaxs sifatida
o’tmish nambalarida o’z adolati va turkiy ellarni o’z yurtida bek qilish maqsadi bilan yashagan
sarkardaAmir Sohibqiron o’rtasida o’xshashlik bo’lmasligi tabiiy. Shuningdek, nafaqat Amir
Temur shaxsi balki uning yurishlari haqidagi ma’lumotlarda ham muallifning keng
to’qimalardan foydalanganini ko’rishimiz mumkin.

K.Marlo o’z dramasini yozishda foydalangan asarlar tarixiy hujjatlar emas balki,

qahramonlik romanlari ekanligi hisobga olsak, u bosib olgan o’lkalar nomlarining noto’g’ri
keltirilishiga shubha qilmasa ham bulur. Chunki, bu asarlardagi sarguzashtlar tarixiy voqealar
emas, “qahramonlik fantaziyalari” edi. Demak, ushbu asardagi Temur obrazi va voqeiliklar
tarixiy shaxs bo’lgan Amir Temur shaxsidan tubdan farq qiladi. Amir Temur hayoti va
faoliyatini o’zida mujassam etgan asarlar yoza olish, Temur faoliyati mohiyatini, uning shaxs
sifatidagi ruhiyatini tasvirlash uchun, o’sha davrining muhiti, tarixiy manbalari, ilm-fan, tarix
manbalari tasdiqlab bergan dalillarni chuqur o’rganish tarixiy asarlar yozajak adib oldiga
qo’yiladigan talablaridan sanaladi [3].

Xulosa qilib aytish mumkinki, Amir Temurning dunyoni zabt etgan va o‘z janglarida

mag’lubiyatga uchramagan jahongir ekanligi haqidagi afsonay-u rivoyatlar, uning tarixiy shaxs
sifatida va badiiy qahramon tarzida Sharq va G‘arbliklarning g‘ayritabiiy voqeiliklarni turli
talqinlarda o‘z ijodlariga singdirib yuborish sabablari haqida asoslar berilgan. Tarixiy


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

91

shaxsning asarga ko’chgan obrazi va tarixiy voqealarning o’rtasidagi mutanosiblikkina uni
tarixiy asar yoki to’qima badiiy asar ekanligini namoyon qilib beradigan omillardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

S.Borodin Samarqand osmonida yulduzlar G‘.G‘ulom nashriyoti. Toshkent, 1974

2.

O.Dadajonov. G‘arb va sharq adabiy kontekstida Amir Temur shaxsi talqini.

Filol.fan.fal.dok.diss.2019.16 bet.
3.

Z.R.Yaxshiyeva. Historical reality and its artistic interpretation. neuroquantoiogy

november 2022.Volume 20 | issue 15 | page 2510-2513.

Библиографические ссылки

S.Borodin Samarqand osmonida yulduzlar G‘.G‘ulom nashriyoti. Toshkent, 1974

O.Dadajonov. G‘arb va sharq adabiy kontekstida Amir Temur shaxsi talqini. Filol.fan.fal.dok.diss.2019.16 bet.

Z.R.Yaxshiyeva. Historical reality and its artistic interpretation. neuroquantoiogy november 2022.Volume 20 | issue 15 | page 2510-2513.