KICHIK TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ASOSIDA IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASH YO‘NALISHLARI

Annotasiya

Jahon tajribasiga ko‘ra, kichik biznes, xususan, kichik innovatsion biznesni rivojlantirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi, balki mamlakatlarda amalga oshirilayotgan siyosiy dasturlarda ham o‘z aksini topmoqda. Kichik biznesni rivojlantirish jamiyat tarkibida o‘rta qatlamning ulushini ortishi, shu bilan birga mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
95-98
9

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Qurbonov , M. . (2025). KICHIK TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ASOSIDA IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASH YO‘NALISHLARI. Молодые ученые, 3(15), 95–98. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/88171
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Jahon tajribasiga ko‘ra, kichik biznes, xususan, kichik innovatsion biznesni rivojlantirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi, balki mamlakatlarda amalga oshirilayotgan siyosiy dasturlarda ham o‘z aksini topmoqda. Kichik biznesni rivojlantirish jamiyat tarkibida o‘rta qatlamning ulushini ortishi, shu bilan birga mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

95

KICHIK TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ASOSIDA

IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASH YO‘NALISHLARI

Qurbonov Muxammadjon Baxtiyor o'g'li

Osiyo xalqaro universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15400799

Jahon tajribasiga ko‘ra, kichik biznes, xususan, kichik innovatsion biznesni rivojlantirish

nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi, balki mamlakatlarda amalga
oshirilayotgan siyosiy dasturlarda ham o‘z aksini topmoqda. Kichik biznesni rivojlantirish
jamiyat tarkibida o‘rta qatlamning ulushini ortishi, shu bilan birga mamlakatdagi iqtisodiy,
ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.

Kichik biznes AQSh, Germaniya, Xitoy, Fransiya, Yaponiya, Italiya kabi rivojlangan

mamlakatlarda iqtisodiyotni barqarorlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. «Xalqaro kichik
biznes Kengashi (ICSB) ma’lumotlariga ko‘ra, kichik biznes sub’ektlari barcha korxonalarning
90% dan ortig‘ini, ish bilan band bo‘lganlarning 60-70% ni, yalpi ichki mahsulotning 50% ni
tashkil etadi»

1

Ushbu korxonalar dunyoning rivojlangan mamlakatlari iqtisodiyotining asosini

tashkil etadi, iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishda ayollar va yosh tadbirkorlar hamda kam
ta’minlangan aholi guruhlarini ishga joylashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

Ko‘plab xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning

mazmun mohiyati, uni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar, kichik biznes sub’ektlarining
iqtisodiyotdagi o‘rni hamda ahamiyati to‘g‘risida ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan,
R.Xizrich va M.Piterslar tadbirkorlik – bu qiymatga ega bo‘lgan yangilik yaratish jarayoni bo‘lib,
vaqt va ishchi kuchini o‘zlashtiradi, o‘ziga moliyaviy, ma’naviy-ijtimoiy javobgarlikni qabul
qilishga, shaxsiy manfaatni qanoatlantirishga va ma’lum daromad olishga olib keladi, deya
ta’riflaydilar

2

Y.Shumpetar fikricha, “iqtisodiy o‘sishning negizida tadbirkorni ishlab chiqarish

omillarini yangi kombinatsiyasini ishlatishga, qo‘llashga bo‘lgan intilishi yotadi va bu
intilishning natijasi innovatsiya, yangiliklar hisoblanadi”, deya ta’kidlaydi. Rus iqtisodchi
olimlaridan F.I.Shaxmalovning fikricha “tadbirkorlik mustaqil iqtisodiy faoliyat sifatida
investitsiya va xavf xatar bilan bog‘liq bo‘lib, foyda yoki boshqa qo‘shimcha daromad olishdir”,
deb ta’riflasa

3

Yu.S.Muxin esa “tadbirkorlik iqtisodiy taraqqiyot omillaridan biridir, fuqorolarni yoki

xo‘jalik yurituvchi turli mulkchilik shakliga asoslangan tarkiblarning mustaqil faoliyatidir”, deb
xisoblaydi37. Mamlakatimizda iqtisodchi olimlaridan S.S.G‘ulomovning “Tadbirkorlik va kichik
biznes” nomli o‘quv qo‘llanmasida kichik biznesning iqtisodiy o‘sishga ta’siri ifodalaydigan
fikrlar keltirilmagan bo‘lsa-da, unga yaqin fikrlar bildirilgan. Tadbirkorlik muhitiga ichki va
tashqi omillarning ta’siri va ularning o‘zgaruvchanligi to‘g‘risida qisqa fikr berilgan

4

U.V.Gafurovning ilmiy dissertatsiyasida kichik biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan
tartibga solish, ishbilarmonlik muhitini kengaytirishga doir masalalarga e’tibor qaratilgan.

1

Актамова Н.Р. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш механизмларини баҳолашнинг

ҳолати ва таҳлили. “Халқаро молия ва ҳисоб” электрон журнали. № 3, декабрь, 2016 йил. 9 б.

2

Хизрич Р., Питерс М. Предпринимательство или как завести собсвенное дело и добиться успеха. – М.: 1993, с.

26.

3

Шахмалов Ф.И. Взаимодействие предпринимательских и властных структур: вопросы теории и практики.

Автореферат диссертации доктора экономических наук. Санкт-Петербург. 1998. С. 34.

4

Ғуломов С.С. Тадбиркорлик ва кичик бизнес. –Т.: ТДАУ, 1998. 71-б.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

96

Bundan tashqari Respublikamiz bir qator olimlarining ilmiy ishlarida kichik biznes va

xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning umumnazariy, xududlar tarmoq muammolari,
infratuzilma ob’ektlarini modellashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Shuni
ta’kidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimiz olimlari tomonidan respublikamizda kichik
biznes rivojlanish tendensiyalarini ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq etish, shu bilan sohaga
kiritilayotgan investitsiyalar samaradorligini oshirish borasidagi tadqiqotlar yetarli emas yoki
bo‘lmasa ko‘pchiligi tadbirkorlikning nazariy muammolariga bag‘ishlangandir. Shuning uchun,
respublikamizda kichik biznesni rivojlanish tendensiyalarini aniqlash va baholash, iqtisodiyot
va mulk sektorlari rivojlanishidagi o‘zaro aloqalar hamda nomutanosibliklarni aniqlash, kichik
biznesni rivojlantirishdagi institutsional o‘zgarishlarni ilmiy tahlil etgan holda ustuvor
yo‘nalishlarini aniqlash kabi ilmiy nazariy muammolar, monopoliyaga qarshi kurashish
siyosati, kabi ilmiy amaliy muammolarni hal qilish va amaliy tatbiq etishga haqiqiy zarurat
tug‘ilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan maqsadli dasturlar
izchil amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu maqsadli davlat dasturlarining samarasi bugungi
kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi
53,9 foizga yetganligida o‘z aksini topadi. Ushbu ko‘rsatkich 2000 yilda 31,0 foizni 2010 yilda
esa 52,5 foizni tashkil etganligi aytib o‘tish maqsadga muvofiq. Tahlil etilayotgan davrda
mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 22,9 foiz
punk birlikda ortdi.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi bo‘yicha qayd

etilgan ko‘rsatkichlar aksariyat bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ko‘rsatkichlaridan
yuqori hisoblanadi. Jumladan, ushbu ko‘rsatkich italiyada 60,0 foizni, Yaponiyada 55,0 foizni,
Germaniyada 54,0 foizni, Buyuk Britaniyada 53,0 foizni tashkil etadi. MDH mamlakatlari
guruhidan Qozog‘istonda 25,6 foiz, Rossiya Federatsiyasida esa 20,0 foizga teng.

Bunda turli mamlakatlarda kichik biznes sohasiga tegishli o‘rnatilgan me’yorlar turlicha

ekanligini ham inobatga olish lozim. Masalan, AQShda savdo sohasida hodimlar soni 100
kishigacha bo‘lgan iqtisodiy sub’ektlar kichik biznes vakillari hisoblanadi, jumladan, ishlab
chiqarish va neftni qayta ishlab sanoatida bo‘lsa hodimlarining soni 1 500 tagacha, elektronika
mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida esa hodimlar soni 1 000 tagacha bo‘lgan iqtisodiy
sub’ektlar kichik biznes vakillari hisoblanadi

5

IHTT mamlakatlari uslubiyoti bo‘yicha kichik biznes vakillari hodimlari soni 20 tagacha

bo‘lgan ish beruvchilari o‘ta kichik turdagi kichik biznes vakillar hisoblansa, kichik biznes
vakillari uchun ushbu me’yor 90 tagcha bo‘lgan ish o‘rni deb belgilangan. Ushbu mamlakatlar
guruhida ish o‘rinlari soni bo‘yicha 100-499 ta oraliqda joylashgan ish beruvchilar o‘rta biznes
vakillari hisoblansa, 500 va undan ortiq ish o‘rniga ega bo‘lgan ish beruvchilar katta biznes
sub’ektlari qatoriga kiradi. BMTning Iqtisodiy komissiyasi tomonidan Lotin Amerikasi qit’asida
joylashgan mamlakatlarda kichik biznes vakillari uchun, ularning faoliyat turlari va
yo‘nalishidan qat’iy nazar ish o‘rinlari soni bo‘yicha me’yor 5-50 ta ekanligi aniqlangan.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida esa holat biroz o‘zgacha ko‘rinishga ega. Mintaqada

ishchilari soni 1-9 tagacha bo‘lgan, korxonaning yillik aylanmasi va balansi 2 mln. yevrogacha
bo‘lgan iqtisodiy sub’ektlar mikro biznes vakillari hisoblansa, ish o‘rni 10-49 tagacha bo‘lgan

5

MSME Day 2019. http://www.intracen.org/MSME-day/2019/


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

97

yillik kapital aylanmasi va balansi hajmi 10 mln. yevrogacha bo‘lgan ish beruvchilar kichik
biznes sub’ekti hisoblanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR Tanlangan mavzu doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar

natijasida quyidagi xulosa va takliflarni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lindi: O‘zbekistonda
amalga oshirilayotgan islohotlarning poydevori amaldagi bozor iqtisodiyotining tayanch
nuqtalaridan biri bo‘lgan kichik tadbirkorlikning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Chunki iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar jarayoni ishlab chiqarish tarkibining ma’lum
darajadagi nisbatini keltirib chiqaradi va iqtisodiyot sub’ektlarida ixcham iqtisodiy faoliyat
turini tanlashga, bozordagi o‘zgarishlarga javoban tezlik bilan o‘z faoliyatini tashkil etishga
moyillikni shakllantirib boradi. Kichik tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va
tabiatidan kelib chiqqan holda kichik tadbirkorlik, birinchidan kichik tadbirkorlik tarkibida
uning ixtisoslik tuzilishi, ikkinchidan mulkiy maqom va mehnatning xarakteri, uchinchidan
tashkiliy-xuquqiy shakllari, to‘rtinchidan, soha va tarmoqqa mansubligi, va nihoyat
beshinchidan qaysi bozorga ishlashiga bog‘liq bo‘lib, kichik tadbirkorlik sub’ektlarini
yuqoridagilarga asoslangan holda guruhlashtirish maqsadga muvofiqdir. Shunga ko‘ra kichik
tadbirkorlikni quyidagi jihatlarga nisbatan farqlash mumkin. Keyingi yilarda mamlakatimizda
kichik tadbirkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi: - - ulgurji va
chakana savdo tizimi isloh qilinmoqda; kichik tadbirkorlik korxonalariga infratuzilma
bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘rsatishning samarali tizimi yaratilmoqda; - kichik
tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish hamda
tadbirkorlik erkinligini kafolatlash tizimi shakllanmoqda; - tadbirkorlarni davlat ro‘yxatiga
olish va hisobga qo‘yishning yengillashtirilgan tartibi joriy etildi; - kiritildi; - statistika va soliq
hisobotining qisqartirilgan shakli kichik tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati
erkinlashtirildi; Tadqiqot natijalariga asoslanib keltirlgan nazariy xulosalar bilan birga
quyidagi amaliy taklif va tavsiyalarni keltirish mumkin. 1. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari
nisbatan kam miqdordagi kapital qo‘yilmalar hisobidan mahalliy moddiy va mehnat
resurslaridan keng miqyosda foydalaniladi. Lekin O‘zbekistonda davlatning yirik ishlab
chiqarishni rivojlantirishni moliyalashtirish qobiliyati pastligi, iqtisodiyot monopollashuvining
nisbatan yuqoriligi va ichki bozorning mahalliy tovarlar bilan to‘liq ta’minlanmaganligi kabi
muammolar ular bilan monopol ishlab chiqaruvchilar va xorijiy tadbirkorlik sub’ektlari
o‘rtasidagi raqobat muhitini rivojlantirishni talab etadi. 2. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari
texnologiyalar, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish borasidagi yangiliklarni tezda qabul
qilishi va ularga mos ravishda ishlab chiqarishni etishi borasida afzalliklarga egaligini inobatga
olib, markaziy va mahalliy xokimiyat organlari maxsus fondlar tashkil etish va kichik
tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida tenderlar tashkil etish orqali bepul zamonaviy texnika va
texnologiyaga asoslangan kichik ishlab chiqarish tashkil etishlarini rag‘batlantirib borishi
maqsadga muvofiqdir.

3. Ma’lumki, yirik ishlab chiqarish korxonalari o‘z imkoniyatlari va ishlab chiqarish

quvvatlaridan kelib chiqqan xolda kichik hajmda foydalaniladigan yangi texnologiyalarga
buyurtma berishmaydi. Kichik korxonalar bo‘lsa buning aksi bo‘lib, ular o‘z faoliyatini aynan
ana shunday texnologiyalardan foydalanish asosida amalga oshirishadi.


References:


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

98

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T., O‘zbekiston, 2014.

2.

O‘zbekiston Respublikasi «Mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonuni. 1999 yil 14 aprel.

3.

O‘zbekiston erkinligining Respublikasining «Tadbirkorlar faoliyati kafolatlari

to‘g‘risida»gi qonuni // O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari to‘plami. – T.:«O‘zbekiston»,
2002. 46–72-betlar.
4.

O‘zbekiston Respublikasi «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonuni. 2012 yil 23 mart..

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kichik biznes va xususiy sub’ektlari eksportini

qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi Qarori. O‘zbekiston Respublikasi hujjatlar to‘plami, 2016 y., 12-son, 110-modda.
6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy

tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi
to‘siqlarni bartaraf etish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4725-sonli farmoni. 2015 yil 15 may.
7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabrdagi «Tadbirkorlik

faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga
va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi farmoni.
8.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-
son Farmoni.
9.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan

tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”
(29-maqsad). www.lex.uz III. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari
10.

Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir

rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: «O‘zbekiston», 2017.
11.

Mirziyoev Sh.M. Demokratik islohotlarni izchil davom ettirish, halqimiz uchun tinch va

osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish – barqaror taraqqiyot kafolatidir. O‘zbekiston
Liberal-demokratik partiyasining VIII s’ezdidagi ma’ruzasi. O‘zbekiston Liberal-demokratik
partiyasining rasmiy sayti.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T., O‘zbekiston, 2014.

O‘zbekiston Respublikasi «Mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonuni. 1999 yil 14 aprel.

O‘zbekiston erkinligining Respublikasining «Tadbirkorlar faoliyati kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni // O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari to‘plami. – T.:«O‘zbekiston», 2002. 46–72-betlar.

O‘zbekiston Respublikasi «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonuni. 2012 yil 23 mart..

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kichik biznes va xususiy sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori. O‘zbekiston Respublikasi hujjatlar to‘plami, 2016 y., 12-son, 110-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4725-sonli farmoni. 2015 yil 15 may.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” (29-maqsad). www.lex.uz III. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari

Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: «O‘zbekiston», 2017.

Mirziyoev Sh.M. Demokratik islohotlarni izchil davom ettirish, halqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish – barqaror taraqqiyot kafolatidir. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s’ezdidagi ma’ruzasi. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining rasmiy sayti.