YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
91
KICHIK TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH
TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Madaliyev Doniyor Mirolimovich
Osiyo xalqaro universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15400789
Kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish
Davlat o‘zining turli xil qo‘llab-quvvatlash va tartibga solish vositalarini keng miqyosda tatbiq
etish orqali bu sohaning rivojlanishini ta’minlash bilan erkin tadbirkorlik va raqobat muhitini
barqarorlashtiradi, aholi bandligi va daromadlari manbaini oshirish bilan uning ijtimoiy
farovonligini ta’minlaydi, davlat va mahalliy budjetlar tushumlarini ko‘paytiradi, shuningdek,
muldorlar sinfini kengaytirish bilan kelgusidagi yanada yirik tadbirkorlikning rivojlanishiga
imkon yaratadi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvidan asosiy maqsad jamiyatdagi turli
individlarning manfaatlaridagi ziddiyatni uyg‘unlashtirish (integratsiyalash) va jamiyat
hayotining turli jabhalarida muayan muvozanatni ta’minlashdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Shu
ma’noda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning asosiy maqsadi iqtisodiy muvozanatga
erishish asosida tushkunlik va tanglikning oldini olish; ijtimoiy ishlab chiqarishning barqaror
o‘sishini ta’minlash, milliy iqtisodiyot ravnaqi uchun imkoniyatlar yaratish, shuningdek, aholi
turli tabaqalari o‘rtasida ijtimoiy muvozanatga erishishdan iboratdir. Tadbirkorlik sub’ektlari
faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash zaruriyati davlatning oldiga
bir qator vazifalarni qo‘yadi:
1. Huquqiy kafolatlar berish, himoyalash va tartibga solish vazifasi – tadbirkorlarning
barqaror rivojlanishini hamda ularning boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan teng
sharoitlarda faoliyat yuritishini ta’minlashga imkon beruvchi qonuniy-me’yoriy hujjatlarni
qabul qilish hamda ularga rioya etilishi ustidan nazorat yuritishni nazarda tutadi.
2. Rag‘batlantirish vazifasi – xususiy tadbirkorlik tashabbusi, adolatli raqobat kurashi
hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar faoliyatini turli iqtisodiy dastaklar yordamida
rag‘batlantirish va qo‘llab quvvatlash choralarini o‘z ichiga oladi.
3. Taqsimlash vazifasi – ijtimoiy adolat va himoyalash vositasi sifatida daromadlarni qayta
taqsimlash, shuningdek, tadbirkorlarning moddiy-texnikaviy resurslardan imtiyozli asoslarda
foydalanishiga sharoit yaratish maqsadida resurslar taqsimotiga tuzatishlar kiritish bilan
bog‘liq.
4. Axborot-maslahat ta’minoti vazifasi – tadbirkorlarning axborot ta’minoti tizimidan
teng sharoitlarda, to‘siqlarsiz foydalanish imkoniyatini yaratish, ular uchun iqtisodiy
muammolarning samarali yechimini topish, xom ashyo va resurslar ta’minoti, ilg‘or texnika va
texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan maslahatlar berishni nazarda tutadi.
5. Ijtimoiy kafolatlash vazifasi – ijtimoiy ta’minot va himoyalashning samarali tizimini
yaratish, shuningdek, tadbirkorlarning ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniy tadbirlarga bo‘lgan
ehtiyojini qondirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
6. Tashqi iqtisodiy faoliyatni muqobillashtirish vazifasi – xalqaro bozorlarda
tadbirkorlarning manfaatlarini himoyalash, imtiyozli bojxona tariflari va soliqlar orqali eksport
uchun qulay iqtisodiy muhit hosil qilish tadbirlaridan iborat.
Davlat tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini respublikada amalda bo‘lgan qonunchilik
doirasida tartibga solib turadi. Bu, birinchi navbatda, ularni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi
bo‘yicha qoidalarni belgilash, yerdan foydalanish, mehnat, mol-mulk va boshqa munosabatlarni
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
92
tartibga solish hamda buxgalteriya, soliq va statistika hisobotlarini yuritish tartiblarini joriy
etish va boshqalarni nazarda tutadi. O‘zbekistonda kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan
tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi talab etiladi:
- tadbirkorlarning ishbilarmonlik faolligini oshirish, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati
bilan erkin shug‘ullanishlari va undan manfaatdorligining kafolatli tizimini yaratish hamda
ularning qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish;
- kichik tadbirkorlik korxonalari yaratilishi va faoliyatining me’yoriy-huquqiy negizini
takomillashtirish;
- kichik tadbirkorlik korxonalarning kredit manbalari va sarmoyalardan foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirish; - tadbirkorlik xatarlaridan barqaror himoyalanishni ta’minlash
uchun sug‘urta tizimining ahamiyatini oshirish;
- tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan, chet el investitsiyalarini),
zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish; - kichik tadbirkorlikda xizmat ko‘rsatuvchi
infratuzilmalarini kengaytirish va rivojlantirish;
- bozor kichik korxonalarning xom ashyo, axborotlar va texnologiyalardan erkin va
to‘siqlarsiz foydalanish imkoniyatini kengaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan
mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda sotish tizimini takomillashtirish;
- kichik tadbirkorlik faoliyati ko‘rsatkichlarining buxgalterlik hisobi va tahlili tizimini
takomillashtirish, ular uchun davlat statistika, buxgalteriya va soliq hisobotining
soddalashtirilgan tartibini joriy etish;
- tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni zaruriy
iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa xil axborotlar bilan
ta’minlash;
- soliqlar, yig‘imlar va tariflar buyicha imtiyozlar belgilash. kichik va o‘rta tadbirkorlik
uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish va
boshqalar. Davlatning tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishni tartibga solish va qo‘llab-
quvvatlash sohasidagi faoliyati ma’lum bir shakllar hamda usullar asosida olib boriladi.
Davlat tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga ma’muriy, iqtisodiy yoki institutsional usullar
yordamida bevosita yoki bilvosita ta’sir o‘tkazadi. Davlat tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini
ma’muriy usullar yordamida tartibga solsa, iqtisodiy yoki institutsional usullar yordamida
ularni qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshiradi. Ma’muriy usullar yordamida xususiy
mulk va tadbirkorlik erkinligi daxlsizligini himoyalash va kafolatlar berish, monopoliyani
cheklash va halol raqobatni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat tomonidan
qabul qilingan huquqiy-me’yoriy tartiblarga rioya etilishini nazorat etish kabi muhim
tadbirlarni amalga oshirish ta’minlanadi. Iqtisodiy usullar yordamida davlat bozor
jarayonlarining rivojlanishini davlatning iqtisodiy siyosatiga mos yo‘nalishga solish uchun
ta’sir etish choralarini qo‘llaydi. Iqtisodiy usullar yordamida kichik tadbirkorlikni tartibga
solish va qo‘llab-quvvatlash moliya, pul- kredit, soliq, bojxona, baho, sug‘urta va boshqa
dastaklar orqali ta’minlanadi. Iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishning
ma’muriy usullari bozor xo‘jaligining o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmiga qarshilik qilsa,
iqtisodiy usullar ulardan faol foydalanishni rag‘batlantiradi. Institutsional usullar kichik
tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab quvvatlovchi davlat boshqaruvi organlari va turli
instutitsional tuzilmalarni (assosiatsiyalar, palatalar, jamg‘armalar, savdo uylari, ilmiy tadqiqot
markazlari va boshqalar) shakllantirish va rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Iqtisodiy va
institutsional usullar orqali tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash ko‘proq ahamiyat
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
93
kasb etib boraveradi. Chunki, ular tadbirkorlik va tanlov erkinligi, shaxsiy manfaatdorlik va
sog‘lom raqobat muhitida tadbirkorlik sub’ektlarining samaradorligini yuksaltirishda
davlatning rag‘batlantiruvchilik rolini yuzaga chiqaradi. Davlatning iqtisodiy jarayonlarga
ta’siri darajasiga ko‘ra, tartibga solishning bevosita va bilvosita usullari mavjud. Bevosita
qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorlik sub’ektlariga yo‘naltirilgan
bo‘ladi va ularning moddiy ahvolini yaxshilash hamda iqtisodiy samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi. Bunday chora-tadbirlar sirasiga soliqlar to‘lashda yengilliklar joriy etish,
imtiyozli shartlar va foizlarda kreditlar berish, davlat buyurtmasi bo‘yicha xarid qilinadigan
mahsulotlarga kafillangan baholar belgilash, eksport-import operatsiyalarida qulay tariflar va
to‘lovlar o‘rnatish kabi iqtisodiy dastaklar kiradi. Ba’zan davlat tadbirkorlik sub’ektlariga qulay
shart-sharoitlar yaratish va ularning samaradorligini oshirish maqsadida bilvosita qo‘llab
quvvatlash choralarini ishga soladi. Bilvosita qo‘llab-quvvatlashda davlat ma’lum bir sohalarda
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozlar yaratmasdan, balki ularga xizmat
ko‘rsatuvchi tarmoqlar korxonalariga imtiyozlar yaratadi. Bundan asosiy maqsad ushbu
korxonalarning tadbirkorlarga yetkazib berayotgan tovar-moddiy qiymatliklari hamda
xizmatlarining narxini sezilarli darajada pasaytirish va pirovard natijada tadbirkorlik
sub’ektlariga qulay iqtisodiy sharoitlar yaratib berishdir.
-
tadbirkorlikni tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy usullariga quyidagilar
kiradi: - budjet-soliq siyosati;
-
belgilash. pul-kredit siyosati; tashqi iqtisodiy faoliyatni muqobillashtirish;
-
iqtisodiy rejalashtirish, dasturlash hamda istiqbolni Budjet-soliq tizimi – xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan bevosita tartibga solishning samarali
dastaklaridan biri hisoblanadi.
Soliq tizimi davlat budjetini shakllantirishning eng asosiy manbai bo‘lishi bilan birga,
uning iqtisodiy faoliyatini rag‘batlantiruvchi (soliq imtiyozlari va boshqalar) vazifasi ham
mavjud. Ammo, progressiv soliq tizimidan noto‘g‘ri foydalanish, ya’ni uning me’yoriy haddan
tashqari oshirib yuborish iqtisodiy taraqqiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatish mumkin. Bu, birinchi
navbatda, yuqori unum bilan mehnat qilish va yuqori daromad olishga bo‘lgan manfaatni,
investitsiyalarga bo‘lgan rag‘batni yo‘qqa chiqishi bilan izohlanadi. Zamonaviy bozor
iqtisodiyotida soliq dastaklari iqtisodiyotini tartibga solib turuvchi samarali vositalardan biri
hisoblanadi. O‘zbekistonda bu dastakdan kichik tadbirkorlikni rag‘batlantirish maqsadida
foydalanilmoqda. hozirgi kunda kichik tadbirkorlik sub’ektlari foydalanmoqdalar. bir qator
soliq imtiyozlaridan Pul-kredit tizimi orqali davlat tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish
choralarini belgilaydi. Pul-kredit siyosati birinchi navbatda pul muomalasini sog‘lomlashtirish,
milliy valyutaning qadrini ko‘tarish va baholarning barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan
chora tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Pul-kredit tizimi orqali kichik tadbirkorlikni
rag‘batlantirishning bevosita va bilvosita usullari mavjud. Bevosita iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish
dastaklari sifatida tadbirkorlarga maqsadli kreditlar berish, kredit berishning yuqori
chegaralarini belgilash, bank foizlarining darajasi ustidan bevosita nazorat o‘rnatish
tadbirlarini atash mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
94
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T., O‘zbekiston, 2014.
2.
O‘zbekiston Respublikasi «Mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonuni. 1999 yil 14 aprel.
3.
O‘zbekiston erkinligining Respublikasining «Tadbirkorlar faoliyati kafolatlari
to‘g‘risida»gi qonuni // O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari to‘plami. – T.:«O‘zbekiston»,
2002. 46–72-betlar.
4.
O‘zbekiston Respublikasi «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonuni. 2012 yil 23 mart..
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kichik biznes va xususiy sub’ektlari eksportini
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi Qarori. O‘zbekiston Respublikasi hujjatlar to‘plami, 2016 y., 12-son, 110-modda.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi
to‘siqlarni bartaraf etish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4725-sonli farmoni. 2015 yil 15 may.
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabrdagi «Tadbirkorlik
faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga
va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi farmoni.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-
son Farmoni.
9.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan
tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”
(29-maqsad). www.lex.uz III. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari
10.
Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: «O‘zbekiston», 2017.
11.
Mirziyoev Sh.M. Demokratik islohotlarni izchil davom ettirish, halqimiz uchun tinch va
osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish – barqaror taraqqiyot kafolatidir. O‘zbekiston
Liberal-demokratik partiyasining VIII s’ezdidagi ma’ruzasi. O‘zbekiston Liberal-demokratik
partiyasining rasmiy sayti.
