Авторы

  • Lazizbek Mamajonov
    Andijon davlat texnika instituti Buxgalteriya hisobi va menejment kafedrasi katta o`qituvchisi
  • Diyorbek Abdualimov
    Andijon davlat texnika instituti Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi 4-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.97902

Ключевые слова:

ish haqi mehnat munosabatlari rag‘bat minimal ish haqi mehnat unumdorligi turmush darajasi.

Аннотация

Ushbu maqolada ish haqi nima ekani va u iqtisodiyotdagi o‘rni haqida so‘z boradi. Ish haqining asosiy vazifalari, ya’ni ishchi kuchini mehnat qilishga undashi, ularning yashash darajasiga ta’siri va ish kuchiga bo‘lgan ehtiyojni qanday shakllantirishi tushuntiriladi. Shuningdek, ish haqi tizimidagi hozirgi holat, minimal ish haqi va ijtimoiy adolat masalalari haqida ham fikr yuritiladi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

68

ISH HAQI TUSHUNCHASI VA UNING IQTISODIY MAZMUNI

Mamajonov Lazizbek Azamjonovich

Andijon davlat texnika instituti

Buxgalteriya hisobi va menejment kafedrasi katta o`qituvchisi

Abdualimov Diyorbek Said o‘g‘li

Andijon davlat texnika instituti Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv fakulteti

Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi 4-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15516237

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ish haqi nima ekani va u iqtisodiyotdagi o‘rni haqida so‘z

boradi. Ish haqining asosiy vazifalari, ya’ni ishchi kuchini mehnat qilishga undashi, ularning
yashash darajasiga ta’siri va ish kuchiga bo‘lgan ehtiyojni qanday shakllantirishi tushuntiriladi.
Shuningdek, ish haqi tizimidagi hozirgi holat, minimal ish haqi va ijtimoiy adolat masalalari
haqida ham fikr yuritiladi

Kalit so‘zlar:

ish haqi, mehnat munosabatlari, rag‘bat, minimal ish haqi, mehnat

unumdorligi, turmush darajasi.

ПОНЯТИЕ ЗАРАБОТНОЙ ПЛАТЫ И ЕЕ ЭКОНОМИЧЕСКАЯ СУЩНОСТЬ

Аннотация:

В статье рассказывается, что такое заработная плата и какова её роль

в экономике. Объясняются основные функции зарплаты: она стимулирует людей
работать, влияет на уровень жизни и спрос на рабочую силу. Также рассматриваются
современные вопросы оплаты труда, минимальная зарплата и социальная
справедливость.

Ключевые слова:

заработная плата, трудовые отношения, стимулы, минимальная

заработная плата, производительность труда, уровень жизни.


Inson hayotining ajralmas qismi bo‘lgan mehnat faoliyati jamiyat taraqqiyotining asosiy

omillaridan biridir. Mehnat munosabatlari esa ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi huquqiy va
iqtisodiy aloqalar majmuasidir. Bu munosabatlar mehnat shartnomasi asosida shakllanadi va
ularning barqarorligi iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy farovonlikning muhim kafolati hisoblanadi.

Mehnat munosabatlarining markazida esa ish haqi turadi. Chunki ish haqi xodimning

bajargan mehnati evaziga oladigan moddiy mukofoti bo‘lib, mehnatga bo‘lgan munosabat,
yashash darajasi va mehnat unumdorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ish haqi - bu nafaqat
mehnat qiymatini ifodalovchi to‘lov, balki iqtisodiy rag‘batlantirish vositasidir. U orqali ishchi
kuchiga bo‘lgan talab shakllanadi, mehnat resurslari taqsimlanadi va aholi daromadlarining
asosiy manbai ta’minlanadi.

Ish haqi iqtisodiy kategoriyalar orasida mehnatning qiymatini ifodalovchi va mehnat

faoliyatining asosiy rag‘batlantiruvchi vositasi bo‘lib xizmat qiladi. U iqtisodiy tizimda ishlab
chiqarish omillaridan biri bo‘lgan mehnatning baholanishi, ishchi kuchining takror ishlab
chiqarilishi va iste’mol darajasining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Ish haqi eng avvalo,
mehnat shartnomasi asosida xodim tomonidan ko‘rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ish evaziga
ish beruvchi tomonidan to‘lanadigan pul shaklidagi haqdir. Bu iqtisodiy jihatdan qaralganda,
mehnat bozoridagi taklif va talabga mos ravishda shakllanadigan narx hisoblanadi. Boshqacha
aytganda, ish haqi - bu ishchi kuchining qiymatidir.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

69

Ishchilarni ish bilan taminlaydigan, mehnat munosabatlarini tashkil qiladigan joy- bu

mehnat bozori hisoblanadi. “Mehnat bozori- ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat
bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular o‘rtasidagi turli
vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar mehnat bozorining
infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga
taklif etiladi. Ishga yollovchilar mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldi-sotdisi
bevosita xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki vositachilar ishtirokida yuz
berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining
oldi-sotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi
bilan uni oluvchi o‘rtasida mehnatning kelishilgan narxi - ish haqidir”

1

.

Xodim mehnat bozorida mehnatni emas, o‘z ish kuchini sotadi. Ish haqi mehnatning pul

shaklidagi bahosi bo‘lib, uni ishga yollovchilar (korxona, muassasa, tadbirkor) mehnat
qiluvchilarga ma’lum vaqt mobaynida ma’lum miqdordagi va muayyan sifatli ishni
bajarganliklari uchun to‘laydilar. Yollanma xodim uchun ish haqi asosiy daromad manbai
hisoblanadi.

“Ish haqi- yollanma xodim daromadining asosiy manbai, unga tegishli ish qobiliyatiga

bo‘lgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarish shakli. Shu bilan birga, ish
beruvchi uchun yollanma xodimlar mehnatiga to‘lanadigan haq ishlab chiqarish xarajatlarining
unsurlaridan biri. Ish beruvchi mehnat resurslaridan ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida
foydalanish uchun uni xarid qiladi”

2

"Ish haqi" tushunchasi ostida xodimning ishi va faoliyati uchun haq to'lanishi tushuniladi.

U pul shaklida ifodalanadi. Biroq, qonunga ko'ra tabiiy mahsulotlarga berilishi mumkin, lekin
faqat xodim bilan kelishilgan holda. Ya'ni, go'shtni qayta ishlash zavodida ishlaydigan shaxs,
agar u bunday imkoniyatni taklif qilsa va xodimning o'zi bunga qarshi hech narsa bo'lmasa, ish
haqining bir qismini korxona mahsulotlari bilan olishi mumkin. Biroq, mahsulotlar uchun har
qanday pul almashtirilishi tomonlarning o'zaro kelishuvi bilan amalga oshirilishi kerak

3

.

Ish haqining asosiy tushunchasi, shuningdek, uni to'lash shartlari, uning turlari va turlari

har bir xodim uchun asosiy hujjatda, ya'ni Mehnat kodeksida ko'rsatilgan. Aynan u xodimlar va
ish beruvchilarning ko'p savollariga javob beradi, ularning munosabatlarini boshqaradi.

Shuningdek, ish haqi ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida bir nechta funksiyalarni bajaradi:

birinchidan, u mehnatga rag‘batlantirish vazifasini bajaradi; ikkinchidan, aholini iqtisodiy faol
holatda ushlab turish uchun moddiy vosita bo‘lib xizmat qiladi; uchinchidan, mehnat
resurslarini taqsimlash va ularni joylashtirishda muhim vosita sifatida maydonga chiqadi. Ish
haqining asosiy vazifasi ishchi kuchini sotishdan boshqa daromad manbai bo'lmagan ishchi va
xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash, mehnatning miqdori va sifatiga
bog'liqliligini, boshqacha qilib aytganda, mehnat me'yori bilan iste'mol me'yori o'rtasidagi
bog'liqlikni ta'minlashdan iboratdir.

Ish haqi iqtisodiy kategoriya sifatida nafaqat ishchining bajargan mehnati evaziga

to‘lanadigan mablag‘ni anglatadi, balki uning hayot darajasini, turmush sifati va ijtimoiy

1

Гайбуллаев, С., & Пулатова, М. (2022). Ish haqi va mehnat munosabatlari.

Новый Узбекистан: успешный

международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности

,

1

(5), 370–372.

https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp370-372

2

Гайбуллаев, С., & Пулатова, М. (2022). Ish haqi va mehnat munosabatlari.

Новый Узбекистан: успешный

международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности

,

1

(5), 370–372.

https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp370-372

3

https://uz.techconfronts.com/17255639-what-is-a-salary-basic-principles-of-accrual


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

70

farovonligini belgilovchi asosiy omildir. Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish
haqi olishi emas, balki bu daromad evaziga u hayot uchun zarur bo‘lgan nechta tovar va
xizmatlarni sotib olishi mumkinligi ko‘proq ahamiyatga ega.

Aynan shu jihat ish haqi tahlilida nominal va real ish haqi tushunchalarini farqlash

zaruratini tug‘diradi. Nominal ish haqi- bu xodimning ma’lum vaqt davomida (masalan, oyiga)
oladigan pul shaklidagi ish haqi miqdoridir. U faqat summani ifodalaydi va hech qanday
iqtisodiy sharoit, inflyatsiya darajasi yoki narxlar o‘zgarishlarini hisobga olmaydi.

Bundan farqli ravishda, real ish haqi- bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan

tovar va xizmatlar miqdorini bildiradi. Boshqacha aytganda, real ish haqi- bu ish haqining “sotib
olish layoqati”dir. U xodimning haqiqiy iqtisodiy holatini aks ettiradi, ya’ni uning daromadi
orqali kundalik ehtiyojlarini qanday darajada qondira olishini ko‘rsatadi.

Masalan, agar nominal ish haqi bir oyda 3 million so‘m bo‘lsa, lekin inflyatsiya sababli

asosiy iste’mol tovarlari narxi 10-15% ga oshsa, ishchining real daromadi kamaygan bo‘ladi.
Ya’ni u o‘zining 3 million so‘m maoshi evaziga avvalgidek miqdorda mahsulot yoki xizmat sotib
ololmaydi. Bu holat ishchilarning yashash darajasini pasaytiradi va iqtisodiy noaniqlikni
kuchaytiradi.

Real ish haqining miqdori inflyatsiya darajasi, soliqlar, iste’mol bozoridagi narxlar, davlat

tomonidan belgilangan minimal ish haqi miqdori va boshqa omillar bilan chambarchas bog‘liq.
Shuning uchun real ish haqini o‘rganish orqali nafaqat ishchilarning moliyaviy ahvolini, balki
butun jamiyatdagi iqtisodiy barqarorlik darajasini baholash mumkin.

Shuningdek, iqtisodiyotda real ish haqi mehnat unumdorligi bilan uyg‘un bo‘lishi kerak.

Agar mehnat unumdorligi oshib borayotgan bo‘lsa, lekin real ish haqi past darajada qolayotgan
bo‘lsa, bu holat xodimlarda norozilik va motivatsiyaning pasayishiga olib keladi. Demak, real
ish haqi - bu nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkich, balki ijtimoiy barqarorlik va mehnat
samaradorligining muhim omilidir.

Ish haqi odatda ish vaqtiga qarab tayinlanadi. “Mehnatga haq to’lashni ikkita shakllari

mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnat haqini hisoblashning ishbay shaklida ish haqi- ishlab
chiqarilgan mahsulotning hajmi, sifati, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmiga ko’ra
hisoblanadi. Mehnat haqini hisoblashning vaqtbay shaklida mehnat haqi ishlangan ish
soatlariga muvofiq, shtatlar jadvalidagi tarif stavkalariga asoslangan holda hisoblanadi”

4

.

Bugungi kunda ish haqining minimal miqdori va u bilan bog‘liq qonunchilik masalalari

dolzarb hisoblanadi. Minimal ish haqi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va ijtimoiy tengsizlikni
yumshatish vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, daromadlarni
indeksatsiya qilish orqali inflyatsion jarayonlar fonida ish haqi haqiqiy qiymatining saqlab
qolinishi ta’minlanadi.

Ish haqi va mehnat unumdorligi o‘rtasidagi bog‘liqlik masalasi iqtisodiy nazariyada ham,

amaliyotda ham muhim o‘rin egallaydi. Yuqori mehnat unumdorligi ko‘pincha yuqori ish haqi
bilan uyg‘unlashadi, bu esa ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishiga olib keladi. Aksincha,
past ish haqi mehnatga bo‘lgan qiziqishning pasayishiga va samaradorlikning kamayishiga olib
kelishi mumkin.

Ish haqi tizimidagi adolatlilik tamoyili ham alohida e’tiborga loyiqdir. Ijtimoiy adolat

prinsiplariga asoslangan ish haqi tizimi xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytiradi,

4

Ramazonov A.S. “Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi” fanidan o’quvuslubiy majmua.—T.: TMI, 2019. 89 bet.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

71

ularning ijtimoiy barqarorligini ta’minlaydi va jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikni kamaytiradi. Bu
esa o‘z navbatida iqtisodiy taraqqiyotning ijobiy omilidir.

Xozirgi kunda ish haqining turli ko`rinishlarni mehnat bozoriga. Misol uchun,
Bank kartalari orqali: Hozirgi kunda ish haqlari, asosan, bank kartalari orqali elektron

tarzda to‘lanadi. Bu usul naqd pul muomalasini kamaytiradi, xavfsizlikni oshiradi va nazoratni
osonlashtiradi. Ko‘pgina davlatlarda xodimlar o‘z ish haqlarini bank ilovalari orqali real vaqt
rejimida kuzatish imkoniyatiga ega.

Differensial

yoki

individual

yondashuv

asosida

belgilangan

ish

haqi:

Endi bir xil lavozimdagi xodimlarning ish haqi bir xil bo‘lishi shart emas. Har bir xodimning ish
samaradorligi, malakasi, tajribasi va erishgan natijalariga qarab ish haqi belgilanmoqda. Bu
motivatsiyani oshirishga xizmat qiladi.

Bonus va ustamalar tizimi: Doimiy oylik maoshdan tashqari, xodimlarga bajarilgan ish

hajmi yoki sifati uchun qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi to‘lovlar (bonuslar) beriladi. Bu
zamonaviy tizim ishchi kuchini natijadorlikka yo‘naltiradi.

KPI asosida ish haqi: Ba’zi tashkilotlar xodim ish faoliyatini maxsus ko‘rsatkichlar asosida

baholaydi va ish haqi shu ko‘rsatkichlarga bog‘lab belgilanadi. Bu yondashuv samaradorlikni
oshirishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, ish haqi nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkich, balki ijtimoiy barqarorlikning

ham muhim omili sifatida namoyon bo‘ladi. Ish haqi tizimidagi islohotlar va uni
takomillashtirish yo‘nalishlari mamlakat iqtisodiyotining umumiy rivojlanishiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Гайбуллаев, С., & Пулатова, М. (2022). Ish haqi va mehnat munosabatlari. Новый

Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов
финансовой отчетности, 1(5), 370–372. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-
pp370-372
2.

Ramazonov A.S. “Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi” fanidan o’quvuslubiy majmua.—

T.: TMI, 2019. 89 bet.
3.

https://uz.techconfronts.com/17255639-what-is-a-salary-basic-principles-of-accrual

4.

https://uz.fashionrebelsbook.com/17271844-modern-wage-systems-and-their-

characteristics

Библиографические ссылки

Гайбуллаев, С., & Пулатова, М. (2022). Ish haqi va mehnat munosabatlari. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 370–372. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp370-372

Ramazonov A.S. “Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi” fanidan o’quvuslubiy majmua.—T.: TMI, 2019. 89 bet.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)