YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
167
BYUDJET TASHKILOTLARIDA ISH HAQINI HISOBLASH TARTIBI
Mamajonov Lazizbek Azamjonovich
Andijon davlat texnika instituti Buxgalteriya hisobi va
menejment kafedrasi katta o`qituvchisi
Abdualimov Diyorbek Said o‘g‘li
Andijon davlat texnika instituti Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv fakulteti
Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi 4-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15551974
Annotatsiya:
Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarida ish haqi hisoblash tartibi, uning
qonuniy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va zamonaviy muammolari tahlil qilinadi. Ish haqi tizimi
davlat siyosati bilan bog‘liq bo‘lib, xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini
ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Maqolada ish haqi hisoblash jarayonida
foydalaniladigan hujjatlar, avans va oylik ish haqi to‘lovlari tartibi, shtatlar jadvali hamda
qo‘shimcha to‘lovlar masalalari yoritiladi. Shuningdek, ish haqi hisoblash tizimini
takomillashtirish va elektron hisob-kitoblarni joriy etish zarurligi ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar:
byudjet tashkilotlari, ish haqi, ish haqi hisoblash, mehnat munosabatlari,
avans to‘lovi, shtatlar jadvali.
PROCEDURE FOR SALARY CALCULATION IN BUDGETARY ORGANIZATIONS
Annotation:
This article analyzes the procedure of salary calculation in budgetary
organizations, its legal basis, practical application, and current challenges. The salary system
is closely linked to state policy and plays a vital role in ensuring employees’ economic and
social stability. The article covers documents used for payroll calculation, advance and
monthly payments, staff schedules, and additional payments. Furthermore, the necessity of
improving the salary calculation system and implementing electronic payroll systems is
emphasized.
Keywords:
budgetary organizations, salary, payroll calculation, labor relations, advance
payment, staff schedule.
Kirish
.
Mehnat munosabatlarining asosiy elementi bo‘lgan ish haqi xodimlarning iqtisodiy va
ijtimoiy barqarorligini ta’minlovchi muhim omildir. Ayniqsa, byudjet tashkilotlarida ish haqi
tizimi davlat siyosati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, xodimlarning mehnat faoliyatiga rag‘bat
sifatida xizmat qiladi. Ish haqi nafaqat mehnat uchun to‘lanadigan pul summasi, balki
xodimning turmush darajasi, xarid qobiliyati va ijtimoiy himoyasining ko‘rsatkichi
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi byudjet tashkilotlari sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat,
ijtimoiy xizmatlar va davlat boshqaruvi kabi muhim sohalarda faoliyat yuritadi. Bu
tashkilotlarda ish haqi hisoblash tartibi qonunlar, me’yoriy hujjatlar va davlat qarorlari bilan
tartibga solingan. Shuningdek, ish haqi tizimi nominal va real ish haqi tushunchalari asosida
shakllanib, xodimlarning xarid qobiliyati va ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekistonni
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi”da belgilangan
“byudjet muassasalari hodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
168
hajmini inflyatsiya darajasidan yuqori sur’atda izchil oshirish” masalasi jamiyat rivojiga katta
ahamiyat kasb etadi”
1
Adabiyotlar sharxi.
Ish haqi hisoblash tizimi ko‘plab ilmiy tadqiqotlarning asosiy
mavzularidan biri hisoblanadi. Xususan, byudjet sohasidagi ish haqi shakllanishining o‘ziga
xosliklari xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan chuqur o‘rganilgan.
Xalqaro miqyosda G. Stiglitz, D. Ricardo, A. Smith[1] kabi iqtisodchilar ish haqi
nazariyasi, uning bozor bilan aloqasi va mehnat unumdorligiga ta’sirini tahlil qilgan. Joriy
davrda esa E. Gintis, L. Katz[2] kabi zamonaviy iqtisodchilar ish haqi tizimlarining davlat
boshqaruvidagi roliga alohida e’tibor qaratishmoqda.
S.U. Mexmonov va D.Y. Ubaydullaevlarning “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi”
nomli darsligida xodimlarga va stipendiya oluvchi talabalar ish haqidagi yo‘l qo‘yiladigan
kamomadlarni inventarizatsiya dalolatnoma orqali undirib olishini aytib o‘tilgan.
O‘zbekistonlik iqtisodchi tadqiqotchilar – E. Xolboyev, D. Raximov, S. Usmonovlarning
tadqiqotlarida byudjet tashkilotlari uchun tarif setkasi, ustama to‘lovlar va real ish haqi
tushunchalarining amaliyotdagi roli yoritilgan. Masalan, E. Xolboyev o‘z tadqiqotida
quyidagilarni ta’kidlaydi:
“Real ish haqi xodimning xarid qobiliyatini aks ettiribgina qolmay,
uning ijtimoiy barqarorligini ham belgilab beradi.”
Tadqiqot metodologiyasi
. Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarida ish haqi hisoblash
tartibini o‘rganish uchun huquqiy hujjatlar, ilmiy maqolalar va amaliy materiallar tahlil
qilindi. Asosiy ma’lumot manbalari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi,
Prezident farmonlari, shuningdek, byudjet tashkilotlarining amaliy tajribalari va buxgalteriya
hisobi darsliklari foydalanildi.
Tahlil va natijalar.
Byudjet tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar bo‘yicha xarajatlari
quyidagi xarajatlar guruhlarini o‘z ichiga oladi
2
:
- birinchi guruh - ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to‘lovlari
va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
- ikkinchi guruh - ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
- uchinchi guruh - kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan
aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarga muvofiq);
- to‘rtinchi guruh - boshqa xarajatlar
“Ish haqini hisoblab yozish uchun quyidagilar asosiy hujjatlar hisoblanadi: tashkilotning
ishga qabul qilganlik, bo‘shatganlik va xodimlarni tasdiqlangan shtatlar jadvali va ish haqi
stavkalariga muvofiq joydan-joyga ko‘chirish haqidagi buyruqlari, 421-son shakldagi
foydalanilgan ish vaqti hisobi va ish haqi hisoblash tabeli (keyingi o‘rinlarda tabel deb
yuritiladi) va boshqa hujjatlar”
3
Shuningdek, ushbu yo`riqnomaga muvofiq, oyning birinchi yarmi uchun xodimlarga
avans to‘lanadi. Avans miqdori odatda ish haqining 40 foizini tashkil etadi va soliq summalari
hisobga olinmagan holda, belgilangan tartibda ushlab qolinishiga asoslanadi. Avans to‘lovi
389-sonli ish haqi shakli va to‘lov qaydnomasi orqali amalga oshiriladi. Oy oxirida esa, oy
uchun umumiy ish haqi hisoblab chiqiladi va oyning ikkinchi yarmi uchun to‘lov amalga
1
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar
2
Ramazonov A.S. “Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi” fanidan o’quvuslubiy majmua.—T.: TMI, 2019. bet.
3
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i, 22.12.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2169.
Budjet
tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
169
oshiriladi. Bu jarayon T–49-sonli hisob-kitob to‘lov qaydnomasi asosida bajariladi. Ushbu
qaydnomada xodimlarning ismi, familiyasi, otasining ismi, hisoblangan ish haqi va nafaqalar
summasi, avans miqdori, ushlangan soliqlar hamda boshqa tegishli summalar ko‘rsatiladi.
Byudjet tashkilotlarida ish haqi asosan vaqtga bog‘liq asosda to‘lanadi. Har bir byudjet
tashkiloti o‘zining namunaviy shtatlar jadvaliga tayangan holda shtat birliklarini
shakllantiradi va belgilangan tartibda lavozim razryadlarini hisobga olgan holda oylik ish
haqini (okladlarni) aniqlaydi hamda shtatlar jadvalini tuzadi. Hozirgi vaqtda byudjet
tashkilotlarida shtatlar jadvalida ko‘rsatilgan ayrim lavozimlar uchun qonunchilik asosida
belgilangan oylik ish haqlari belgilanadi.
“Byudjet tashkilotlarida vaqtbay asosida ish haqi hisoblanishida tasdiqlangan ish vaqtini
hisobga olish tabeliga asoslanadi. Ish haqi hisoblash uchun shtatlar jadvalida belgilangan oylik
ish haqini xaqiqatda ishlagan ish kunlariga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Byudjet
tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ish haqiga qo’shimcha to’lovlar (moddiy rag’batlantirish va
boshqalar) xodimlarini moddiy rag’batlantirish maxsus jamg’armasi hisobidan yoki
qonunchilikda belgilangan tartibda byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga (manbaasi
mavjud bo’lganda) to’lanadi.”
4
Mehnat munosabatlari Mehnat kodeksi orqali to'liq tartibga solinadi. Mehnat kodeksida
ish haqining miqdori qanday belgilanadi, dam olish va bayram kunlaridagi ish haqi, ta'til va
kasallik puli qanday to'lanishi haqida barcha savollar ko'rsatilgan. Soliq kodeksi esa
maoshdan qanday soliqlar ushlab qolinishi lozimligini, ularning miqdorini va to'lash
muddatlarini tartibga soladi.
Ish haqi to'lovini hisoblashda ba`zi umumiy qoidalar:
Maosh hisoblash va to'lash jarayonida ayrim asosiy tamoyillar va qoidalarni bilish
muhimdir:
Ish haqi miqdori ish beruvchi va ishchi o'rtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi.
Ish haqi ishchining bajargan ishi va ish vaqti uchun to'lanadi. Ish haqi to'lovi shakllari va
tizimlari, mukofotlar, qo'shimcha to'lovlar, rag'batlantiruvchi to'lovlar jamoaviy
shartnomalarda va ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi bilan kelishilgan boshqa
hujjatlarda belgilanadi.
Ish haqi faqat pul shaklida to'lanadi.
Ish haqi to'lovi ishchining ish joyida amalga oshiriladi.
Ish haqini taqiqlangan shakllarda to'lash uchun mansabdor shaxslarga ma'muriy jarima
belgilangan. Hisoblash xatolari tufayli ortiqcha to'langan ish haqi faqat sud qarori bilan
ushlab qolinishi mumkin.
Ixtiyoriy ravishda ortiqcha to'langan ish haqi qaytarilmaydi.
Ish haqi har yarim oyda kamida bir marta to'lanishi kerak – odatda, har oyning 15-
kunida avans va keyingi oyning 5-kunigacha to'liq ish haqi to'lanadi.
Xulosa
. Byudjet tashkilotlarida ish haqi hisoblash tartibi mehnat munosabatlarini
tartibga solishda va xodimlarning iqtisodiy farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Vaqtbay asosda ish haqi hisoblash orqali xodimlarning haqiqiy ishlagan vaqti inobatga olinadi,
bu esa hisob-kitoblarning adolatli va aniq bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, ish haqiga
qo‘shimcha to‘lovlar xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda muhim rol o‘ynaydi va ularni
yanada samarali ishlashga undaydi.
4
Byudjet hisobi va nazorati: Darslik / I.N.Qo‘ziyev, Sh.V.G‘aniyev, A.S.Ramazonov; - T.: “Iqtisod-Moliya”, 2020.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
170
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, byudjet tashkilotlarida ish haqi hisoblash tizimini yanada
takomillashtirish uchun elektron hisob-kitob tizimlarini joriy etish va ish haqi hisoblash
jarayonida yuzaga keladigan kamchiliklarni bartaraf etish zarur. Shunday qilib, ish haqi
tizimining shaffofligi va samaradorligini oshirish xodimlarning mehnat faoliyatidan
qoniqishini oshirishga xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
"2017-2021
yillarda
O'zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar
2.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i, 22.12.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan,
ro‘yxat raqami 2169. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA
3.
Byudjet hisobi va nazorati: Darslik / I.N.Qo‘ziyev, Sh.V.G‘aniyev, A.S.Ramazonov; - T.:
“Iqtisod-Moliya”, 2020.
4.
Ramazonov A.S. “Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi” fanidan o’quvuslubiy
majmua.—T.: TMI, 2019. Bet
5.
Alisherov M., Xaydarov A. BYUDJET TASHKILOTLARIDA HODIMLAR BILAN
HISOBLASHUVLAR HISOBI VA NAZORATI //Академические исследования в современной
науке. – 2025. – Т. 4. – №. 17. – С. 54-58.
6.
Qizi M. M. D. BUDJET TASHKILOTLARIDA HODIMLAR BILAN HISOBLASHUVLAR HISOBI
//Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 40. – С. 132-136.