YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
23
KREDIT REYTING TIZIMINI JORIY ETISH ORQALI KREDITLASH
SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Shokirova Gulbahor Mo‘mindjanovna
Andijon davlat texnika instituti
Buxgalteriya hisobi va menejment kafedrasi assistenti
Sobirov Luqmonbek Xabibullo o‘g‘li
Andijon davlat texnika instituti
Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv fakulteti 4-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15559941
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kredit reyting tizimini joriy etish orqali kreditlash
samaradorligini oshirish muammolari va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kredit reyting
tizimining asosiy tamoyillari, uning tijorat banklari faoliyatidagi ahamiyati, banklarning kredit
risklarini kamaytirishdagi roli va mijozlar bilan shaffof munosabatlarni ta’minlashdagi o‘rni
ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
KATM, Standard & Poor’s, Moody’s, Fitch, kredit reyting tizimi, kredit
xavfi, kredit portfeli sifati.
Hozirgi zamonaviy bank tizimida kreditlash amaliyoti iqtisodiyotning turli tarmoqlarini
moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu bilan birga,
banklar tomonidan berilgan kreditlarning qaytarilish darajasi, kredit faoliyatining
samaradorligi va xavfsizligi ularning ichki boshqaruv tizimiga, xususan, kredit qobiliyatini
baholash mexanizmlariga chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, so‘nggi yillarda bank tizimida yuzaga
kelayotgan raqobatning kuchayishi, mijozlar bilan ishlashda yuqori sifatli yechimlarga
ehtiyojning ortishi tufayli, banklar tomonidan kredit berishda ishonchli va shaffof mezonlarga
asoslangan kredit reyting tizimini joriy etish zarurati ortayotgan kuzatilmoqda.
Kredit reyting tizimi- bu qarz oluvchining moliyaviy holatini, qaytarish salohiyatini va
kredit xavfini kompleks baholashga qaratilgan analitik mexanizm bo‘lib, uning joriy etilishi
kredit berish jarayonidagi noaniqliklar, subyektiv qarorlar va kredit risklarini kamaytirishga
xizmat qiladi. Shu bois, ushbu tizimni amaliyotga tatbiq etish orqali tijorat banklarida
kreditlash jarayonini takomillashtirish, kredit portfelining sifatini oshirish va kreditlar
qaytarilishini kafolatlash mumkin. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda moliya-bank
tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, banklarning moliyaviy barqarorligini
ta’minlash, kredit xavflarini samarali boshqarish hamda xalqaro amaliyotlarga mos tizimlarni
joriy etish kabi chora-tadbirlar doirasida kredit reyting tizimiga bo‘lgan ehtiyoj yanada
kuchaymoqda. Ammo bu borada amaliyotda turli muammolar mavjud bo‘lib, ularni chuqur
tahlil qilish va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Kreditlash amaliyotida xavflarni kamaytirish, qarz oluvchilarning moliyaviy holatini
ob’ektiv baholash va qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirishda kredit reyting
tizimining ahamiyati beqiyosdir. Mazkur tizim asosan qarz oluvchining moliyaviy hisobotlari,
daromad va xarajatlari, kredit tarixchasi, to‘lov intizomi, mavjud qarz yuki va boshqa muhim
moliyaviy ko‘rsatkichlarni chuqur tahlil qilgan holda, unga reyting ballari yoki toifalari
berishga asoslanadi. Bunda reyting ballari qanchalik yuqori bo‘lsa, mijozning kreditga
layoqatliligi shunchalik barqaror deb baholanadi.
Kredit reyting tizimi orqali banklar quyidagi asosiy ustunliklarga ega bo‘ladi:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
24
Kredit xavfini aniqlash va nazorat qilish samaradorligi oshadi;
Kredit portfelining sifati yaxshilanadi;
Qarzlarning qaytarilmasligi ehtimoli kamayadi;
Bankning umumiy likvidligi va moliyaviy barqarorligi mustahkamlanadi;
Mijozlarga nisbatan adolatli va shaffof kredit qarorlari qabul qilinadi.
Jahon amaliyotida kredit reyting tizimlari keng qo‘llaniladi. Masalan, AQShda Equifax,
Experian, TransUnion kabi agentliklar jismoniy shaxslarning kredit reytingini yuritadi va
ularning moliyaviy muomalalarda ishtirok etishida muhim ahamiyat kasb etadi.
“Banklar ba’zi mijozlarga tez va muammosiz kreditlar beradi, boshqalarga esa ko‘pincha
rad etadi. Buning sababi “skoring” deb nomlangan mijozni baholash usulidir. Sizning skoring
ballingiz qanchalik yuqori bo‘lsa- bankning ishonchi shunchalik yuqori bo‘ladi. Skoring tizimi
qanday ishlashi va kredit reytingingizni qanday oshirish mumkinligini aytib beramiz”
1
.
Kredit
skoringi
- bu Sizning kreditni to‘lay olish qobiliyatingizni ballar berish orqali baholash
tizimidir. Ya’ni,
500
ballik tizimda baholanadi. Sizga beriladigan ballar muddati o‘tgan
qarzdorlikning mavjud yoki yo‘qligi, shuningdek, daromadlarga, faoliyat turiga, yosh
va turmush holatlari hamda boshqa shu kabi omillarga bog‘liqdir.
Ya’ni, kredit skoringi, sizning nafaqat avvalgi kreditlardan qarzingiz bor yoki yo‘qligini,
balki sizning daromadingiz qanday, yoshingiz, olinayotgan mablag‘ni qaytarish loyoqatingiz
qay darajadaligini baholaydi.
Shuningdek, “skoring yoki kredit reytingi -bu bankning kredit berish yoki qanday
shartlar asosida berish mumkinligini hal qilishiga yordam beradigan baholash tizimi. Shu yo‘l
orqali vijdonsiz mijozlarga qarz berishdan bank o‘zini himoya qiladi va pulini yo‘qotmaydi,
mijoz esa qarzni tezroq va ehtimol yanada qulayroq shartlarda oladi”
2
.
Skoring jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan. Qaror maxsus dastur tomonidan qabul
qilinadi: bank menejeri kerakli ma'lumotlarni kiritadi va kompyuter skoring ballini
hisoblaydi. Yaxshi kredit reytingi shaxs o‘z moliyasini boshqara bilishi va qarzlarini o‘z
vaqtida qaytarishidan darak beradi. Bundan tashqari, barcha ma'lumotlar bank ma'lumotlar
bazasida saqlanadi va undan yangi kreditlar berishda foydalanish mumkin, qarz oluvchi
hujjatlar to‘plamini qayta to‘plashi shart emas.
Kredit tarixi sizning qarz oluvchi sifatidagi ma'lumotingizdir. Kredit tarixining subyekti
bo’lib ma'lumoti yig’ilgan qarz oluvchi shaxs hisoblanadi
3
.
Kredit tarixida quyidagilar ma’lumotlarni ko'rish mumkin
:
1.
Kredit tarixiga so’rov yuborgan tashkilot.
2.
Kredit olish uchun topshirilgan barcha arizalar va ular bo'yicha qabul qilingan qarorlar.
3.
Kreditlar qanday qaytarilgan va muddati o’tgan to’lovlar bo'lganmi.
Shuningdek, yirik korporatsiyalar va davlatlar reytingi Standard & Poor’s, Moody’s va
Fitch kabi xalqaro reyting agentliklari tomonidan baholanadi. Bu reytinglar investorlar,
banklar va boshqa moliyaviy institutlar uchun ishonchli axborot manbai hisoblanadi. Bu tizim
kreditlash jarayonining butun bosqichlarini standartlashtiradi, xavfga asoslangan foiz
stavkalarini belgilash imkonini yaratadi, va eng muhimi, kredit ajratishda iqtisodiy
ob’ektivlikni ta’minlaydi.
1
https://uzum.uz/media/uz/bank-skoringi/
2
https://uzum.uz/media/uz/bank-skoringi/
3
https://depozit.uz/news/kredit-tarixi-bu-nima-uni-kim-talab-qiladi-va-uning-muhimligi-nimada
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
25
O`zbekistonda bu kabi xizmat turini KATM markazi ko`rsatadi. Markaziy bank
ma`lumotlariga ko`ra, “xususan, 2023-yilda KATM kredit byurosi axborot bazasidan kredit
tarixiga oid olingan maʼlumotlar soni qariyb 2 barobarga oshib,
506,4
mingtaga yetgan. KATM
kredit byurosi bazasidagi kredit axboroti subyektlariga
(jismoniy va yuridik shaxslar)
oid
maʼlumotlar soni 2024-yil 1-yanvar holatiga 15,4 mln tani tashkil etib, shundan 93,9 foizi
(qariyb 14,5 mln tasi)
jismoniy shaxslar va 6,1 foizi
(942 mingtasi)
yuridik shaxslar hissasiga
toʻgʻri keladi. 2023-yil davomida KATM kredit byurosi bilan kredit axboroti almashinuvi
boʻyicha shartnomalar tuzgan kredit axboroti foydalanuvchilari soni 151 taga koʻpayib,
630
ta
ga yetdi”
4
.
1-rasm
2023-yilda KATM foydalanuvchilari
Amaliy jihatdan, kredit reyting tizimini samarali joriy etish uchun quyidagi ustuvor
yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar olib borilishi lozim:
1.
Yagona reyting standartlarini ishlab chiqish
— har bir bank o‘z ichki mezonlariga
ega bo‘lishi mumkin, ammo bu mezonlar milliy standartlar asosida shakllanishi,
yagona metodologiyaga asoslanishi kerak.
2.
Markazlashtirilgan kredit byurosi faoliyatini kuchaytirish
— bu byuro barcha
banklar va moliya institutlarining mijozlari to‘g‘risidagi kredit tarixini yig‘ish, saqlash
va taqdim etish bilan shug‘ullanishi kerak.
3.
Mustaqil reyting agentliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
— tijorat asosida
ishlaydigan, ishonchli va professional baholovchilar orqali reytinglar aniqlanishi kredit
tizimining ishonchliligini oshiradi.
4.
Bank xodimlari malakasini oshirish
— reyting tizimidan to‘g‘ri foydalanish,
ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish ko‘nikmalarini oshirish dolzarb masala
hisoblanadi.
5.
Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish
— avtomatlashtirilgan reyting tizimlari
orqali inson omilini kamaytirish, tezkor va ishonchli baholash tizimini shakllantirish
mumkin.
Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni
oshirish, to‘lov intizomini shakllantirish orqali reyting tizimining amalda samarali ishlashiga
4
cbu.uz. Markaziy bank 2023-yillik hisoboti
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
26
zamin yaratiladi. Reytingga ega bo‘lgan mijozlar kredit olishda ustuvorlikka ega bo‘lishadi, bu
esa ularda moliyaviy intizom va mas’uliyat hissini kuchaytiradi.
Shu tariqa, kredit reyting tizimini to‘liq joriy etish orqali nafaqat banklarning kredit
portfeli sifati oshadi, balki butun bank tizimining moliyaviy barqarorligi ta’minlanadi, mijozlar
o‘rtasida sog‘lom raqobat va ishonchli hamkorlik muhiti shakllanadi.
Skoring tizimini aldash juda murakkab bo‘lib, buning jiddiy salbiy oqibatlari bo‘lishi
mumkin. Shu bilan birga, kredit reytingingizni oddiy va xavfsiz usullar yordamida yaxshilash
imkoniyati mavjud:
Kredit, jarima va kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
Kredit tarixingizni muntazam tekshirib turish va xatolik aniqlansa, bank yoki kredit
byurosiga murojaat qilib uni tuzatish;
Keraksiz kredit olish uchun ariza bermaslik, chunki har bir rad javobi kredit reytingiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
Agar kredit tarixi mavjud bo‘lmasa, mikrokredit tashkilotlaridan kichik miqdorda qarz
olib, uni belgilangan muddatdan oldin qaytarish.
Xulosa qilganda, Kredit reyting tizimining joriy etilishi, avvalo, banklar uchun kredit
risklarini kamaytirish, qarzlarni qaytarmaslik holatlarining oldini olish, mijozlar bilan shaffof
va adolatli munosabatlarni shakllantirish imkonini beradi. Bundan tashqari, reyting tizimi
bank-mijoz o‘rtasidagi ishonchni oshiradi, kredit resurslarini samarali taqsimlash va iqtisodiy
faollikni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Tijorat banklarining barqaror faoliyat yuritishida
kredit portfelining sifati va kredit xavflarini samarali boshqarish hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Shu nuqtayi nazardan, kreditlash amaliyotida zamonaviy vosita bo‘lmish kredit reyting
tizimini joriy etish dolzarb va strategik masala sanaladi
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sindarov F. STANDART&POORʼS GLOBAL REYTING AGENTLIGI TOMONIDAN
OʻZBEKISTONNING REYTINGINI BAHOLASH AMALIYOTI //International Finance and
Accounting. – 2022. – Т. 2022. – №. 1. – С. 25.
2.
Dushaboyev J. TIJORAT BANKLARIDA KRЕDIT RISKINI BOSHQARISH //Journal of
science-innovative research in Uzbekistan. – 2024. – Т. 2. – №. 10. – С. 567-577.
3.
https://infokredit.uz/about/scoring
4.
https://uzum.uz/media/uz/bank-skoringi/
5.
https://uzum.uz/media/uz/bank-skoringi/
